Oliy Maktab Akademiyasi | Videodars | ikkinchi loyiha

Description
Videodarslik dasturi. Oliy Maktab Akademiyasining rasmiy kanali
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 months, 4 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 19 hours ago

3 months, 2 weeks ago
***⚡️*** **2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga …

⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida **o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi

  1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
  2. Toshkent shahri — 74,6 ball
    3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball**
  3. Namangan viloyati — 68 ball
  4. Xorazm viloyati — 68 ball
  5. Navoiy viloyati — 67,2 ball
  6. Samarqand viloyati — 67 ball
  7. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
  8. Jizzax viloyati — 65,5 ball
  9. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
  10. Toshkent viloyati — 64 ball
    **12. Andijon viloyati — 63,5 ball
  11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
  12. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball**

📌 @oliymaktabakademiyasi

3 months, 2 weeks ago

Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.

65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028

📌 @oliymaktabakademiyasi

5 months, 1 week ago

#abituriyent

Katta ehtimol bilan

*❗️*Kirish imtihonlari 14 — 28-iyul sanalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

14-iyulda (2 smenada ham) boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

Keyin 7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avguvstda mandat eʼlon qilinadi.**

? @oliymaktabakademiyasi

10 months, 2 weeks ago

O‘quvchilarning yaxshi ta’lim olishida ota-onalarning roli qanchalik muhim deb o‘ylaysiz?

Ko‘plab ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligida o‘qituvchilarni ayblaydi. Lekin O‘zbekistonda atigi 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi haqida bilarmidingiz?

Doimgidek, ota-onalar farzandining qanday ta’lim olayotgani bilan qiziqishi yoki bolalarining ta'limi uchun qancha sarmoya kiritayotgani haqida deyarli gapirmaydi.

Tan olamizmi yoki yo‘qmi, yomon maktab, yomon o‘qituvchi, yomon sharoit ota-onalarning eng zo‘r bahonalaridan biri bo'lib qolgan.

Endi ota-onalarning bunday bahonalar topa olmasligi uchun yaxshi loyiha ham bor, bu — Oliy maktab akademiyasi.

Ya’ni bu shunday loyihaki, unda ota-onalar barcha farzandlarining (6 yoshdan boshlab) sifatli va ishonchli ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib bera olishlari mumkin.

Chunki, Oliy maktab akademiyasi takomillashgan videodarslar to‘plamini ishlab chiqqan bo‘lib, bu to‘plamni xarid qilgan ota-onalar undan butun umr foydalanishi mumkin.

Ya’ni bu uyingizda farzandingiz uchun xususiy maktab ochishdek gap.

Yaxshi maktab, eng salohiyatli o‘qituvchilar va eng asosiysi sifatli ta’limni o‘zida mujassam qilgan Oliy maktab akademiyasi imkoniyatlaridan barcha ota-onalar foydalanishlari kerak deb o‘ylaymiz.

Oliy maktab akademiyasi orqali o'quvchilar maktabdagi darslardan tashqari hech qanday repetitorga bormay turib ham fanlarni mukammal tarzda o'zlashtirishi mumkin.

Eng muhimi bu loyihadan butunlay internetsiz foydalanish mumkin.

Ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligidan shikoyat qilyaptimi unda ularga Oliy maktab akademiyasini tavsiya qilib ko‘ring. Qani shunda ham ular nimadir bahona topa olarmikan?

Ha aytgancha, o'tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra bolalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan ota-onalarning farzandlari hayotdan qoniqish hissini ko'proq tuyar ekan.

Unutmang, "Oila — birinchi va eng ishonchli maktab"↪️ Batafsil ma'lumot

? Bog'lanish: @hozir_boglaningBot

?@xalqtaliminfo

Telegram

OLIY MAKTAB AKADEMIYASI | Rasmiy kanal | ILM OLING!

***📚*** Oliy maktab akademiyasi NTM tomonidan “Oila-birinchi va eng ishonchli maktab” shiori ostida barcha farzandlaringiz (6 yoshdan boshlab) sifatli ta’lim olishi uchun takomillashgan videodarslar to‘plamini ishlab chiqdi. Namunaviy videodarslar: ***👉🏻*** Matematika…

1 year, 4 months ago

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

*❗️Академик лицейларга ўқувчиларни қабул қилишда ёзма имтиҳон бекор қилинади“Маъмурий ислоҳотлар доирасида олий таълим, фан ва инновациялар соҳасида давлат бошқарувини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–200-сон, 03.07.2023 й.)* қабул қилинди

? Қарорга кўра, олий таълим дастурлари халқаро рейтингда юқори 200 талик рўйхатга кирган хорижий олий таълим ташкилотлари дастури асосида қайта ишлаб чиқилади.

Таълим ташкилотларини аттестациядан ва давлат аккредитациясидан ўтказиш тартиби бекор қилиниб, комплекс ва махсус давлат аккредитациясидан ўтказиш тизими жорий этилади. Бунда:

? комплекс давлат аккредитацияси ҳар 4 йилда таълим ташкилотларини ташқи баҳолаш натижалари асосида ўтказилади;

?лицензияси бекор қилинган таълим ташкилоти ёки ёпилган таълим дастурида ўқиётган талабаларга ўқишини давлат ва нодавлат таълим ташкилотларининг мос ва турдош таълим йўналишлари ва мутахассисликларига кўчириш ҳуқуқи берилади.☑️Шунингдек, таълим дастурларини халқаро аккредитациядан ўтказиш амалиёти жорий этилади. Бунда:

? Вазирлик томонидан тан олинган халқаро рейтинг ташкилотларининг биринчи 1 000 таликка кирган олий таълим ташкилотлари навбатдаги комплекс давлат аккредитациясидан озод қилинади.? Олий таълим ташкилотларининг рейтинги таълим ташкилотининг фаолияти ва таълим жараёнига аралашмаган ҳолда маълумотларни ахборот тизими орқали олиш йўли билан юритилади.

? 2024 йил 1 январдан:рейтинг давлат ва нодавлат олий таълим ташкилотлари бўйича умумий аниқланади;сўнгги 5 йил давомида рейтингда биринчи 10 талик ўринни эгаллаган олий таълим ташкилотлари навбатдаги комплекс давлат аккредитациясидан озод қилинади.

? 2025 йил 1 январдан:нодавлат олий таълим ташкилотларига давлат буюртмаси асосида кадрлар тайёрлаш бўйича квота уларнинг рейтингдаги ўрнига мувофиқ ажратилади;олий таълим ташкилотларининг таълим соҳалари кесимидаги рейтингини юритиш йўлга қўйилади.

? 2023/2024 ўқув йилидан:▫️академик лицейларга ўқувчиларни қабул қилишда ёзма имтиҳон асосида дастлабки саралаш босқичи бекор қилинади;

▫️коллеж ва техникумларнинг таълим дастурларига давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари 2 бараварга оширилади;

▫️абитуриентларга “давлат гранти” ёки “таълим йўналиши” устуворликларидан бирини танлаш ва танлаган устуворлиги бўйича бакалавриат таълим йўналишлари кетма-кетлигида танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилади;

▫️талабанинг таълим йўналишига мос стартап лойиҳаси ҳамда рационализаторлик ғоясини битирув малакавий иши ва магистрлик диссертацияси сифатида ҳимоя қилиш амалиёти жорий этилади;

▫️олий таълим муассасалари талабаларининг иқтисодиёт тармоқлари корхоналарида ҳақ тўланадиган қисқа муддатли мақсадли ишлаб чиқариш амалиётлари ташкил этилади.

*? 2024/2025 ўқув йилидан:*?ОТМга кириш имтиҳонларини топшириш “аввал тест, сўнг танлов” тамойили асосида ташкил этилади ҳамда абитуриентларга тест синови натижасида тўплаган балидан келиб чиқиб, олий таълим муассасаси, таълим йўналиши ва шаклини танлаш имконияти яратилади;

?умумтаълим фанларидан халқаро имтиҳон натижалари бўйича сертификатлар давлат ОТМга қабул қилишда инобатга олинади.

? @oliymaktabakademiyasi

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 months, 4 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 19 hours ago