Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Joriy yilning 24-27-fevral sanalarida boʻlib oʻtadigan olimpiadalarning hududiy (viloyat) bosqichi natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishib borishingiz mumkin:
24-fevral:
Al-Xorazmiy nomidagi aniq fan olimpiadasi havolasi
Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO)ga saralashning viloyat bosqichi havolasi
25-fevral:
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fan (science) olimpiadasi havolasi
Xalqaro geografiya olimpiadasi (IGEO)ga saralashning viloyat bosqichi havolasi
26-fevral:
Fizika fani o'qituvchilari o'rtasida Respublika olimpiadasining viloyat bosqichi havolasi
27-fevral:
Kimyo fani o'qituvchilari o'rtasida Respublika olimpiadasining viloyat bosqichi havolasi
23.02.2025 IMTIHON SAVOLLARI (1-VARIANT)
Бугун телевизор пульти фақат эркакларда бўладиган кун!
Бугуннинг 3 та марказий ўйинлари:
«SPORT TV» 16:30 да
20 ёшгача Жаҳон чемпионатига йўлланма берувчи ўйин. Ким ютса ЖЧга боради.
Ўзбекистон – Жанубий Корея
«Зўр ТВ» 20:15 да
"Реал Мадрид" - "Жирона"
🎤 Хайрулла Ҳамидов
«Сетанта спорт» ва «Телеграм каналлар»да 21:30да
"Манчестер Сити" – "Ливерпул"
Ҳурматли аёллар! Бугун эркакларни умуман безовта қилманглар:)
Эркакларга эса ёқимли
томоша💪****
Яқинларга юбориб, хабардор қилиб қўйинглар.
❗️Диққат: контракт пулини тўлаш муддати 31 декабрга қадар узайтирилди
Давлат қабул комиссиясининг баёни билан 2024/2025-ўқув йилида олий таълим муассасаларининг қуйидаги бакалавриат ҳамда магистратура талабалари учун базавий ва табақалаштирилган тўлов-контрактнинг бир йиллик ўқитиш қийматидан 50 фоизи миқдоридаги тўловларни амалга ошириш ва талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати 2024 йил 31 декабри (шу куни ҳам) етиб белгиланди:
▪️тўлов-контракт жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар (1-курслар);
▪️ўқиши кўчирилган (кўчириб тикланган) ва қайта тиклаган талабалар;
▪️Қорақалпоғистон Республикасида доимий яшайдиган ҳамда умумиу ўрта, ўрта-махсус ва профессионал таълим муассасаларини тамомлаган ёшлар учун ажратилган қўшимча қабул квоталарига талабаликка тавсия этилган абитуриентлар.
☝️Бу 2024/2025-ўқув йилида қабул қилинган абитуриентлар учунгина амал қилади.
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!
Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.@hilola_umarova
"Jadidlar izidan" Respublika tanlovining tuman, viloyat bosqichlarida oliy o'rinni olib 18 - 19 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Respublika bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, kuchli 14 likka kirgan o'quvchimiz Esayeva Shabnamni ustozlar va sinfdoshlari bilan birga kutib oldik. O'quvchimizga ta'lim bergan barcha ustozlarga katta rahmat.
Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konserti boʻlib oʻtdi.
Festival barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 3 bosqichda oʻtkazilib, jami 274 ming nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblarini ham taqdirladik. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan maqsad: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, buyuk jadid allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxon bolalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun 365 mingga yaqin ariza kelib tushdi.
Yakuniy natijalarga koʻra jami 14 nafar oʻquvchilar gʻolib deb topildi va Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritishdi.
Taʼlim sayohati uchun aynan Germaniya tanlanishida ham mazmun bor. Yuz yil avval jadid bobolarimiz Turkiston yoshlarini Germaniyaga, jahonning eng ilgʻor ilmlarini oʻrganib, mamlakatimizga olib kelish uchun yuborgan edi. Afsuski, bu yoshlar qismati ayanchli tugagan.
Bugun esa tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlarimiz chin maʼnoda jadidlar izidan yoʻlga tushadi, Germaniyada jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi. Ular sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishi va kelgusida oʻrganadigan bilimlarini vatanimiz ravnaqi uchun sarflashiga katta motivatsiya berishiga ishonaman.
❗️Талабалар учун қишки таътил 25 декабрдан бошланади
Барча олий таълим ташкилотлари талабалари, техникум, коллеж, касб-ҳунар мактаби ва академик лицейлар ўқувчиларига жорий ўқув йили учун бериладиган қишки таътил 2024 йилнинг 25 декабридан 2025 йилнинг 7 январига қадар (шу куни ҳам) давом этади.
Мактабгача ва мактаб таълими тизимига оид 2024 йилда қабул қилинган ҳужжатлар*
Барчаси бир файлда*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago