TURKOY

Description
«Эй туркий элим, ўзлигинга қайт, янада юксалгайсан». Билга Хоқон
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 3 days, 2 hours ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

💰 Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 3 weeks, 4 days ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 3 weeks ago

4 weeks ago

Озарбoйжон ҳукуматидаги манбалар Azerbaijan Airlines самолёти Россия ракетаси билан уриб туширилганини тасдиқлади — Euronews

"Ақтаудаги самолёт ҳалокатига Россиянинг “ер-ҳаво” таснифидаги ракетаси сабаб бўлган. Ракета самолётни Грозний аэропортига қўндиришга уринишлар чоғида учирилган. Ўша пайтда ҳудудда дронлар ҳужуми кузатилаётган ва ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими ишлаётган бўлган. Ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими ракетаси самолёт яқинида портлаб кетган, унинг парчалари эса самолётга шикаст етказган", деб ёзади телеканал Озарбойжон ҳукуматидаги манбаларига таяниб.

Манбаларнинг Euronews'га маълум қилишича, учувчиларнинг шошилинч қўниш сўровига қарамай, шикастланган самолётга Россия аэропортларига қўнишга рухсат берилмаган, уларга Каспий денгизи орқали Қозоғистоннинг Актау шаҳри томон учиш буюрилган.

@platformauzb

4 weeks ago

МТРК халқни ҳам маънавий, ҳам иқтисодий талаяптими?
Ёки ўзбекларни руҳан букр қилаётган ташкилот

Бу йил МТРКга бюджетимиздан ўтган йилгига нисбатан 320 миллиард сўмдан кўп маблағ ажратиляпти. Яъни 881 миллиард маблағ.

Жуда қизиқ ҳолат: шундан 107 миллиард сўмдан кўпроқ маблағ футбол мусобақаларини ёритишга мослашган кўчма телевизион стансиялар сотиб олиш учун сарфланаркан.

Аммо эфирга кетаётган кўрсатувларнинг катта қисми плагиат. Хорижий янги ҳужжатли фильмлар, бадиий фильмлар таржима қилинмай қўйилганига йиллар бўлди. Телевизорда 37 миллион аҳолининг маънавий бўшлиғини тўлдириш учун пичоққа илинадиган ҳеч вақо йўқ. Ўзбек ТВси бизни руҳан, маънан букр қилаётган беҳаё ва мантиқсиз майиший телесериаллар билан тўлган. ТВда эфирга кетаётган дастурларни кузатиб, МТРКни бугунги энг олий мақсади назаримда, халқимизни қайта турмайдиган қилиб синдириш бўлса керак, деб ўйлайсан.

1 month, 1 week ago

**MUSTAMLAKACHILAR TARBIYALAGAN OʻZBEK ZIYOLILARI OʻZ XALQINING ASHADDIY DUSHMANIDIR

1-QISM.**

Aslida Chingizxon ham va uning ortidan kelgan barcha moʻgʻul-tatar qoʻshini ham turk edi.
Shuning uchun yana ikki turk qavmiga mansub oʻgʻuz Sayfuddin Qutuz hamda uning lashkarboshisi qipchoq Zohir Biybaris boshchiligidagi musulmon-arab qoʻshini 1260-yili (hijriy 658-yil Ramazon oyining 15-kunida) hozirgi Falastinning Nablus shahri yaqinidagi Aynu Jalut mavzesida turk moʻgʻul sarkardasi Xulaguxonning noibi hamda moʻgʻullar qoʻmondoni boʻlmish Qutbugʻani yengib olishi endi bu umumturk gʻalabasi hisoblanmaydi.Vaholanki, bu ikki jangavor qoʻshin ham musulmon askarlaridan iborat boʻlgan. Chunki mazkur janggacha moʻgʻul hukmdori Xulaguxon (baʼzi bir tarixiy manbalarda Xalakuxon) ham oʻz qavmi bilan Islomni qabul qilgan edi. Ikkinchidan, Misr qoʻshini boshida va uning tarkibida qanchadir miqdorda turkiy mamluklar ham bor boʻlib, lekin Xulaguxonning qoʻshini toʻligʻicha turk qavmi askarlaridan iborat edi. Aynu Jalut jangining ertasi kuni lashkarboshi Zohir Biybars oʻz qoʻmondoni Sayfuddin Qutuzni quchoqlab koʻrishish asnosida hanjari bilan soʻyib oʻldiradi va 17 yil davomida Misr mamluklariga hukmdorlik qildi (1260-1277y.y).
Mana sizga Najmuddin Kubroning xorazmshoh avlodiga qilgan duoibadining yana bir natijasi.Chunki Sayfuddin Qutuz Xorazmshohning nabirasi boʻlgan:
- Bir kuni Najmuddin Kubroning suyukli muridi Majduddin Bagʻdodiy darveshlar bilan oʻtirgan edi. Unda behudlik holati yuz berdi, darveshlarga qarab dedi:- Biz oʻrdak tuxumlari edik, Shayximiz Najmuddin tovuq edi, bizni ochdi, biz (ilm) daryo(si)ga qarab yoʻl oldik, u esa qirgʻoqda qoldi. Bu gap Najmuddin Kubroning qulogʻiga yetganda u xafa boʻldi va Majduddinni qargʻab:
- Va oʻsha suvda gʻarq boʻlib oʻl, dedi. Darhaqiqat, koʻp oʻtmay bir sabab bilan Muhammad Xorazmshoh Majduddinga gʻazab qilib, uni Amudaryoga choʻktirib oʻldirdi.Bu voqeadan xabar topgan Najmuddin yana battarroq ranjiydi. Endi u Xorazmshohning halokatidan, Chingizning bosib kelishi va obod shaharlarni vayron qilishidan bashorat beradi. (Bundan qoʻrqib ketgan) Muhammad Xorazmshox olam jahon tuhfa bilan Shayx Kubro oldiga kechirim soʻrab keladi, boshini oyogʻi ostiga qoʻyadi.
Ammo Shayx unga shafqat qilmaydi:
- Endi kech boʻldi, farzandim Majduddin qoni jamiki el-avloding, molu mulkingni berganingda ham yuvilmaydi, qonni qon yuvadi, deb javob beradi. Bu karomatlar tezda sodir boʻldi - Xorazm oʻt ichida qoldi.(Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 2-kitob. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda “Oʻzbekiston” nashriyotlari. Toshkent-1999. 181-bet).
Eslatib oʻtaman, Xulaguxonni Alisher Navoiy oʻzining "Muhokamatul-lugʻatayin" asarida birinchi boʻlib chigʻatoy turk tilini saroy-rasmiy tili sifatida qoʻllay boshlagan turkiy hukmdor sifatida tilga olgan.Endi shuncha ilmiy dalillardan keyin ham biz oʻzbeklar yoki boshqa turk qardoshlar ham, qachongacha Chingizxon va uning qavmini turk dunyosidan ajratib begona sanab ularni ajratamiz-a?!
Axir, ular ham asl turk qavmiga mansubdirlar:- Xorazmshoh xonni (yaʼni, Chingizxonni) ham oʻldirishligini aytdi va shu bahona oʻrtada urush eʼlon qilingan edi. Tarixchi musulmon olimlarning guvohlik berishicha, bu kabi adolatsiz javobni olgan Chingizxon xilvatda, yolgʻizlikda uch kun duo bilan band boʻladi va:
- Ey, butun olamlarni Robbisi va Yaratuvchisi! Ey, tazik (“tojik” soʻzining oʻsha davrda atalishi) va turklarning Xoliq Egasi! Bu urushning sababchisi men emasman! Shuning uchun menga qasos olish uchun quch-qudrat ato et! – deb Xudoga nola qiladi.(Sm. Rashid-ad-din, t. I, kn. 2, s. 189). ((G.A.Tyundeshev (Xaramoos). Velikaya Yasa – istochnik konstitutsionalizma, ili Chingis-xan – osnovatel kapitalisticheskoy formatsii. Xakasskoye knijnoye izdatelstvo. Abakan-2009. st.30).

3 months ago

Qaltiroq bosgan mahluqmanmi yoki haqqim bormi?

Bugun ziyolilarimiz o'ziga shu savolni berib, aniqlashtirib olishi lozim, chunki ularsiz ko'p narsa bajarilmay qolib ketyapti.

O'zbek tili jamiyatdagi o'rni borasida hozirda ikki undovga uchragan: birinchisi, o'zbek jamiyatning (va demak, tilining) umumiy tanazzuli bo'lsa, ikkinchisi hukmron elitaning til islohotini yaqqol sabotaj qilishi va paysalga solishidir.

Birinchi muammoga to'xtab o'tirmaymiz, chunki bu juda katta, murakkab mavzu. Ikkinchi muammo, bugun bir qator masalalarda amaldorlarning siyosiy iroda va xohishning yo'qligi tobora ayon bo'lmoqda. 90-yillardagi, tashqi siyosat talablariga binoan o'zgargan alifbo qoidalaridan, 00-yillardagi bu mavzuga qo'yilgan ta'qiqlardan tortib, "yangi" O'zbekiston davridagi til islohoti borasidagi jo'shqin faoliyat imitatsiyagacha deyarli 30 yildan beri paysalga solinayotgan til islohoti hukmron elitalar tomonidan turli sabablarga ko'ra, bu jarayonni orqaga qaytarib bo'lmasa, kamida sabotaj qilinayotgani, paysalga solinayotgani yaqqol ko'rinmoqda.

Masalan, 2018 yilning boshida Bosh vazir va Preziden Devonida tasdiqlangan rejaga ko'ra, 2021 yildan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish kerak edi. «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi»ga ko'ra:
• amaldagi qonun hamda hukumat qarori yana-da takomillashtirilishi.
• tegishli qonunchilik talablari so‘zsiz bajarilishini taʼminlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi.
• O‘zbek tilidagi reklama matnlari va lavhalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi taʼminlanishi kerak edi. 2019 yilning iyuli oxirgi muddat sifatida ko‘rsatilgan.
• Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida faoliyat yuritishi to‘liq taʼminlanadi.

Bularning barchasi 2020 yilning oxiriga qadar to‘liq uddalanishi kerak edi. Natija qani?

Eng achinarlisi, bu harakatlardan avvalgi bosqich bo’lmish imlo islohoti hattoki amalga oshirilmadi. O'zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh ikki yil ishlab, hukumatga o'z takliflarini 2018 yil ohirlaridayoq kiritgan. Mana ikki yildir-ku, olimlar taklif etgan loyiha siyosatchilar tomonidan paysalga solinmoqda.

Aslida, hukmron elita til islohotini paysalga solayotgani taajjublantiradigan holat ham emas: tariximizga qarasak, O'zbekistonda pichoqqa ilinadigan barcha tashabbuslar doimo va deyarli faqat ziyolilardan chiqqan, bu tashabbuslar amaldorlarning ba'zida shiddatli, ba'zida yashirin qarshiligida amalga oshirilgan. Hattoki o'zbek millati (etnosi emas!) avvalo jadidlar deb tanilgan musulmon ziyolilarining "tasavvuridagi jamoa" sifatida vujuda keldi, bu "tasavvurdagi jamoa" Fitrat va uning shogirdi Fayzulla Xo'jayevning faol ishtirokida hozirgi O'zbekiston shaklida hayotga tadbiq etilgan.

O'zbek madaniy ijodkorlik doimo davlat institutlariga parallel ravishda yoki ulardan tashqarida olib borilganiga guvoh bo‘lamiz:
- 1921 yili til va orfografiya islohotiga bag‘ishlangan birinchi qurultoyni tashkil etgan Chig‘atoy gurungi ham,
- 1922 va 1923 yillarda birinchi o‘zbek talabalarini xorij universitetlariga yuborgan xayriya jamg‘armalari
- yoki «Yangi hayot do‘stlari» ham davlat bilan rasman bog‘liq bo‘lmagan. Bu tashkilotlarning barchasi keyinchalik davlat tomonidan taqiqlab qo‘yilgan.

Perestroyka davri va ilk mustaqillik yillari bilan bog'liq nimainki ijobiy yutuqlar bo'lsa (eng asosiysi, Mustaqillikni e'lon qilinishi, til muammosini ko'tarilishi, erkinlik uchun parlamentdagi kurashlar, paxta zo'ravonligiga qarshi kurash va hkz), bular ham ziyolilar faoliyati bilan bog'liq, amaldorlarning emas. Ba'zi dalillarga ko'ra, O'zbekistonning rahbariyati pinhona SSSRni saqlab qolmoqchi bo'lgan GKChP tarafida bo'lgan va Mustaqillikni majburan (jumladan, ziyolilar bosimiga javob sifatida) e'lon qilgan.

3 months, 3 weeks ago

4 ОКТЯБРЬ — ЎЗБЕК ХАЛҚИНИНГ НОРАСМИЙ МОТАМ КУНИ

1938 йил 4 октябрь. Бу  — биринчи ўзбек кинорежиссёри, биринчи фотосуратчиси, биринчи ўзбек юристлари, биринчи журналистларининг боши кундага қўйилган кун.
1938 йилнинг айни шу куни СССР Олий суди Ҳарбий коллегияси **507 нафар ўзбекистонлик сиёсий маҳбус устидан шафқатсиз ҳукм чиқарган.

Булар – Абдулла Қодирий, Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон, Абдурауф Фитрат каби ўзбек мунавварлари, Раҳим Иноғомов, Усмонхон Эшонхўжаев, Рустам Исломов, Файзулла Раҳимбоев, Акбар Исломов, Саъдуллахўжа Турсунхўжаев** каби давлат  арбоблари эди.

Илм дарғалари: Пўлат Солиев, Ғози Юнус Олимов,
Абдулҳай Тожиев, Акбар Исломов
Анқабой Худойбахтов, Санжар Сиддиқ, Қурбон Берегин, Аъзам Айюб, Отажон Ҳошимов
каби инсонлар шу кунда қатлиом қилинганди.

Сиз доим хотирамиздасиз, жадидлар...

3 months, 4 weeks ago

Ўзбекистон ташқи ишлар вазири Бахтиёр Саидов 26 сентябрь куни Нью-Йоркда Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакиллари билан учрашувда “ўзаро ишончни мустаҳкамлаш йўлида давлатлар бир-бирларининг ички ишларига аралашмаслик тамойилига амал қилиши муҳимлиги”ни таъкилади.

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 3 days, 2 hours ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

💰 Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 3 weeks, 4 days ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 3 weeks ago