EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Description
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Advertising
We recommend to visit

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

? Реклама: @YD_Reklama
??‍? Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 2 months, 2 weeks ago

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 months, 3 weeks ago

Kun.uz сайтининг расмий Telegram канали

O'zbekcha ? @kunuz
Русский ? @kunuzru
English ? @kunuzen
Тезкор ? @kunonline
Сайт: kun.uz
Реклама:
+998 78 113 10 10

Last updated 2 months ago

2 days, 13 hours ago

Buxoro viloyatidagi oshxonada yovvoyi hayvon go‘shtlaridan taom tayyorlanishi: ilmiy asoslar va huquqiy nazorat zarur

Instagram’dagi "food.travel" blogida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Quvacha qishlog‘idagi “Tangem” nomli oshxonada yovvoyi hayvon go‘shtidan tayyorlanayotgan taomlar haqida video e’lon qilindi. Ushbu videoda oshxona vakillari yovvoyi hayvon go‘shtlarini onkologiya va boshqa kasalliklarga davo sifatida tavsiya etishmoqda. Ushbu iddaolar ko‘pgina savollar va shubhalarni keltirib chiqardi, chunki bu kabi bayonotlarning ilmiy asoslari keltirilmagan.

Yovvoyi hayvonlarning go‘shtining kasalliklarni davolashdagi rolini ilmiy jihatdan tasdiqlovchi isbot mavjud emas. Shu sababdan, bu oshxona vakillaridan ushbu da’volarni ilmiy dalillar bilan asoslab berishlarini talab qilamiz. Aks holda, bunday nohaq axborot jamoatchilikning sog‘ligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Bundan tashqari, oshxona tomonidan ishlatilayotgan yovvoyi hayvonlar go‘shti qayerdan olinishi haqida ham savollar paydo bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlar qonuniy ruxsatlar asosida amalga oshirilayotganligini aniqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan tekshirish uchun, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Tangem” oshxonasi faoliyati o‘rganilishini so‘raymiz.

Shuningdek, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasidan videoda yovvoyi hayvon go‘shti kasalliklarga davo ekanligi haqidagi iddaolarni yolg‘on axborot deb hisoblab, videodagi shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berishini talab qilamiz. Noilmiy va asossiz da’volarni ommaviy tarqatish jamoatchilikni chalg‘itish va ularning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin, shu sababdan bu kabi holatlarni qonuniy nazoratga olish muhim.

Mazkur holatda jamoatchilikka aniq, ilmiy asoslangan axborot yetkazilishi va atrof-muhitni muhofaza qilish choralarining kuchaytirilishi, aholining sog‘lig‘i va ekologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan zarur hisoblanadi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

2 days, 16 hours ago
***☘️***"Ekolog" jamoat birlashmasi Respublika bo‘ylab **"Boshpanasiz …

☘️"Ekolog" jamoat birlashmasi Respublika bo‘ylab "Boshpanasiz hayvonlarga yordam bering!" aksiyasini o‘tkazmoqda.

☝️Maqsad - sovuq kunlarda boshpanasiz jonivorlarga uychalar qurish, ularni ovqatlantirish, kasallarini davolash.

❗️Boshpanasiz jonivorlarga to‘liq yordam bergan (uycha qo‘ygan va muntazam ovqatlantiradigan yoki davolab mehrli insonlarga tarqatadigan 3 ta faol ko‘ngilli 200 000 ming so‘m mablag‘ hamda diplom bilan taqdirlanadi.💰

🤝Aksiyamizga qo‘shiling. Jonivorlarga nisbatan insoniylik namunalarini targ‘ib qiling.🚀

✍️Aksiyaning shartlaridan biri Telegramdagi https://t.me/ekologuz kanali va Instagramdagi https://www.instagram.com/ekolog.uz/ sahifasiga obuna bo‘lish va #ekologuz #hayvonlarga_mehr_beraylik xeshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga yordamning foto va videosuratlarini joylashtiring.

📸Sahifangizga yuklangan video va suratlarning havolasini "Boshpanasiz hayvonlarga yordam bering!" aksiyasida ishtirok etish uchun degan matn bilan birga kanalimizning @eklguz_bot ga uzating.📲

*🎊Barchaga Omad tilaymiz!🥳***

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

2 days, 18 hours ago

Qoraqalpog‘iston Respublikasida itlarni so‘yib sotish holati aniqlandi

So‘nggi kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro boshpanasiz itlarni so‘yib, ularning go‘shti va yog‘larini sotayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Afsuski, bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topdi. Ushbu fuqarolar tomonidan so‘yilgan itlarning go‘shti kilogrammi uchun 25 000 so‘mdan sotilishi, it yog‘i esa xaridorning talabiga qarab, gramm bo‘yicha belgilab sotilishi qayd etildi.

Mazkur fuqaro mahalliy blogerlarga bergan intervyusida o‘zini himoya qilib, “jinoyat qilmayapman, birovning haqiga xiyonat qilmayapman”, deya bayonot bergan. U uchun joni bor hayvonlarni so‘yib sotish noto‘g‘ri ish emasligini bildirgan. Shuningdek, it go‘shtiga talab yuqori ekanligini va it yog‘ini ayniqsa bozorda chimchi qiladigan ayollar ko‘p sotib olishini ham qayd etgan. Fuqaroning hayvonlarni xonadoniga olib kelish uchun davlat raqami 95 854 FAA bo‘lgan "Damas" avtomobilidan foydalanganligi, shuningdek, uning Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi it ovlov brigadasi xodimi ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga oid bir qator normalar mavjud. Jumladan, hayvonlarga g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqlar qo‘llash yoki ularga azob berish — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga olib kelishi mumkin. Agar ushbu huquqbuzarlik voyaga etmagan shaxs hozirligida yoki ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan bo‘lsa, jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha ko‘tarilishi yoki shaxs 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

Bundan tashqari, agar hayvonlarning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga sabab bo‘lgan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati takroran sodir etilsa, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 240 soatgacha jamoat ishlari bilan jazolanadi. Qonunbuzarlik jiddiy bo‘lsa, 6 oygacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Bunday holatlar, ayniqsa, boshpanasiz hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish masalasi jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda. Ko‘plab jamiyatlarda hayvonlarni azobga solish yoki ularning hayotiga tajovuz qilish nafaqat qonuniy jihatdan, balki axloqiy jihatdan ham qoralangan. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik ekologik va etik me’yorlarga zid hisoblanadi, shuning uchun ham jamiyatda bunday holatlarni cheklash va bu kabi jinoyatlarni jazo bilan ta’minlash muhim hisoblanadi.

Mazkur holat atrofida paydo bo‘lgan muhokamalar fuqarolarni bunday xatti-harakatlarga jiddiy qarashga undamoqda.

Biz ushbu holatga huquq targ‘ibot organlari e’tibor qaratishlarini, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berishlarini so‘raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

1 week, 2 days ago
Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Mitan shaharchasidan …

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Mitan shaharchasidan murojaat kelib tushdi. Mitan bahor to‘yxonasi oldidagi ariqlar chiqindilar va kuzgi xazonlar bilan to‘lgani xabar berildi. Ariqchalar o‘z vaqtida tozalanmasa, kuchli yomg‘ir yog‘ganida chiqindilar quvurlarga tiqilib qoladi va suv harakatiga yo‘l bermaydi.

Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan munosabat kutib qolamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

1 week, 2 days ago

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Zulfiya xonim ko‘chasidagi qurilish sabab daraxtlarning ildizlariga zarar yetkazilgani xabar berilmoqda.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yerda soliq departamenti binosini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududdagi qurilish kimning nazoratida o‘zi? Qurilish maydonidagi daraxtlar ro‘yxatga olinganmi?

Savollarimiz ko‘p, o‘ylaymizki, holatga tez orada Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi munosabat bildiradi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

1 week, 2 days ago
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
2 weeks, 2 days ago
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
2 weeks, 2 days ago
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
2 weeks, 2 days ago
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
3 weeks, 1 day ago
1984–2020-yillarda Orol dengizining qurishi.

1984–2020-yillarda Orol dengizining qurishi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

We recommend to visit

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

? Реклама: @YD_Reklama
??‍? Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 2 months, 2 weeks ago

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 months, 3 weeks ago

Kun.uz сайтининг расмий Telegram канали

O'zbekcha ? @kunuz
Русский ? @kunuzru
English ? @kunuzen
Тезкор ? @kunonline
Сайт: kun.uz
Реклама:
+998 78 113 10 10

Last updated 2 months ago