ChSL

Description
Chopilgan savollar ligasi.

Savollar haqidagi fikrlar kommentga yoki @mad_max93 ga
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 year, 7 months ago

Javob. Teodor Kachinskiy.
Qabul. Unabomber.
Izoh. Teodor Kachinskiy zamonaviy texnologiyalarga qarshi chiqqan jinoyatchi bo‘lib, u bir nechta samolyotlar hamda universitetlarga bomba solingan posilka yuborgani bilan mashxur. Serialdagi dastlabki portlash aeroportda yuz bergani uchun FQB hodimlari uni uquvsiz aviamexanik deb o‘ylashgan. Aslida Teodor Garvard bitiruvchisi va yuqori intellekt sohibi edi. Ushbu jinoyatchiga berilgan taxallus “Unabomber”ning kengaytmasi “University and airline bomber” bo‘lib, savol matnidagi aviamexanik va Garvard universiteti mana shu tahallusga ishora edi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Manhunt_(2017_TV_series)

BOLTA?****

1 year, 7 months ago

2017-yilda chiqa boshlagan serialning dastlabki qismlarida FQB hodimlari jinoyatchini avvaliga uquvsiz aviamexanik deb o‘ylashadi, biroq keyinchalik jinoyatchi sobiq Garvard talabasi ekani ma’lum bo‘ladi.
Diqqat savol: Ushbu serialda kimning jinoyatlari haqida hikoya qilingan?

BOLTA?****

1 year, 7 months ago

Javob. O‘liklarni tik holda ko‘mishga.
Qabul: Uyning tagini tor, tepasini keng qilib qurishadi.
Izoh: Muammo – yer bilan bog‘liq bo‘lib, Tokio juda qimmat shahar va u yerda yer muammosi bor. Shu uchun katta magazinlar qurgandan ko‘ra, avtomat budkalar qurish qulayroq. Gabrovo hazillaridan biriga ko‘ra, yerni tejash uchun Gabrovoliklar o‘lganlarni tikka ko‘mishadi (boshqa hazilda uyning tagini tor, tepasini keng qilib qurishadi).
Manba:
1.
https://www.youtube.com/watch?v=aJqw2pJ104A&t=198s
2. https://n.ziyouz.com/books/hajviyot/Gabrovo%20latifalari%20va%20hangomalari.pdf

BOLTA?****

1 year, 7 months ago

Bloger Otabek Mahkamov Tokioda 5 mlndan ortiq yegulik sotadigan avtomat budkalar borligi haqida gapirar ekan, bunday qurilmalarning ko‘pligini 2 sabab bilan izohlaydi. Birinchidan, bu orqali yaponlar ishchilarga ortiqcha pul to‘lashdan qochishadi. Ikkinchidan esa shaharda USHBU MUAMMO bor.
Diqqat savol: Hazilga ko‘ra USHBU MUAMMO tufayli Gabrovoliklar nima qilishga majbur bo‘lishadi?

BOLTA?****

1 year, 7 months ago

Javob: Atletiko Madrid.
Qabul: Club Atlético de Madrid, S.A.D.
Izoh: Shu tufayli ushbu klub keyinchalik “matraschilar” laqabini olgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Atl%C3%A9tico_Madrid

BOLTA?****

1 year, 7 months ago

XX asr boshlarida ushbu futbol klubi moliyaviy jihatdan juda baquvvat bo’lmagan. Shu sababli o’yinchilarga forma tayyorlash uchun ko’pincha turli arzon matolar, masalan yotoq matraslari qoldiqlaridan foydalanilgan.
Diqqat savol: Qaysi futbol klubi haqida gap borayotganini yozib bering.

BOLTA?****

1 year, 8 months ago

Javob: Gammeln
Izoh: Kalamush ovlovchining nayi bolalarni o'z ortidan ajoyib mamlakatga ergashtirib ketgan. Albatta, cho'loq bolakay ham ularga ergashgan, biroq, yurish bilan bog'liq muammo tufayli boshqalardan qolib ketgan.

BOLTA?****

1 year, 8 months ago

Robert Brauning she'rida cho'loq bolakay birorta ham do'sti yo'qligidan shikoyat qiladi. Shuningdek, u o'zi borolmagan, lekin juda ham ajoyib mamlakat haqida eshitganini aytib o'tadi
Diqqat savol: Bu bola qaysi shaharda yashardi?

Keling, savolni bir necha qismlarga ajratamiz va ular haqida mulohaza yuritib ko'ramiz:
1.
Nima uchun bolaning do'stlari yo'q? U cho'loq bo'lgani uchunmi?
2. U qayerga bora olmagan ekan-a?
3. U bu mamlakat haqida kimdan eshitgan?
Bu savollarga javob berish biroz qiyin.Sal boshqacha yondoshsak-chi?
1.
Kimdir ajoyib mamlakat haqida gapiradi.
2. Hamma u bilan ketadi.
3. ...lekin cho'loq bola emas, chunki u yura olmaydi.

Xo'sh, nimadir variant keldimi? Kommentda yozing-chi?BOLTA?****

1 year, 8 months ago

Javob. Shindler.
Izoh: Yillarga e’tibor qilgan bo‘lsangiz, u 2-jahon urushidan biroz oldingi yillar ekanini tushunasiz. Bu davrda Avstriya Germaniya mustamlakasi edi va u yerda ham yahudiylarga ta’qib boshlangandi. Shu sababli Xe Shenfan ta’qibdan qochish istagidagi yahudiylarga viza berishda davom etgan. Bu esa keyinchalik uning “Xitoylik Shindler” nomini olishiga sabab bo‘lgan
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Хэ_Фэншань

BOLTA?****

1 year, 8 months ago

Xitoylik Xe Shenfan 1938-40-yillarda Venada elchi bo‘lib ishlagan. Berlindagi Xitoy elchisi vizalar sonini kamaytirishni talab qilganiga qaramay Xe minglab odamlarga viza bergan. Shu tufayli Xe Shenfan ko‘plab manbalarda “Xitoylik IKS” deb ataladi.
Diqqat savol: IKS o‘rnidagi familiyani yozib bering?

BOLTA?****

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago