O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

Description
O'qituvchi va murabbiylar – yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir
Shavkat Mirziyoyev


📥 @Davlat_tili_bot

📩 @UZBadministratorbot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

5 months, 4 weeks ago

⚡️ Бугундан касб-ҳунар мактабларига қабул бошланди

? Умумий ўрта таълим мактабларининг 2024 йил 9-синф битирувчилари 100 дан ортиқ касблардан бирини эгаллашлари учун my.edu.uz электрон платформаси орқали 20-июл (шу куни ҳам) кунига қадар онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин.

▪️Платформага:

туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома ёки ID карта маълумотлари;

3х4 ҳажмидаги фотосурат киритилади.

✔️ Маълумот ўрнида, бугунги кунда республикамизда 332 та касб-ҳунар мактаблари фаолият кўрсатмоқда.

@Davlat_tili_archives

5 months, 4 weeks ago

⚡️**2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASI.

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i.**

@Davlat_tili_archives

5 months, 4 weeks ago

**YAPON NAQLLARI

O‘YLANIB – HAL QIL,
                         HAL QILDINGMI, O‘YLANMA!**

Agar muammoni hal qilib bo‘lsa, u haqda qayg‘urish shart emas.
Agar hal qilib bo‘lmasa, qayg‘urishga na hojat?

*
Novdaning suvratini chizmoqchi bo‘lsang, shamolning nafasini his qil.

*
Birovdan shubhalanadigan bo‘lsang, uni yetti marta sinab ko‘r.

*
Haddan ziyod haqgo‘ylik tentaklik bilan chegaralanadi.

*
Kulgi yangragan uyni baxt tark etmaydi.

*
Raqibidan yarim soat bardoshli bo‘lganga g‘alaba nasib qiladi.

*
Barg cho‘kib, tosh suzadigan paytlar ham bo‘ladi.

*
Tabassumli chehrani nishonga olmaydilar.

*
Sovugan choy yoki sovugan guruchga chidash mumkin. Ammo, sovuq nigoh va sovuq mijozga termulish azob.

*
O‘n yoshda – dono, yigirmada – daho, o‘ttizdan keyin... oddiy odam.

*
O‘ylanib – hal qil, hal qildingmi, o‘ylanma!

*
Bejirim piyola hech qachon no‘noq kulolning qo‘lidan chiqmaydi.

*
Ozgina egilishdan cho‘chima, yuztuban yiqilmaysan.

*
Cho‘ng daryolar shovqin solmay oqadi.

*
Sayohatga diling tortib yo‘lga chiqsang, ming chaqirim ham sen uchun bir qadam.

Nosirjon TOSHMATOV tarjimasi

@Davlat_tili_archives

6 months ago
6 months ago
6 months ago
8 months, 1 week ago

#Kiritma_gaplar

KIRITMA GAPLAR

Uni tanishsa kerak (Farg'onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi (O'. Umarbekov). Ushbu gapda asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Farg'onada bir-birini tanimaydigan odam yo'q qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo'lagi bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotni ifodalaydi.

Kiritma gaplar so'zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo'shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo'llanadi. Juda muhim. Bu qo'shimcha ma'lumot ifodalovchi qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma'nosiga ziyon yetmaydi.

Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba'zan vergul yoki tire bilan ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik to'xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Tarkibi uncha katta bo'lmagan kirish gaplar vergul bilan ajratiladi. Tarkibi ancha katta bo'lgan va gapga umumiy izoh beruvchi gaplar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi. Misollar:
1. Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma'lum bo'la boshladi.
2. Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham tanisangiz kerak) o‘g'lini uylantirmoqchi bo'libdi.
3. «O'tkan kunlar» (siz bu romanni o'qigan- siz, albatta) o'zbek romanchiligi tarixida alohida o'rin egallaydi.
4. Musobaqada Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda.
5. Yolg'iz borishga, to'g'risini aytsam, qo'rqaman.
6. Ko'nglingizga kelmasin-u, har xil odam bo'ladi.
7. Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa ham, odamning yuzi issiq - hamsafar bo'lish to'g'risidagi sazasini o'ldirmadi.
8. Bilasanmi, Yo'lchi, bir shoir - bilmadim So'fi Olloyormi, shunday deganlar.
9. O'sha kuni edimi yoki boshqa bir kun (anig'i esimda yo'q) Habiba mendan so'radi.

Kiritma gaplar juda keng qo'llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan nutqi oralig'idagi qavslarda) ko'rsatib boriladi.

Kiritmalar, asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo'shimcha ma'lumot berganligi uchun, odatda, gap o'rtasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.

Mashq. Ko'chiring. Kiritmalarni aniqlang. Ohang va tinish belgilarini izohlab bering.

  1. Ko'zlari bo'taloqning ko'zlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni (uning ismi ham jismiga monand - Qorako'z begim edil) amirga Buxoro hokimi Alp Tegin in'om qilib yuborgan.
  2. Mana, bir oydan oshdi, G'aznadan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa G'aznadan sovuq xabar kutib (gunohkor bandangni o'zing kechirgaysen, Xudovandi karim!) betoqat bo'ladi, kechalari mijja qoqmay chiqadi.
  3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to'shalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... (Yo rabl Bu odam Sulton Mahmud G'aznaviy edi!) uzala tushib yotardi!
  4. Mirzajon aka (bizda birovni o'ta hurmat qilsang, yosh bo'lsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi... muloyim kulimsirab qo'ydi.
  5. Shundan keyin Saltanatni o'ninchi sinfni bitiruvchilar kechasida (bu to'yga odatdagiday hammamiz yig'ilgan edik) ko'rdim.

t.me/Davlat_tili_archives

8 months, 1 week ago
8 months, 1 week ago
10 months, 2 weeks ago

Muhabbat...
Ey gõzal,iztirob...

Muhammad Yusuf she'ri
? Shalola Razzoqova ijrosida

*Qalb nuri**

@Davlat_tili_archives

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago