Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Jizzax tarixi

Description
Advertising
We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 1 month, 2 weeks ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month, 2 weeks ago

Tarixiy yozma manbalarda Jizzax vohasi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari hamda madaniy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan bo‘lib, xususan Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridagi 1367–1368 yillarda bo‘lib o‘tgan urush voqealariga bog‘ishlangan bobda Dizak va uning yaqinidagi Xarman mavzei va Malik roboti (Malik ota ziyoratgohi joylashgan hudud) haqida ma’lumot berilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida esa Dizak va uning atrofidagi Zomin, Yom, Xavos singari qo‘rg‘on va kentlar aholisi, ularning turmush tarzi va urf-odatlari haqida yozilgan. Voha ziyoratgohlari va aholi urf-odatlari bilan bog‘liq ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida ancha keng yoritilgan. Muarrixning yozishicha, “Ustrushona bir paytlar Umarshayx Mirzo tasarrufida bo‘lgan”. Shuningdek, asarda Jizzax vohasidagi aholi maskanlari – Dizak, Zomin, Yom, Peshag‘or, Yor-Yayloq, Xaliliya kabi kentlar va Ilono‘tti darasi haqida ma’lumot beriladi. Ulardan biz uchun Sayid Burxoniddin Qilich (Zomin tumanida shu nomdagi ziyoratgoh) avlodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qimmatlidir. Unda: “…Xoja Mavlonoyi Qozining ismi Abdullodir. Bu nom bilan mashhur bo‘lgan edi. Ota tarafdin nasabi Shayx Burxoniddin Qilichga tutashadi. Ona tarafidin Sulton Ilik Moziyga bog‘lanadi”, tarzida yozib qoldirilgan. Umuman olganda ilmiy adabiyotlar tahlili shundan dalolat bermoqdaki, Jizzax vohasidagi madaniy meros ob’ektlari tadqiqotchilar tomonidan tarixshunoslik va manbashunoslik, tarixiy va etnosotsiologik jihatdan hali to‘liq o‘rganilmagan. 

Manba

😎 @Jizzax_tarixi

1 month, 2 weeks ago

"Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni". Ikkinchi nashri.
Yozma manbalar maʼlumotlari asosida.

✍️ Ibrohim Moʻminov

✔️ Telegram 🌐 Instagram 🎞 YouTube

1 month, 2 weeks ago

Ubaydulloxon – Shayboniylar davlati hukmdori
Bekzod Mirzaev

✔️ Telegram 🌐 Instagram 🎞 YouTube

3 months, 1 week ago

O'zbekistonning 1-prezidenti Islom Karimov olgan mukofotlar!

❇️"O'zbekiston qahramoni" (1994)
❇️"Oltin Yulduz" (1994)
❇️"Mustaqillik" ordeni (1996)
❇️"Buyuk xizmatlari uchun
❇️"Do'stlik" ordeni
❇️"Amir Temur" ordeni (1997)
❇️"Xalqlar do'stligi" ordeni (1988)
❇️"Mehnat Qizil ordeni" (1981)
❇️"Buyuk Vitautas" zanjirli ordeni (2002)
❇️Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni (2003)
❇️Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli va lentali ordeni
❇️Oltin burgut ordeni
❇️Oltin moʻyna ordeni
❇️Uch yulduz ordeni
❇️Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni
❇️Ukraina Prezidentining faxriy nishoni
❇️Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya, 2003)
❇️Serbiya Respublikasi lentali ordeni
❇️Mugunxva ordeni (1995)
❇️Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal (1996)
❇️YuNESCO „Avitsenna“ oltin medali (1996)
❇️YuNESKO „Aristotel“ oltin medali  (2007)
❇️Shaxsiy toʻpponcha (Ukraina)
❇️Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni (1998)
❇️Shayxulislom ordeni
❇️"Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston)
❇️„Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi (1994)

@Jizzax_tarixi

3 months, 1 week ago

Diyor yangiliklari

JDPU da O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

@Jizzax_tarixi

3 months, 1 week ago

📹 Amir Temur diplomatiyasi: elchilar va aygʻoqchilar, Klavixo va Boyazid Yildirim @QURULTOY

@Jizzax_tarixi

3 months, 2 weeks ago

🫥Tarix fanlari doktori, proff. Shamsiddin Kamoliddinning «Markaziy Osiyo tarixi zamonaviy tarixshunosligidagi yondashuvlar» kitobi
Asarda Markaziy Osiyo tarixshunosligining dolzarb muammolari, Markaziy Osiyo davlatlari milliy konsepsiyalari va boshqa mavzular haqida soʻz yuritilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib
boring:
📝Telegram  💻 Instagram🎞YouTube

3 months, 2 weeks ago

Kuzatishda davom eting❗️

✈️ @Jizzax_tarixi

3 months, 2 weeks ago

Ustrushonada o'rganilgan arxeologik va antropologik manbalar shimol va sharqdan asta-sekin ko'chmanchi qabilalarining to'lqini tarqala boshlaganligi va mahalliy madaniyat namunalarida o'zgarish bo'lganligini ko'rsatadi. Shirinsoyda uch xil tip vakillari (ular orasida braxikefallar ustun) G'ulbo mozorqo'rgonidagi jasadlarning antropologik tuzilishida ham braxikefal mongoloid korinishiga mansub kishilar bosh suyaklari o'rganilgan(2014 yilda o'tkazilgan qazuv ishlarida esa dolixakran  uzunchoq bosh evropoid korinishiga mansub kishilar bosh suyaklari qayd qilindi. F.T. ).
Ustrushonada olib borilgan tadqiqotlar ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlash imkonini bermoqda. Aynan mana shu paytda, O'rta Sirdaryo bo'yida shimoliy-sharqiy ko'chmanchi qabilalarining, sharqda sak-sarmat ko'chma guruhlarining, janubda  dexqonchilik bilan shug'ullanib kelayotgan etnik guruhlarning aralashmasidan o'ziga xos etnomadaniyat birikmalari yuzaga keladi. Oqibatda, Ustrushona aholisining antik davrdagi etnik qiyofasi va antropologik tuzilishida ham qurama tiplar paydo bo'ladi. A.A Gritsina tomonidan Zomin tog‘ o'rmon xojaligi hududida aniqlangan tosh yashik ko'rinishida bo'lgan va yomg'ir suvi yuvib ketishi natijasida ochilib qolgan qabrdagi marhum bosh suyaklari ham deformatsiyaga uchraganligi qayd qilingan. Buning sababi ko'chmanchi chorvador xalqlarning Ustrushona hududiga kirib kelishi yoki bu hudud orqali janubga tomon siljishi deb etirof etish mumkin. Darvoqe, Ustrushonaning shimol, shimoliy-g'arb va sharq tomondan cho'l dunyosi vakillari ko'chmanchi qabilalari, janubdan Morguzar, g'arbdan Nurota tog‘ tizmalari o'rab turganini hisobga olsak Ustrushona ko'chmanchilar uchun eng qulay, beminnat aloqa makoni kontakt zona edi. Bundan tashqari Sirdaryo bo'ylaridan janubga siljigan (yoki talonchilik yurishlarini uyushtirgan) ko'chmanchilar faqat 2 yo'l orqali, Jizzax  Ilono'tti darasi bilan Zarafshon vohasiga, Jizzax Nurota orqali Buxoro va Karmanaga tomon yo'l olishgan. Bundan tashqari yana bir yo'l Ravot qishlog'idan Morguzor tog'ining Ko'rpa darasi sharqiy yonbag'ri orqali Sangzor vodiysiga chiqqan.

© Furqat Toshboyev

🌐 @Jizzax_tarixi

3 months, 3 weeks ago

📹 Markaziy Osiyoning genetik tarixi qanday? DNK tarixni oʻrganishda qanday yordam beradi?

Ekspert: arxeogenetika, antropologiya, shaharsozlik, til va topografiya sohalaring mutaxassisi, tarix fanlari doktori, professor Farhod Mahsudov.

🌐 @Jizzax_tarixi

We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 1 month, 2 weeks ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 1 month, 3 weeks ago