Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
HAYOTNING HAR LAHZASI GO‘ZAL
Tun pardasi ochilib asta
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo artilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo yuvilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni
El oyoqqa turar jonsarak.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o‘zanni,
Odamlarga to‘lar ko‘chalar.
Asli hatto go‘dak emizmoq
Barobardir og‘ir yumushga.
Oshiqarlar yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o‘qishga.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko‘zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko‘z bola
“Tinchlik” so‘zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola,
Intilasan yana oldinga.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,
Ko‘k gumbazlar o‘ngu so‘lingda.
Bir azaga kirib o‘tsang gar,
So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig‘ilar eski ulfatlar.
Odamzodga dunyo bo‘lmas tor,
To mavjuddir shirin suhbatlar...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo‘na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,
Ertangi kun uchun to‘plar dosh.
Anvar shoir charchog‘i bo‘lib,
Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Anvar OBIDJON
Boshqalarning qo'lidagi non bo'lagi hamisha kattaroq ko'rinadi.
Dostoyevskiy
`Nimanidir o‘rganishga bo‘lgan kuchli istak, bu — allaqachon ellik foiz muvaffaqiyatdir.
O‘rganmoqchi bo‘lsangiz harakat qiling, endi kech demang. Hech qachon kech bo‘lmaydi, aksincha bu sizga berilgan imkon bo‘ladi.
Bilmasangiz so‘rashga uyalmang! Bunga bir daqiqa ketishi mumkin, ammo bilmaslik bir umr xijolatli bo‘ladi.
✍️ D. Karnegi`
?? 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni!
?? O‘zbekiston bolalar tashkiloti barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan samimiy tabriklaydi.
? O‘zbek tili – buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi, millatimizning g‘urur va iftixori. Bu til bizni birlashtirib, Vatanimizning boy tarixi va madaniyati bilan bog‘laydi.
✔️ Keling, ona tilimizni asrab-avaylab, uni yanada rivojlantirish yo‘lida birlashaylik. Zero, O‘zbek tili har bir yurakda o‘chmas iz qoldirsin!
Odam yaxshilikni yerdan topib olmaydi, odamdan oʻrganadi.
? “Somon yoʻli”
Ch.Aytmatov
Ilmda navbatda turmadik……
??
Uxlayotgan odamni uygʻotish mumkin, ammo oʻzini uxlaganga solib yotgan odamni uygʻotib boʻlmaydi.
©️Mahadma Gandi
Ҳаммамизда даҳолик бор. Aммо сиз балиқни дарахтга кўтарилиш қобилиятига қараб баҳоласангиз, у бутун умрини ўзини аҳмоқ деб ҳисоблаб ўтказади.
©Альберт Эйнштейн
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago