Taomlanish ilmi

Description
📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🎓 Muallif: @doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 3 days ago
  1. Immunitetni pasaytiradi:

  2. Kayfiyatsizlik, doimiy stress

  3. Uyquni sifatsizligi va davomiyligini kamligi
  4. Yetarlicha suyuqlik ichmaslik
  5. Quyosh nurlarida toblanmaslik
  6. Harakatsizlik (gipodinamiya)
  7. Yetarlicha oqsil yemaslik
  8. Gipo- yoki avitaminozlar

Ho'sh, nima qilish kerak?
Barakalla, shularni aksini qilish kerak!

  1. Fe'lingizni keng qiling, bo'lar-bo'lmasga e'tibor bermang, turli yangilik va xabar kanallarni ko'rmang, kuzatmang. O'zingiz bilan holi qolib turing, ozgina tabiatga chiqib piyoda yuring.

  2. Uyquni optimal davomiyligi 6-9 soat. Sifatini oshirish uchun esa xonani ko'zga yorug'lik tushmaydigan, qorong'u qilib uxlash kerak.

  3. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv iching. Bu yuqori nafas yo'llarini yuqori namligini saqlab, o'sha a'zolardagi mahalliy immunitetni doimiy faol bo'lishini ta'minlaydi.

  4. Kunda yarim-bir soat tashqarida, quyosh nurlari tushib turadigan joylarda sayr qilish yoki shunchaki o'tirish, turish mumkin.

  5. Faol hayot kechiradiganlar nofaol kishilarga nisbatan 80% gacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Kasallansa ham yengil o'tadi. Faol deganda faqat zalga borish tushunish kerak emas, uy ichida ham harakatlarni ko'paytirsa bo'ladi.

  6. Oqsilga boy mahsulotlarni ratsionda ko'paytiring. Bular immun tanachalarni shakllanishi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblanadi.

  7. Kunda bir mahal bo'lsada meva yoki salatlar yeb turish kerak. Shunda vitamin yetishmasligida muammo bo'lmaydi.

@taomlanish_ilmi

1 month ago
  1. SOVUQ havoda qanday taomlanish kerak?

— Doim issiq ovqatlar isteʼmol qilishga harakat qiling.
— Oqsilga boy taomlar tanani qizdiradi. Sababi oqsilni issiqlik samaradorligi (TEF) boshqa nutriyentlarga nisbatan yuqori.
Oqsilli mahsulotlar: Dukkaklilar, pishloq, tvorog, baliq, go'sht mahsulotlari (ayniqsa qo'y go'shti - issiqlik)
— Sabzavotlardan: sholgʻom, qizil sabzini koʻproq iste’mol qiling.
— Quruq mevalar, ayniqsa mayiz, turshak, yongʻoqlar nonushtaga yeyilsa yaxshi.

@taomlanish_ilmi

1 month, 1 week ago
  1. BOʻY OʻSTIRISH uchun retsept:

— Kamqonlik (anemiya) bolalarda boʻy oʻsishini ortda qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Anemiya muolajasi👈
— Homiladorlikni rejalashtirishda onadagi kamqonlikni muolaja qilish kerak. Anemiya onadan tugʻilgan bolani boʻy oʻsishda ortda qolishi isbotlangan.
— Vitaminlardan “D”, “A” va B guruhi kerak. “D” manbai: quyosh, “A” manbai: sariq (qizgʻish) rangli mahsulotlar (sabzi, oshqovoq), “B” manbai: meva, koʻkatlar.
— Tepaga sakraganda qoʻli yetar-yetmas jism ilib qoʻyib, shunga har kuni 15-20 daqiqa sakrab, unga yetishga harakat qilish. Yetishni boshlaganda yana biroz koʻtarib qoʻyish.

@taomlanish_ilmi

2 months, 3 weeks ago
  1. BUYRAK-TOSH kasalligini oldini olish uchun har kuni yetarlicha suyuqlik (suv, choy) ichish kerak. Kamida (350 ml’lik) 5 stakan.

Buyraklarda suyuqlik almashinuvi yaxshilansa (tezlashsa) tosh hosil boʻlmaydi.

@taomlanish_ilmi

2 months, 4 weeks ago
  1. INSULTNI oldini olish uchun
    Retsept:

— Kofe ichish (Manba)
— kunda kamida 5-6 stakan suv ichish. Bu qonni suyultiradi, miyada qon aylanishi yaxshilaydi.
— Kunda 20-30 daqiqa jismoniy faollik kerak. Hech boʻlmasa shuncha vaqt piyoda yuring. Bu ham bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlarini elastikligini oshiradi.

@taomlanish_ilmi

2 months, 4 weeks ago
  1. JIGARNI SURUNKALI kasalliklarini 50% gacha oldini olish uchun kunda 3-4 chashka (125 ml’lik) kofe iching.
    Manba

@taomlanish_ilmi

6 months ago

? TARVUZ URUG'I foydalari

Tarvuz urug'i tarkibida antioksidant moddalari juda ko'p. Shuning uchun imkon qadar urug'ini ajratmasdan, uni chaynab yeyishga (men doim shunday qilaman) harakat qiling.

Agar butunligicha yutib yuborsangiz undagi kerakli moddalar urug' ichidan chiqmasdan, butun holatda kanalizatsiyaga ketadi.

Antioksidantlar nima uchun kerak?

Bu moddalar insult kasalligidan himoya qiladi. Yaʼni, qon oqimidagi oksidlangan yogʻlarning paydo boʻlishini oldini olib, miyadagi kichik qon tomirlarning o'ta sezgir devorlariga zarar yetkazilishini oldini oladi.

Shuningdek, ular arterial qon tomirlarning devorini qayishqoqlogini oshiradi, tromblarni shakllanishiga toʻsqinlik qiladi, qon bosimini pasaytiradi va yalligʻlanishni kamaytiradi.

Erkin radikallar (oksidlovchilar) oqsil tuzilishiga zarar yetkazadi va ularni immunitetimiz tanimaydigan qilib qo'yadi. Natijada allergik yoki autoimmun kasalliklar rivojlanadi.

Sabzavotlar, rezavor mevalar, ko'katlar, urug'lar va ziravorlar antioksidantlarga boy boʻlib, tizimli yalligʻlanishga qarshi ancha yaxshi kurashadi.
Mana nima uchun antioksidantlar kerak!

@taomlanish_ilmi

6 months, 1 week ago

​​​​TARVUZ haqida
Tarvuz deyarli 90% suvdan iborat boʻlib, chanqogʻingizni juda yaxshi qondiradi.

Tarkibida oqsillar va yogʻlar yoʻq, ammo tez hazm boʻlib energiya beradigan uglevodlarga boy. Ushbu meva, ayniqsa, jismoniy faol odamlar uchun foydalidir.

Tarvuz tarkibida juda koʻp qizil pigment — likopin mavjud. Bu modda kuchli antioksidant.

Tarvuz C va B guruh vitaminlariga, ayniqsa minerallarga boy.

Tarvuz deyarli suv va kam kaloriyaga ega boʻlgani uchun uni cheksiz miqdorda isteʼmol qilish mumkin degan notoʻgʻri tushuncha bor.

Tarvuz oddiy uglevodlarga boy boʻlib, glikemik indeksi baland mahsulotlar roʻyxatiga kiradi. Shuning uchun qandli diabetda ehtiyot boʻlib iste’mol qiling.

Tarvuz 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi, allergenligi sababli emas, balki tarvuzni sanoat usulida yetishtirishda ishlatiladigan oʻgʻitlar, nitratlar va boshqalarni zararli taʼsiridan.

Shu sababdan kattalarga tarvuzni qobigʻigacha isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi aynan shu qatlamida zararli moddalar koʻproq boʻladi.

Diuretik taʼsiri va siydik kislotasining chiqarilishini koʻpaytirishi tufayli buyraklar qumdan tozalanadi.

Ma’lum boʻlishicha tarvuz shishlarni, yurak va buyrak kasalliklarini, gipertoniya va ich qotishini yengillashtiradi.

Tarvuzni urugʻlari alohida mavzu, unga ham alohida post joylayman.

@taomlanish_ilmi

8 months, 1 week ago

? QULUPNAY SARATONDA YORDAM BERADI

Qizilo'ngach saratoni, oshqozon osti bezi saratoni kabi eng halokatli tashxislardan biri hisoblanadi. Kasallik tashxisidan so'ng 5 yil umr ko'rgan bemorlar 20% dan kam, 80% dan ortigʻi esa oʻsha vaqtgacha bormas ekan.

Bunday daxshatli statistika bizni bu kasallikni oldini olish, shuningdek, uning rivojlanishini iloji boricha tezroq to'xtatish va qaytarish haqida o'ylashimiz kerakligiga majbur qiladi.

Bu borada olimlar rezavorlar bilan tajriba o'tkazishga qaror qilishdi. Qulupnay kukuni qizilo'ngach saratoniga hos ayrim o'zgarishlarga ega bo'lgan bemorlarga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan klinik tadqiqotda, bemorlar yarim yil davomida har kuni 30-60 gramm muzlatilgan, quritilgan qulupnayni kukun shaklida iste'mol qildi (bu 400 gr tabiiy qulupnay miqdoriga to'g'ri keladi).

Tadqiqotning barcha ishtirokchilariga boshlang'ich yoki o'rta bosqichdagi saraton oldi holati tashxisi qo'yilgan edi, ammo ajablanarlisi shundaki, 80% hollarda kasallikning regressiyasi (ortga chekinishi) qayd etildi.

Saraton oldi o'zgarishlar esa kamroq aniqlangan yoki butunlay yo'qolgan. Ko'p miqdorda qulupnay iste'mol qilganlar guruhidagi ishtirokchilarning yarmi davolanishdan so'ng sog'ayib ketishgan.

Qulupnay mavsumida toʻyib olish kerak. Bu yegulik antioksidantlarga va vitamin “C”ga juda boy. Faqat allergiyasi bor kishilar ehtiyot boʻlgani yaxshi, sababi tarkibidagi psevdoallergen — tiramin moddasini koʻp kirishi allergiya chaqirishi mumkin.

@taomlanish_ilmi

8 months, 3 weeks ago

Arzon narsa qimmat boʻlib ketdi,
Qimmat narsa arzon boʻlib ketdi…

Shunday mahsulotlar borki, bozorda arzimagan narxga olishingiz mumkin. Lekin shu mahsulotlar tarkibidan gigant kompaniyalar kerakli (qimmatli) moddani ajratib oladida, yaxshigina summaga pullashadi.

Huddi shunday mahsulotlardan biri haqida video olgan edik, bugun tayyor boʻladi, kechga Youtube’ga joylaymiz.

Shu birgina mahsulot bilan koʻplab muammolarni bartaraf qilishingiz mumkin, jumladan:
- kamqonlikni
- qabziyatni
- gepatoz va jigar sirrozini
- jinsiy zaiflikni va hokazo…
Bundan tashqari qarilikni tezlashtirishga javobgar genlarni bloklaydigan moddalarni ham oʻzida saqlaydi. Bu esa uzoq yillar yosh koʻrinishingiz, a’zolar ham yosharishi mumkin degani.

20:00 da premyerasi boʻladi!

@taomlanish_ilmi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago