Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
So'roq (onamga)
Uzun uzun xavotiring bulutlarga yetib bordi,
Yog'ilajak yomg'irlardan tunni ogoh qilganmiding?
Kulgilarim, yig'ilarim senga qanday o'tib bordi,
Dilim xira tortganini aytmasam ham bilganmiding?
Yig'lamsirab uxlamadim, ovutguncha azon bo'ldi,
Bahor emas, kuzing bo'ldim, gulday umring xazon bo'ldi.
Bir yo'qlamas qizing bo'ldim,
Qadring arzon arzon bo'ldi.
O'zing aytgin, bu dunyoga bir meni deb kelganmiding?
Shamol kelib etagingdan yemishlarni olib ketdi,
Bolamga deb asraganim demishlarni olib ketdi
Orzularni, istaklarni, xohishlarni olib ketdi,
Ayol boshing bilan jarning yoqasida turganmiding?
Kunlarimdan noliyverdim, kunlar bir-bir o'taverdi,
Kiyim dedim, kitob dedim, shular meni yutaverdi.
Tantiqligim tugamadi, erkaligim tutaverdi,
Yoki o'zing Xudoyimdan menday bola so'rganmiding?
Ona, aytgin, bu dunyoga bir meni deb kelganmiding?
✍Venera
@venera_inoyatovna
"Qaqnus" ko'rsatuvida bahor!
Hamma yaxshi yomon fikrlaringizga ochiqman.
O'zingiz haqingizda yoki men haqimda nimalar o'ylasangiz yozing.
Taklif va savollaringizni ham!
Shu post tagida javob olasiz.
t.me/questianonbot?start=6626416014h
Покажи ссылку друзьям и подписчикам и получай от них анонимные вопросы!
Sening xatlaringni o'qimaydi u...
Shoirni tanidingizmi?
▫️▫️▫️
Bizni baxt yaratgan.
Qishloqdagi onamizga
o‘xshash baxt.
Ammo uni
tashlab ketdik.
Ba’zan sog‘inib
ko‘rgani boramiz.
Yayraymiz uyida.
Ammo
Mehmonligimizni
sezib turamiz.
Baxtdan naridagi hayot
baribir bizniki.
Ketish kerak…
Baxt bizni quchoqlab
xayrlashar,
Labida tabassum,
ko‘zlarida yosh.
Ba’zan baxt
sog‘inib ko‘rgani keladi.
O‘shanda bayram.
Bolalarga o‘xshab qolamiz.
Birdan ketishga hozirlanar.
“Qol”, deymiz.
Ammo so‘zlarimizdan
samimiyat qochganini,
allaqachon sezgan.
Aniq biladi
bebaxtlikka ko‘nikkanimizni.
Mahkam quchoqlab
xayrlashar.
O‘pib,
hidlab xayrlashadi.
“Bir ongina
baxtni ko‘rsak edi,
o‘ylaymiz
yurak orziqqanda,
Bir damgina diydoriga to‘ysak”.
Bir kuni baxtni
ko‘mgani boramiz.
Yig‘laymiz.
Anglaymiz:
biz o‘ldirganmiz
bu baxtni;
bizni sog‘inib
o‘lgan bu baxt.
Endi
bizni yo‘qlab,
hech kim kelmaydi.
Endi biz
hech kimni
yo‘qlab bormaymiz.
Endi bemalol
yashash mumkin.
Endi bemalol
o‘lsak ham bo‘laveradi…
Usmon Azim
Kontent qilaman deb soatlab she'r o'qib o'tirdim.
Bitta she'rni qayta-qayta aytaverib oxirida nafas yetishmay qoldi?♀
Oxiri dumaloq video qilib tashlayqoldim?
#jarayon
#zomin_seminari
Aziz Saidov
Mamura Zohidova ustozlarimiz?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago