BBA Qashqadaryo viloyati bo'limi rasmiy kanali

Description
Murojaat uchun telefonlar: (75) 230-13-93 (97) 229-39-04; (97) 312-22-44

Assalomu alaykum endilikda siz o’zingizni qiziqtirgan savollaringiz bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin bu uchun ??????
@BMBA_Qashqadaryo_murojaat_bot
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 year, 10 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 3 years, 2 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 3 years, 2 months ago

1 year, 10 months ago
***⚠️*** **Aniq va tabiiy fanlardan bilim …

⚠️ Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha test topshiriqlalini shakllantirish o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari
✅Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

? Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar 18-30-dekabrdan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy shaklda o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

? Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda A+ va A darajadagi Milliy sertifikatga talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

✍️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-dekabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
? (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
? @IlmiyMarkazUz

1 year, 10 months ago
**Chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab …

Chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi✅ 2024-yil 11-dekabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

? Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

? Ro‘yxatga olish muddati - 5-dekabr 10-00 ga qadar.
? To‘lov qilish muddati -5-dekabr 10-00 ga qadar.
? Test o‘tkazish kuni - 11-dekabr.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
? (95) 515-68-68.

llmiy markazning telegram kanali:
? @IlmiyMarkazUz

1 year, 10 months ago
***?*** Bilim va malakalarni baholash agentligi …

? Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
? tinglab tushunish
? o‘qish
? gapirish
? so‘z boyligi va grammatika
? yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

? Mazkur imtihon uchun talabgorlar 5-dekabrga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING ? To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING? Attanal Alarabi imtihoni narxi – 1 267 000 so‘m.? Imtihon 6-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

? @bba_ilmiy_markaz
? (95) 515-68-68

? @IlmiyMarkazUz

2 years, 1 month ago

#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi? Bugun (22-avgust)dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

??‍? Bugun 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 154 nafari (25,7 %) jarayonda ishtirok etdi, 446 nafari esa ishtirok etmadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi✅ Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

? Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

? Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

? Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

#qabul2024
*⚡️*Tanlovda o‘tish balli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar

❗️2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarida bir qancha ta'lim yo‘nalishlari va oliy ta'lim muassasalarida o‘tish ballari balandbo‘lgan. Ularning yuqori beshtaligi bilan rasmda tanishish mumkin.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

*❗️Abituriyentlar *2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

❇️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi? 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

✅Eslatma:* chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun* jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi? Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

??‍? Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 years, 1 month ago

Oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlandi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 year, 10 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 3 years, 2 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 3 years, 2 months ago