Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Televideniyeda ko‘zbo‘yamachilik qiluvchi targ‘ibotchilar va dinning yovuzligi haqida baqirib-chaqiruvchi dahriylar shunchaki karnaval jarchilariga o‘xshaydi. Ular shou-biznesda ishlaydi, shou-biznesda esa murakkablik sotilmasligini yaxshi bilishadi. Ular multfilm qahramonlaridek bir-biriga siyqasi chiqqan gaplar va haqoratlar otishadi.
**
Dinning jirkanch ko‘rinishiga hujum qiluvchi yangi dahriylar undan barcha dinlarni (xususan islomni) qoralash uchun foydalanadilar. Ular diniy tuyg‘ularning haqiqiyligi va ahamiyatini inkor etish uchun bundan foydalanadilar. Qiziq tomoni shundaki, ular o‘z diniy e’tiqodlari orqali adolatsizlikka qarshi turishga kuch topgan odamlarni tushunishga shunchaki ojizlar. Axloqiy hayot kechirish uchun jasorat topgan barcha diniy arboblar qoralanishi va rad etilishi kerak. Bu hujumlar din orqali adolat uchun kurashish va mehr-shafqat bilan yashash uchun ichki kuch topgan millionlab odamlarni mensimaslikdir. Bu insoniyatni himoya qilish yo‘lida jonini qurbon qilgan dindorlarning yutuqlarini yo‘qqa chiqarishga urinishdir.
**
Yangi dahriylar, barcha mutaassiblar singari, murakkablikdan qochadi. Ular dinning eng ibtidoiy va haqoratli shakli bilan kurasha oladi. Biroq ular o‘zlari yaratgan karikaturalаrni inkor etadigan e’tiqod bilan to‘qnash kelganda ojiz qoladilar.
Bu dahriylarning Injil, shuningdek Qur’oni Karim va boshqa diniy matnlar haqidagi bilimlari sayoz va tartibsizdir. Ular diniy afsonani haqiqiy voqealardan, hikoya yoki san’at orqali ifodalangan haqiqatni tarixiy voqea yoki ilmiy tajribani o‘rganish natijasida aniqlangan haqiqatdan ajrata olmaydilar. Ular diniy afsonalarda aks etgan asosiy insoniy haqiqat va voqelikni ko‘ra olmaydilar.
**
Din yovuz va fan hamda aql bizni qutqaradi deb uqtiruvchilar xuddi miflarga inonuvchilar singari adashgandirlar. Ular ta’lim va bilim bizni qutqaradi deb o‘ylaydilar, biroq insoniy cheklovlarni tan olmaganlari sababli, ta’limni indoktrinatsiya tizimi sifatida qo‘llashga moyillar. Ular ta’lim orqali bizni bir qolipga solishga intiladilar.
Yovuzlikni ta’lim orqaligina bartaraf etib bo‘lmaydi. Yovuzlik doimo biz bilan birga bo‘ladi. Fan va inson aqli, xuddi diniy fundamentalistlar singari, tasalli berish barobarida azob-uqubatlar ham olib kelgan. O‘lim lagerlarining qurbonlari, Xirosimada halok bo‘lganlar, sovet gulaqlarida o‘lgan o‘n millionlab odamlar, shuningdek Vetnam, Angola, Serra-Leone, Afg‘oniston yoki Iroq va boshqa ko‘plab urushlarda mayib bo‘lgan va o‘ldirilgan millionlab begunoh insonlar dahshatli haqiqatni biladilar: Aziz Brutus, ayb yulduzlarimizda emas, balki o‘zimizdadir... (Shekspir)
**
Diniy tushunchani/tafakkurni o‘zlashtirish vaqt va mehnat talab qiladi. Armstrong "Salon" san’at forumidagi suhbatda ta’kidlaganidek: "Bu zo‘ravonlik va shafqatsizlik hukm suradigan, ko‘pincha ma’nosiz tuyuladigan dunyoda san’at, rassomchilik, she’riyat kabi ma’no topish usuli." Ko‘plab universitetlarda e’tibordan chetda qoladigan diniy tafakkur va ilmiy izlanishlar murakkab va mashaqqatli: "Siz shunchaki bir rasmni chizib tashlay olmaysiz. Buning uchun yillar davomida o‘rganish kerak. Menimcha, biz diniy bilimlarni tez o‘zlashtirishni kutamiz. Ammo diniy bilim asta-sekin va bosqichma-bosqich keladi. Din ham boshqa har qanday faoliyat kabidir. Uni yaxshi bajarish unchalik oson emas".
**
Hozirda ko‘plab ateistlar insonning mukammallikka bo‘lgan azaliy intilishlarini ifodalash uchun ilm va aql tilidan foydalanmoqda. Ularning fikricha, din emas, balki aql va fan insonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni tartibga soladi va jannatni vujudga keltiradi. Bu qarash o‘zining ilhomini XVII-XVIII asrlardagi Yevropa ma’rifatparvarlik harakatidan olgan. Bu harakat aql va ilmiy usulni inson hayotining barcha jabhalariga tatbiq etish mumkinligini o‘rgatgan.
(C) Chris Hedges, "Men ateistlarga ishonmayman" (I don't believe in Atheists)
"Ba’zi g‘oyalar shunchalik xavfliki, ularga ishonayotgan odamlarni hatto o‘ldirish ham axloqiy bo‘lishi mumkin. Bu g‘alati tuyulishi mumkindir, ammo bu biz yashayotgan dunyoning oddiy haqiqatini ifodalaydi. Ayrim e’tiqodlar o‘z izdoshlarini tinch yo‘l bilan ishontirishning har qanday imkoniyatidan mahrum qiladi, ayni paytda ularni boshqalarga nisbatan misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishga undaydi. Aslida, ba’zi odamlar bilan muloqot qilishning sira iloji yo‘q. Agar ularni qo‘lga olishning imkoni bo‘lmasa — ko‘pincha shunday bo‘ladi — odatda bag‘rikeng bo‘lgan odamlar ham o‘zlarini himoya qilish uchun ularni o‘ldirishga majbur bo‘lishlari mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonda aynan shunday qilishga uringan, va biz hamda boshqa G‘arb davlatlari musulmon dunyosining boshqa hududlarida o‘zimizga va begunoh odamlarga yanada ko‘proq zarar yetkazgan holda shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lamiz. Biz aslida g‘oyalar urushi bo‘lgan bu janglarda qon to‘kishda davom ettamiz."
(C) Sam Harris, ateist mutafakkir va faylasuf, Yangi Ateizm rahnamolaridan.
Tvitter (X)da yuqoridagi podkast lavhasi jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi. Unda Mehren Xon ismli ziyoli jurnalist qiz tomonidan musulmonlar Gʻarb renessansi va maʼrifatiga eng asosiy hissa qoʻshuvchilar ekani, ularsiz Gʻarb hozirgi darajaga erisha olmasligi, musulmonlar gullab yashnagan paytlarda gʻarb Zulmat asrlar domiga tortilib yotgani, qadimgi grek merosini musulmonlar oʻzida saqlab, keyinchalik Yevropaga yetkazgani aytib oʻtiladi.
Bir tomondan gʻarb mafkurasidagilar yoki gʻarbliklar uning bu fikrlarini qattiq rad etib, uni propagandistga chiqargan holda aslida qadimgi grek ilm-fan merosini saqlagan Vizantiya ekanini aytishgan;
Boshqa tomondan, dindoshlarimiz, musulmonlar shunchaki qadimgi merosni asrab, uni Yevropaga yetkazib berishda Gʻarbga turtki va koʻmak beruvchi vazifasini oʻtash bilan cheklanib qolmaganini, aslida oʻzlari muhtasham ilmiy meros va sivilizatsiya yaratganlarini aytishgan.
Yana bir toifa esa ortodoksal islom hellenistik (yunon-rim) ilmlariga azaldan qarshi boʻlgan, ilmiy transformatsion inqilobni kam sonli sufiylar, shialar yoki ozchillik vakillari amalga oshirganini iddao qilgan.
Shu yerda menga ikki kishining argument va fikrlari yoqdi. Ularni oʻrinli deb topganim uchun tarjima qildim:
Biz Terrorni musulmonlar ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmasdi, demoqchimizmi? Yoki Yevropaning yangi irqchilik materializmi ta’sirida butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarni qirish musulmonlarsiz beimkon boʻlardi, demoqchimizmi?
Musulmonlar XX asrda yuzlab millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan mafkuraviy urushlarni keltirib chiqargan tarixiy yo‘nalishga qo‘shilishni talab qilishi qanchalik toʻgʻri?
Qiziq tomoni shundaki, Italiyada "Uyg‘onish davri"ning yuzaga kelishiga asosiy sabab Konstantinopolning zabt etilishi bo‘lgan. Turklar Anadoluni bosib olgach, Konstantinopoldan ma’lumotli/ziyoli elitaning katta qismi Rimga ko‘chib o‘tdi. Bunga sabab, Vizantiyaliklar o‘zlarini Rim imperiyasining vorislari deb hisoblashardi (shuning uchun ham Mehmet Konstantinopolni zabt etgach, o‘zini Qaysar-I-Rum yoki Rimning yangi Sezari deb e’lon qildi).
G‘arbliklardan farqli oʻlaroq, ular qadimgi yunon tilida so‘zlashar va Platon kabi olimlarning asarlari bilan tanish edilar. Shu bois, ular o‘z matnlarini o‘zlari bilan olib kelishdi va rimliklarni ular bilan qayta tanishtirdilar. Aynan shu talabning kuchayishi sharoitida, arablar yarim oroldan o‘zlashtirgan narsalar (zamonaviy raqamlar, nol va shaxmat kabi) bilan bir qatorda islomiy asarlar ham olib kelindi.
G‘arbiy Yevropaning bevosita "qayta tug‘ilishi"ga sabab bo‘lishdan tashqari, Konstantinopolning zabt etilishi va Usmonli imperiyasining tashkil topishi bilvosita mustamlakachilikka ham olib keldi. Usmonlilar qadimgi ipak yo‘llariga yuqori soliqlar soldilar yoki ularni yopdilar, bu esa yevropaliklarni dengiz orqali Sharqqa borish yo‘lini izlashga majbur qildi.
Ular "Hindiston"ga sayohat paytida tasodifan Yangi Dunyoni kashf etishdi, juda boyib ketishdi va boshqa xalqlarni bo‘ysundirishdi, yangi topilgan boylik va bilimlar yordamida innovatsiyalar chegaralarini benihoya kengaytirdilar.
Siz qanday fikrdasiz?
Xudoning o‘zi butga aylanganida...
Islomdan ilgarigi Arabistonda odamlar shakardan kichik haykalchalar yasab, boshqa butlarga qanday sig‘insa, ularga ham xuddi shunday sig‘inishardi. Ammo och qolganda va boshqa yegulik topilmaganda, o‘sha shakar butlarini yeb, keyin yana yangisini yasab olishardi.
Bugungi kunda, aftidan, ko‘pchilik "zamonaviy" musulmonlar Yaratuvchiga xuddi butga munosabatda bo‘lgandek munosabatda bo‘lishmoqda. Biz nafaqat Uni o‘z tasavvurimizda yaratamiz, balki Uni o‘z xohishlarimizga, fikrlash tarzimizga bo‘ysundirishga ham intilamiz. Biz Uni bizning maqsadlarimizga moslashtirmoqchi bo‘lamiz, o‘zimizni Uning maqsadlariga moslashtirish o‘rniga. U bizga mos kelmasa, biz Uni "yeb", o‘zimizga ko‘proq yoqadigan boshqa qiyofada qayta yaratamiz.
Buni hozirgi "liberal" yoki "progressiv" deb ataluvchi musulmonlar hayotida juda ham yaqqol kuzatish mumkin. Ular o‘zlarini Yaratuvchi belgilagan axloq qoidalariga bo‘ysundirish o‘rniga, Yaratuvchini o‘zlarining axloqiy tushunchalariga bo‘ysundirishga urinadilar. Shu bois "islomiy demokratiya", "islomiy feminizm", "islomiy dunyoviylik" kabi g‘oyalar va zamonaviy ilm-fan, uning barcha ilmiy da’volari va soxta fanga tayanishi bilan islomga mos kelishi kabi yanglish tushunchalar paydo bo‘ldi. Hali biz asl g‘alati narsalar, jumladan, Islom bir jinslilar munosabatini qabul qilishi mumkinligi yoxud bolalar noto‘g‘ri tanada tug‘ilishi mumkinligi haqidagi fikrlar toʻgʻrida ogʻiz ochmadik ham. Ijtimoiy tarmoqlardagi profillarda ismlaridan so‘ng olmoshlar yozadigan musulmonlar sonini ko‘rib, musulmonchilik holatida chuqur chirigan narsa borligini anglash mumkin.
Bundan tashqari, Xudo bilan kundalik munosabatlarimizda biz ko‘pincha Uni shunday tasvirlaymizki, agar bunday ta’riflar, aytaylik, Anadoludagi oddiy bir qishloqlikka nisbatan ishlatilsa, bu qo‘pol haqorat sifatida qabul qilinardi. Demak, ko‘pchiligimiz uchun "Xudo" shunchaki yana bir but, xuddi bir bo‘lak shirinlik kabi bir martalik va qayta yaratiladigan narsadir.
(C) Kolin Turner, ilohiyotshunos
“Musulmon oʻz zimmasiga olgan vazifa global edi; u bu vazifani toʻliq bajarganiga ishonch hosil qilishni istardi. Vazifaning mohiyati axloqiy va diniy edi, chunki musulmon na siyosiy lavozim, na iqtisodiy foyda bilan qiziqardi.
U yangi jahon tartibi boshqaradigan yer oʻrnatishga intilardi; bu yerda biror adolatsizlik oʻz adolatli jazosini topmasdan qochib qutula olmaydigan, gʻoyalar erkin aylanadigan, odamlar erkin ishontira oladigan va ishona oladigan, hamda Islom insonlarni Xudoning birligi, haqiqat va qadriyatlar birligi sari chaqira oladigan makon boʻlishi kerak edi.”
(C) Mutafakkir Ismoil al-Faruqiy
Asl mohiyat shundaki, islom, eng avvalo, semantik jihatdan alohida shaxsning harakati va faoliyati demakdir. Islom so‘zi, "Islom qomusi"da yaqqol ko‘rsatilganidek, masdar - ya’ni fe’l ot yoki harakat nomi - "S L M" ildizining to‘rtinchi shaklidan kelib chiqqan bo‘lib, "bo‘ysunmoq" yoki "taslim bo‘lmoq" ma’nolarini anglatadi. Shunday qilib, islom, birinchi navbatda, harakatdir: bu inson amalga oshiradigan ish-amaldir va islomni bajarish orqali kishi o‘zini shu harakat yoki to‘g‘rirog‘i, harakatlar majmuasi (jumladan, albatta, fikrlash jarayonlari ham) tufayli musulmon qiladi.
(C) Islom nima?, Shahob Ahmed
Suriyadagi qamoqxonalar fosh etayotgan mudhish holatlar inson zotining qay darajada yoʻldan ozishi, aql idrok etolmaydigan razillik va manfurliklarga yoʻl qoʻyishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Eng yomoni Xudoga osiylik keltirgan Fir'avn oʻzining zamonaviy versiyalariga ega ekani. Biz bugun shuni Asad hukumatining qing'irliklari misolida koʻrib turibmiz. Tarixdagi qonxoʻrliklar, zulmlar, qatliomlar koʻp eslanadi. Lekin odamni azoblash, hayotidan mahrum etishning insonning xayoliga ham kelmagan usullarini oʻylab topib, ularni oʻz vatandosh, dindoshlariga zoʻr berib qoʻllashni oʻziga kasb etgan kaslar shu vaqtgacha bizga maʼlum boʻlmay kelayotgandi.
Eng yomoni bunday razilliklarning musulmonlar ustiga qilinishi, yana tagʻin sekulyar nomi ostida faoliyat yurituvchi hukumat tomonidan ado etilishi zamonaviylik tayanchida qurilgan davlatchilikning dogmatik, ekstremist ideologiyaga asoslangan dinlardan farq qilmasligini koʻrsatadi. Zero, xoinlar rejimga soʻzsiz ishonch, soʻnmas eʼtiqod bildirish bilangina bunday gʻayriinsoniy razilliklarga qoʻl ura olishi mumkin. Murgʻakligida qamoqda tashlangan, endilikda qariyaga aylangan kishilar, turmushga chiqishga ulgurmay qamoqqa olinib, u yerda nomaʼlum kimsalardan farzand orttirgan ahvoli og'ir ayol-qizlar, internetda blog ochgani uchungina oʻn yillab betinim qamoq azoblariga giriftor etilgan yosh qizlar, aql qabul qilolmaydigan qiynoq usullarida tanasi ezg'ilangan chorasiz insonlar hayoti dinsizlikning din qilib olinishi kasofati nechogʻlik ekanini fosh etadi.
Kommunistik-sotsialistik hukumatlarning shu paytgacha erishgan eng katta yutugʻi bu liberal-demokratik hukumatlarning xayoliga ham kelmaydigan zindonlar, u yerdagi mahbuslarni azoblash vositalari, qiynoqqa solish usullarini oʻylab topganlaridir.
Shuncha reallikla qaramay, bugun bu qonxoʻr tuzumning qulashini g'am-qaygʻu bilan qarshilaganlar chiqyapti. Adolatsiz hukmronlik baribir qachondir barbodlikka mahkum. Uning oʻrnini nima egallashi, adolat oʻrnatiladimi yoxud boshboshdoqlik hukm surishi - bu endi boshqa masala. Bu yangi hukumatning, xalqning irodasiga bogʻliq.
Ba’zi odamlar ro‘zalarini buzib qo‘yishidan qo‘rqib, bir tomchi suv yutishdan ham cho‘chiydilar... ammo boshqalarning huquqlarini poymol qilishdan hech tortinmaydilar, garchi bu ularning oxiratini barbod qilsa ham.
(C) Muhammad Gʻazzoliy
Modomiki Islom din ul-fitra — tabiiy holat yoʻli ekan, u din ul-haqq — haqiqat yoʻli hamdir.
Haqiqat (real) ideal bilan bir xil emas. Ideal g‘oyadan, ya’ni butunlay aqliy narsadan yuzaga keladi.
Shu sababli, G‘arb (va hozirda Sharqning katta qismi ham) siyosiy jihatdan kam sonli faylasuflarning ideal jamiyat haqidagi tasavvurlari mahsulidir.
Bizning dinimiz esa Madinaning haqiqiy (real) yutuqlari mahsulidir.
(C) Abdussamad Klark
Islomni dindor bo‘lishning ko‘plab usullaridan biri deb hisoblash xato. Aksincha, o‘n to‘rt asr davomida islom inson bo‘lishning eng muhim yo‘llaridan biri bo‘lib kelgan.
(C) Wilfred Kantvel Smit
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago