SEVIMLI AYOLLAR

Description
Ehtiyot boʻling bu yerda hayotingiz yaxshi tomonga oʻzgarishni boshlaydi!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

9 months, 2 weeks ago

*?*ОСОН САВОБ ИШЛАР!

  1. Масжидга битта курси қўйиб қўйинг. Унда намоз ўқиган инсоннинг ажрини оласиз!

  2. Хонангизнинг деразасига қушлар учун бир идишга сув, бошқасига дон - дун солиб қўйинг!

  3. Қишнинг аввалида, ўзингизнинг эҳтиёжингиз тушмайдиган иссиқ кийимларни олиб, совуқда ишлайдиган, муҳтож ишчиларга беринг!

  4. Хонангизга қутича қўйинг. Ҳар гуноҳ қилганингизда унга маълум миқдор жарима пули солинг. Ҳар ойнинг охирида уни очиб, садақа қилинг!

  5. Иссиқ кунларда ўзингиз билан муздек сув оволинг! Қуёш остида ишлаётганларга бериб ўтинг!

  6. Масжидга мусҳаф қўйинг! Уни ўқиганнинг савобидан баҳраманд бўлинг!

  7. Ичган сувингиздан ошиб қолса, ерга тўкмасдан, бирор ўсимлик остига тўкинг!

  8. Табассум қилинг, салом беринг, чиройли гапиринг... булар - садақа.

  9. Ухлашдан олдин, сизни ғийбат, чақимчилиқ, зулм билан ёмонлик қилганни кечиринг.

  10. Жанозага эргашинг!

  11. Масжиднинг тозалиги, хушбўй бўлишига оз бўлса - да ҳиссангизни қўшинг!

  12. Юрган йўлингизда зикр билан машғул бўлинг!

  13. Буни бошкаларга хам жонатинг ва савобу ажрга эга болинг!

*?@SEVIMLI_AYOLLARMIZ?*

9 months, 2 weeks ago

SUYUKLI AYOL BO‘LISHNING 12 USULI

Dunyoda turmush o‘rtog‘ining muhabbatiga sazovor bo‘lishni istamaydigan ayol bo‘lmasa kerak. Chunki baxtning asosiy mezoni er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbatdir. Qolaversa, ikki dunyo saodatiga erishmoqchi bo‘lgan soliha ayol birinchi galda erining yuksak sevgisiga sazovor bo‘ladi.

Quyidagi tavsiyalar ayollarning baxtga erishishlarida ko‘maklashadi:

  1. Tinglang, itoat eting.
    Eriga itoat etish – farz. Sizning umr yo‘ldoshingiz – oila boshlig‘i. Unga ana shu tuyg‘uni his etish imkonini bering. Shunda hurmat qozonasiz.
  2. Eringiz mol-mulkini, uy-joyini ko‘z qorachig‘idek asrang. Chunki uning mulki sizning mulkingiz.
  3. Biron joyga borsangiz, albatta eringizdan ruxsat so‘rang. Iznsiz ostona xatlab ko‘chaga chiqa ko‘rmang. Chunki eringiz sizga javobgar.
  4. Eringiz uchun jozibali bo‘ling.
    Alloh taolo barcha ayollarni erlari uchun pardoz-andoz qilishga, doim go‘zal, pokiza, orasta bo‘lib yurishga buyurgan. Alloh amr etganidek, eringiz yuragini zabt etish uchun chiroyingizni ishga soling. Begona erkaklar e’tiborini tortishga urinmang.
  5. Yaxshi kayfiyat bilan qarshi oling. Tasavvur qiling: eringiz ishdan qaytdi. Qarshisida saranjom-sarishta uy, shirin kalom, yaxshi kayfiyat bilan kulib qarshi olgan go‘zal ayoli, sevib iste’mol qiladigan mazali taomlar, aqlli farzandlar. Shunda ham eringizda salbiy munosabat kuzatilarmikan?!
  6. Uyingizda zeb-ziynatga burkaning, eringiz uchun bezaning.
    Barcha ayollar bolaligidan nafis sirg‘alar, bilakuzuklar taqadi, chiroyli kiyimlar kiyadi. Ana shu odatni endi uyingizda davom ettiring. Bu, eringizga ma’qul keladi.
  7. Hazillashing, kayfiyatini ko‘taring, eringizning jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qiling.
  8. Oilasi uchun qilayotgan barcha ezgu harakatlari, mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib turing.
    Jannatiy ayolning bezagi erini doimiy qo‘llab-quvvatlash, oilasi farovonligi uchun qilayotgan ishlariga ijobiy baho berish, rahmat aytishdir. Zero, erining topganiga qanoat qilish, unga minnatdorchilik bildirish ayolning saodat kalitidir.
  9. Oilaviy sirlarni, jinsiy hayot bilan bog‘liq ishlarni zinhor ko‘chaga olib chiqmang. Bunday gaplar er-xotin o‘rtasida qolsin. Bu, oila mustahkamligida juda muhim sanaladi.
  10. Bahs paytida, aybingiz bo‘lmasa-da, “Kechiring”, “Uzr” deyishni lozim tuting.
    Har bir xonadonda kelishmovchilik, qo‘ydi-chiqdilar bo‘lib turadi. Bu – tabiiy holat. Ana shunday paytda bahslashmang, olovga moy sepmang, vaziyatni kuting, “Kechiring, jahlingizni chiqardim. Iltimos, bahslashmaylik, dadasi”, desangiz, olam – guliston.
  11. “Jannat kaliti” bo‘lgan eringiz ko‘nglini olishga doim harakat qiling.
  12. Nikohingiz mustahkam, oilaviy munosabatlaringiz yaxshi bo‘lishini Allohdan so‘rang.

© Ziyovuddin Rahim
“Baxtli hayot sari” kitobidan

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
?@SEVIMLI_AYOLLARMIZ?

9 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago