Otabek - SWE

Description
Senior Software Engineer @ Dropbox

I write about:
• Algoritms
• Mathematics
• System Design
• Computer Science
• Backend Engineering
• 10x Software Engineering

Ask me: @otabek_askbot
We recommend to visit

Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Roxman
Roxman
12,074,382 @developer

Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.

Contact: @borz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Official Graph Messenger (Telegraph) Channel

Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph

Donation:
https://graphmessenger.com/donate

Last updated 8 months, 3 weeks ago

2 months, 1 week ago

#experience

Kecha qiziq ishlar bo'ldi. Jamoada ansible bilan file transferda muammo bo'layotgani, bandwith oshib ketgani haqida aytishdi. Ya'ni muammo juda ko'p fayllar tarmoqda transfer bo'lsa bandwith oshib ketayotgan ekan. Bu muammoni o'z zimmamga oldim. Ozgina research qilib, bergan yechimim jamoani qiziqtirdi. Muammoga yechimni juda oddiy tilda yozdim: compress (archive all files) before sending

Yechimni discuss qildik va ba'zi pointlarga to'xtalib o'tdim. Bir nechta fayllarni yuborish o'rniga barchasini (compress) archive qilib yuborish yaxshi idea bo'ldi. Jarayonni to'liq test qilib ko'rdik, natija 1 minutdan -> 20 sekundga tushdi. Boshida HTTPS beradigan TLS xavfsizligi yaxshi deb turgandim. Ammo bu faqat file transfer vaqtidagina xavfsiz, fayl manzilga tushgandan keyin u ochiq bo'lishini aytishdi. Ba'zi fayllarni hech kim ocholmasligi kerakligi uchun uni Private (va Public) keydan tashqari encrypt/decrypt qilish uchun imkoniyat qo'shdim.

Kattaroq va ko'proq fayllar bilan sinab ko'rdik (log, va juda ko'p config fayllar bilan), natija juda zo'r. Eski holatdagi o'tkazish uslubi 3 minut oldi. Yangi xolatdagi o'tkazish esa 43.12 sekund. Compression algoritmlari haqida yana ham ko'proq narsa o'rganib chiqdim, qiziq tajriba bo'ldi.

Qiziq narsa eshitdim: Lucerne shahridan Zurich shahrigacha har kuni poyezd orqali 1TB ma'lumot berib yuborilar ekan. (Esimda qolmadi nomi) Qanaqadir labaratoriya va uni tahlil qiladigan korpuslar boshqa-boshqa joyda joylashgani uchun, tarmoq orqali ma'lumotni yuborgandan, uni poyezda yuborish tezroq bo'lar ekan. Chunki uni hali process ham qilish kerak, unga ham vaqt oladida.

2 months, 3 weeks ago

Strawberry Test

Dropbox'da Core Teamda ishlayman. Bizni jamoa butun kompaniyani infrastrukturasini ko'tarish uchun dastur ishlab chiqadi va maintain qiladi. Undan tashqari jamoa AI ustida ham ishlashadi.

Suniy intelektda tokenization jarayoni mavjud. Siz AI'ga matn yozganingizda, matnni kichik bo'laklarga bo'lib oladi va har bir bo'lakni token deb xisoblaydi. Misol uchun "Salom mening ismim Otabek" -> ["Salom", "mening", "ismim", "Otabek"]. Bu jarayon faqat matn uchun emas balki so'z uchun ham, harflar uchun ham ishlaydi. "AI" -> ["A", "I"]. Machine learning modelingiz bu matnni tezroq tahlil qila olishi uchun shunday qilinadi. (Bu qisqacha ma'lumot)

Ayanan shu tokenization jarayonni qanchalik yaxshi qilinayotganini Strawberry test orqali aniqlashar ekan. Ha, AI tokenization jarayoni uchun ham test yoziladi. Siz AI'ga "How many r's in strawberry" deysiz. U esa sizga to'g'ri javob berishi kerak. Ammo nimaga aynan "strawberry"?

"strawberry" so'zi o'zi juda qiziq so'z ekan. Tahminan shunday ["straw", "berry"] token bo'lar ekan. Bu degani ikki so'z ham nimanidir anglatadi va AI aynan shu yerda aldanadi. Yaxshi tokenizatsiya qiluvchi AI model esa buni bitta so'z sifatida ham qaray olishi kerak. Agar siz yaratgan AI model "r" lar soni 1ta desa demak yaxshi tokenizatsiya qilmayabdi ekan.

3 months, 2 weeks ago

Keling tanishamiz!

Anchadan beri auditoryia bilan jonli suxbat qilish uchun vaziyat izlab kelaman. Ushbu onlar keldi deb o'ylayman.

Sizlar uchun sessiya yaratdim, va ushbu sessiya davomida dasturlashga tegishli bo'lgan ba'zi mavzular haqida gaplashamiz. Joyingizni hoziroq band qiling!

Joylar soni: 30 ta
Mavzu: Habits & Algorithms

🔗 Sessiyaga yozilish

5 months, 1 week ago
**Trustober**

Trustober

Bu oy Dropbox uchun Trustober ya'ni HackMonth hisoblanadi. Barcha jamoalar turli xil yo'nalishlarda tayyorlangan muammolarni yechib chiqishadi va tizimdagi xatoliklarni qidirishadi. Tizimdagi xatolik darajasiga qarab score berishadi. Qancha ko'p tizimni buza olsangiz shuncha yaxshi.

Bu an’ananing yoqqan tomoni, juda ko'p o'rganasiz. Ko'plab zaifliklarni topish, tez fikrlash, qarorlar qabul qilish va ularni yechishni o'rganasiz.

"Tajribang ko'p ekan" deb captain qilib saylashdi, aslida unday emas. Lekin men imkoniyatdan foydalanib qoldim, o'z lavozimimni suv iste'mol qilgan holda jamoa nomini o'zim berdim. Ular baribir tushunishmaydi, bo'laveradi.

JPRQlar, biz yutamiz!

5 months, 1 week ago
**Testing in Action**

Testing in Action

Yaxshi dasturchi doim dasturini test qiladi. Test qilish uchun test yozishni o'rganing. Qanday test yozishingizni esa ushbu post orqali kashf qiling.

Maqolani o'qish

@otabekswe

5 months, 2 weeks ago

Inson bilgan bor bilimini gapirib bera olmaydi. Gapirib tushuntira olgan narsasini esa, yozib tushuntirishi qiyin.

Anchadan beri blog yozib kelaman, oldin ingliz tilida yozardim, hozir faqat O’zbek tilida yozaman. Bunga asosiy sabab O’zbek tilida ham bunday foydali kontentlarni ko’paytirish.

Blog yozish qiyin. Unga yetarlicha bilim, tajriba va sabr kerak. Chunki uni o’qigan insonlar sizni tushunishi uchun maksimal soddaroq tilda boshlab, keyin ilmiyroq tushunchani yetkazib berib yakunlashingiz kerak.

Yaqin kunlarda yaxshi bloglarni sizlar bilan bo’lishib o’taman. Undan oldin esa bloglar haqida fikr va takliflaringizni so’ramoqchiman.

Men yozgan maqolalar sizga yoqsa, avtorni qo’llab turishingiz, bizga ko’proq blog yozishda va uni ostidagi xizmatkor serverlar xarajatiga katta yordam bo’ladi.

O'z xissangizni qo'shing: tirikchilik.uz/otabek

6 months, 3 weeks ago
**FAANG'ga sayohat**

FAANG'ga sayohat

2021: Facebookdagi amaliyot (internship) haqida eshitib qiziqishim juda oshgandi

2022: Amazon, Intel va Cloudflare dan rad javobi oldim

2023: Intel, BNY Mellon, Deloitte dan rad javobi

2024: Google (vaqtincha) muzlatildi, IBM, Dropbox va Meta offer.

2025: What's next?

Mana Linkedin, menga ergashib (follow qilib) qo'ying.

Yaxshi maqolalar: otabekswe.uz

@otabekswe

6 months, 3 weeks ago
**Dropbox'dan offer oldim ***?*****

Dropbox'dan offer oldim ?****

Postni o'qish

@otabekswe

8 months ago

#scienceIn60Seconds

Firewall

Networking sohasida tajribalarim juda kam. Shunga qaramay Senior darajaga 6ta kompaniya bilan intervyu o'tkazganman. Xulosa natijasida eng ko'p berilgan savol bu Firewall haqida bo'ldi.

Firewall - bu xavfsizlik devori. Qadimgi xitoy urushlarida devorlarga olovli sharlar otilgan bo'lsa, hozirgi urushda jpriqlar sizni veb-sahifangizga xujum qilishadi. O'sha xujumlarni oldini olish uchun firewall ishlatishingiz mumkin.

Firewall ayrim siz bergan yoki oldindan berilgan qoidalar asosida ishlaydi. Backdoors, Spam, SQL Injection, DDoS va shu kabi ko'plab xujumlarni oldini olishda ham ishlatishingiz mumkin.

Networking haqida ham keyinroq post yozishni reja qilib turibman. Hozircha sizdan "Manejeriz bilan komfliktga tushib qolsangiz nima qilasiz?" deyishsa ~~Hashmap~~ "Firewall" ishlataman deb javob bersangiz bo'ladi.

@otabekswe

11 months ago

Signals

Linux operatsion tizimida signallar bor. Ba'zan ularni bilib, ba'zan bilmay ishlatasiz. Ctrl + D ni bosib terminal dasturdan chiqasiz. Ctrl + C ni bosib dasturni interrupt qilasiz. Keling ajoyib qisqa masterpost bilan tushnib olamiz.

UNIX-like tizim ishlatsangiz terminalingizni oching va ps buyrug'ini yuboring. U sizga hozir ishlab turgan processlar ro'yxatini beradi. Oddiyroq qilib aytsak, qachon kompyuteringizda dastur ishga tushirganingizda har bir dastur har xil process (ishchi)da ishlaydi.

PID, TTY, TIME, CMD kabi columnlar beradi. CMD - dastur, PID esa process ID degani. Istalgan PID raqamni tanlang. Endi esa uni to'xtatishni istasangiz, kill buyrug'idan foydalanasiz. Masalan mana bunday:

```

kill -SIGNAL PID

```

Signal qismiga uni nima qilishni kiritasiz, misol uchun to'xtat demoqchi bo'lsangiz -3, yoki -9.

```

kill -9 13488

```

Har bir signalni o'z ma'nosi bor. Ba'zan dasturni to'xtatib qo'yishingiz ham mumkin. Va keyinroq kelgan joyidan davom ettirishni aytishingiz ham mumkin. Endi dasturlardan chiqish uchun X buttonni emas balkim terminal orqali kill buyrug'ini ishlatsangiz va o'zingizni hacker dek tutsangiz bo'ladi.

Bu haqda albatta keyinroq to'liq post yoziladi, hozircha shunisini o'qib turing!

P.S: Process tejash, resurs tejashdir!

@otabekswe

We recommend to visit

Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Roxman
Roxman
12,074,382 @developer

Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.

Contact: @borz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Official Graph Messenger (Telegraph) Channel

Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph

Donation:
https://graphmessenger.com/donate

Last updated 8 months, 3 weeks ago