𝐆'𝐨𝐟𝐢𝐫 𝐇𝐚𝐦𝐫𝐨 𝐢𝐣𝐨𝐝𝐢

Description
📖 IJOD NAMUNALARI
📝 She'rlar
📑 Hikoyalar
📰 Maqolalar

Kelganingni dunyo bilishini istasang, uxlama!
©️Ğofir Hamro.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 4 weeks ago

Ўқитувчимга

Нўноқ болакайни қўллаган.
Нурли манзил сари йўллаган,
Ниҳол эдик – ташна, чўллаган
Ёмғир бўлдинг, ўқитувчим.

Қалбларга эринмай бўйлардинг.
Ҳар кун бир ҳақиқат сўйлардинг,
Юракга меҳрингни жойлардинг,
Қуёш эдинг, ўқитувчим.

Лойқа хаёлларни тиндирдинг,
Асов отдек илмга миндирдинг,
Қалбларда орзулар ундирдинг.
Тупроқ бўлдинг, ўқитувчим.

Экканинг мевасин теравер,
Тилаклар айтилар, энди изн бер!
Ортингда халқ қаддинг керавер!
Байраминг муборак, ўқитувчим!

Ғофир Ҳамро

@hamroyev_g

2 months ago
*...Rustam Mirvohid betakror shoir, sodiq do‘st, …

*...Rustam Mirvohid betakror shoir, sodiq do‘st, gapi bilan ishi bir inson. U hayotdagi kabi she'riyatda ham qaddi tik, so‘zi dangal, harakati dadil. So‘zlarni tanlashni biladi, so‘zni his qila oladigan hassos ijodkordir.

Qayerda, qaysi lavozimda ishlasa ham u she'riyatdan zarracha uzoqlashmadi, aksincha yana-da bog‘landi.

Olam aro har kishi o‘ziga xos bo‘lgani kabi Rustamning ham boshqalarga o‘xshamaydigan ijodi bor, chin shoirlar har kun tug‘ilmaydilar.

Tug‘ilgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin!

G‘ofir Hamro, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi*Batafsil...

2 months, 4 weeks ago
Шукрона

Шукрона

Бугун бир-бирингиз қутланг юракдан.
Шунчаки байраммас - азиз, мукаррам.
Эрк берган, ҳаловат, бахт берган бизга
Бу йўлда не зотлар бўлди муҳтарам.

Қутланг болаларни, айтинг уларга
Энг азиз, энг улуғ байрам шарҳини
Исломини сақлаган буюк халқ ким деб
Дунё кўрмоқ истар бугун шаҳримни.

Барчага муборак ҳурлик айёми
Қалбимга ифтихор сиғмайди, қаранг
Элим деб, юртим, деб яшаганларни
Фарзандингиз билан эринмай сананг.

Шукроналар айтинг, миннатдор бўлинг
Баркамол, бахтиёр авлод учун ҳам.
Озодлик, ободлик гаштини суринг.
Яйраб яшанг, чекманг сира ғам.

Бу замин энг обод юрт бўлур ҳали
Буюк тафаккурнинг бешиги асли
Башариятни бахтга мушарраф қилган
Буюк аждодларнинг муносиб насли.

Учмоқни истасам, ҳозир самога
Қанотларим шайдир, мовий осмоним.
Эрк сенга ёр бўлсин, йўлдош тоабат.
Байраминг муборак, Ўзбекистоним.

https://t.me/gofirhamro

5 months, 1 week ago
Кўнгилни асра

Кўнгилни асра

Саратон куйдирса, вужудинг чандон
Бир зум ёмғирларни қумсаб қоласан.
Кўклам нафасини соғинганингда,
Қишнинг кетишини кутиб толасан.

Тоғлар чидаяпти, бардошли улар
Куннинг тиғига ҳам қорнинг зўрига
Инсонсан-у, сабринг етмайди нега?
Илиниб турасан нафсинг тўрига.

Уммон каби бўлгин бўлолсанг магар
Ёмғирларга айлан ва чўлларга қайт.
Дунё ўзгарса ҳам кўнгилни асра,
У маёқ бўлади, йўл йўқолган пайт.

@hamroyev_g

7 months, 2 weeks ago

#taqriz Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” asari haqida

Bu asar eshitmagan, bilmagan odam bo’lmasa kerak. Kitobxonlarning sevimli asari hisoblanmish bu kitob o’zgacha uslubda yozilgan bo’lib, asar qiz bola tomonidan hikoya qilinadi.

“Choliqushi” ishqiy roman hisoblanishi bilan bir qatorda o’sha davrning ijtimoiy muammolarini tanqidiy jihatdan mohirona ochib bera olgan asardir.

Asar bosh qahramoni Choliqushi, ya’ni Feride o’zining ilk muhabbati, hayoti davomidagi qiyinchiliklari, avvaliga orzusi keyinchalik esa maqsadi sabab hech narsadan tap tortmasligi haqida o’z kundaligida yozadi. Xiyonatni kechirolmay, o’z baxtidan qochib, ne-ne savdolarni boshidan o’tkazgan muallima Feride, aslida juda sho’x, bolalarcha beg’ubor, sodda qiz.Yoshligida juda qitmir, daraxtdan daraxtga sakrab yuradigan Feride bir kuni daraxtdan yiqilib, muallimi tomonidan “Choliqushi” degan laqabni oladi.

Asar ham bevosita shunday nomlangan. Qalbining tub-tubiga yashiringan sevgisi Kamrondan voz kecholmasa ham, uni tashlab ketadi va olis yurtlarda muallimlik qilib hayot kechiradi. Bu o’rinda uning jasur, g’ururli va zehnli ekanini ko’rish mumkin. Balki, Kamron uchun bu eng yaxshi jazodir,  lekin yigit ham sevmaydi emas, sevdi, oshiq bo’ladi, ammo ming afsuslar bo’lsinki buni juda kech angladi.

Komron yozuvchi ta’riflaganidek o’ta kelishgan, yashil ko’zli sariqdan kelgan, qizlarni aql-hushidan ayiradigan yigit edi. Tabiiyki, bu odati unga pand beradi, bir umrlik sevgisi Ferideni yo’qotdi. Kichik e’tiborsizlik sabab butun umr ikki sevishgan umrining yarmini ayriliqda o’tkazadi.Ta’kidlash joizki, yozuvchining mahoratiga qoyil qolmay iloj yo’q.

Ushbu roman nafaqat kutubxonamdan balki, qalbimdan ham munosib o’rin egallagan muhabbat va aql o’rtasida qolgan eng nodir asardir.
Men bu asarni 16 yoshimda o’qigan edim va chinakamiga telbaga aylangandek edim, asar meni o’ziga shu qadar tortar ediki, kitobning ba’zi varaqlarida ko’zyoshlarim ham bor. Keyin serialini ham ko’rdim, umuman, kitob bilan serial bir-biriga mos kelmaydi, lekin serialdagi syujet menga yoqdi.

Xullas, eng sevgan asarlarimdan biri sifatida Siz azizlarga o‘qib chiqishni tavsiya qilaman!

Malika G‘ofir qizi,
O‘zMU talabasi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago