Kitobiston

Description
Aloqa uchun: @shohsanam_hazratqulova
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

6 months, 3 weeks ago

Kanalni yaratgan asosiy akkauntim hakkerlar hujumiga uchrab, vzlom bo'lib ketganligi sababli kanalni ko'chirishga qaror qildim. Men bilan shuncha vaqt bo'lganingiz uchun rahmat, bundan keyin ham birga davom etsak xursand bo'laman:

@baxtliklanish_biligi

Endi Kitobiston shu link ostida faoliyat olib boradi.

7 months ago

​​Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Choʻkib ketsa toʻfonda kema,
Pishiqrogʻin yasar ustasi.

Toʻfonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirgʻoqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga oʻzingni chogʻlab.

Qayiqlarda — ilinj va xohish,
Kemalarda — orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda oʻzingni koʻrsat.

YO tilib oʻt dovulning koʻksin,
YO kemadek gʻarq boʻl izzatda.
Unutmagil — qayiqlar choʻksa,
Olinmaydi hatto roʻyxatga. . .

Toʻfonlardan seskanma, qalbim!

*©Anvar Obidjon*

@books_everything

7 months, 2 weeks ago

Muhabbat kamdan-kam odamga nasib qiladi va ular bilan ham umrbod qolmaydi. Bu juda xudbin va oʻz qadrini biladigan tuygʻu. U hech kimning hayotida uzoq qolmaydi. U borligida yer quyosh atrofida aylanadimi yoki quyosh yer atrofidami, biz uchun ahamiyatsiz boʻladi. U ketgach esa hayot bilan yuzlashamiz. Katta maqsadlar qoʻyamiz oldimizga. Kasbiy faoliyatda yuksalamiz. Pulimiz, nufuzimiz oshadi. Qorin qoʻyamiz. Hamma narsaga erishamiz. Faqat ba'zida qandaydir muhim narsani boy berganimizni elas-elas his qilamiz. Nimadir kamday, koʻnglimizning bir cheti boʻm-boʻshday...

Muhabbat – chiroyli kapalak!
Qoʻrqaman shoʻrlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda.
Yodimda yoʻq ammo yetganim.

@salimov_blogi

7 months, 3 weeks ago

​YOMGʻIR

Yomgʻir yogʻar. Borliq qunishgan.
Bosliqadi yoʻllarning changi.
Yomgʻir yogʻar. Sheʼr yozgim kelar.
Goʻyo — yomgʻir yangi, sheʼr yangi.

Yomgʻir yogʻar. Oʻylar oʻylayman,
Tinglab samovotning mungin jim.
Necha minginchi yomgʻirdir bu
Va men shoir — necha minginchi.

Yoʻq! Yoʻq! Faqat menga bu yomgʻir
Va men bu yomgʻirga doirman.
Ilk yomgʻirdir olamdagi bu
Va men olamda ilk shoirman.

Sharros jalalarni kuylayman
Dabdabasiz, gʻarib sheʼrlarda.
Aqlim yetmas, qanday sevarlar
Yomgʻir yogʻmaydigan yerlarda.

Yomgʻir yogʻar hayot baxsh etib
Mening qaqroq eʼtiqodimga.
Yomgʻir yogʻar. Hech kim sololmas
Seni yomgʻirchalik yodimga.

Iymanmas hech ochilmoqdan gul,
Maysa boʻlmas unmoqdan izza.
Takrorlanar har gal shu yomgʻir,
Shu saodat, shu pok moʻjiza.

Ezgin-ezgin halqoblar ichra
Bedardliklar eriydi choʻkib.
Limmo-lim koʻp paymonalarni
Yomgʻir yogʻar toʻkib va toʻkib.

Ogohmanki, toʻydirar jondan
Bu olamda boʻlsa ne takror.
Men betakror takror kuylayman,
Yomgʻir yogʻar takror betakror.

Sochiladi har bir tomchidan
Son ming shuʼla, son mingta zar ruh,
Yogʻar tuygʻu, yogʻar ehtiros,
Yogʻar tavba, yogʻar tazarru.

Yomgʻir yogʻar. Falak fosh etar
Sirlarining toza-tozasin.
Tutmoqchidek menga toʻldirib
Mangulikning sabr kosasin.

Yomgʻir yogʻar, alhamdulillah,
Har tomchida ming xotiralar...
Qutlugʻ boʻlsin har qaysi bitta
Yulduzdan nur emgan qatralar!

*© Matnazar Abdulhakim*

@books_everything

8 months ago

Bizda baxtli bo'lishga qo'yilmaydi.
Hamma xohlagan ishini qilib baxtli bo'lishga haqqi borku. Kimdir kompyuter o'yinlariga qiziqsa tamom, shu ishi uni sevintirsa, xotirjam qilsa qilaversin.
Yana kimdir she'r yozib baxtli bo'lsa, bo'laversin. Yigit kishi lk ovqat pishirish yoqadimi, pishirib baxtli bo'lsin.

Hamma o'z senariysini yozishi kerak, lekin biznikilar o'ziniki qolib kimning senariysiga yuvilmagan qoshiq bo'lishni sevishadi. Aql o'rgatishadi.
Hayotida hammasi risoladagiday bo'lmagan odamni inson o'rnida ko'rishmaydi.

Ishi risoladagiday, taqvosi risoladagiday, kiyinishi risoladagiday, jamiyatdagi obro'li joyda o'qiydi, buyam risoladagiday, turmushi risoladagiday, turmush o'rtog'i risoladagiday(jamiyat tanlab bergan chunki) hammasini risoladagiday qilish uchun qancha iztirobni ko'tarib, o'zini ko'mib yurgandir balki, hayotini kuchli bosim bilan yashayotgandir. Bu bilan aql o'rgatib burnini hayotiga suqayotganlarning ishi yo'q.

Nima o'zi u risoladagiday. Jamiyatning katta qismi oqayotgan daryomi. Ularning hammasi baxtlimi. Atrofimizdagi odamlar ana shu risoladagiday qolipi bilan bizni baxtimizdan judo qilishadi.

O'zimizam bir qo'rqoqmiz, streotiplarga qulmiz. Qo'l siltay olmaymiz. Vos kecha olmaymiz.
Ha, Abdullajondagi rais aytgan gap: - Rais buva, xomush ko'rinasiz, nima bo'ldi?
- E, so'rama, plan bo'lsa bajarildi, oyliklar oshdi, lekin baxt yo'q!

Hammasi risoladagiday lekin baxt yo'q. Hayotimizni birovlar uchun yashashda davom etamiz. Albatta, risoladagiday...

@books_everything

8 months, 1 week ago

AYRILIQ

*Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Naylaylik, boshqa bir shaharimiz yo‘q.
Balki biz baxtiyor bo‘la olardik.
Balki baxtiyormiz, xabarimiz yo‘q...
Oradan necha yil o‘tdi yel kabi,
Tanimay qolibman seni, kechirgil.
Men sensiz o‘laman, deb o‘ylab edim,
Va lekin o‘lmadim, meni kechirgil.
"O‘lmadim" deymanu, so‘zlamoq og‘ir,
Balki o‘lgandirman hijronda sensiz.
Qabrsiz, kafansiz o‘lganman yolg‘iz,
O‘limdan og‘irroq ayriliq axir...
Na men avvalgiman, na sen endigi...
Ayrildik, shaytonni kuldirdik u dam,
Bu yilu bu oyning bu kuni yurgan
Mana shu ko‘chada uchrashib turgan,
Meni ham, seni ham o‘ldirdik u dam.

...O‘ngu so‘limizda odamlar to‘la,
Qo‘l ushlashib erkak-ayollar o‘tar.
O‘zidan xabarsiz, xayollar bilan
O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar.
O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar,
Deysanki, qon qani? Dod, oh yo‘qdir...
Hamma gunohkorlar dunyoda, ammo
Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir.
Bizsiz yozilmishdir bu tole, bu baxt,
Sopqondan otilgan juft toshdek beiz
Balki bu dunyoda o‘n-o‘n besh yilmas,
Ming yil bundan avval ayrilishdik biz...
To‘g‘ri yo‘limizdan adashib nogoh,
O‘zga yo‘llar bilan ketibmiz, ishon.
Balki ming yil avval chekkandirmiz oh
Ming yillik xatoga bo‘lganmiz qurbon...
O‘rnini almashgan balki qish, bahor,
Qorishgan dunyoda qishlog‘u shahar.
Balki o‘z qornida o‘gay onalar
O‘gay bolalarni ko‘tarib yurar.
Umrim boshdan oxir yolg‘ondir balki,
Toleim aslida boshqa bir doston.
Hov yo‘ldan o‘tgan qiz onamdir balki,
Balki o‘z o‘g‘limiz ana u o‘g‘lon.
Bu yolg‘on umrimda ko‘rgan sen kimsan?
Balki sevgilim ham emassan asli.
Onamsan, opamsan, balki buvimsan,
Bir Alloh biladi sen kimning nasli.
Bizni kim qutqarar bu ayriliqdan,
Dodimizga yetmas na yer, na samo,
O‘liksan, tiriksan, har inson chida!
Kel qo‘lingni o‘pay, g‘animat dunyo...
Ramiz Ravshan**

@books_everything

8 months, 2 weeks ago

Oramizga kirmish tog'u dengizlar,
Borolmayman deyman sen kel degaysan.
Qor yog'mish yo'llarga, ko'milmish izlar
Topolmayman deyman, sen top degaysan...

@books_everything

8 months, 2 weeks ago

#nazm

Ona qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men,
Qandoq savdolarga boshimni berdim.
Qandoq sahrolarda yurgandim ona,
Qirq yil tovonimdan tikanlar terdim.
Hayot egib borar mag‘rur boshimni,
Boqsam yuragimda mislsiz dog‘lar. 
Lekin havasimni keltirar mudom,
Birovga suyanmay yuksalgan tog‘lar.
Men axir tuproqdan kuch olgan qizman,
Tuproqning ichida qotgan suyagim.
Onajon, bu o‘xshash qismatni qara,
Otamning qo‘lidek qadoq yuragim.
Hamon bolaligim chorlaydi meni,
Hamon turnalarga kelar havasim.
Men mudom go‘dakka o‘xshayman ona,
Oyning yog‘dusiga o‘xshar nafasim.
Hanuz maysalarning boshini silab, 
Shivirlab aytaman: Nurdek tozaman.
Mudom kapalakka egizdir ruhim,
Hamon yaproqlarga she’rlar yozaman.
Biroq qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men.
Bu qandoq janggohdir yeyar ruhimni.
Har tongki ortimga qarab aytaman,
Men bu olovlardan omon chiqdimmi?
Tobora ruhimni ezar bir azob,
Har lahza ruhimda chaqmoqda chaqin.
Bo‘g‘zimga qadalib kelmoqda bir oh. 
Tobora boshimga qilichlar yaqin,
Onajon, men bir kun osmon bo‘laman,
Sen ishon ruhimda gullaydi bog‘lar.
Axir, havasimni keltirar mudom,
Hech kimga suyanmay yuksalgan tog‘lar.

©Guljamol Asqarova**

@books_everything

8 months, 3 weeks ago

#nazm

​​Maylimi, keyinroq gaplashsak,
yigʻlagim kelyapti hozir juda ham.
namiqqan uvada yostiqqa
yuzimni bosgancha,
Senga keraksiz hislarim bilan
yolgʻiz qolmoqchiman.

Va ular haqida aytib beraman
tunga,
Shamolga,
Uygʻonishni istamasam-da,
Yashashni-da istamasam-da,
Meni har tong uygʻotavergich
onamdek mehribon
va oʻjar tongga.

Yashashning manzili qayerda,
Umrning yuki?
Uzoq yoʻl horitar odamni.
Dam olgisi kelar, mizgʻisi kelar.
Mening esa oʻlgim...

Hislarga har kecha ertak aytaman -
Kelar u,
Keladi koʻkni yetaklab,
Yetmayotgan havo,
Toʻymayotgan nafsga
Non kabi tatiydi bu goʻzal diydor.

Faqat oʻshangacha sabr qil bir oz,
Faqat oʻshangacha yashash ham kerak.
Faqat oʻshangacha...
Biroq,
Maylimi keyinroq gaplashsak,
Yigʻlagim kelyapti hozir juda ham...

*©Feruza Xayrullayeva*

@books_everything

9 months ago

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yomg‘irlarni yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Bugun tunda keladi Bahor!

@books_everything

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago