Mabrur - IT Blog 🇵🇸

Description
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago

3 months, 3 weeks ago

Bugungi kunda dasturlashda, ayniqsa, web dasturchi sifatida ishga kirish qiyinlashib ketgan. Raqobat keskin, va ko‘pchilik dasturchilar qattiq harakat qilayotgan bo‘lsa ham, ishga kirishda yo‘l qo‘yayotgan ba'zi xatolari tufayli muvaffaqiyatga erisha olmayapti.…

3 months, 3 weeks ago

Bugungi kunda dasturlashda, ayniqsa, web dasturchi sifatida ishga kirish qiyinlashib ketgan. Raqobat keskin, va ko‘pchilik dasturchilar qattiq harakat qilayotgan bo‘lsa ham, ishga kirishda yo‘l qo‘yayotgan ba'zi xatolari tufayli muvaffaqiyatga erisha olmayapti.
Shu postda junior dasturchilar yo'l qo'yayotgan eng keng tarqalgan xatolarni qisqacha ko'rib chiqamiz.

Rejasiz Ishga Topshirish
Ko'pchilik yuzlab kompaniyalarga bir-xil rezyumesini yuborib, javob kutishadi. Bu ish qidirishda unchalik samarali strategiya hisoblanmaydi. Xo'sh, nega bu ishlamaydi?

- Ish beruvchilar bir-xil shablonlarni bir qarashda sezadi va e'tiborsiz qoldiradi.
- Boshlanishida doimiy rad javoblarini olish ishonchingizni pasaytiradi va umidsizlikka tushurib qo'yishi mumkin.
- Sizning vaqtingiz behuda ketmoqda — bu vaqtni siz bilimlaringizni kuchaytirish yoki intervyuga tayyorlanishga sarflashingiz mumkin edi.

Buning o‘rniga nima qilish kerak:
- Ma'lum kompaniyalarga e'tibor qarating. O‘zingizni qiziqtirgan va maqsadlaringizga mos tushadigan kompaniyalarni tanlang.
- Tadqiqot o‘tkazing. LinkedIn’da kompaniya xodimlarining profilini ko‘rib chiqing va ular qaysi ko'nikmalarda kuchli, nima texnologiyalar ishlatishlarini bilib chiqing.
- Rezyume va cover-letterlarni moslang. Har bir ariza uchun o‘zingizning tajribangizni ish tavsifi bilan mos keladigan tarzda tuzib chiqing.
- Ko'proq networking quring. LinkedIn orqali kompaniya xodimlari bilan bog‘laning. Yordam yoki maslahat so‘rang — chiroyli berilgan savol yoki murojaatlar ko‘pincha ijobiy javobsiz qolib ketmaydi.

3 months, 4 weeks ago
4 months ago
4 months ago

AI regulations?

Bugun ishxonadagi loyihalar uchun AI dan foydalanishni boshqaruvchi qonun qoidalar bilan tanishib chiqdik. Qisqacha mantiq, AI foydalanishda, kod yozdirib yoki loyihadagi kodni share qilib bo'lmaydi. Menimcha hozir ko'pgina kompaniyalar bunday qonun qoidalarni ishlab chiqishmoqda yoki chiqib bo'lishdi. Konfedentsial axborotni AI bilan share qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmasli bu turgan gap, lekin undan foydalanishni tekshiruvi qanday kechar ekan, shu menga qiziq bo'lyapti. Undan tashqari, internetda o'qiganlarim bo'yicha kompaniyalar AI-toollardan xavfsizlikni o'ylamay foydalanish uchun ichki tizimlar ishlab chiqib va AI based kompaniyalar, Enterprise maxsulotlarni faqat o'zingiz uchun "yoyib" berarmush. Huddi shaxsiy gitlab serveringiz bo'lgandek.

Boshida qarshilik ko'rsatdik, qabul qilmadik, lekin shunga qaramay kundalik hayotimizga AI tobora ko'proq kirib kelayapti. Ishimizni osonlashtirib yordamchi bo'lib ko'rinib, o'rnimizni egallayapti. Huddi bu bug' dvigatellari orqali ishlaydigan mexanizmlar birinchi odamlarga yordamchi bo'lib kelib, keyin ularni o'rnini egallaganday.

Kecha akamlar bilan shu haqida suhbatlashib qoldik, agar har bir sohada sun'iy intelektlar ishlasa, iqtsodiy inqirozga yuz tutmaymizmi? Masalan, kodni AI yozadi, rentgenni AI o'qib beradi, yuzingizdagi toshmalarni AI ko'rib nima dori kerakligini aytib beradi, mashinangizni AI boshqaradi, gaplaringizni AI tarjima qiladi. Bu kelajak emas, bu ayni hozirda bo'layotgan ishlar. Keyinchalik qolgan kasblarni ham AI egallasa, aholi ishsiz qolsa, xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar ham qulaydimi? Chunki odamlar ishsiz va puli yo'q, siz taklif qilayotgan obunani sotib olmaydiku.

Qiziq teoriya tog'rimi? ? Barcha narsa o'zi ishlab ketaversa odamlar keraksiz bo'lib qolmaydimi? AI ni ham yo'lga solish uchun qandaydir qonun qoidalar ishlab chiqilarmikan? Shu savollar meni bir oz qiynab qo'ydi. Menimcha asta sekin singulyarlikka yaqinlashib kelyapmiz.

Sizningcha AI qanchalik o'zgarishlarga olib kelar ekan, inqirozga uchraymizmi yo'qmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring ?

@khumoyun_codes

4 months, 1 week ago

Shu munosabat bilan ertaga nodejs mock interview qivoramiz?

7 months, 3 weeks ago
*****?*** Web dasturlashda Accessibility: Nima uchun …

*? Web dasturlashda Accessibility: Nima uchun u muhim va nimalar qilish kerak?*
Ishlab chiqarayotgan dasturlaringiz uchun Web accessibility qo'shib ketish - shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu barcha foydalanuvchilar uchun birdek imkoniyat yaratib berishda muhim hisoblanadi. Keling, nima uchun bu muhimligini va uni qanday amalga oshirish mumkinligini qisqacha ko'rib chiqamiz.

Nima uchun Accessibility zarur:1. Inklyuzivlik: Dunyo aholisining 15% qismi qandaydir nogironlik bilan yashaydi. Siz o'zingiz qilayotgan produktni accessible qilib, nafaqat auditoriyangizni kengaytira olasiz, balki jamiyatning katta qismiga teng imkoniyat bera olasiz.
2. Qonuniy muvofiqlik: Ko'p mamlakatlarda raqamli accessibility talab qilinadigan qonunlar mavjud. Masalan, AQShda Americans with Disabilities Act (ADA) ga ko'ra ko'p web-saytlar shunday imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.
3. Foydalanuvchilar uchun yaxshiroq UX: Aniq navigatsiya va o'qilishi oson bo'lgan matn nafaqat nogironligi bor shaxslarga, balki boshqa shaxslarga ham birdek qulay va muhim hisoblanadi.
4. SEO ustuvorligi: To'g'ri sarlavha qo'yish, semantik kod yozish va tasvirlar uchun alt matni kabi ko'plab accessibility amaliyotlari SEOni yaxshilashda foyda berishi mumkin.

Accessibility-ni amalga oshirishning asosiy bosqichlari:1. Semantic HTML-dan foydalaning.
2. Klaviatura bilan navigatsiyalarni ishlashini tekshiring.
3. Tasvirlar uchun turli alt matnlarini qo'shing.
4. Rang berayotganda yetarli kontrastlardan foydalaning.
5. Multimedia uchun turli subtitrlar va transkriptlardan foydalaning.

Accessibility testlari uchun bepul vositalar: - *? WAVE (Web Accessibility Evaluation Tool): Veb-kontentingiz accessibility haqida vizual analitika beradigan extension.
-
*? Contrast Checker: Rang tanlovlaringiz accessibility standartlariga javob berishini tekshirish uchun WebAIM dan foydalansangiz bo'ladi.
-
?️ Axe DevTools: Avtomatlashtirilgan accessibility testlarini taklif etuvchi brauzer extensioni.
-
? Lighthouse:** Chrome DevTools-ga o'rnatilgan, turli analiz toolari bilan birga accessibility auditlarini o'z ichiga oladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun w3 ning Web Accessibility darslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman:
https://www.w3.org/WAI/tutorials/

7 months, 4 weeks ago

Test

7 months, 4 weeks ago

Test

8 months, 1 week ago

? Bekor o'tirganda manetta front-end middle uchun bo'layotgan intervyuni ko'ringlar ?

https://www.youtube.com/live/pCUjBoRlM1w?si=DBl34ig1aTyap096

Youtube

- YouTube

Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago