Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
Men shu paytgacha Alisher Navoiy shaxsiga oddiy shoir sifatida qaragan ekanman. Ammo yillar davomida o'qib o'rganishlarim asnosida men bir shoirdan, buyuk shaxsni kashf qildim. Balki men hozir bilgan Navoiy ham shariat, ham tariqat, ham ma'rifat yo'lidagi buyuk ilm o'chog'i ekan.
Oybek ham bu romanini yozish davomida Navoiyga nisbatan tuygan ulkan hurmati va muhabbati bilan u buyuk shoir siymosiga romanda ajib bir go'zallik bag'ishlagan ekan
Assalomu alaykum, aziz qadrdon opa singillarim! Oybek qalamiga mansub ushbu romanni avval oʻqigandim, lekin muayyan asarni yillar oʻtgach qayta oʻqisangiz uning qirralari oʻquvchining saviyasiga koʻra ochilib borishini tushundim. "Navoiy" romani nafaqat xassos shoir Mir Alisher haqida, balki oʻsha davrga xos yashash sharoitini yoritib beradi. Mening dilimni ogʻritayotgan nuqtalar shularki, salkam 6 asr avvalgi amaldorlarning xalqqa munosabati va musulmon va hattoki birodar-qarindosh boʻla turib bir-biriga qurol koʻtarishga uyalmagan Temuriy shahzodalarning ahvoli oʻzining realligini haligacha yoʻqotmagani naqadar achinarli...
#33_guruh
#Hilola_Davlatova
#Navoiy (romani)
Asar haqida taassurotla juda kop oldingi safar yulduzli tunlar asarini o'qiganmdan kn qiziqish kattaligidan avlodlar dovoni asariniyam topib o'qib chiqudm
Asarda tasvir shunaqa zo'r berilganki u tabiat manzarisimi yoki qahramonlarning tashqi ko'rinishimi o'quvchining ko'z oldida yaqqol gavdalanadi.Shuningdek asarda biz Navoiy hazratlarini faqat shoir sifatida emas balki ajoyib siyosatchi arbob sifatida ham tanishimiz mumkin.Bundan tashqari turli qahramonlar obrazida inson fitratida mavjud bo'lgan ko'plab fazilatlar va hislatlarning yaxshi va yomon tomonlarini ko'rib komil inson bo'lishlik uchun kishida nimalar namoyon bo'lishi kerakligi haqida o'zimizga ko'pgina xulosalar olamiz deb o'ylayman
Хайрли окшом.Китобни хам бошлаб олдим.Ёзувчининг мохирона чизгилари билан бошланган 1чи бобни тугатар эканман,узимни Хирот шахри кучаларида юргандай хис килдим.Хар бир иморат,хар бир кахрамон,хар бир вокеа бир-бирини тулдириб,уланиб кетганки,укиганим сари уша мухитга тушиб колгандай сездим узимни.
"...Илм дарахтини яхши парвариш этиб,юрт тупрогига чукур томир ёйдирмогимиз ва ундан мул хосил олмогимиз керак." Хазрат Мир Алишер Навоийнинг сузларидан.
#1_guruh
#Maxmudova_Sojidaxon
#Navoiy (romani)
Farzand tarbiyasida 700 saboq kitobini birinchi qismini ham mazza qilib mutolaa qilgandik. Hikoyalar qisqa samimiy yozilgan
Farzandga ishonish ishonch tuygusini uygotish muvaqiyatsizlikka uchrasa komak berish masalan oqishida,imtihonlarda yana qizlarni oqish bilan bir qatorda uy ishlariga ham orgatib borish odobga kattalarga hurmat muhabbatga orgatish bobo buvilarni hurmat qilish ezozlash haqida ham yaxshi hikoyalar keltirilibdi.
Menga eng tasir qilgani tilanchiga tabassum bilan salom bergan kishi hikoyasi boldi uni davomli tabassumi shu insonni insonligini anglatib tilanchilikdan qaytaribdi
Dinimiz buncha chiroyi deb hursand boldim
Qizlar tarbiyasida ham koplab ibratli hikoyalar bor ekan manam qizim katta bolsa har qadamini qattiq nazorat qilaman derdim lekin bazida ularga ishonish ishonishimizni bildirish kerak ekan
Qoshni haqqi, qaytar dunyo, qush uyasida korganimi qiladi argumchoq duo ijobati hikoyalari ham juda manzur boldi .
136 sahifaga keldim.endi manimcha ogil bola tarbiyasi haqida ham ibratli hikoyalar kutib turibdi ?
7 guruh
Shokirova Muslima
Bu kitobni birinchi ijtimoiy tarmoqlarda oqiganimda rosa qiziqqan edim..
Undagi tavsiyalarni kopini qollab korgandim
Kitobni ikki qismini ham olib oqidim
Undagi ota onalarni farzandlarji hayotdagi tajribalarini oqib kop narsani organdim
Inson Avvalo atrofdagilarga minnatdorchilik bildirib xar qanday vaziyatda ularni tushunishimiz lolzim ekan
Farzand bizga Alloh tomonidan berilgan omonat Omonatni esa asrab avaylamoq zarur
Bizning hayotiy muammolarimizga ularni hayotiga aralashtirmasligimiz zarur
Nigora Umurzaqova
Irmoqlar 8 gurux
Assalomu alaykum, men tugatdim,bir olam taassurot oldim.Bugungi shiddatli zamonamizda ota- onalar koʼproq farzandining moddiy taʼminoti bilan band boʼlib qolmoqdalar, asabiylik avjida, shu tufayli ham bolaga qoʼpol munosabatda boʼlayotgan onalarni,otalarni koʼrib turibmiz.Ayni paytda oʼzim ham bu asar orqali farzandlarimga juda qattiqqoʼl ekanimni, munosabatlarni boroz boʼlsa- da yumshatib ularga koʼproq ishonch berishim kerakligini angladim.
Men bu Farzand tarbiyasida 700 saboq kitobidan katta ma'lumot oldim. Farzandlarimga amaliyotda ham qo'llab ko'rdim. Va yana bir bor tushundimki, farzand tarbiyasida katta bir bilimlar kerak bo'ladigan, sabrlar sinaladigan, yo'llar qidiriladigan, izlanishlarga olib boradigan, savollari ko'p, mashaqqatli bir yo'l ekan. Aynan hozirgi davrda bu kitob turli amaliyotlar qo'llash oilamizga tatbiq etish, ahilligini oshirish, ota onalarni farzandi ustidagi majburiyatlarini eslatuvchi bir kitob ekan. Bu kitobning sodda, qisqa qilib muammolarga yechimlar ko'rsatishi, o'quvchi uchun aynan onalar uchun ortiqcha katta kuch talab qilmay birma bir o'qishga oson qilib tayyorlangani menga manzur bo'ldi.
#10_guruh
#abdumalikova_goʻzal
#farzand_tarbiyasida_700_saboq
Ассалому алайкум хурматли китобхон опа-сингиллар.Тугатаётганимз ушбу Фарзанд тарбиясида 700 сабок китобидан олган хулосаларимни сизлар билан булишмокчиман Биринчи китоб билан хам танишиб,узимизга керакли зарур хулосаларни олган эдик.Иккинчи китоб хам содда,равон хаммага тушунарли тарзда ёзилган экан.Купчилигимиздаги муаммо,бу биз,ота -оналар фарзандимиз билан бирор муаммо пайдо булмагунча,унинг тарбиясига жиддий эътибор бермаймиз.Муаммо пайдо булгачгина,кандай ечим топиш хакида бош котирамиз.Шунда хам айбни ён-атрофдан,уртокларидан,мактабдан излаймиз.Вахоланки,бош айбдор узимиз эканлигимизни англаб етмаймиз ёки тан олгимиз келмайди.Оиламизнинг моддий таъминоти унинг маънавий таъминотидан устун булиб келмокда.Китоб билан танишар эканман,фарзанд тарбиясига булган эътиборни аввало уз шахсиятимиздан бошлаш кераклигига яна бир бор амин булдим.Баъзи жойларда уз хатоларимни англаб етдим,баъзи жойларда тугри йул тутганлигимга амин булдим.Иккала катта угилларим хам узлари кизиккан сохага укишга киришди.Бири чет давлатга,бири хусусий институтга тулов контрактлари асосида.Лекин якин кариндошларимиз барчаси уларнинг укишларига карши чикишди,хайрихохлик билдириб хам бир суз айтишмади.Фарзандларим хам,биз хам бундан бир оз хафа булдик.Лекин ортга чекинмаймиз,вактни бой бермаймиз,купрок маблаг эвазига булсада,илм олишни кечиктирмаймиз,деган карорга келди.Алхамдулиллах,Аллохнинг фазли ва ёрдами билан иккиси хам укишларини яхшигина давом эттиришаяпти.Хар доим уларнинг хакларига чиройли дуолар килишни тухтатмаяпмиз.Хар хил мавзуларда бахслар киламиз,баъзан мушоиралар хам булиб туради.Фарзандларимнинг дунёкарашлари кенгайиб,мустакил фикрларга эга булиб,илм салохиятлари ошиб бораётганидан хурсандман,Аллохимга беадад шукрлар айтаман.Уйлайманки,хар ким бир бирини фикрини хурмат килса,оилада албатта ютукларга эришилади.
#1_guruh
#Maxmudova_Sojidaxon
#farzand_tarbiyasida_700_saboq (2-qism)
Assalomu alaykum, men ham oʼqidim, asar bugungi kun farzand tarbiyasida juda muhim ahamiyatga ega ekan.Oddiy kundalik turmushda bo'lgan voqealar tarzida bayon etilgan boʼlsa-da, hozirda ota-onalar oldida turgan dolzarb masala yuzasidan qaysidir maʼnoda maslahat, yoʼl koʼrsata olar ekan.Ayniqsa, oʼsmir yoshidagi oʼgʼil, qizlar bilan muomalada ota-onalar koʼplab muammolarga duch kelishadi.Kitobda turli tajribalar orqali tarbiyaning usullari koʼrsatilgan. Asar muallifi muhim masalani qalamga olgan.Muallifga va Irmoqlar jamoasiga rahmat!
#8_guruh
#maqsadxon_ergasheva
#farzand_tarbiyasida_700_saboq
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago