Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Prezidentga murojaat

Description
Murojaat uchun👇 @Prezidentga_murojaat_uchun_bot
Advertising
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago

1 week, 6 days ago

#Murojaat
#Respublika

Таҳрирсиз:
"Assalomu alaykum hurmatli prezident Shavkat Mirziyoyev.
Men hozirda talabaman, shu bilan birgalikda boshlang'ich sinf òqituvchisiman, oraliq fanlardan dars beraman.
Men bahorda bòlib òtgan Milliy sertifikat imtihonida 46,93 ball tòplab, 72,2% bilan C daraja oldim.
Maktab ma'muriyatiga 20% ustama olishim bòyicha murojaat qilsam, ona tili va òqish fanidan dars bersang beriladi ustama dedilar.
Hurmatli prezident Shavkat Mirziyoyev men taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, 20% ustamani boshlang'ich sinf òqituvchisi oraliq fanlardan dars bersa ham tòlansa, sababi ona tilini mukammal bilgan, Milliy sertifikatdan talab qilingan C daraja olgan òqituvchi oraliq fanlarni ham mukammal darajada òquvchilarga òrgata oladi.
"

🔵Президентга мурожаат канали

1 week, 6 days ago

#Murojaat
#Respublika

Таҳрирсиз: "Biz ustozlar birlashyapmiz, bu minglab ustozlar nomidan berilayotgan talab! *Assalomu alaykum!
Men o'zim ona tili va adabiyot fanidan repetitorlik faoliyatini olib boraman.
Ustozlarimiz 17-martda UzBMBA tomonidan o'tkazilgan milliy sertifikatlash darajasini aniqlash test sinovlariga qatnashishdi.
Roppa-rosa bir oydan so'ng esa natijalar chiqdi. Bu yerda hech kimning BMBA ga e'tirozi yo'q. Natijalar yaxshi, kutilganidek. Lekin bu yerda bir masala o'qituvchilarga olgan sertitikati bo'yicha ustama to'lash masalasi. Ustozlar uchun qaror moslashtirilmadi.

Bilamizki, oxirgi test sinovi(17.03.2024) natijalari xalqaro RASH modeli asosida tekshirildi va unda maksimal ball 75 ball hisoblandi, A+ daraja (70+ ball ga beriladi). 

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25-son qo'shma qarorida 100 ballik eskirgan tizim saqlanib qolgan va buni isloh qilish kerak, menimcha, isloh qilinyapti va insayd ma'lumotlarga qaraganda, ustozlarga talab darajasi A+ va A sertifikatlar bo'lgandagina ustama berilishi ko'zda tutilmoqda ekan, lekin bungacha B+ va B ham ustamaga ega bo'ladi degan ishonch barcha ustozlar orasida bor edi.

A+ va A darajalarni qo'lga kiritgan ustozlar sanoqli. Bu yerda katta xato, o'qituvchilar shuncha pul sarflab kursga tayyorlanib, yana 460.000 so'm to'lov qilib imtihon topshirib, 1 oy natijasini kutadi, natija chiqqanidan keyin esa, qaror chiqarilishi - bu mantiqqa zid emasmi? Chiqqanda ham adolatsiz qaror chiqish arafasida, hozir buning oldini olmasak, ko'plab ustozlarning qo'lini ilmdan, kasbidan sovutib yuborgan bo'lamiz.
Bu bitta tuman, viloyat, shahar masalasi emas, butun Respublika ustozlarining adolat talabi, ularning umidi ustida gap ketmoqda.
Telegramda biz ustozlar birlashyapmiz, bu minglab ustozlar nomidan berilayotgan talab.
Alisher Hodiyev*"

🔵Президентга мурожаат канали

1 week, 6 days ago

#Murojaat
#Namangan

Таҳрирсиз:
"Assalomu alaykum hurmatli Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonivich Mirziyoyev men Mansurxonova Sayyora Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Toshkent Mahalla Fuqarolar Yegʻini Chust koʻchasi 56-uyda yashayman .Hozirda 12-maktabning 6 a sinfida oʻqiymansizga murojaat nomam shuki:
• Maktabimizga sport zal kerak chunki biz hammamiz jismoniy tarbiya fanini juda ham yaxshi koʻramiz lekin yomgʻir yoki qor yogʻigan kunlari dars oʻta olmayapmiz .
• Bizda kiyinish xonasi ham yoʻq biz qizlar sinf xonasida kiyinamiz oʻgʻilbolalar esa ilojsizlikdan skamekalarda kiyinishyapdi.
•Yana fan toʻgaraklari uchun sinf xonalari yetishmayapdi.
Avvaldan katta tashakkur.
"

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 2 weeks ago

#Murojaat
#Qoraqalpoğiston

Таҳрирсиз:
"Assalomu aleykum Men Matmuratova Dildora Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani Shoʻrahon qishlogʻining 4 boʻlimida istiqomat qilaman. Men hozir 3 bolamni bitta oʻzim boqayabman. . Men bundan bir yil burun ʼʼUzneftgaz AJʼʼ ʼʼTAXIATOSH NEFT GAZ ʼʼ MCHJ TOʻRTKOʻL FILIALI da ishlaganman. Oʻqimaganim sababli uzoq ishlay olmadm . Diplomim oʻrta maxsus. Men sizdan ish soʻrab murojat qilmoqdaman.
Men Matmuratova Dildora Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida Shoʻrahon qishlogʻining 4 boʻlimining Eski shahar koʻchasi 24-uyida istiqomat qilaman.Mening telefon raqamim
+998882413606 ."

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 2 weeks ago

#Murojaat
#Samarqand

Таҳрирсиз:
"Assalomu aleykum hurmatli Shavkat Mirziyaev men samarqand viloyat urgut tumanidan man Usmonova Fotima mani murojatim shundan iboratki 10 yildan buyon uyga uy ijaraga yashab kelyapman 3nafar farzandim bor uysiz joysiz qiynalib ko'chama ko'cha yuribman ko'p marotaba mahallaga hokimyatga murojat qildim hokimyatdannam sharoitimiz ko'rib ketishdi lekin natijasi bo'lmayapti o'zim oshxonada 60 ming so'mga ishlayman lekin ishlagan pulim ijaradan ortmaydi boquvchim yo'q yolg'iz onaman yordam qiling ishka layoqatsizman majburligimdan 3 nazar farzandimni boqish uchun ishlayapman iltimos sizdan ijtimoiy uylardan berishingizni so'rayman iltimos sizdan bolalarim bilan ko'chada qolganmiz
Samarqand viloyati Urgut tumani beshbuloq maxallasi islomobod ko'chada ijarada turaman 93 582 20 79
"

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 2 weeks ago

#Murojaat
#Xorazm

Таҳрирсиз:
"*Assalomu aleykum ismim Jaloliddin men Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti 3-bosqish talabasiman talim turi sirtqi,
Mening bir iltimosim bor.
Janob Prezident...
Menga sizdan bitta boʻnus yordamingiz kerak.

Janob Prezident Shavkat Mirziyoyev menga oʻzingizning shaxsiy lavozingizdan foydalangan xolda menga bitta boʻnus yordam qiling.

Men Biznes akademiyada oʻqimoqchiman va oʻz biznesimni ochmoqchiman.

Xozirda biznes akademiyada oʻqish narxi 40 millionga oshdi, menda buncha pul yoʻq.

Janob Prezident...
Men oʻqimoqchiman.
Oʻqishim uchun oʻzingiz yordam bering.

Real biznes akademiyasi raxbari Asiya colsalting asoschisi Ilhom Begimkulov bilan oʻzingiz men uchun , Real biznes akademiyasida oʻqishim uchun boʻnus yordam bering.

Men ham oʻqib oʻrganib biznes yoʻllarini oʻrganishni va oʻz biznesimni ochishimni va xalqimizga ish oʻrinlarini yaratishni istayman.

Janob Prezident Shavkat Mirziyoyev men rassiyaga borib ishlashni rassiyada ruslar uchun ishchi boʻlishni xohlamayman.
Men oʻz yurtimda oʻz fuqarolarimizga oʻzimizda ish oʻrinlarini yaratishni istayman.

Sizdan iltimos meni oʻqishim uchun Ilhom Begimkulov bilan gaplashib menga boʻnus bering iltimos.

Mening qurbim yetmaydi oʻqish pulini toʻlashga, lekin oʻqishni istayman.

Iltimos menga oʻqishim uchun boʻnus (yordam) bering.

Men Xorazm viloyati Hazorasp tumani shukrona mahallasida bogʻiboʻston koʻchasi 52 - uyda yashayman. 959079313*"

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 3 weeks ago

#Murojaat
#Navoiy
#Toshkentviloyati

Таҳрирсиз:
"Oyogʻimda muammo bor operatsiya qilishga mablagʻim yoq akfamedline borgandim yordam qilamiz degandi fond yordam beradi operatsiyangiz tekin boladi degandi lekin ular yordam bermadi bir umr oqsoqlanib yurmimanku bola chaqam bor men boqmasam kim boqadi ularni
Nusratov Sherbek Adham ogʻli
Navoiy viloyati Nurota tumani oqqula qishlogʻi
+998883659397 Toshkent Keles sahovat kochasi
Xozirda shu yerda ishliman
"

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 3 weeks ago

#Murojaat
#Surxondaryo

Таҳрирсиз:
"Ассалому алайкум. Исмим Бозорова Севара Йулдошевна. 1987-йилда Сурхондарйо вилояти Шурчи туманида тугилганман. 2020-йил ва 2022-йилда тугилган фарзандларим бор. Туман тугрукхона булимида навбатчи хамшира булиб ишлайман. Хурматли президентим мен хайотда жудаям куп кийинчиликлар азобларни курдим ва куришда Давом этяпман. Битта илтимосим бор сиздан. Илтимос йордам Беринг. Бир уйда уч хужалик ва кайнонам яшаймиз. Ичадиган кайним Кун бермайди. Бу оилам иккинчи турмушим. Биринчи турмушимдан фарзандсизлик туфайли ажрашганман. Менга болаларимни соглиги керак. Улар жанжалдан куркиб колишяпти. Мен тугмаслигим керак экан. Бузук эканман. Итнии боласи эканман. Нега Келин килди мени унда. Эримни олдинги айоли вафот этган. Ундан 2та фарзанд колган. Улар Билан яхшиман оллохга шукр. Мен ва фарзандларимга алохида уй олишимга йордам Беринг илтимос. Майли Болларимни дадаси шулар Билан Колсин. Хотин кулисан сенга шу иккита бола керак деб бечора эримниям тамом килди. Биз хам улмасмиз очдан. Киришга бошпана булса Эди. Йордам Беринг илтимос. Хокимиятга махаллага неча марталаб бордим. Фойдаси йук. 1млн ойлик оламан. Бумаскан бу ойлик Билан уй олиб. Нима килишгаям хайронман. Гохида узимниям Болларимниям Бир Нима кигим кеб колади аламимдан. Йордам Беринг илтимос сиздан. Майли кридитга булсин. Кушимча иш киламан Яна. Тинч яшасам булди. Ахир мен хам фарзанд учун ажрашдим ва фарзанд учун оила курдим Яна. Шуларни келажаги учун хам харакат килишим керак.
Манзилим Сурхондарйо вилояти Шурчи тумани Боботог махалласи. С.Айний куча 8уй.
+998912319787 тел номерим"

🔵Президентга мурожаат канали

2 months, 3 weeks ago

#Murojaat
#Toshkentviloyati

Таҳрирсиз:
«Assalomu aleykum Men Azimova Maftuna Akmaljon qizi Qibray tumani Botanika mahallasi Olimlar daxasi 14/1 uydan murojaat qilyapman. 1000 ga ariza qoldirib natija bo'lmaganiga shaxsiy Telegram guruppasidan yozishga majbur bo'ldim. Hurmatli Shavkat Mirziyoyev Miramonovich men 2022 yil 27 mart kuni turmushga chiqdim oilaviy muammolar tufayli qayttim. Men 4 oylik homilam bilan o'z uyimga qaytganman turmush o'rtog'im Azimov Farxod Xusan o'g'li menga tan jarohati yetkazib uyidan haydadi. Ko'plab mahallamizda va uyimda janjal qildi 2023 yil yanvar oyida uyimga tungi soat 2:30 da janjal qilib eshigimizni tepib oynamizni urib janjal qildi. Men oyim bilan yashayman otam vafot etkan yolg'iz farzandman. Turli xil haqoratli so'zlarni ishlatib qo'shnilarim ket deyishiga qaramay janjal qildi. Homilam bilan qaramadi 7 oylikda banitsada saqlash bo'limidan og'ir axvolda davolandim kelib habar ham olmadi. Farzandim tug'ilganida Tug'ilganlik haqida guvoxnoma olib berish uchun ham janjal qildi. Qibray tumani tug'ruqxonasida haqoratli so'zlar ishlatib janjal qildi Davlat tomonidan beriladigan Suyunchi puligacha olib ketdi. Farzandim 2 oyligida uyimga kelib janjal qildi. Mening Buvim Buvam uylariga borib ular bilan ham bir necha martta urish janjal qildi haqoratli so'zlar ishlatdi. Hamda tog'am bilan urishim ularga og'ir tan jarohati yetkazdi. Aliment pulini to'lamaydi. Jami o'rtamizda 2 marta sud o'tkazildi. Onamga buvim va buvamga menga stress ta'sir qilib ancha moddiy tarafdan mablag' ketkazib davolandik. Tog'am og'ir tan jarohati olganlar. Men Azimov Farxod Xusan o'g'liga jazo tayinlashingizni so'rayman. 1 yillik aliment pulini undirib berishingizni hamda menga qilingan stress orqali kasalliklar uchun pul undirib berishingizni so'rayman. Bolam Azimov Muhammad Farxod o'g'liga nisbatan yordam bermaydi qiziqmaydi. . Menga 3 taloq qo'ygan umuman bolasini taqdiri bilan qiziqmaydi. Tog'amga yetkazgan jarohati hamda 104 modda bilan tergov bo'lganini ma'lum qilaman unga nisbatan qonuniy qamoq jazosini berishingizni so'rayman. Chunki nechi marta janjal qilmayman deb va'da bergan tilxat yozgan afsuski natija yo'q. Murojaatim ko'rib chiqishingizni iltimos qilaman.»

🔵Президентга мурожаат канали

4 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago