🔰STATUS SCHOOL🔰 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov markazi

Description
🔰Prezident va Al-Xorazmiy
maktablariga tayyorlov markazi

📈Natijalarimiz: @StatusNatijalar
📍Manzilimiz: @StatusManzillari
👨‍💻 Admin: @status_school_admin
☎️ Telefon: +998(95)062-20-02
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week ago

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Qishki taʼtil qanday o‘tdi? 🙂

❄️ Maroqli hordiq chiqarib, kuch va g‘ayratga to‘ldingizmi? 💥

Endi esa yangi bilimlar va qiziqarli darslarga sho‘ng‘ish vaqti keldi!🤓

Ertaga,6-yanvar, dushanba kuni Status School’da darslarimiz yana boshlanadi! 🏫

Sizlarni yangidan yangi imkoniyatlar va yutuqlar kutmoqda! *🏆 * Darslar vaqti: Odatdagidek

📚 Bilim olishingizdan zavqlaning — Status School doimo siz bilan!**

1 week, 5 days ago
2 weeks, 2 days ago

⭐️Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar!

Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barchangizni chin qalbdan tabriklaymiz! 🎉 Yangi yil shukuhi qalblarimizni iliqlik va quvonchga to'ldirayotgan ayni damlarda, o'quv markazimiz ham qishki ta'tilga chiqishini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz! ❄️☃️

Shunday qilib, joriy o'quv yilining oxirgi darslari 28-dekabr kuni bo'lib o'tadi. 🗓️ Siz, aziz o'quvchilar, 29-dekabrdan 5-yanvargacha qishki ta'tilning barcha zavq-shavqini his etishingiz mumkin! 🎄 Ta'til tugagach, 6-yanvar, dushanba kunidan boshlab darslarimiz yana o'z o'rniga qaytadi.

Sizlarga ushbu ta'til davomida ajoyib dam olishingizni, oila davrasida yangi yil kayfiyatidan bahramand bo'lishingizni tilab qolamiz! ⭐️ Yangi yilda sizga yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

Yangi yilingiz muborak bo'lsin! 🎉❤️

3 weeks, 1 day ago

*📚 Bolalar uchun eng sara kitoblar to‘plami! 📖*✨**

👦👧 9 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ilm-fan, san'at, tarix va sarguzashtni o‘rgatuvchi eng ajoyib kitoblarni tanladik! Ushbu kitoblar nafaqat bilimlarni kengaytiradi, balki bolalarning fikrlash, tasavvur qilish va hissiyotlarini rivojlantiradi. 🎓🌟

1. Jyul Vern: "Kapitan Grant bolalari"
Sarguzasht, jasorat va qahramonlik haqidagi fantastik hikoya!

2. Luiz Pras Martines: "Hatiko"
Vafodorlik va sadoqat haqidagi iliq va ta’sirchan hikoya.

3. Dunyo daholari: "Stiv Jobs"
Insoniyatning eng buyuk innovatorlaridan biri haqidagi ilhomlantiruvchi asar.

4. Dunyo daholari: "Leonardo da Vinchi"
Zamonasidan ilgarilab ketgan daho haqida. San'at va ilmning chegarasiz dunyosiga safar.

5. Feruza Nazar: "Anisaning uyi"
O‘zbek adabiyotidagi zamonaviy hikoya, oilaviy qadriyatlar va do‘stlik haqida.

6. Dunyo daholari: "Muhammad Ali"
Boks sportining haqiqiy qahramoni va uning hayotiy yo‘li.

7. Antuan de Sent-Ekzyuperi: "Kichkina shahzoda"
Sevgi, do‘stlik va hayotning asl ma'nosi haqida.

8. Dunyo daholari: "Albert Eynshteyn"
Ilm-fan va yaratuvchanlikning buyuk daho siymosi.

9. Erik-Emmanyuyel Shmit: "Oskar va Pushti xonim"
Mehr-oqibat va qiyinchiliklarga qarshi kurash haqida ta’sirchan hikoya.

10. Dunyo daholari: "Motsart"
Musiqa va san'atning dahosi haqida.

🧠 Kitoblar bolalarning bilimini kengaytiradi, tasavvurlarini oshiradi va ularda ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni shakllantiradi. 🌍🦋

#BolalarAdabiyoti
#KitobTavsiya

4 weeks ago

Test tahlilidan lavhalar🤓

4 weeks ago
3 months ago

Olim yetishtirgan onalar!

Onalar farzand tarbiyasida hamisha oilada muhim o‘rin tutganlar. Bola tug‘ilishidan oldin, hatto juft tanlanayotgan vaqtdayoq bo‘lajak onaga eʼtibor qaratiladi. Farzand tug‘ilgandan keyin ham otasi ish yo boshqa sabablar bilan ko‘p vaqt uyda bo‘lmaydi, tarbiyaga doir zarur o‘gitlar, ko‘rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy taʼminot bo‘lib qolaveradi.

Illo, ona soliha, ilmli bo‘lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo‘lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi. Agar «Nega farzand tarbiyasi yolg‘iz mening zimmamda bo‘lar ekan?!» deya u ham tarbiya bilan shug‘ullanmasa, nafaqat bir bolaning, balki butun boshli millatning kelajagini barbod qiladi.

Ulug‘larimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning onalari hatto otalari vafot qilgandayam ham moddiy taʼminotni o‘z zimmalariga olishgan, ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasi o‘laroq, Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Lek har doim “Otasiga rahmat” yoki “Otasini o’g’li” deya maqtab ularning tarbiyasida katta o’rin tutgan onalajonlarimiz e’tibordan chetda qolishadi.

Hurmatli o’quvchilarimizning go’zal va mehribon onajonlari, sizlarga shunday tarbiyali va zehnli farzandlarni katta qilganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bizga yuklatilgan vazifani esa butun jamoamiz bilan farzandingiz erishadigan natijalar orqali ko’rsatishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

☎️ +998950622002
📱 @status_school_admin

3 months, 2 weeks ago

O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?

Agar farzandingiz o‘qishni istamasligini ma’lum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo yechimini topishga harakat qilishingiz lozim. Axir bola uchun hech narsaning qizig‘i bo‘lmasligi mumkin emas. Uning maktabdan tashqari biror qiziqarli mashg‘ulotini aniqlang va uni maktab fanlari bilan bog‘lang.

Masalan, o‘g‘il bola kompyuter o‘yinlariga qiziqsa, uni dasturlashga qiziqtirish, modaga qiziqqan qizlarni esa o‘z “modalar jurnali”ni yaratishga qiziqtirish mumkin. Bu orqali qizlarda tasviriy san’atga, qolaversa, savodxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkin. Axir jurnallarda bexato yozish talab etiladi.

O‘qishni istamaslikning yana bir sababi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Agar bola darslarda gap nima haqida borayotganligini tushunmasa, u zerikish, noqulaylikni his qiladi. Shu sababdan ma’lum bir fanni ham yoqtirmay qoladi!

Bu vaziyatni uning o‘qituvchisi bilan muhokama qilib ko‘ring. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun repetitor xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.

O‘quv jarayoniga qiziqishning yo‘qolishiga buning aksi — bilimlarning juda oson o‘zlashtirilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, birinchi sinfga o‘qishni bilib borgan bolalar tengdoshlarining harf o‘rganishidan zerikishi mumkin. U qiziqishini butunlay yo‘qotmasligi uchun turli foydali mashg‘ulotlar, klub va to‘garaklarga yo‘naltirish lozim.

Asosiy qoidaga amal qiling — hech qachon bolani kamsitmang! Agar bola o‘qishni istamasa bu uni dangasa, bilmasvoy kabi so‘zlar bilan kamsitishga asos bo‘la olmaydi.

Bolaning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uni qo‘llab-quvvatlabgina o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qaytarish mumkin.

@status_school_uz

3 months, 2 weeks ago

Farzandingiz kelajagi sizning qo'lingizda

Siz har tongda uyqudan ko‘z ochiboq telefoningizni qidirasizmi? Agar shunday bo‘lsa siz keng tarqalayotgan xavfli kasallik qarshisida turibsiz. Bu kasallik nomofobiya deb ataladi va eng xavotirlisi – u bolalar orasida ham ko‘payib bormoqda.

Bugungi kunda bolalarning telefonga qaramligi juda dolzarb muammo hisoblanadi. Ammo ota-onalar bunga muammo sifatida qarashmaydi. Bu kelajakda katta muammolarni keltirib chiqaradi.

Mutaxassisning aytishicha, bu bolalar qattiq qo‘rquv, xavotir, tushkunlik, jiddiy bezovtalik qamrovida bo‘lishadi. Ularda maqsadlar yo‘qligi, agressivlik, ortiqcha jazavaga tushish kuzatiladi. Faqat telefondagi virtual hayot ta’sirida bo‘lishadi.

Buning yechimi bizning fikrimizcha maktabdan keyin farzandlarimizni turli xil fan va sport to'garaklariga berishdir

Bu borada Status school sizga yordam bera oladi. O'quv markazimizda matematika, ingliz tili, mantiqiy masalalar va tanqidiy fikrlash bo'yicha darslarimiz kraetiv fikrlovchi va o'quvchilarning bilim olishiga to'g'ri yo'nalish bera oladigan tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi

Bundan tashqari bizning o'quvchilarimiz orasida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisiga aylangan o'quvchilarimiz bir qancha

Bu yerda natijalarimiz bilan tanishishingiz mumkin
👉 natijalarimiz

Maqsadimiz o'quvchilarimizning tanqidiy fikrlash va muammolarni matematik tahlil qilish qobilayatini rivojlantirib, yetuk shaxsiyat shakllantirish

Siz ham farzandingizni bo'sh vaqtidan kelajagi uchun foydalaning

Ro'yxatdan o'tish

📞 +998950622002

6 months, 1 week ago

Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago