Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Oydin kechalarda, shudringli oʻtloqlarda yurmagan odam dunyoning shodligini anglamabdi.
Yunon xalq maqoli
- Agar hayotni tushunmoqchi bo'lsang, aytilgan va yozilgan gaplarga ishonma, balki kuzat va his et.
👴 Donishmand cholning ibrati 📜
Qadim zamonda bir qishloqda donishmand chol yashar edi. U juda oqil, kamtar va sabrli inson edi. 🌿
Bir kuni qishloqning boy va takabbur savdogari uning oldiga kelib:
— Ey chol! Sening donoliging haqida hammadan eshitdim, lekin men senga bir savol bermoqchiman. Agar javob bersang, seni hurmat qilaman, aks holda esa bu qishloqning eng nodon odami deb atayman! 🤨
Chol jilmayib:
— Xo‘sh, savolingni ber, o‘g‘lim, — dedi.
Savdogar kaftini ochib, unda bir kichkina kapalakni ushlab turardi. 🦋
— Ayting-chi, bu kapalak tirikmi yoki o‘lik? – dedi u hiyla bilan. Agar chol "tirik" desa, u darhol kapalakni ezib o‘ldirardi, agar "o‘lik" desa, qo‘lini ochib, kapalakni uchirib yuborardi.
Chol esa xotirjam jilmayib:
— Bolam, bu kapalakning taqdiri sening qo‘lingda! – dedi.
Savdogar hayratdan lol qoldi. U angladiki, hayotda hamma narsaning natijasi insonning o‘z qo‘lida ekan. Uning g‘ururi sindi va u donishmand cholning donoligidan ibrat oldi.
Shundan keyin u ham kamtar va adolatli inson bo‘lib yashadi
SOG'INCH
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...
Агар ёнингизда сизни яхши кўрадиган оилангиз, ахлоқи гўзал дўстларингиз, дастурхонда таомингиз, бошингиз тепасида шифт бўлса, сиз ўзингиз тасаввур қилганингиздан ҳам бойроқ экансиз. Доимо "Алҳамдулиллаҳ" денг!
Табассум сизнинг муаммоларингизни юзага чиқармайдиган, қўрқувни бостириш ва оғриқларни яширишнинг энг яхши усулларидан биридир...
Ҳеч қачон табассум қилишдан тўхтаманг. Табассум ила бошлаган тонгингиз ҳайрли бўлсин.
Iltijo
Insonlikka ishondim men ham,
Garchi qoldim yolg'iz va g'arib.
Shavqat qilgin yaratgan Egam,
Ishonchimni olma qaytarib.
Jondan ortiq sevgandim uni,
Oh, xotira bo'lib qolmagin.
Parvardigor o'sha tuyg'uni
Yuragimdan yulib olmagin.
Инсон ҳаёти қаламга ўхшайди. Чиройли ёзсин деб хатолар уни учлайди. То қалам тугагунча шундай давом этади. Қаламдан энди фақат чиройли ёзганларигина қолади...
Қанчалик бой бўлсанг ҳам, фақатгина ея оладиганинг даражада ейсан.
Денгизга кўзани ботирсанг, ола оладиган даражада сув олади.
Қолгани эса қолиб кетади...
© Жалолиддин Румий
Кун келиб шундай эшиклар очилади-ки, сен аввал ёпилган барча эшиклар учун Роббингга шукр қиласан...
©Жалолиддин Румий
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago