Lingvist Iroda Azimova

Description
Til va til ta'limiga oid turli masalalar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 3 weeks ago
Universitetning "Qizlar gapirsin" podkastida qizlar ta'limi …

Universitetning "Qizlar gapirsin" podkastida qizlar ta'limi masalasida fikrlarim bilan o‘rtoqlashgandim.
Kimga qiziq bo‘lsa shu havolada ko‘rishi mumkin.

https://youtu.be/8OH6CR9N7FU?si=_BCvx2LBhb0wa_gQ

2 months, 1 week ago

Og‘lim 5 yoshligida:

O'g'limga "Qizil qalpoqcha" ertagini o'qib berdim. Oxirida "Buvisi bilan Qizil qalpoqcha sog'-salomat ekan" desam, hayron qarab turib "Chaynamasdan yegan ekanmi?" dedi.

Menga farzandlarimning tafakkuri shakllanishini kuzatish men o‘zim ishlatadigan fikrlash tarzi madaniyat va urf-odatlar (gap milliylik haqida emas) bilan ancha qolipga solinib cheklangan bo‘lganini anglatgan.
Bolalardan ko‘p narsa o‘rganishimiz mumkin.

@psixolingvist

2 months, 1 week ago

Til KO‘NIKMASI

Ba'zan birovning nimadir gapi dilimizni xira qilib qo‘yadi. Xafa bo‘lamiz shu vaziyatimda shunaqa dedi-ya, deb.
Masalan, kimningdir vafoti sabab birov hamdardlik bildirarkan, "shuncha uy-joy kimga qoladi endi" dedi.
Azador esa "men nima darddamanu, bu nima deyapti", deb o‘ylaydi.

Aslida esa u odam hamdardlikni boshqacha ifodalashni bilmaydi. Shu gapda u aslida insonning bevaqt o‘limiga achinayotganini izhor qilmoqchi xolos.

U achinish hissi ifodasi uchun yaxlit gapdan foydalanyapti. Siz esa uni so‘zning ma'nolarigacha ajratib tahlil qilyapsiz. Muloqotdagi nomuvofiqlik aynan shu joyda yuzaga kelgan va u ziddiyatni keltirib chiqaradi.

Nimaga u odam yaxlit gapga boshqacha ma'no yuklayapti? Chunki uning tajribasida birov hamdardlikni tafsilotlargacha ifodalamagan, izhor qilmagan.
Til taqlidan shakllanishini eslatib ketaman shu o‘rinda. Shuningdek, bizning madaniyatda hissiyotlar ifodasiga keng o‘rin berilmaydi.

Kimdir qiyin vaziyatingizda noo‘rin gap aytib dilingizni og‘ritgan bo‘lsa (albatta buni atay qilmagan bo‘lsa), u shafqatsiz zolim emas, shunchaki muloqotga bir oz no‘noq bo‘lishi mumkin.

@psixolingvist

2 months, 3 weeks ago

Mustaqillik bayrami barchaga muborak bo‘lsin!

Dunyoda o‘zbek degan millat borligi va shu millat nomida mamlakat borligi ham bir ne'mat.
Mamlakat mustaqilligi har qanday muvaffaqiyatning, har qanday taraqqiyotning asosidir. Tilchi bo‘lganim uchun til haqida gapiraman: tilning yashashi va rivojlanib borishi uchun mamlakat mustaqilligi eng birinchi shartdir.
Shuning uchun mustaqillikning qadriga yetishimiz kerak. O‘z faoliyatimiz bilan uning mustahkamlanishiga hissa qo‘shishimiz kerak.

Bayramona tilagim esa, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik bersin! Har bir inson hurlikni o‘z tanasida his qilib, anglab yashasin!

@psixolingvist

2 months, 3 weeks ago

Kundalik yozish haqida yaxshi post.
Qo‘shimcha qilaman: kundalik yozish eng yaxshi psixoterapiya. Men uchun shunday vazifani bajargan doim. Nima muammoga duch kelishimdan qat'i nazar uni yozib tahlil qilish samarali yechimga olib kelgan doim. Chunki yozish jarayonida bir narsa ustida uzoqroq o‘ylanish imkoni bo‘ladi. Undan tashqari muammo ustida tartibli va izchil fikr yuritish mumkin, chunki yozish bu chiziqli jarayon, fikrlash esa ko‘p darajali murakkab jarayon. O‘sha ko‘p darajali murakkab jarayonni yozishda soddalashtirish imkoni mavjud. Bu bizga muammoning qaysi qismi qanday emotsiya uyg‘otayotganini anglash, yozma tahlil oxirida esa adekvat munosabat shakllantirishimizga yordam beradi.
Yana bir muhim foydasi yozma nutqingiz charxlanadi. O‘zingiz yozib, qayta o‘qir ekansiz, o‘z-o‘zingizga muharrirlik qilasiz.

@psixolingvist

Telegram

Qizingiz yozdi...

#eslash Hali tartibli yozishni yaxshi bilmagan 10-11 yoshlarimdan bo'lsa kerak kundalik tutaman. Oxirgi 12 yilligim hozir ham bor. Ora-orada yoshlikdagi fikrlarimni bilmoqchi bo'lsam, o'qib turaman: ba'zi fikrlar hali ham salmog'ini yo'qotmagan, 15 yoshim…

2 months, 4 weeks ago

#professorningkundaligi

Faoliyatimdagi eng yoqimsiz davr bu o‘quv yili boshi va sessiya payti. Hozir o‘quv yili boshi...

O‘quv yili boshida har doim, istisnosiz ravishda soat talashishga to‘g‘ri keladi. Har doim shunga majbur bo‘lganimda o‘zimni haqoratlangan his qilaman. Shu sababli jon-jahdim bilan kirisha olmayman bu jarayonga.
Biroq mas'ul sifatida majbur bo‘laman. Chunki soat yetarli emas degani xodimlardan kimgadir jabr degani: yo ishdan bo‘shashi kerak, yo shtati qisqarishi kerak, shunga mos ravishda oylik maoshi kamayishi kerak degani.

Mening nazarimda, jarayon bunaqa bo‘lishi kerak emasday... O‘qituvchi har yili yo oyligi kamayishi, yo ishdan ketish xavfi bilan yasharkan, u qanday qilib ta'lim sifati haqida jon kuydirsin?! Tizim darajasida bunga qanaqadir yechim bo‘lishi kerak.

Bu muammolar men oliy ta'limga kiribmanki bor. Har yili shu bilan to‘qnash kelganman. Biror yil yo‘qki, shu muammoni chetlab o‘tgan bo‘lsak... Hali-beri o‘zgarmasa ham kerak...

@psixolingvist

3 months ago

Bir-ikki narsani yozib qo'yay degandim:
Turk tilida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar tarkibidagi "a" harfini "e" shaklida talaffuz qilish bor, masalan:
التَوَكُّل -- tevekkül
التشكر -- teşekkür

Qisqa unli bo'lgan fatha, o'zbek tiliga "a" tarzida o'giriladi, o'qishda ham, yozishda ham. Bu asliyatga yaqinroq: tavakkul, tashakkur kabi.

Yuqoridagi misollarda fathaning "a" yoki "e" shaklida o‘qilishi ma'noga ta‘sir qilmasa-da, ba'zi so'zlar borki, ularda fatha "e" deb talaffuz qilinsa ma‘no o'zgarib ketadi.
Men onalari turk tili o'rganayotgan ba‘zi bolajonlarning "Muhammed" deyotganini eshitdim. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini bunday aytmaslik kerak.

Muhammed yoki Muhammid - [محمِّد] (kimnidir) tinmasdan maqtab turuvchi degani. Bu arab tilida ismi foil bo‘ladi.
Muhammad - [محمَّد] tinmasdan maqtaluvchi, osmon va yerdagilar tomonidan doimiy madh qilinuvchi degani. Bu - ismi maf‘ul.

Ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi kishilar diniy mavzuda gapirgach, "vallohi a‘lam" deb gaplarini tugatishadi.
"Vallohi a‘lam" -- ُ[واللهِ أعلم] Allohga qasamki, men bilaman, degani.
Agar "Alloh bilguvchiroq" deyish ko'zlansa, "Vallohu a'lam" [واللهُ أعلمُ] deyish kerak.
@qqizingiz_yozdi

5 months, 1 week ago

Xatolar haqida

Bugun yana domlamiz Abdimajid Po‘latovni esladim. O‘ylab qarasam, xato qilishdan qo‘rqmaslik kerakligini birinchi shu inson o‘rgatgan ekan. Ularning bizga uqtiradiganlari 1) ingliz tilini o‘rganish; 2) chet elga o‘qish yo ishlash uchun ketish.

Bir kuni, taxminan, 2004 yo 2005-yil edi, Indiana universitetidan bir olim keldi kafedramizga. Domla, domlaning Ayyubxon aka degan somsapaz shogirdi u bilan inglizcha gaplashishdi. Men esa a'lochilik sindromiga chalingan "ingliz tilim yaxshimas, xato gapirib qo‘ysam, dunyo tugaydi" deb o‘ylaydigan paytlarim edi, lom-mim demay o‘tirganman. Mehmonlar ketgach, domla tanbeh berganlar, nimaga gaplashmading, sani sohangdagi olim bo‘lsa, deb. Ingliz tilim yaxshimasligi uchun desam, nima qipti, gapiraverish kerak, bir xato qilasan, ikki xato qilasan, keyin o‘rganib ketasan,- degandilar.
Men esa xato qilishim mumkinmas degan aqida bilan tarbiyalangan (ham oilada, ham maktabda, ham universitetda) odam edim.

Hamma xato qiladi. Inson xatolarini tuzatib tajriba orttiradi. Inson xatolar ustida ishlagani uchun rivojlanadi. Hayot haqiqati shu. Buni odam qancha erta tushunsa, shuncha yaxshi.

Aqiydadan dars bermoqchi emasmanu, ammo Allohning ismlaridan biri Al-G‘affor ekanligi, istig‘forning maqomi bunchalik baland ekanligi ham xatolar insoniyat hayotining ajralmas qismiligiga ishoraday, nazarimda.

@psixolingvist

5 months, 2 weeks ago

#lirik_chekinish

Balki ko‘pchilikka tanishdir quyidagi iqtibos. Ammo men yaqinda bir turkcha serialda uchratdim.

Sadi Şirazi: Aşka uçma kanatların yanar.
Hz. Mevlana: Aşka uçmadıktan sonra kanatlar neye yarar? Yunus Emre: Aşka vardıktan sonra kanadı kim arar?

Tarjimasi(har ehtimolga qarshi):
Sa'diy She'roziy: Ishqqa uchma, qanoting kuyadi.
Rumiy: Ishqqa uchmaydigan bo‘lsa, qanotning nima keragi bor?!
Yunus Emro: Ishqqa yetishgach, qanotning qizig‘i yo‘q.

Mumtoz adabiyotdagi shunaqa badiiyatni yaxshi ko‘rardim, undagi fikrlar jilosiga qoyil qolardim. O‘qimay qo‘yganimga ancha bo‘ldi, shekilli. Bu iqtibos o‘sha hayratlarimni esimga soldi.

P. S. Facebookda bir kishi bu iqtibosni vatanga muhabbat haqidagi postida ishlatgan ekan.

@psixolingvist

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago