Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан “Юракка кўмилар асл шоирлар” номли фотокўргазма очилди.
?? SADOQATLILAR ??
Yurtga tosh otmaydi sadoqatlilar,
Vatanni sotmaydi sadoqatlilar.
Ko'zlarni himoya qilgan kiprikdek,
Qo'rquvga botmaydi sadoqatlilar.
Unutmas ilk ildiz otgan yerini,
Qabrda qardoshi yotgan yerini.
Yuragida yo'lbars o'kirgan mardlar,
O'lguncha asraydi - tuqqan elini.
Kimlardir kuch-qudrat to'foni bilan,
Yana kim ilmu urfoni bilan.
G'aflatdan uyg'otar uxlaganlarni,
Yaratgan yuqtirgan imoni bilan.
Qavmning qadrdon bo'lgani shudir,
Oqibat hiloli to'lgani shudir!
Yo qo'rqoq, yo qochoq bo'lsa "erkaklar",
Butun bir millatning o'lgani shudir.
Ojizga tegmaydi kuchingdagilar,
Nomingni chaynaydi pichingdagilar.
Tozalab tashlagin tomiri bilan,
Agar sotqin bo'lsa ichingdagilar.
Yovga panja tortar yo'lbars yigitlar,
Xalqning qahramoni o'lmas yigitlar.
Jangchi qiz ayollar - Ummu Ammora,
Ko'k bo'riga yaqin kelolmas itlar.
Yurt - Onadir! Ayamas rizq-qutlarini,
Uchishga o'rgatar burgutlarini.
O'z onasin ko'ksiga o'q otgan - xoin,
Vatan kechirmaydi - manqurtlarini.
AZIZ XO'JA NUR
?Qo'shiq ma'qul bo'lgan bo'lsa, xalqqa ulashishda ko'maklashamiz.
?? YURT BAYROG'I YURAGIDA HILPIRAGANLAR ??
Inson aslan onasidan hur tug'ilgay.
Imon sabab yuzlarida nur tug'ilgay.
Balki ming yil, balki yuz yil Haqqa ayon,
Odamiylik odamlari bir tug'ilgay.
Oqibatning ostonasi - hur tilaganlar,
Yurt bayrog'i yuragida hilpiraganlar!
Chap ko'ksimning chetlarida chandig'i bor.
Qabrlardan chaman bo'lib chiqqan bahor.
Yashil o'lka bag'ridagi qizil qonlar,
Qabristonlar lolazormi yo odamzor?
Mangulikning gulshanida gurkiraganlar,
Yurt bayrog'i yuragida hilpiraganlar!
Tomirlarda oqqan toza qon taslim emas.
To tiriksan xalq uchun jon taslim emas.
Dushmanni hovuchlab elamoq - mardlik,
Davlat deya yuksalgan shon taslim emas.
Tinch-totuvlik sarhadida tin bilmaganlar,
Yurt bayrog'i yuragida hilpiraganlar!
Xavf-xatarni kesib kelar asl mardlar.
Yov yo'lini to'sib kelar asl mardlar.
Ezgulikning shahidlari o'lmaydi aslo,
Avlodlari o'sib kelar - asl mardlar.
Duolarda barhayot dil tilaganlar,
Yurt bayrog'i yuragida hilpiraganlar!
✍ Aziz Xo'ja Nur
? Sultonbek Mamatqobulov
Taklifimiz haqida tasvirlar
YAXSHI NIYAT ( DIQQAT E'LON -- SIRDARYOLIKLARGA )
Assalomu alaykum, Sirdaryoning yosh ijodkorlari. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov Sayxunobodga tashrifida Sirdaryo yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv vaqtida taklif berdik. Shu taklifimiz qo'llab quvvatlandi.
Taklifimiz shundan iborat ediki, Sirdaryoning har bir hududida ijod qilayotgan maktab o'quvchilari va yosh ijodkorlarning ijodlarini jamlab yangi kitobni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi homiyligida chop ettirish iltimosi so'raldi. Va bu iltimos Otabek Hasanov tomonidan qo'llab quvvatlandi.
Vatanni, millatni, ota-onaga muhabbatni, kitobxonlikni va buyuk allomarimiz, jadidlarimiz haqida yoshlarni ilmga undovchi vatanparvar, xalqparvarlik ruhidagi ijodiy ishlaringizni ( She'r, hikoya, esse, maqolalaringizni) yaxshi niyatda bizga taqdim eting biz bilan bog'laning.
? Kitobni nashrga tayyorlovchi vazifasida: Aziz Xo'ja Nur
Murojaat uchun + 99894 352 57 57 raqamiga qo'ng'iroq qilib bog'laning yoki ( @QALBDOSHIM_tel_99891_501_57_57 ) telegram orqali o'zingiz haqingizda ma'lumot va ijodiy ishlaringizni imlo xatolarisiz (Times Roman 14 shirift, word variantda )sifatli rasmingiz bilan yuboring.
Imkon qadar qalbida ijod ifori bor har bir yoshning ijodiy ishlarini saralab kitobga qo'shilishini niyat qilamiz.
Va yangi kitobimiz nasib qilsa yaqin vaqt ichida nashr etiladi degan umidimiz bor.
#Hurmatli, umidli, ijodkor yoshlar, safimizga qo'shiling imkonyatdan unumli foydalaning. Ustozlar, ijodkor o'quvchilaringizning qo'llab-quvvatlash uchun bu xabarni yetkazishga shoshiling !!! Kitob bepul homiylik asosida nashr etiladi Alloh xohlasa.
? OTA-ONANGIZ ASRANG
Qaytar dunyo, bir kam dunyo bu,
Sinovlarga solar dunyo bu,
Barchamizdan qolar dunyo bu,
Otalarni asrang, odamlar !..
Onalarni asrang, odamlar !..
Ostonangda qolgan izin o'p,
Alloh nazar solgan yuzin o'p,
Yig'latmagin kuydirmagin ko'p,
Otalarni asrang, odamlar !..
Onalarni asrang, odamlar !..
Tomib-tomib tugar suv bir kun,
Yonib-yonib o'char nur bir kun,
Bizdan rozi bo'lishi uchun,
Otalarni asrang, odamlar !..
Onalarni asrang, odamlar !..
Kutib-kutib yo'linga zor bo'lmasin,
O'ksib dili xasta bemor bo'lmasin,
Qariganda qaragin xor bo'lmasin,
Otalarni asrang, odamlar !..
Onalarni asrang, odamlar !..
She'r muallifi: Aziz Xo'ja Nur
Ijrochi: Orifjon Mustapov
Musiqachi: Shuxrat Aliyev
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago