📚 EKitap Arşiv Kanalına Hoş Geldiniz.
Sesli kitap kanalımız:
https://t.me/seskitaplar
Grup:
https://t.me/ekitap_okugrup
Reklam: https://telega.io/c/Ekitap_oku
İletişim: @tansucan
Ads and reports:@tablig_vip
??AHANG SISTEMI??
•?•
Bu yildi Duel loyihasida mening safarim shu joygacha ekan. Respublika bosqichiga oʻta olmadim. Oʻtib ketganimda ham bu adolatsizlik boʻlardi.
Navbatim kelguncha ijodkorlarni eshitib oʻtirdim. Italyanchada aytganda besalimasso muchechi! Ogʻriq beradigan darajada goʻzal ijod namunalari.
Men ustoz koʻrmadim shu vaqtgacha, izlamadim emas izladim. Bazan topildi bazan topilmadi, bazida topilganlari oʻzini taroziga soldi. Bilganimcha, his qilganimcha, yoza olganimcha shu kungacha nimadirlar qoralab keldim, ozmi koʻpmi ijod namunalarim bor. Baʼzi sheʼrlarim koʻplarning qalbiga yetib bordi.
Duel haqida eshitganimda toʻgʻrisi tavakkal qilib namunalar yuborgandim, saralashdan oʻtib ketdim, quvondim. Yaqinlarga bu haqda xabar berdim.
Kitob oʻqimay qoʻydim, oʻz ustimda ishlamay qoʻydim, sheʼrlar yozmay qoʻydim. Pul dardida ish bilan andarmon boʻlib yuraverdim. Aslida magʻlubiyatda eng katta hissa oʻzimniki buni bilib turibman.
Ijodkorlarni kuzatdim, turli loyihalarda qatnashgan, forumlar ishtirokchilari, ustoz koʻrganlar koʻpi. Shular ustidan sakrab oʻtish ilojsizligini bilardim.
Lekin gʻolib boʻlishni juda istagandim, onamni xursand qilmoqchi edim nu taqdir ekan nasib boʻlmadi. Zarari yoʻq kelasi yil yana urinib koʻramiz.
Aytmoqchi, yozmoqchi boʻlgan gaplarim juda koʻp lekin hatto shularni tartiblay olmayabman. Ichimdan nimalar oʻtayotganini oʻzim bilib oʻtiribman shaftoli yeb)
Meni qoʻllab quvvatlagan barchaga rahmat. Umid qilamanki endi oʻsaman. Yangi va yaxshi ijod namunalarini ulashaman. Nomi chiqmay oʻlib ketish yoʻq.
🙂
Tugadi
Keyingisi biz ekanmiz, vaqt topib borizla😁
⚡️Jizzax
Duel loyihasining Jizzax bosqichi ham yakunlandi.
💥 Bu safar sevimli shoirlarimiz Eshqobil Shukur, Go'zal Begim va Najmiddin Ermatovlar hakamlik qilib, duelchilarni sinab ko'rishdi.
Kattalar she'riyati yo'nalishi bo'yicha:*🥇Umid Qodirov
🥈*Asliddin Abdurazzoq
Bolalar she'riyati*da:🥇Zuhra Yo'lchiyeva
🥈*Charos Yoqubova
🔈Shunday qilib, kattalar she'riyati yo'nalishi bo'yicha
Umid Qodirov,
Bolalar she'riyatida esa
Zuhra Yo'lchiyeva Jizzax sharafini himoya qiladi.
💬 Sayfiddin Okanov, Dilrabo Tursunqulova Farrux Amirov, Muxlisa Toshpo'latova kabi ko'plab ijodkorlarni hakamlarimiz alohida e'tirof etishdi.
Bizdan uzoqlashmang, yaqin kunlarda yana ko'rishamiz.
Keyingi manzil: Namangan
Hayot dengizida
(bugun 26yoshni qarshi olgan Abduvoris Alijonovga)
Kuz keldi.
Langarni torting jarlikdan.
Anduhdan yasalgan kemaga mining!
Bolaligi o'tgan ul ko'chalarga,
qaytgisi kelyapti, bechora, uning.
Xazonlar qoplagan dunyo ustini
yorib borar mana g'ussali nayza...
Yillarning sonini eslata ko'rmang,
mana bu kapalak,
mana qo'y – maysa.
Ammo kapitan – U.
Bo'ysunmoq darkor.
Oldinga odimlash istaydi kema
Qarilik yelkanga o'rnashib olgan
Kapitan aytadi: ellik ham erta.
Yo'nalish burilar kelajak tomon
Otishma boshlanar duel singari
26 yil... Kapitan omon –
So'zlarin o'qlaydi suv parilari...
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
Qora kunlar aslo qilmay bezovta,
Koʻzlarim doimo quvonchdan kulsin!
Umrim goʻzal, uzoq, oʻtaversin tinch,
Yigirma olti yosh muborak boʻlsin!
:)
📚 EKitap Arşiv Kanalına Hoş Geldiniz.
Sesli kitap kanalımız:
https://t.me/seskitaplar
Grup:
https://t.me/ekitap_okugrup
Reklam: https://telega.io/c/Ekitap_oku
İletişim: @tansucan
Ads and reports:@tablig_vip
??AHANG SISTEMI??
•?•