Dardisar:)

Description
"Pishganda" anordek yorilar odam...

?️ Havaskor shoir - Abduvoris Alijonov ijodi.
We recommend to visit

📚 EKitap Arşiv Kanalına Hoş Geldiniz.

Sesli kitap kanalımız:
https://t.me/seskitaplar

Grup:
https://t.me/ekitap_okugrup

Reklam: https://telega.io/c/Ekitap_oku

İletişim: @tansucan

Ads and reports:

🇮🇷AHANG SISTEMI🇷🇺

•🧿•

Admin @Alpha_77
#KurulusOsman dizisinin resmi hesabina hoş geldiniz.

Bu kanalda siz diziyle ilgili bölümler, fragmanlar, fotoğraflar ve diziyle ilgili resmi olan her şeyi bulabilirsiniz!

Last updated 3 years, 7 months ago

1 year, 11 months ago

Bu yildi Duel loyihasida mening safarim shu joygacha ekan. Respublika bosqichiga oʻta olmadim. Oʻtib ketganimda ham bu adolatsizlik boʻlardi.

Navbatim kelguncha ijodkorlarni eshitib oʻtirdim. Italyanchada aytganda besalimasso muchechi! Ogʻriq beradigan darajada goʻzal ijod namunalari.

Men ustoz koʻrmadim shu vaqtgacha, izlamadim emas izladim. Bazan topildi bazan topilmadi, bazida topilganlari oʻzini taroziga soldi. Bilganimcha, his qilganimcha, yoza olganimcha shu kungacha nimadirlar qoralab keldim, ozmi koʻpmi ijod namunalarim bor. Baʼzi sheʼrlarim koʻplarning qalbiga yetib bordi.

Duel haqida eshitganimda toʻgʻrisi tavakkal qilib namunalar yuborgandim, saralashdan oʻtib ketdim, quvondim. Yaqinlarga bu haqda xabar berdim.

Kitob oʻqimay qoʻydim, oʻz ustimda ishlamay qoʻydim, sheʼrlar yozmay qoʻydim. Pul dardida ish bilan andarmon boʻlib yuraverdim. Aslida magʻlubiyatda eng katta hissa oʻzimniki buni bilib turibman.

Ijodkorlarni kuzatdim, turli loyihalarda qatnashgan, forumlar ishtirokchilari, ustoz koʻrganlar koʻpi. Shular ustidan sakrab oʻtish ilojsizligini bilardim.

Lekin gʻolib boʻlishni juda istagandim, onamni xursand qilmoqchi edim nu taqdir ekan nasib boʻlmadi. Zarari yoʻq kelasi yil yana urinib koʻramiz.

Aytmoqchi, yozmoqchi boʻlgan gaplarim juda koʻp lekin hatto shularni tartiblay olmayabman. Ichimdan nimalar oʻtayotganini oʻzim bilib oʻtiribman shaftoli yeb)

Meni qoʻllab quvvatlagan barchaga rahmat. Umid qilamanki endi oʻsaman. Yangi va yaxshi ijod namunalarini ulashaman. Nomi chiqmay oʻlib ketish yoʻq.

?

1 year, 11 months ago

Tugadi

1 year, 11 months ago
Keyingisi biz ekanmiz, vaqt topib borizla***?***

Keyingisi biz ekanmiz, vaqt topib borizla?

1 year, 11 months ago
Dardisar:)
1 year, 11 months ago
Dardisar:)
1 year, 11 months ago
Dardisar:)
1 year, 11 months ago
Dardisar:)
1 year, 11 months ago
***⚡️*****Jizzax**

⚡️Jizzax

Duel loyihasining Jizzax bosqichi ham yakunlandi.
? Bu safar sevimli shoirlarimiz Eshqobil Shukur, Go'zal Begim va Najmiddin Ermatovlar hakamlik qilib, duelchilarni sinab ko'rishdi.

Kattalar she'riyati yo'nalishi bo'yicha:*?Umid Qodirov
?*Asliddin Abdurazzoq

Bolalar she'riyati*da:?Zuhra Yo'lchiyeva
?*Charos Yoqubova

?Shunday qilib, kattalar she'riyati yo'nalishi bo'yicha
Umid Qodirov,
Bolalar she'riyatida esa
Zuhra Yo'lchiyeva Jizzax sharafini himoya qiladi.

? Sayfiddin Okanov, Dilrabo Tursunqulova Farrux Amirov, Muxlisa Toshpo'latova kabi ko'plab ijodkorlarni hakamlarimiz alohida e'tirof etishdi.

Bizdan uzoqlashmang, yaqin kunlarda yana ko'rishamiz.
Keyingi manzil: Namangan

@duelloyihasi

2 years ago
[​​](https://telegra.ph/file/108489a9c0a11eadbfbac.mp4)**Hayot dengizida**

​​Hayot dengizida

(bugun 26yoshni qarshi olgan Abduvoris Alijonovga)

Kuz keldi.
Langarni torting jarlikdan.
Anduhdan yasalgan kemaga mining!
Bolaligi o'tgan ul ko'chalarga,
qaytgisi kelyapti, bechora, uning.
Xazonlar qoplagan dunyo ustini
yorib borar mana g'ussali nayza...
Yillarning sonini eslata ko'rmang,
mana bu kapalak,
mana qo'y – maysa.
Ammo kapitan – U.
Bo'ysunmoq darkor.
Oldinga odimlash istaydi kema
Qarilik yelkanga o'rnashib olgan
Kapitan aytadi: ellik ham erta.
Yo'nalish burilar kelajak tomon
Otishma boshlanar duel singari
26 yil... Kapitan omon –
So'zlarin o'qlaydi suv parilari...

*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14

- @dil_intiq

2 years ago

Qora kunlar aslo qilmay bezovta,
Koʻzlarim doimo quvonchdan kulsin!
Umrim goʻzal, uzoq, oʻtaversin tinch,
Yigirma olti yosh muborak boʻlsin!

:)

We recommend to visit

📚 EKitap Arşiv Kanalına Hoş Geldiniz.

Sesli kitap kanalımız:
https://t.me/seskitaplar

Grup:
https://t.me/ekitap_okugrup

Reklam: https://telega.io/c/Ekitap_oku

İletişim: @tansucan

Ads and reports:

🇮🇷AHANG SISTEMI🇷🇺

•🧿•

Admin @Alpha_77
#KurulusOsman dizisinin resmi hesabina hoş geldiniz.

Bu kanalda siz diziyle ilgili bölümler, fragmanlar, fotoğraflar ve diziyle ilgili resmi olan her şeyi bulabilirsiniz!

Last updated 3 years, 7 months ago