Shohjahon Shomurodov|blog

Description
🏛️Shohjahon Shomurodov
📌Yurist, leader, tadbirkor.
💡TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi 1-Prezidenti.
🖋️Kanalda bo’lajak yuristlarga maslaxatlar va leaderlik bo’yicha maslaxatlar berib boriladi.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 месяца, 4 недели назад
8 месяцев назад
**Kim bormoqchi? Bepul kirish chiptasi bor …

Kim bormoqchi? Bepul kirish chiptasi bor 10 dona.
?Biznesni boshqarish, savdoni oshirish mavzulari bo’yicha.

?️Murojaat uchun @president_tsul

@shohjahon_shomurodovsh

8 месяцев назад

G’olib @pr_muminova

8 месяцев назад

Hammasini o’qib fikr yig’sangizlar kechga oprosnik qo’yaman ovoz berasizlar .

8 месяцев назад

Menga bo’ladigan kasbimning menga qanchalik miqdorda moddiy foyda keltirishi yoki menga jamiyatda qanchalik obro’ keltirishi unchalik muhim emas, aslida. Menga kasbim har doim qiziq va menga doim ilhom bag’ishlashi va eng asosiysi jamiyatga manfaatimni ko’p qilishi muhim. Boshqalari esa ikkinchi darajali. Olim aytganidek, bu hayotda har doim xursand va shod hayot kechirishni xohlasang o’z kasbingni sevishing kerakdir. Shunday ekan, qiyinchiligi bizga zavq bag’ishlaydigan va eng muhimi siz sevgan kasb kun kelib sizni bu sohada yetuk mutaxasis bo’lib yetishishingizga olib keladi. Muhimi sizda unga nisbatan bo’lgan ishonch va shunga mos ravishda yetarlicha harakatdir. Buyog’i Allohdan. Men kelajakdagi o’z maqsad va rejalarimni qisqa bo’lsa ham sizga yetkazib berdim deb o’ylayman.
Hurmat bilan bo’lg’usi advokat Hamza Lapasov!@make_a_goal

8 месяцев назад

2-nomzod

Kelajakka tashrif
             To’g’risini aytganda universitetga endigina o’qishga kirgan paytlarimda, ba’zi ustozlarimizning universitetni bitirib kim bo’lmoqchisan degan savollariga, o’zimda yuksak bir ishonch va ishtiyoq ila “Prokuror” deya javob berganlarimni hozir o’ylasam, o’shanda nima uchun prokuror bo’lmoqchiligimni yaxshilab o’ylab ko’rmagan ekanmana degan savol meni haligacha chuqur o’yga toldiradi . Ha mayli o’shanda balki “yosh bola” bo’lganmizdurda. Zohiran o’ylab qaraganda inson ikki maqsad ila o’z kelajak kasbini tanlar ekan. Birinchisi, u kasbning qanchalik sizga daromad keltirishi va jamiyatda sizga qanchalik obro’ orttirishini belgilab bersa, ikkinchisi esa kishining o’z qiziqishlari asosida vujudga keladigan maqsadidir. O’shanda men birinchi maqsad bilan ustozimizga prokuror bo’laman deya javob bergan ekanman. Men yuqoridagi fikrlarim bilan prokuror kasbini yomon yoki jamiyat uchun manfaatsiz demoqchimasman, albatta. Men shunchaki men uchun qaysi soha faoliyati yoqishi va nima uchun men uchun ahamiyatli ekanligini aytmoqchiman holos. Endi mening qiziqishlarim asosida qurilgan kelajak kasbimga to’xtalib o’tsak. Kimga qanday bilmadimu, lekin menga haqiqiy huzur beradigan, haqiqiy ishtiyoq baxsh eta oladigan va eng asosiysi jamiyatga mening hissamni yanada ko’proq qo’shtiradigan kasb bu men uchun Advokatlikldir. Ehtimol, siz hozirda yurtimizda advokatga beriladigan e’tiborni unchalik yaxshi baholamasligingiz mumkindir, lekin kun kelib advokatlik kasbi jamiyat va davlat, insonlar taqdiri uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetasiz. Va ishonib qolamizki yurtimizda ham bu kasbga nisabatan hurmat va e’tibor oshadi.  Hozirda 2-kurs talabasiman. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiaysi universitetida akademik mobillik asosida tahsil olmoqdaman. Bundan anglash mumkinki, men kelajakda nafaqat ichki, balki, xalqaro miqyosdagi advokat bo’lmoqchiman. Bunday maqsadlarga erishish sizdan katta kuch va mehnat talab qilishi tabiiy, albatta. Lekin men barchasini uddalashga harakat qilaman. Chunki, meni duo qilib turgan ota-onam va ustozlarimning menga bo’lgan ishonchi meni yuksak marralarni zabt etishimga yetaklaydi. Shunindek, hozirda JIDU da chuqurlashtirilgan ingliz tili bilan bir qatorda, turk tili va arab tilini ham o’rganmoqdaman. Bu menga kelajakda albatta, katta muvaffaqqiyatlarga erishishimga yordam beradi deb o’ylayman. Albatta amallar niyatlarga bog’liqdir. Shunday ekan, o’tayotgan har bir kunimiz va daqiqamiz uchun Allohga behisob shukurlar aytib, o’z maqsadlarimiz sari dadil va shahdam qadam tashlaymiz. Va bu yo’lda menga faqatgina ota-onam va ustozlarimning duolari va ishonchi hamroh bo’la oladi. Bundan tashqari kelgusi yili yuqori IELTS sertifikati olish niyat bor. Misol uchun 7+ menga yetadi. Magisturatura masalasiga kelsak, univeristetni eson-omon a’lo baholarga bitirib, xudo xohlasa advokatlik faoliyati rivojlangan g’arbiy yevropa yoki Amerika Qo’shma Shtatlarida o’qimoqchiman. Ya’ni Oxford, Kembridj va Pensilvaniya oliygohlari mening asosiy nishonimdir. Bu uchun albatta hozirdan bu kabi nufuzli oliygohlarga munosib “shaxs” bo’lish payida tinmay harakat qilmoqdaman. Kun kelib katta shavq va ishonch ila sizga bu rejalarimni aytayotganimni eslab, o’sha payti to’g’ri aytgan ekanman deya bir ko’nglimdan o’tkazib qo’yarman, balki. Qaysidir ma’noda siz Shohjahon aka menga o’z maqsadlarimga yetishishim yo’lida o’z rejalarimni yana bir bor yaxshilab belgilab olishga turtki bo’ldingiz. Bu uchun sizga rahmat. Ha aytgancha, bir postingizga sizga ustozlik qilgan inson haqida gapirib o’tgan edingiz. O’shanda men ham o’sha insonga shogirtlikka tushmoqlik niyatida siz bilan bog’lanmoqchi edim. Lekin siz bilan yuzma-yuz ko’rishib bu borada suhbat qurish kerakligini ma’qul ko’rdim. Hudo xohlasa bu borada siz bilan suhbat qurushga vaqt bo’lsa, o’shanda bu borada yaxshilab maslahatlashib olishimiz degan umiddaman. Gapimizni qisqa qilamiz. Demak, yuqorida aytganimdek, men o’zimni kelajakda ko’ra oladigan kasb advokatlikdir.

8 месяцев назад

1-nomzod.
Assalomu aleykum.

Hozirgi kunda men Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti, ekologiya va huquq fakulteti, yurisprudensiya ( yer munosabatlari) yo’nalishi 2- bosqich talabasiman.
Bilamizki, hozirgi kunda ekologiya bilan bog’liq muommolar juda ko’p, xususan yer bilan bog’liqliklari ham talaygina. Masalan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish, oldi sotdi masalasi va boshqalar. Bir tomondan qonunchilik bilan bog’lab soha mutaxassislari yetishmasligi oqibatida ushbu soha qonunchiligi xato talqin qilinadi desak, boshqa tomondan aholini huquqiy madaniyati ham yetishmasligi natijasida bir qancha muommolar tug’ilyabdi desak mubolag’a bo’lmidi.

Men ushbu sohaga dastlab qiziqmaganman, maqsadim toshkent davlat yuridik universitetiga jinoyat yo’nalishiga kirish bo’lgan. Afsuski bazida taqdir deb o’ylimizmi yoki o’zimni bilimim yetarli bo’lmaganligi uchun yetarlicha bal to’play olmaganligim uchun-mi hozirgi univerimda o’qiyabman.
Va shuni tushunib yetdimki, qayerda o’qishingizni farqi yo’q. Asosiysi o’zingizni hayotdegi maqsadingiz bo’lishida, va ushbu maqsad sari harakat qilishingizdadir.
Meni ham maqsadlarim, hayotdegi orzularim juda ko’p.
Hozirgi vaqtda, Mirzo Ulug’bek tumanlararo fuqorolik ishlari bo’yicha sudga ish o’rganishga rektor tavsiyasi asosida darsdan bo’sh vaqtlari boraman va sud tizimida ishlab kerakli tajriba va ko’nikmalarni o’rganib kelajakda xuddi sizdek yaxshi bitta yuridik firma ochmoqchiman va aholiga huquqiy yordam berish ularning huquqiy ongini , madaniyatini rivojlantirishni asosiy maqsad qilganman. Undan tashqari o’zim huquq sohasiga oid video kontentlar olish niyatim ham bor. Chunki blog yuritib huquq sohasiga oid kontentlar tayyorlashga juda qiziqaman. Masalan, qiziqishim tufayli, korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o’tkazilgan videoroliklar tanlovida ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritganman. Va yuqorida aytganimdek ochiladigan yuridik firmamni rasmiy insta blogini ham yuritmoqchiman negaki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar sonihozirgi kunda juda ko’pchilikni tashkil etmoqda va bu zamon talabi ham bo’lishi mumkin. Va ushbu blog orqali aholiga turli xil masala va muommolarga qanaqa yechim qanaqa yordam qanaqa javobgarlik qanaqa huquqiy oqibat keltirib chiqarishini o’rgatish va ularga yordam berishni niyat qilganman.
Yana,
Chet elda o’qish orqali uyoqni tajribasini qo’llash niyatim ham bor, qonunchilikni o’zgaritish manosida emas, balki yuridik firma tartib taommilari bo’yicha.
Yozda, buyuk biritaniyaning london shahrida joylashgan yuridik universiteti bilan instimiz shartnoma imzolagan va xudo xohlasa bu yil yoz oyida tashkil qilinayotgan yozgi maktabga boruvchilar ro’yxatida borman. Agar londonga ketsam, aynan sohamga oid ko’plab ishlar, tajribalar bilan tanishmoqchiman.

Ustoz, oldindan sizni taniyman va xavas qilaman shogirdingiz bo’lish uchun. Menga shu maqsadlarga erishish uchun yordam bering yo’l-yo’riq ko’rsating, o’qi-izlan deb yo’lakni eting. Hammasini bajarishga, yaxshi kadr bo’lishga tayyorman.

@pr_muminova

8 месяцев назад

@pr_muminova
@make_a_goal ikki kishini yozgan rejalari juda yoqti.
Qolganlarniki ham zo’r faqat shularda odamni larzaga soladigan so’zlar bor.

Shu uchun xozir ikkilanyapman kimni tanlashni?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago