Grammar Notes

Description
✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

Donat uchun karta raqami: 8600332998853000

? Kanal asoschisi: @kh_atajanov
Tags
We recommend to visit

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

Donat uchun karta raqami: 8600332998853000

? Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month, 1 week ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 3 years, 2 months ago

"Qaraqalpaq tili" pani boyinsha.

Last updated 2 months ago

1 month, 1 week ago

?Dars #81 Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi✳️ Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
make - majburlamoq
let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
have - yollamoq, koʻndirmoq?Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)?Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)?I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)?I made him promise that he wouln't tell anyone what had happened.

✳️Majhul nisbatda:
? We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)

✳️ Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
?Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)✳️ Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
?Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)?Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)✳️ anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
?He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)✳️ Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
? We decided to come and see you.

*❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons *? Kanalga qo'shiling ?**https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

1 month, 1 week ago

?Dars #80 **Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi

want – xohlamoqexpect - kutmoq*
would like - xohlamoq
*✅ask - soʻramoqmean - niyatda boʻlmoq*
would prefer - afzal koʻrmoq*✳️Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
1️⃣ verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
?He would like to come. (U kelishni xohlaydi)?I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)?We expected to be late.
2️⃣ verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
?He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)?I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)
?We expected him to be late.

⚠️ help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
?Can somebody help me (to) move this table?

✳️ Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
tell - aytmoq
warn - ogohlantirmoq
* *enable - imkon bermoq
order - buyurmoq
* *force - majburlamoq
teach - oʻrgatmoq
* *remind - esga solmoq
invite - taklif qilmoq
* *persuade - koʻndirmoq
get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
* *cause - sabab boʻlmoq
entitle - huquq bermoq
* *challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
dare - undamoq
* *convince - ishontirmoq
hire - yollamoq
* *urge - undamoq
instruct - koʻrsatma bermoq
* *require - talab qilmoq?Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
?He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)
?I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim)?Who taught you (how) to drive?

⚠️Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
? I was warned not to touch anything.

✳️ Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
allow - ruxsat bermoq
recommend - tavsiya qilmoq
* *permit - ruxsat bermoq
encourage - ruhlantirmoq
* *advise - maslahat bermoq urge - undamoq ?I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.) ?I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
?They don't allow parking in front of the building.
?They don't allow people to park in front of the building.

⚠️ Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
?Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
?You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)

❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons
? Kanalga qo'shiling ?https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

1 month, 2 weeks ago

*?Dars #79 Infinitiv shakllari
✳️ Infinitiv gapdagi mazmuniga qarab 6 ta shaklda keladi. Infinitivda davomiy infinitivlar qo'shilganligi sababli, gerundiyga qaraganda 2 ta ko'p shaklga ega. Quyidagi jadvalda to do fe'lining infinitiv shakllari va qavs ichida ularning nisbati berilgan.
1️⃣ Simple infinitive (active) - to do*?I need to do this exercise. (Men bu mashqni bajarishim kerak)

2️⃣ Simple continuous infinitive (active)- to be doing
▪️Davomiy infinitiv davom etib turgan ish-harakatni bildirib to pretend/seem fe'llaridan keyin qoʻllaniladi.
?When I saw him, he pretended to be reading a book. (Uni koʻrganimda, u oʻzini kitob oʻqiyotgandek koʻrsatdi)3️⃣ Simple infinitive (passive) - to be done▪️Majhul nisbatdagi infinitiv ish-harakat bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
?This work needs to be done. (Bu ish bajarilishi kerak - kim bajarishi ahamiyati yoq )4️⃣ Perfect infinitive (active) - to have done▪️Perfekt infinitiv infinitivda ifodalangan ish-harakat tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatadi.
?You seem to have lost weight. (Siz ozgan koʻrinasiz.)5️⃣ Perfect continuous infinitive (active) - to have been doing▪️Infinitivning Perfect continuous infinitive tugallangan davomiylikni bildirib keladi.
?You are tired. Was it hard to have been running all morning? (Siz charchabsiz. Butun ertalab yugurib yurish qiyin boldimi?)6️⃣ Perfect infinitive (passive) - to have been done▪️Perfect infinitive (passive) o'tgan zamondagi majhul nisbatdagi voqea-hodisalar uchun boshqa fe'llardan keyin ishlatiladi.
?This book is thought to have been written in 15th century. (Bu kitob 15-asrda yozilgan deb taxmin qilinadi.)*❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons *? Kanalga qo'shiling ?**https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

1 month, 2 weeks ago

*?Dars #75 Gerundiy bilan ishlatiladigan fe'llar*✳️ Quyida keltirilgan fe'llardan keyin agar fe'l qo'llaniladigan bo'lsa, fe'lning gerundiy shakli qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga bunday holatda gerundiy toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi.
▫️stop - toʻxtatmoq
▫️avoid - saqlanmoq*
▫️ dislike - yomon koʻrmoq*
▫️*finish - tugatmoq*
▫️*consider - oʻylamoq*
▫️*hate - nafratlanmoq
▫️delay - kechiktirmoq
▫️involve - ichiga olmoq
▫️love - sevmoq
▫️enjoy - zavqlanmoq*
▫️*practise - mashq qilmoq*
▫️*can't stand - toqat qilolmaslik
▫️mind - qarshi boʻlmoq
▫️miss - sog'inmoq
▫️can't bear - chiday olmaslik
▫️suggest - taklif qilmoq
▫️postpone - keyinga surmoq
▫️discuss - muhokama qilmoq▫️can't help - oʻzini tiyolmaslik
▫️fancy - yoqtirmoq, xohlamoq
▫️ risk - tavakkal qilmoq
▫️can't face - xohlamaslik
▫️imagine - tasavvur qilmoq
▫️give up - tashlamoq
▫️can't resist - oʻzini tiyolmaslik
*▫️admit - tan olmoq*
▫️*go on - davom ettirmoq
▫️put off - keyinga surmoq*
▫️*deny - inkor etmoq
▫️complete - tugatmoq
▫️keep (on) - davom ettirmoq
▫️regret - pushaymon boʻlmoq
▫️like - yoqtirmoq
▫️recall - eslamoq▫️mention - tilga olmoq
▫️carry on - davom ettirmoq
▫️appreciate - yuqori baholamoq
▫️anticipate - kutmoq
▫️quit - tashlamoq, tark etmoq
▫️recollect - eslamoq
▫️report - xabar bermoq⚠️ Yuqori yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda ham toʻxtalib oʻtaman.

?Stop talking! (Gaplashishni toʻxtating!)?I don't fancy going out this evening. (Bugun kechqurun koʻchaga aylangani chiqish yoqmayapti.)?I can't imagine George riding a motor-bike. (Men Jorjning moped haydashini tasavvur qilolmayman.)?She couldn't resist laughing at him in those clothes. (U uning anavi kiyimlari ustidan kulishdan oʻzini tiyolmadi.)?She often misses being with her friends . ( U tez-tez do 'stlari bilan birga boʻlishni sog'inadi.)?If you use the shower, avoid splashing water on the floor. (Dushdan foydalansangiz, polga suv sachratishdan saqlaning.)

❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons
? Kanalga qo'shiling ?https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

1 month, 2 weeks ago

*?Dars #74 Ingliz tilida fe'lning noaniq shakllari (gerundiy)*✳️ Ingliz tilida gerundiy (gerund) - bu fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilgan fe'l shaklidir. Fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilganda, u endi ot (noun)ga o'xshab qoʻllanila boshlaydi. Masalan, to smoke -chekmoq fe'lidan gerundiy hosil qilamiz: to smoke (fe'l)- smoking (gerundiy).
?Smoking is bad for you. (Chekish siz uchun zararli)✳️ Gerundiyni oʻzbek tilidagi harakat nomi sifatida tushunish mumkin. Gerundiy gapda ega, toʻldiruvchi va boshqa gap boʻlaklari sifatida qoʻllanishi mumkin.

✳️ Gerundiy qoʻllanishi mumkin boʻlgan holatlar:1️⃣ Gapda ega yoki kesim sifatida keladi:
?Smoking is bad for you. (ega)?Seeing is believing.(ega va kesim)2️⃣ Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (enjoy/like/suggest/can't stand+gerund…):
?Do you enjoy cooking??I can't stand being told what to do.

3️⃣ Predlogdan (koʻmakchidan) keyin qoʻllaniladi:
?She is very good at listening to people.
?Why did you take my bike without asking??He improved his English by reading books in the original.

4️⃣ Ba'zibir ibora va birikmalardan keyin (it is no use/it is no good/it's worth/be busy/have difficulty/have fun…+gerund)?It's no use worrying about it. There is nothing you can do.
?You should go and see the film. It's really worth seeing.?When I saw Tom, he was busy washing his car.
?I had difficulty finding a place to live.

5️⃣ How about/what about…? birikmalaridan keyin taklif kiritish uchun:
?How about going out for a meal tonight?
?What about me(my) coming to see you tomorrow?

✳️ Gerundiy ham aslida fe'l boʻlgani uchun uning inkor shaklini hosil qilish mumkin. Bunday hollarda gerundiy oldidan not soʻzi qoʻllaniladi. Inkor shakldagi gerundiy oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
?It's nice not being at work. (Ishda boʻlmaslik yaxshi)?When I am on holiday, I enjoy not having to get up early. (Ta'tildaligimda erta turish shart emasligidan zavqlanaman.)✳️ Agar gerundiy bilan ifodalangan ish-harakat tugallangan yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsak, Perfect Gerund -having+V3(ed) qoʻllaniladi. Bunday holat to admit/deny/regret fe'llaridan keyin uchraydi.
?He admitted having stolen the money. (U pulni o'g'irlaganini tan oldi)?They regret having got married.?She denied having drunk alcohol. (U spirtli ichimlik ichganini tan olmadi)*❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons *? Kanalga qo'shiling ?**https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

1 month, 3 weeks ago

?Dars #73 Yordamchi fe'llarning qo'llanishi✳️ Ingliz tilida yordamchi fe'llar mustaqil ma'no anglatmasada, soʻroq va inkor gaplarni hosil qilishda va ba'zan asosiy fe'lga qoʻshimcha ma'no yuklash (modal fe'llar) uchun qoʻllaniladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy yordamchi fe'llar keltirilgan:
*▫️am/is/are ▫️was/were ▫️would▫️may▫️must ▫️can ▫️ have/has ▫️could ▫️might ▫️shall ▫️will ▫️do/does/did ▫️should ▫️need*

✳️ Mazkur mavzuda biz yordamchi fe'llarning muhim vazifalaridan yana biri boʻlgan asosiy fe'lni qayta takrorlamaslik vazifasini koʻrib chiqamiz. Quyidagi gapni tahlil qilamiz:
?Do you smoke? ➡️ I did but I don't any more.
⚠️Aslida bu gap I smoked but I don't smoke any more shaklida keltirilishi mumkin edi, ammo smoke fe'li qayta takrorlamasdan, faqatgina did va don't yordamchi fe'llarini qoʻllash bilan ham mazmunni ifodalash mumkin.

✳️ DTM tomonidan qoʻllanadigan test savollarida quyidagi qurilmalar juda koʻp qoʻllaniladi:
1️⃣ but - lekin, ammo, biroq bog'lovchisi bilan bog'langan gaplar. Bunday gaplarda birinchi gap boʻlishli, ikkinchi gap boʻlishsiz yoki aksincha boʻladi.
?I like going for long walks but Tom doesn't. (=doesn't like)?They can't ride a bicycle but I can. (=can ride)2️⃣ and - va, ham, hamda bog'lovchisi bilan bog'langan gaplar. Bunday gaplarda birinchi gap qanday boʻlsa, ikkinchi gap ham shunday qurilmada boʻladi va birinchi gapning mazmuniga qarab ikkinchi gapda so/neither/nor/either soʻzlari ishtirok etadi. Ikkinchi gapdagi yordamchi fe'lning oʻrniga e'tibor bering.
?I like going for long walks and so does Tom.
?They can't ride a bicycle and neither/nor can I.
?We haven't bought a house this year and our neighbours haven't either.

3️⃣ too - ham degan ma'noda qoʻllaniladi va darak gap oxirida keladi.
?I am happy. He is happy too.4️⃣ either - ham degan ma'noda qoʻllanadi va inkor gap oxirida keladi.
?I didn't like the film. Tom didn't either.

5️⃣ so - ham degan ma'noda oldin aytilgan boʻlishli fikrga qoʻshilish uchun ishlatiladi. E'tiborli jihati - so+yordamchi fe'l+ ega qurilmasiga amal qilish kerak.
?A: I have been to the USA ➡️ B: So has Tom
?A: Jane was late this morning. ➡️ B: So were her brothers.
?A: I went to Bukhara last year. ➡️ B: So did we.
?A: He is coming to the party.➡️ B: So is Jack.
?A: We should take care of it. ➡️ B: So should they.

6️⃣ neither/nor - ham degan ma'noda oldin aytilgan boʻlishsiz fikrga qoʻshilish uchun ishlatiladi. E'tiborli jihati - neither/nor+ boʻlishli yordamchi fe'l+ ega qurilmasiga amal qilish kerak.
?A: She hasn't found a job yet. ➡️B: Neither/nor have I.
?A: We don't often see Tom. ➡️ B: Neither/nor do I.
?A: I didn't go to Bukhara last year. ➡️B: Neither/nor did we.
?A:She didn't expect him to come. ➡️ B: Neither/nor did Jane.

⚠️Eslatma: no/none/nobody/no-one/nothing/nowhere/barely/seldom/scarcely/ hardly/ rarely soʻzlari ham mazmunan inkor soʻzlar hisoblanadi va ular qatnashgan gaplarga qoʻshilish uchun neither/nor soʻzlarini ishlatish lozim.
?A: Nobody did their homework. ➡️ B: Neither/nor did I.
?A: We never drink tea. ➡️ B: Neither/nor do they.

7️⃣ Biror bir fikrga munosabat bildirishning boshqa usullari ham mavjud. Bular I think so/I don't think so/I hope/I hope not/ I am afraid so/I am afraid not/I suppose so/ I don't suppose so gaplari orqalidir.
?It is going to rain.
I don't think so (fikrga qoʻshilmaslik)I think so (fikrga qoʻshilish)?Do you speak English?
I am afraid not. (I don't speak English)?Is he ill?
I hope not. (he is not ill)*❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons *? Kanalga qo'shiling ?**https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

4 months, 3 weeks ago

?Hurmatli ustozlar, Sizlar uchun Attestatsiyaga tayyorgarlik uchun alohida kanal ochdik.
✳️ Ushbu kanalda attestatsiyaga oid

* Grammar testlar
Vocabulary testlar
Reading
Pedagogikaga oid testlar berib boriladi*.

➡️ Kanal havolasi: @grammarnotesattestatsiya

4 months, 3 weeks ago

*?*Dars #2 Present Continuous tense

✳️ Present continuous tensehozirgi davomiy zamon odatda ayni paytda sodir bo'layotgan** ish-harakatlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi.

✳️ Gapda egadan keyin am/is/are yordamchi fe’llari va asosiy fe’lga ‘-ing’ qoʻshilgan holda qoʻllaniladi.

▪️Positive form:
?I am working.
?He/she/it is working.
?We/you/they are working.▪️Negative form:
?I am not working.
?He/she/it is not working.
?We/you/they are not working.

▪️Question form:
?Am I working?
?Is he/she/it working?
?Are we/you/they working?

✳️ Misollar:? Please don’t make so much noise. I’m trying to work. (Iltimos, shovqin qilmang. Men ishlashga harakat qilyapman)?‘Where’s Mark?’ ‘He’s having a shower.
?Let’s go out now. It isn’t raining any more.
?How’s your new job? Are you enjoying it?

*▶️ Present continuous tense* – hozirgi davomiy zamon qo'llaniladigan holatlar keyingi darsda atroflicha yoritib beriladi.

*❤️If you want to do some good to your friends ? just share this post @grammarnotes #2024 #newlessons *? Kanalga qo'shiling ?**@grammarnotes

5 months ago

*⚡️*⚡️*?*? Hurmatli ustozlar !!!
ℹ️ Attesttatsiyaga tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lsangiz, 29-avgustdan** yangi guruh ochildi.

❗️Ertaga soat 18:00 gacha qo'shilib olsangiz bo'ladi.

▪️ To'liq attestatsiya kursi 2 oylik - oyiga 150 ming so'm.

Demo dars ko'rmoqchi bo'lsangiz, shu yerga kiring: https://t.me/+UWa0ojNzIaQ5OTcy

Natijalarni ko'rmoqchi bo'lsangiz: @grammarnotesshop ga kiring.

Kursga yozilish uchun: @grammarnotesadmin ga yozing.

We recommend to visit

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

Donat uchun karta raqami: 8600332998853000

? Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month, 1 week ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 3 years, 2 months ago

"Qaraqalpaq tili" pani boyinsha.

Last updated 2 months ago