Rayhona Kamolova | Blog

Description
Rayhona Kamolovaning ijodiy kanali.
Sara she'r va hikoyalar.
Adabiyot va hayot manzaralari.
Fikrlar, hislar.
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month ago

*Anbar Otindan óqing! (Uvaysiy )

Hudoning neʼmatini bólib olğonlarğa ót tushsin,
Shariat hukmini yóldin chiqarğonlarğa ót tushsun.

"Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur", degonlarğa,
Tovuqcha aqli yóq, axlatni titkonlarga ót tushsun.

Tariqcha ilmi yoʻq, "qozi kalonman, muftiman" deydur,
Abu Sino, Uluğbekdin kóz yumğonlarğa ót tushsun.

-"Xotunlar mol kabi sotiladur" deb mushtiparlarni,
Zulayho, Layli, Shirinni tan olmagonlarga ót tushsun.

Bóyi xush Anbar kabilar hayf xaromxórlar uchun,
Sundxóru, fohishaboz, sózi yolğonlarga ót tushsin.***

@ijodhona

1 month ago
1 month ago

Tillaniso
Ijro: Omonkeldiyeva (Afifa)

3 months, 3 weeks ago

Nega sen bilan avvalroq tanishmadik 'Martin'

3 months, 3 weeks ago

Sen goʻzalsan, yolgʻizlik kabi gózal,
kuz kabi goʻzal,
erk kabi goʻzal.

Sen safosan,
ishq
yoshlik
oʻynoqi hislar
chalğishlar
aldovlar kabi
ótkinchi safo...

Sen mavhumsan-
men esa nafrat,
Sen olovsan-
men esa isyon,
Sen ishqsanki-
va boʻldi tamom
Har yolğonning jazosi menman!

3 months, 3 weeks ago

Сен фақат бор бўл –
Ҳаётга қўйиб бер қолганини.
Ва сенсиз ҳам
ғижирлайди эшигинг сенинг.
Агар кимнидир кутаётган бўлсанг
сен минг бора эшитасан
олис кутилган қадамлар товушини.
Агар ёлғизлик жонингга тегса,
ташқарига чиқ –
минг бора эшитасан
исмингни айтиб чорлашаётганини.
Агар аёлни соғинсанг,
кут – у сени излаб топади.
Сен фақат бор бўл,
Ҳаётга қўйиб бер қолганини.

Бесик Харанаули (Грузия)

Даврон Ражаб таржимаси

4 months ago
4 months, 1 week ago
4 months, 1 week ago

Eshit,
men oʻzbekman
ózbek...
sevgim ólgan
hislarim toptalgan
orzuyim yanchilgan
ózbek.
Yoshimmi, buni ahamiyati yoʻq
ahamiyatlisi
ahamiyatli narsaning oʻzi yoʻq.
Eshit...
men oʻzbekman
óziga bek emas
shunchaki oʻzbek.

Eshit...
sen ayolsan
ayol...
buni teranroq his etmoq-chun,
'men ayolman' deya hayqirmoq kerak
shundagina bu johil onging buni his etsa
ayol ekanligingni
bu fojeang yoki qismating emas
sharaf ekanligini
inom ekanligini anglasang!
Eshit...
qaysidir millatda ayol bólib tuğilmaganligi uchun
osmonga óqlar yogʻdirib
haq - haq otganidek
sen hech bólmaganda quvonib qóysang
hech boʻlmaganda
ózingni ikkinchi darajali bólak emas,
teng deya bilsang
oʻzingga tenglik qilsang
dunyoga tenglik qilsang
bolangga tenglik qilsang
tenglik bersang óz vujudingga
INSON deb bilsang
AYOLMAN desang.
hayqirib aytsangu, ayqirib...
'men ayolman' desang
'va ojiz emas'!

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid