Shakirov Elyor - HR

Description
Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi

✅Ta’limga oid yangiliklar
✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish
✅ HR-Inson resurslarini boshqarish
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago

hace 1 mes

❗️Prezident Farmoniga asosan:

2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor oʻrinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

hace 1 mes

❗️Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari texnikumlarga biriktiriladi — Prezident Farmoni

2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi.

2025-yil 1-sentyabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.

2025/2026 oʻquv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:

fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;

yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilishga;

kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;

fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;

kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.

hace 1 mes

❗️Prezident Farmoni bilan kasbiy taʼlim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.

Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;

boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

hace 1 mes, 1 semana

Odam – tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir.

hace 1 mes, 1 semana

Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

Unga koʻra:

Informatika va axborot texnologiyalari  — 29-oktyabr (1 kun);

Matematika, fizika — 30-31-oktyabr (2 kun);

Boshlangʻich taʼlim  — 1-2, 4-noyabr (3 kun);

Oʻzbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyot — 5-6-noyabr (2 kun);

Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  — 7-8-noyabr (2 kun);

Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);

Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili  — 11-12-noyabr (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati — 13-noyabr kuni (1 kun);

Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);

Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);

hace 1 mes, 1 semana

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash

hace 1 mes, 1 semana

Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi — Prezident Qarori

Qarorga koʻra:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

2025-yildan Markaz tomonidan:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

har bir fan yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qoʻllanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;

oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar oʻrgatib boriladi;

fan olimpiadalari boʻyicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qoʻshma yigʻinlar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish boʻyicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;

iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

hace 1 mes, 2 semanas

⚡️TOIFA BERISHNING AMALDAGI NIZOMI. BARCHA O‘ZGARISH VA QO‘SHIMCHALAR JAMLANMASI BILAN TO‘LIQ HOLDA.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori.

hace 1 mes, 2 semanas
hace 1 mes, 2 semanas

*Ko‘p insonlar kecha vafot qilishdi, biz esa hayotmiz....
Ko‘plab odamlar bu tongda o‘rinlaridan turishmadi, biz esa turdik, Alhamdulillah..

Bu narsa bizdagi kuch yoki rag‘bat sababli emas, balki bu Allohning bizga ato qilgan ne’mati sabablidir!

Shunday ekan imkoniyatdan foydalanib qoling...

O‘zingizni yaxshi ko‘ring, bilim oling, eng sara kitoblarni o‘qing, eng yaxshi insonlar bilan suhbat quring...
Alloh suygani bo‘lish uchun, yaxshi va savobli amallar bajaring...*

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago