KO‘KDALA KO‘ZGUSI

Description
Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.

?Murojaat uchun: @saddamruziqulov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 1 week ago

Ўзбек тилида хатосиз ёзишга ёрдам берувчи “Соф тил” номли бот ишга туширилди

Махсус бот Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан яратилган бўлиб, ўзбек тилида хатосиз ёзишни кенг тарғиб қилиш мақсадида ишлаб чиқилган.

Агар сиз рекламаларда, пешлавҳалар, овқатланиш жойлари, савдо шохобчалари ва қаерда бўлмасин ўзбек тилида хато ёзилган сўзларни кўрсангиз, уни суратга олинг ва @softil_bot'га юборинг. Суратга манзилни ҳам киритинг.

Мутахассис ва масъуллар билан биргаликда сиз юборган манзилдаги хатолик бартараф этилади.

Тилимизга бефарқ бўлманг!

Telegram | Instagram | Facebook

2 months, 2 weeks ago

“Husayniy” taxallusi bilan ijod qilgan Husayn Boyqaro haqida 10 fakt

“Siyosiy-ma'rifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.

? Avvalroq Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Najmiddin Kubro kabi buyuk shaxslar haqida maʼlumot berilgan edi.

Rasmiy sahifalarimiz?

Telegram | Facebook | X | Instagram

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Eng yaxshi hikoya" tanlovida 2-o'ringa munosib topilgan hikoya.

"Grossmeyster"

Oqila bugun shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu chempionlik unga trenerlari, dadajoni, akasi va singlisi Shodiyonaning birgalikdagi mashaqqatli mehnati evaziga kelganini, Oqilaning yutuqlarida hammasining birdek hissasi bor ekanligini bugun har doimgidan ko‘proq seza boshladi u.
Quvonch ko‘z yoshlarini arta turib, shaxmatni sh harfini ham bilmaydigan, shaxmat o‘yiniga bir umr qarshilik qilib kelgan,o‘zi oliy ma’lumotli tashkilot rahbari, mukammallik bobida tengsiz, qo‘lidan kelmaydigan ishni o‘zi yo‘q, benazir ayol bo‘lsada bir umr, qizining quvonchlariga sherik bo‘lolmagan onasi ko‘z oldiga keldi va bugungi natijasini har doimgidek hissiz qabul qilishini o‘ylab hafsalasi so‘ndi.
Shuncha shoxmot qoidalarini o‘zlashtirgan qiz ayni damda ham onasining shaxmatga umuman qiziqmasligini qoralar, ich- ichidan onasiga bugungi g‘alabasi bilan onasidan ustun jihatlari borligini ko‘z-ko‘z etgisi kelar, sizni etiboringizsiz ham shunchasiga erishdim deb aytgisi kelar edi.
Shu o‘ylarni hayolidan o‘tkazgan Oqila tayyoragohga yetib kelganini ham sezmay qoldi, uni qutlagani kelgan yaqinlarini, dadasi hamrohligida qarshi olar ekan, har safargidek qaysar onasi bugun ham kelmaganini ko‘rib xafaligi ortdi va o‘zlarining avtoulovlarida, oilasi qurshovida uyiga qaytar ekan, onasiga qandaydir bir xulosa qildiradigan zarba berish yo‘lini o‘ylar edi.
Akasi avtoulovni tumanlariga emas viloyat markaziga burganini ko‘rgach, viloyat markazida qandaydir taqdimot bo‘lishi mumkin shunga bo‘lsa kerak dedi-yu, viloyat onkologiya dispanseri yonida to‘xtagan avtoulov ichida daxshatdan qotdi. O‘ylab ham o‘tirmay, ko‘ngliga kelgan fikr ta’sirida Oqila onam, onamga nima bo‘ldi deb, yonidagilarni gap so‘zlarini eshitmasdan o‘zini shifoxona ichiga otdi, eshik oldidagi hamshiraga Mirvaliyeva dediyu ikkinchi etaj ishorasini olgach, xonasini ham so‘ramasdan ko‘zidagi yoshlarini tiyolmay ikkinchi qavatda xonalarni ichiga kirib ko‘rmasdan zal bo‘ylab yugurardi.Va nihoyat kutish fayesi ichida o‘tirgan onasini ko‘rdiyu bag‘riga otdi o‘zini.
Ona onajon sizsiz yasholmayman, nimaga bu yerda o‘tiribsiz, sizga nima bo‘ldi, meni nimaga qo‘rqitdingiz, Oqila paydar pay savollar berar, onasini mahkam quchib o‘par, yuzlarini silar edi,
Oqila o‘zini bosib olganidan keyin, shifoxonaga yotqizilgan ayol onasi emas, eng katta xolasi ekanligini onasi esa xolasining jarrohlik stolidan yaxshi chiqqanini xavf xatar ortda qolganini aytganida onasining bag‘rida uyatdan bosh ko‘tarolmay o‘tirar edi Oqila.
Hammalari viloyat markazidan uylariga qaytishar ekan, Uzoq yo‘l, safar, toliqtirgan Oqila onasining pinjida uxlar, tush ko‘rar edi.
Tushida esa onasini shaxmat donalaridagi Shoxga aylanganini ko‘rar, Oqila esa Shoxni saqlash uchun jon-jahdi bilan taxtalar ustida kurash olib borardi. Uylariga yetib kelib ko‘zini ochgan Oqila onasining og‘ushida haqiqiy shaxmatni o‘rgatgan, tarbiyalagan, matematika, til to‘garaklariga Oqila va Shodiyona uchun uyda sharoit yaratib o‘qitgan, dadasining rahmdil va mehribonligi sababli uyda qattiqqo‘l talabchan ona siymosini yaratgan, o‘zini o‘yin ichida emas, hayot ichida topgan, ishonchli do‘sti, suyanchig‘i borligini tushunib yetgan , hamma yutuqlari esa faqat onasiniki ekanligidan, shunday ayolning qizi bo‘lganidan faxr tuyg‘usini allaqachon tuygan edi.

Sheraliyeva Visola.
Ko‘kdala tumanidagi 66-umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi

2 months, 2 weeks ago

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Eng yaxshi hikoya" tanlovida 1-o'ringa munosib topilgan hikoya.
Diydor

Bugun buvam keladi. Shunaqayam shodlanyapmanki! Axir sog'inganman-da buvamni. Buvam, faqat mening buvam. Anavi qaqajon o'zi jimitdekkina bo'lsa. Yana-chi, u qishloqqa borib buvam bilan yulduz sanaganmas, vazmin ovozda faqatgina menga aytib beradigan ashulasini eshitganmas. Hali buvam kelganda so'rab olaman. Buva, buvajoon, deyman, eng yaxshi ko'rgan nabirangiz menman-a? Nimagadir shunda kuladilar. Menim dunyoyim sizlar-ku, hammangizni yaxshi ko'raman-da, enam, deydilar. Aytganday, buvamlarning bog'i bor. Bahor bo'lsa ekan, dovcha olib kelardilar. Yozda-chi, mevalar. Men buvamning mevalarini yaxshi ko'raman. Shunaqa! Buvam kelgan kuni mahallamizda bayram. Hamma o'rtoqlarimga zardoli, ko'ksulton, haligi nimaydi-ya, olxo'rilardan ulashaman. Dadamga buvamni olib kelishga meni ham oboring, degandim. Baribir ketib qopti, tong saharda yo'lga chiqqanlar. Akam ham ketibdi-da, eh. Nuqul meni avrab, o'zlari quyonning rasmini chizishadi. Buvam kelsinlar, faqat men bilan o'ynaydilar, ha. Darvozadan o'n marta qarab keldim.
– Aya, o'n bitta qarasam buvamlar kelayotgan bo'ladimi?
– Voy, shakarim-ey. Keladilar, hademay, kelib qoladilar. Girgittonni o'ynatib tursang-chi.
Ayam non yopmoqchi. Tandir non mazza-da. Ayam yopgan nondan yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz. Mayli, ozgina singlim bilan o'ynab tursam, turaqolay. Lekin, chatoq-da shu qaqajon. O'tgan kuni yap-yangi daftarimga yozib tashlagan. Shundan beri araz-araz edik. Bu yil birinchiga, maktabga boraman. O'yinchoqli ruchka, katak daftar, rangli qalamlar olib bergandi dadam. Akamning aytishicha, bunaqa narsalarni birinchilarga sovg'a qilisharkan. Hali men mana muuncha beshlar olaman. Shunda bobom o'zimning a'lochi qizim, desalar-a.
Buvamni hamqishloqlari "Farishta buva" deyishadi. Buvam rostdan ham farishta. O'zim ko'rganman, namoz o'qiyotganlarida soatlab duo qiladilar. Axir bobom Hoji. Hajdan kelishidayam samolyotlarini shunday kutganman, u payti meniyam olib borishgan. Samolyotdan tusha turib, farishtanamo bobom:
— Novvotim kepti-ku, deganlar.
O'tgan yoz, to'lin oy chiqqan mahalda buvamlarnikida qolgandik. Ashula aytib berganlar:
Eng gullagan yoshlik chog‘imda...
Buvam yoshligi haqida kam gapiradilar, bilmadim nimaga. Lekin har doim so'rayveraman. – Sizlarning yoshliklaring mening yoshligimday gap. Quvnasanglar, kulsanglar, shu quvonchim. Sizlar istiqlol bolalarisiz, novvotlarim, - deydilar bobom.
Istiqlol! Haa, har yili kuz kelar chog'i nishonlanadigan Mustaqillik bu, menimcha. Ajab bayram-da o'ziyam.
Ana-ana, mashina ovozi! Nahot, keldilar. Kelishibdi.
– Uraa, buvamlar keldi, bobojoon!
– Keldim, novvotim, keldim.

Sattorova Xulkaroy Tura qizi,
Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, 6-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi.

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
3 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago