Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

MED-UZ

Description
💊🩺🌡️🫀
Medical blog

Dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!
Advertising
We recommend to visit

📺 Vos Films ici 📺

1 week, 4 days ago
***💊*****Ўт димланишида қўлланиладиган воситалар!!!**

💊Ўт димланишида қўлланиладиган воситалар!!!

➡️Белгилари:
🔅овқатдан сўнг ўнг қовурға остида оғриқ🔅эрталаб оғизда аччиқ там бўлиши🔅қорин кўп дам бўлиши🔅кўнгил айниши🔅кўз склераси, тилда ва терида сариқлик

💊Қўлланиладиган дорилар:
▶️Хофитол
▶️Аллохол
▶️Урсосан
▶️Холензим

@doctor_med_uz

1 week, 5 days ago

O'PKA ARTERIYASI TROMBOEMBOLIYASI

O'pka arteriyasi tromboemboliyasi - bu o‘pka arteriyasi va uning tarmoqlarining tromb tufayli bekilishi bo'lib va buning natijasida o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan juda og‘ir sindrom hisoblanadi.

📍 Klinikasi:
О‘ATE asosiy belgisi to'satdan boshlanadigan hansirash
bo'lib, u tinch holatda va jismoniy zo'riqish vaqtida ham kuzatiladi. Bu vaqtda nafas olish soni 1 daqiqada 24-72 martagacha yetadi. Ba’zan bemorlarga azob beradigan quruq yo'tal kuzatiladi. O'ATE ko'p holatlarda belgilarsiz kechadi.
Klinik belgilarning xos bo'lmaganligi tufayli diagnostikasi qiyin.

📍O‘ATE klinik belgilarining chastotasi:
🔹To'satdan rivojlanuvcbi hansirash (80%);
🔹Taxikardiya (52%);
🔹Arterial gipotoniya (48%);
🔹 Og'riq sindromi (34%);
🔹Teri rangining oqarishi (21%);
🔹 Serebral buzilishlar (16%);
🔹 Qon tupurish (14%);
🔹 O'tkir buyrak yetishmovchiiigi (7%).

O'pka arteriyasi tromboemboliyasiga gumon qilinganda ko‘rsatiladigan shoshilinch yordam hajmi:

🔹 Og'riq sindromini bartaraf etish maqsadida morfin 5-10 mg vena ichiga.
🔹 Yaqqol arterial gipotenziya holatida simpatomimitiklardan dopamin, prednizolon 90-120 mg yoki deksazon 16-32 mg vena ichiga.
🔹 Bronxospazmni bartaraf etish uchun eufillin 2,4% 10-15 ml tomchilab tomir ichiga.
🔹 Tashxis tasdiqlangan holatda trombolitik terapiya streptokinaza 1,5 mln TB 2 soat davomida yoki urokinaza 4400 TB/kg/soat 12-24 soat davomida vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Hozirgi vaqtda trombolitik 
terapiya uchun eng samarali hisoblangan to'qima plazminogenini faolashtiruvchi (TAP) 100 mg tomir ichiga tomchilab quyish tavsiya etiladi. 
🔹 Zarurat bo'lsa  reanimatsion chora tadbirlar o'tkaziladi.         

. O'pka arteriyasi tromboemboliyasi vaqtida yurak glikozidlarini ishlatish mumkin emas!

MED_UZ TEAM ®

@doctor_med_uz

1 week, 5 days ago

Тез тиббий ёрдам дори воситалар рўйхати
Ўзбекистон Республикаси ССВ
(ўзбек тилида)

📌 Сақлаб куямиз ва дўстларга жўнатамиз!

@doctor_med_uz

1 week, 5 days ago

Ma’lumki, O'zbekiston sharoitida oshqozon va 12 barmoq ichak yaralaridan qon ketishlar holatlari ham bemorlami og‘ir shok holatiga olib keladi. Hozirgi vaqtda yaradan qon ketishini to‘xtashish maqsadida Kvamatel dori vostiasidan keng foydalanilmoqda. Kvamatel preparatini 20—40 mg dan tomir ichiga, sutkasiga 1-2 marta, 3-5 kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Kvamatel preparati yuqori samaradorligi bilan boshqa dori vositalaridan keskin farq qiladi va oshqozon va ichakdan qon ketish asoratini to‘xtatadi. Bu o‘z navbatida og‘ir bemorlami operatsiyasiz davolash imkonini yaratadi.

@doctor_med_uz

1 week, 5 days ago

OSHQOZON ICHAK TRAKTIDAN QON KETISHINI KLASSIFIKASIYASI

I. Etiologiyasi bo’yicha.
1. Oshqozon yarasi
🔹 Idiopatik
🔹 Giyovand moddalar bilan:
🔹 Aspirin
🔹 Nosteroid yallilanishga qarshi dorilar
🔹 Infektsiyalar:
🔹 Xelikobakter pilori
🔹 Sitomegalovirus
🔹 Gerpes simplex virusi
🔹 Stress tufayli yara
🔹 Zhollinger sindromi
🔹 Addison
2. Qizilo’ngach kasalligi:
🔹 Peptik
🔹 Candida albicans
🔹 Gerpes simplex virusi
🔹 Sitomegalovirus
🔹 aralash
II. Dori vositalari ta’sirida:
🔹 Tetratsiklin
🔹 Kvinidin
🔹 Kaliy xlorid
🔹 Aspirin
🔹 NSPVP
III. Portal gipertenziyasi
🔹 Qizilo’ngach varikoz tomirlari
🔹 Oshqozon varikoz tomirlari
🔹 Duodenal varikoz tomirlari
🔹 Tomir venalari bosimining oshishi natijasida kelib chian gastropatiya
IV. Arterial, venoz yoki boshqa malformatsiyalar
🔹 Idiopatik angioma
🔹 Olzer-Viber-Rendu sindromi
🔹 Dyelafua yarasi
🔹 Tarvuz oshqozon (me’da-antral tomir yektaziyasi)
🔹 Radiasion telangiektaziya
V. Shikast yoki operasiyadan keyingi davrda yuzaga keladigan
🔹 Mellory-Vayss bo’shlii
🔹 Yod jism bilan jarohatlanish
🔹 Operasiyadan keyingi anastomozit
🔹 Aorta-ichak oqmasi
🔹 Me’da / o’n ikki barmoqli ichak polipektomiyasining oqibatlari
VI. O’sma kasalliklari
a) Xavfsiz:
🔹 Lipoma
🔹 Poliplar (giperplastik, adenomatoz, amartomatoz)
b) Xavfli:
🔹 Adenokarsinoma
🔹 Mezenxial neoplazma
🔹 Lenfoma
🔹 Sarkoma Kaposhi
🔹 Melanoma
🔹 Metastatik shish
🔹 Aralash
VII. Qon ketish joyiga ko’ra:
🩸 Qizilo’ngach,
🩸 Oshqozon,
🩸 O’n ikki barmoqli ichak,
🩸Ingichka ichak,
🩸 Yo’g’on ichakdan qon ketish.
VIII. Klinik ko’rinishiga ko’ra:
📍 O’tkir,
📍Surunkali,
IX. Qon ketishining og’irligiga ko’ra (qon yo’qotish midori):
🩸 Yengil
🩸 O’rta og’ir
🩸 Og’ir.
X. Qon yo’qotish hajmi bo’yicha qon ketish quyidagicha ajralib turadi:
🩸 O’ta og’ir darajasi - 1,5 -2 l;
🩸 O’rta og’ir darajasi - 0,5-1,5 l;
🩸 Yengil darajasi - 0,5 l gacha;
XI. Oshqozon yarasining tasnifi.
1-tur. Oshqozon tanasining yarasi.
2-tur. O’n ikki barmoqli ichakdagi oshqozon yarasi.
3-tur. Oshqozon pilorik qismi yarasi.
4-tur. Ko’p sonli oshqozon yarasi.

MED_UZ TEAM ®

@doctor_med_uz

1 week, 6 days ago

ЮРАК –ЎПКА –МИЯ 
РЕАНИМАЦИЯСИНИНГ БОСҚИЧЛАРИ
.

Реанимация тадбирларини бошлашдан олдин беморни каттик юзага чалканча ёткизиш лозим бўлади.
Ҳамма реанимацион тадбирлар уч босқичга булинади, уларнинг ҳар бири эса уч босқичдан иборат.

I-боскич. ЮЎР нинг асосий тадбирлари.
Организм ҳаётини таҳминлашнинг умумий  чора тадбирлари:

А – Airway орen – беморда нафас йуллари утказувчанлигини таьминлаш.

В – Breathe fоr Victim – оғиздан-оғизга, оғиздан бурунга ёки Амбу, КАМА қопчалари ёрдамида суньий нафас бериш, уйқу артерияси уришини аниқлаш. Агар пульсация бор бўлса, то мустақил нафас тиклангунча суньий нафас олдиришни давом эттириш.

С – Circulatiоn blооd – агар артерияларида пульсация аниқланмаса юракни билвосита массаж, имконият борича трахеяни интубация килиш. Реанимацияни спонтан пульс пайдо булгунча давом эттирилади.

II- боскич. Реанимациянинг ихтисослашган усуллари:

D – Drugs –дорилар: керакли дори-дармонларни қилиш ва вена ичига эритмалар қуйиш учун система улаш.

Е – Electrоcardiоgraрhy (ЭКГ) – юрак тўхташи турини (қоринчалар фибрилляцияси, асистолия, идиовентрикуляр ритм) аниқлаш учун кардиомонитор улаш ёки ЭКГ олиш.

F-Difibrillatiоn – (дефибрилляция) – қоринчалар фибрилляциясида дефибрилляция қилинади.

III-боскич. Мия реанимацияси – постреанимацион интенсив терапия.
G – Gauge – (баҳолаш) беморнинг аҳволини баҳолаш, яҳни улим сабабини аниклашга ҳаракат килиш, беморни куткариш ва даволаш имкониятларини баҳолаш (аниклаш).

H – Hyроtermy – (гипотермия) – Мия фаолиятини тикловчи муолажаларни қўллаш: гипотермия (+ 30-32°С).

I -  Intensive theraрy   – (интенсив терапия) қолган аъзолар фаолиятини тўғрилашга қаратилган интенсив терапия.
Реанимация тадбирларини ўтказиш тартиби сақланиши керак, лекин ҳар доим ҳам бунга эришиб булмайди, бу қаерда (аҳоли йук жой, стационар, стационар техник таҳминоти), ким томондан (тайёрланмаган, тайёргарлик курган тиббиёт ҳодимлари) ёрдам кўрсатилишига боғлиқ.

@doctor_med_uz

1 week, 6 days ago

*🇺🇿*❤✅️**

1 week, 6 days ago

"Has not been selected" DV2025
Bugun eng ko'p o'qiladigan kun 😂😂😂😂

2 weeks, 2 days ago

Rost ekanmi eshitganlar bormi?

2 weeks, 2 days ago

Xurmatli bo'lim mudirlari 6 kurs talabalari ishlashi uchun Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'i qabul qilindi shu sababli tizimga avval ishga qabul qilingan talabalarni 1 shtat birligiga qadar ishlatishlaringiz mumkin

@doctor_med_uz

We recommend to visit

📺 Vos Films ici 📺