Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
#she’riy_san’atlar
Mubolag’a – arab tilida “kattalashtirish” , “kuchaytirish” ma’nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari aniqroq namoyon bo‘ladi, o‘quvchi ko‘zi oldida yorqinroq gavdalanadi. Alisher Navoiyning
Mehr emas, ohim o‘tindin ko’kka yetmish bir sharar,
Ayb emastur gar desam: “Dam ursam aflok o‘rtanur”
baytida oshiqning sevgilisi hajrida chekkan iztiroblari g‘oyatda kuchaytirib tasvirlangan: ko‘kdagi quyosh oshiq yerda chekkan oh o'tining bir uchquni emish. Bu xil bo‘rttirilgan tasvir tufayli oshiq qiyofasi, ruhiy holati, ichki olami, qalbida mavj urgan ehtiroslari tasirchan, jozibali ifodalangan. O‘quvchi, albatta, bu xil tasvirning shartli ekanini his etadi, uning vositasida yoridan ayrilgan inson kechinmalarining eng yuqori darajasini aqlan anglaydi hamda oshiq qalbining iztiroblari haqiqatan ham nihoyat darajada kuchli ekaniga ishonch hosil qiladi.
Mubolaga tablig‘, ig’roq, g‘uluv deb atalgan uch turga bo‘linadi.
Tablig‘ aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag’adir. Alisher Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azalidagi
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko‘zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi
baytining ikkinchi misrasida shu xildagi mubolag’a qo‘llangan.
Mubolaganing ikkinchi darajasi ig’roq deb ataladi. Ig’roq, belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir. “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti oyoqlari chirmashib yiqilay deganda, Farhod borib otni ko’tarib olishi voqeasi tasvirlanadi. Shoir yozishicha:
Ko‘tardi orqasiga bodponi,
Nechukkim bodpo ul dilraboni.
...Chu ikki-uch yig’och gom urdi shaydo,
Bo‘lib olinda qasru havz paydo,
Farhodning 1,5—2 km yo‘lni ot va Shirinni ko‘targan holda bosib o‘tishini aqlan qabul qilish mumkin bo‘lsa ham, bunday voqeaning hayotda yuz berishi mumkin emasligi ko‘zga tashlanib turibdi. Binobarin, Navoiy bu o‘rinda mubolag’aning ig’roq deb atalgan ikkinchi darajasiga murojaat qilgan ekan.
Mubolag’aning uchinchi darajasi g‘uluv deb ataladi. Aql ham ishonmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmaydigan tarzda tasvirlash shunday san’at sanaladi. Alisher Navoiyning
Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
Yetkach ohim shu’lasi oni sarig’ gul ayladim
baytiga diqqat etsak, unda g‘uluv qo‘llanganiga shohid bo‘lamiz.
❗️❗️❗️❗️???
2-yanvardan ona tili fanidan aprel oyida o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga yangi tayyorlov guruhi ochiladi.
Ushbu guruhda:
1. Grammatika;
2. Esse yozish;
3. Matn bilan ishlash;
4. G'azal tahlili;
5. Badiiy asarlar tahlili o'rgatiladi.
Kursda
✅oʻquvchilar
✅ona tili va adabiyot fani ustozlari
✅ boshlangʻich taʼlim ustozlari qatnashishlari mumkin.
Darslar hafta 3 kun (seshanba, payshanba, shanba) kunlari 14:00 dan 17:00 gacha tashkil qilinadi.
Murojaat uchun tel???97 362 89 17
Hayotxonni chin yurakdan tabrikliman????
Ilm choʻqqilarini zabt etishingda senga kuch-quvvat tilayman, ilohim Prezident stipendiyalarini olganingizda ham shunday tabriklab oʻtirish nadib qilsin???
21.02.2024 yilda Prezidentning 37-sonli farmoni **qabul qilingan.
Unga ko'ra, 1-yanvardan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan B+, A, A+ darajali milliy sertifikatga ega bo'lgan pedagoglarga 50 foiz ustama to'lanishi belgilangan.
Boshlang'ich ta'limda faoliyat yuritayotgan ustozlarga 50 foizlik ustama berish tartibi farmonda nazarda tutilmagan. Ular 20 foizlik ustama bilan cheklanadi.**@Renessansstudy
❗️❗️❗️❗️???
Ertaga 3-sentabrdan ona tili fanidan mart oyida o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga yangi tayyorlov guruhi ochiladi.
Ushbu guruhda:
1. Grammatika;
2. Esse yozish;
3. Matn bilan ishlash;
4. G'azal tahlili;
5. Badiiy asarlar tahlili o'rgatiladi.
Murojaat uchun tel???97 362 89 17
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago