OSON TARIX (ELDOR ASADOV)

Description
Toshkent davlat yuridik universiteti

TDYU * Bakalavr (2014-2018-yy.)
TDYU * Magistratura (2019-2020-yy.)
TDYU * Doktorantura (2022-y.)

CEO * NIZAMIDDIN TAʼLIM MARKAZI

Toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat: @ELDOR_ASADOV
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year, 10 months ago

Odatda kitob oʻqishdan zeriksam foydali tarixiy kino koʻraman. Tarixiy kino koʻrishdan zeriksam tarixiy kitob oʻqiyman. Islom olamida yuksalib, dunyo siyosatiga asrlar davomida taʼsir koʻrsata olgan Usmonlilar imperiyasi tarixini oʻrganishga, bu tarixni yoritgan kinolarni koʻrishga va kitoblarni oʻqishga vaqt ajratyapman.

Imperiya asoschisi Usmonbey Kai qabilasi sardori gʻoziy Ertugʻli farzandi boʻlib, dunyoda moʻgʻullar istilosi quloch yoygan, Vizantiya kuch-qudratini koʻz-koʻz qilayotgan bir vaqtda islom olamida adolat bayrogʻini koʻtarib XIII asr oxirida (1299-yil) Usmon beyligiga asos soldi. Bu beylik Vizantiya poytaxti Konstantinopol egallangach imperiyaga aylandi. Shundan soʻng Usmon beyligining nomi Usmonlilar imperiyasi deb atala boshlandi. Shu tariqa dunyoning uch qitʼasida oʻz mustamlakalariga ega boʻlgan kuchli imperiyaning shonli tarixi boshlandi.

Saljuqiylar davlatining bir qismida yashagan koʻchmanchi Kai qabilasi vakillaridan Ertugʻrul gʻoziy va uning oʻgʻli Usmonbeylarning say-harakatlari bilan yuzlab ovullardan iborat boʻlgan qabila mustaqil beylikka aylantirildi. Sulolaning keyingi vakillari beylik hududlarini kengaytirib, Sharqiy Rim imperiyasini agʻdargan holda (Mehmet Fotih II, 1453-yil) kuchli imperiyaga asos solishdi.

600 yildan oshiqroq vaqt davomida faoliyat koʻrsatgan ushbu davlatga tamal toshini qoʻygan Ertugʻrul gʻoziy, davlat bunyod etgan Usmonbey, bu davlatni imperiyaga aylantirgan Fotih Mehmet II faoliyatini qisman oʻrgandim. Yuqoridagi uch hukmdordan farqli ravishda XIX asr oxiri XX asr boshlarida hukmronlik qilgan, Yevropaning 8 buyuk davlatlariga qarshi aql-zakovati bilan nozik siyosat yuritgan sulton oʻgʻli sulton Abdulhamid II faoliyatini chuqur oʻrgandim. Hayratim, taassurotlarim shunchaki daxshat. Bu tarixni oʻrganishni tavsiya beraman.

UPD: Turklar faxrlansa arziydigan tarixga ega. Zamonaviy turk dunyosi oʻsha tarixni kino-filimlar va kitoblar orqali yoritishni uddasidan chiqa oldi. Shukrki, bizda ham shunday faxrli tarix va uning tarixiy vakillari bor. Yevropaga xavf solgan Usmonlilar sulolasi vakili Boyazid Yildirimni oʻz yurtida (Anqara yaqinida) magʻlub etgan Sohibi jahon Amir Temurning shaxsi gʻurur va iftixorimizdir. Afsuski, kino ijodkorlarimiz bu tarixni bizga "tiriltirib" berishni oʻrniga qaynona-kelin mojarolarni yoritishdan nariga oʻta olishmayapti.

UPD2: Achchiq xoʻrsinish va achchiq qalampir bilan bu postim tugadi.

PERSONAL BLOG: @Eldor_Asadov

2 years, 3 months ago
2 years, 3 months ago
2 years, 3 months ago
2 years, 3 months ago
2 years, 3 months ago

Assalomu alaykum, hurmatli
kanalimiz kuzatuvchilari.

Bir masalada yordamingiz kerak. Xabaringiz bor, barcha davlat oliygohlarida kirish imtihonlari tugash arafasida. Deyarli barcha abituriyentlar kirish imtihonlaridan nechi ball toʻplaganlarini bilib olishdi. Sizlardan kirish imtihonlarida maksimal 189.0 ball (90 tadan 90 ta toʻgʻri javob) toʻplagan tanishlaringizning natija varaqasini shu komment ostiga yuborishingiz soʻrab qolamiz. Namuna kommentda. ?

Bundan maqsadimiz auditoriyamizga, oʻquvchi yoshlarga bu qahramonlarimizni tanishtirish. Ularga ishtiyoq va motivatsiya ulashish. Yordamingizni ayamaysiz degan umiddamiz. Qolganini kommentda gaplashamiz. Qani olgʻa ...

2 years, 3 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago