Канал Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг илмий-маънавий меросларини ўрганиш мақсадида мухлислар томонидан очилган.
Last updated 1 Monat her
? Тошкентдаги ОРИГИНАЛ олди-сотди каналига ҳуш келибсиз!
?? Эълон бериш учун: @Toshkent_Uylari_agenti га мурожаат қилинг!
? Тошкентдаги кўплаб уйлар бизнинг каналимизда
? Тел: +99894-939-80-00
Last updated 11 Monate her
Last updated 3 Jahre her
Axborot 24 | Ozarbayjon Milliy kutubxonasida Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbeksitonga bag‘ishlangan esselar to‘plamining taqdimot marosimi tashkil etildi
#18dec #uzbekiston24
**Aleksandr PUSHKIN
SENI SEVAR EDIM...**
Seni sevar edim. Balki hali ham...
O‘sha ishq – otashi so‘nmagan – bedor.
Lek bu parvoyingga kelmasin, sanam,
Ko‘nglingga qo‘nmasin zarracha g‘ubor.
Seni sevar edim umidsiz, besas...
Dil yupun: xavotir yechgan – ridoyin.
Mendagi beg‘ubor, yorqin hisni, bas,
Yo‘ldoshingga qo‘shib bersin Xudoyim!
1829
Rus tilidan Suhrob Hamroyev tarjimasi
Hozir asosiy muammo shundan
iboratki,Yer sayyorasini muqarrar
halokatdan asray oladimi - yoʻqmi ,
insoniyat?
Keyingi paytlarda Yerning azon
qatlami yupqalashib borayotgani
toʻgʻrisida olimlarimiz tez-tez bong
urishyapti.Qaysidir yili kuzda Qozogʻiston va Qirgʻizistondan issiq
oʻlkalarga uchib ketayotgan oqqushlar, oʻrdaklar, gʻozlar galasi
yoʻldan adashib, qahraton sovuqda
Yoqutistonga borib qoladilar va
hammasi qirilib ketadi.
Mutaxassislarning aytishicha ,
havoda haddan ziyod darajada radi-
atsiya boʻlganligi sababli qushlar -
ning sezgi qobiliyati susayib ketadi va qayoqqa ketayotganlarini bilmay
qoladilar .
Yerda biologik aloqalar arzimas
darajada buzilsa ham Inson -Quyosh
-Koinot oʻrtasidagi yaxlitlikdan putur
ketadi .Tabiatda ortiqcha narsaning
oʻzi yoʻq.Yerdagi eng aqli raso mav-
judot deb hisoblaydigan insonlardan
tortib ,qurt-qumursqalargacha .Ular-
ning birligi va oʻzaro aloqalari buyuk
biologik tizimni vujudga keltiradi .Bu
tizimning birorta murvati ishdan chiqsa ,bexato faoliyat koʻrsatadi -
gan tizimning butun bir qatori buzilib ketadi.
Dengiz sohilida joylashgan bitta
shaharda baliqchi qushlar haddan
tashqari mechkay boʻlib ketishadi .
Aholi esa :"Ular baliqlarni koʻp isteʼmol qilishyapti,shu bois qush -
larni qirib tashlash kerak",degan
toʻxtamga keladilar.Qushlarni qirib
tashlaydilar .Oradan bir oz vaqt oʻtgach,qandaydir yuqumli kasallik
tarqaladi . Maʼlum boʻlishicha ,qush -
lar asosan kasalmand ,madori quri -
gan baliqlarni tutib yer ekanlar . Shu
yusinda suv havzasini tabiiy ravishda dezinfeksiya qilib turarkan lar .Demak ,baliqchi qushlar amalda
sanitar vazifasini bajaradilar.
Bryussel -Lyuksemburg-Triyer -
Kovnets-Frankfurt yoʻnalishi boʻyicha oʻtadigan tezyurar avtoyoʻl-
da kechasiyu kunduzi har tomonga
olti qatordan tizilishib oʻtgan turli -
tuman avtomobillar oʻqday oʻchib
oʻtadilar.Yoʻlning har ikki yoqasiga
yuzlab chaqirim masofalarga mustahkam temir toʻsiqlar tortilgan.
Tasmadek beton yoʻl togʻlarni ,
dalalarni ,oʻrmonlarni ,koʻllarni kesib
oʻtadi .Yoʻlning har ikki tomonida
qolgan hayvonlar bir-birlari bilan
uchrashish imkoniyatidan mahrum
boʻlganlar .Tabiatning yaxlitlik qonuni buzilgan .Mana shu muammoni hal qilish uchun yoʻlning
har oʻn chaqirimiga bittadan maxsus koʻprik qurilgan .Bundan
kiyiklar ,gobbonlar ,quyonlar ,cha -
yonlar ,ilonlar oʻtadi .
Buni koʻrgan hurmatli adibimiz
Chingiz Aytmatov -Xudbinlik ustidan
insoniylikning gʻolib kelganiga yorqin misol ana shu ,tabiatni ana -
shunday eʼzozlash kerak ,-degan
ekan .
Savob deb ingraydi dunyomiz behal,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga .
Janglarda toliqqan majruh zot misol
Suyanib yashar u inson mehriga .
✍Nodira Zoyirova
🔰🔰🔰
Xudbinlik ustidan gʻalaba
Kimdir tuzar uni ,kimdir buzadi ,
Kimdir borini ham qiladi barbod .
Kimdir taʼma bilan dunyo kezadi,
Kimdir oʻksik dilni etadi obod.
Abdulla Oripov
Buyuk mutafakkirimiz"Jahonda
kitobdan yaxshi yor boʻlmas",-de-
ganlariday har gal qoʻlim ishdan boʻ-
shab,dam olmoqchi boʻlsam,qoʻlim-
ga kitob olaman,Ayniqsa,xx asrning
dunyo tan olgan buyuk yozuvchisi
Chingiz Aytmatov kitoblarini sevib
oʻqiyman.Hayotiy faoliyati bilan ham
ancha tanishman.
Buyuk yozuvchimiz maktabni
bitirib,dastlab Jambul zootexniku-
miga , keyin esa Qirgʻiziston qishloq
xoʻjaligi institutida oʻqiydi . Adabiyotga boʻlgan cheksiz muhabbati sabab 1956-yil Moskva-
dagi Oliy adabiyot kursiga kirib
oʻqiydi.Demak, Chingiz Aytmatov
ning asosiy mutaxassisligi jonivorlar
shifokori .
Chingiz Aytmatov jonivorlar shi-
fokori sifatida biron hayvonni tuzat -
dimi,yoʻqmi-bunisini bilmadim ,lekin
uning koʻpchilik asarlarida jonivor-
larga keng oʻrin berilgan .Ularning
asar qahramonlari va baʼzi hollarda
asarning bosh qahramoni darajasi-
ga ham koʻtarganligini guvohi boʻlamiz.Chingiz Aytmatov jonivor-
larni, hayvonlarni oʻy-kechinmalarini,
yurak dardlarini goʻyoki insonlarniki-
day tasvirlaydi.Bu qahramonlar bilan
yaqindan tanishar ekanmiz,qalbimiz-
da Ona sayyoramizga nisbatan,bar-
cha hayvonlar, jonivorlar, hashorat -
ga nisbatan mehr uygʻonadi.
Yuqorida aytib oʻtganumdek ,
Chingiz Aytmatovning har bir kitobi-
ni sevib, qiziqib oʻqiyman . Qayta-qayta oʻqiyman .
Mana,qoʻlimda "Choʻqqida qolgan ovchining ohi -zori"kitobi.Men bu ki-
tobdagi "Adashgan oqqushlar qichqirigʻi yoki meduzalarning siri "
boʻlimini oʻqib , ekologiya uchun har
bir inson javobgar boʻlishi kerakligini
anglayman.
Siolkovskiyning:"Insonning tabiat
ishlariga aralashuvi oxir-oqibat kulfat keltiradi ",degan soʻzlari qanchalar toʻgʻri.
Yuqoridagi asarda hikoya qilinishicha xorijlik Fren Charney ismli yigit baliqlarni yaxshi koʻrar ekan.U daryodan bitta laqqa baliq tutub, uyidagi akvariumga qoʻyib
yuboradi . Vaqt oʻtadi.Laqqa baliq
katta boʻladi .Bir yildan soʻng akva-
riumga sigʻmay qoladi .
Baliq suvda suzishni unutadi.Hatto
orqasiga agʻdarilib olishni ham bil -
maydi.Frenk baliqni yaxshi parvarish
qiladi, hatto birgalashib televizor ham koʻradilar.Lekin hamma ishni
Frenkning maʼshuqasi buzib qoʻyadi.
Ular arazlashib qoladilar .Qiz oʻch
olish uchun laqqa baliq nomidan hayvonlarning haq-huquqlari uchun
kurashadigan mashhur huquqshu-
nos Edvig Krenkga shikoyat qiladi.
Tekshiruv natijasida Frenkni laqqa
baliqqa munosib sharoit yaratib ber-
magani uchun aybdor deb topadilar
va besh soatlik qamoq jazosiga hukm etadilar.Katta miqdorda jarima ham toʻlaydi .
Huquqshunos Frenkka :-Bu qadar shafqatsiz odamni birinchi
marta koʻrib turibman.Agar oʻzingizni ham poʻstinga oʻrab ,be -
malol harakat qilmaydigan ahvolga
solib qoʻyishsa,xoʻsh,nima boʻlardi?
Baliqlar hech narsani sezmaydi deb
kim aytdi? Biz ularni baxtsiz qilib
qoʻyishga haqli emasmiz .Aslida ,siz
bundan ham ogʻir jazoga mahkum
etilishingiz kerak edi! -deydi .
Biz odamlar tabiatdagi ,borliqdagi
jamiki oʻsimliklarga ,jonivorlaru hay-
vonlarga egamiz ,ularga oʻzimiz xoh-
lagancha munosabatda boʻlishimiz
mumkin deb oʻylaymiz.Aslida esa
oʻsha parranda-darranda va boshqa
barcha jonivorlar tabiatning biz qatori teng huquqli aʼzosi ekanligini
unutib qoʻyamiz ...
Olimlarning taxmin qilishlaricha,
yer sayyorasida bizdan oldin ham
toʻrt marta takroran hayot kechgan
ekan.Yer yuzasidagi hayot , dastlab
misli koʻrilmagan zilzila oqibatida yoʻq boʻlib ketadi.Soʻng qonli urush
natijasida hayot tugaydi.Soʻngra dahshatli kuchga ega boʻlgan qurol
tufayli hayot tamom boʻladi.Nihoyat,
dunyoni suv bosgach ,hayot tugaydi.
Demak ,biz Yerdagi beshinchi hayot quchogʻida yashayapmiz.
🔰🔰🔰
XAYOLIMDA BO‘LDING UZUN KUN…
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
U TOMONDA
Sirojiddin Sayyid she’ri
Erkin Bozorov o‘qidi
Tasvirchi: Hojiakbar Nurmuhammedov
Ovoz rejissori: Elbek Hamdamov
Colorist: Bahriddin Shavqiyev
Hamkorimiz: go’zal maskan - @crystalresort2023 (Xumson)
Канал Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг илмий-маънавий меросларини ўрганиш мақсадида мухлислар томонидан очилган.
Last updated 1 Monat her
? Тошкентдаги ОРИГИНАЛ олди-сотди каналига ҳуш келибсиз!
?? Эълон бериш учун: @Toshkent_Uylari_agenti га мурожаат қилинг!
? Тошкентдаги кўплаб уйлар бизнинг каналимизда
? Тел: +99894-939-80-00
Last updated 11 Monate her
Last updated 3 Jahre her