Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Мураббийларнинг босган ҳар бир қадами кишилар учун намунадир
Мусулмон одам ҳар бир ишини эҳтиёткорлик билан, бошқаларни шубҳа-гумонга қўймасдан амалга оширишга ҳаракат қилиши лозим. Айниқса халқнинг кўз ўнгида, эътиборида бўлган мураббий зотлар бу борада эҳтиёт бўлишлари керак. Зеро, уларнинг босган ҳар бир қадами, айтган ҳар бир сўзи кишилар учун ибрат, намунадир.
«Гўзал ўрнак» китобидан
🚤 Qayiqchi va yo'lovchi
Bir qayiqchi boʻlgan ekan. Uning ishi yoʻlovchilarni bir sohildan ikkinchi sohilga oʻtkazish edi. Bir kuni uning qayigʻiga oʻqimishli yoʻlovchi oʻtirdi. Daryoning o‘rtasiga yetganlarida, o‘z bilimini ko‘z-ko‘z qilmoqchi bo‘lgan yoʻlovchi so‘radi:
- Ayting-chi, doʻstim, astronomiyadan bilimingiz bormi?
- Yo'q, bunga mening vaqtim yo'q, - dedi qayiqchi.
- Esiz, axir astronomiya bilimisiz qandoq yashash mumkin, - bosh chayqadi haligi inson. - Balki matematikani o'qigandirsiz, raqamlarning tabiati haqida bilasizmi?
- Bu nima ekanligini bilmayman, - deb javob berdi qayiqchi.
Yoʻlovchi qayiqchiga shunday savollarni beraveribdi. Qayiqchi esa, birdek "yoʻq" deb ketaveribdi. Qirgʻoqqa yetay deganda kuchli shamol esib, qayiq agʻdarilib ketibdi. Shunda qayiqchi choʻkayotgan yoʻlovchiga:
- Ayting-chi, taqsirim, siz suzishni bilasizmi...?
💭 Darsda lirik chekinish qilib, ushbu hikoyani o'quvchilaringizga aytib bering. Xo'sh, qaysi o'quvchi qanday ma'noda tushunibdi ekan?
✅ Har qanday fanni 3 bosqichda tez va oson o'zlashtirish usuli
Taniqli Nobel mukofoti sohibi, amerikalik fizik Richard Feynmen o'zgacha qobiliyat egasi bo'lgan. Feynmen har qanday bilimni boshqalarga qaraganda oson va tez o'zlashtira olgan. Siz ham agarda ushbu "Feynmen usuli"ni o'quvchilaringizga o'rgatsangiz darsingizga kuchliroq qiziqishiga sababchi bo'lasiz
Demak, "Feynmen usuli" har qanday fanga birdek mos keladi va u atigi 3 qismdan iborat
⚡️ Birinchi usul. "Mavzuni yaxshiroq tushunish uchun, uni yosh bolaga tushuntirib bering"
Shunchaki qabul qilingan bilim tezda yoddan chiqib ketishi aniq. Yosh o'quvchilarda ham shunday, odatda darsda eshitgan ma'lumotini kelasi darsda eslay olishmaydi. Buni sababi nimada bilasizmi? Boisi, o'quvchi faqat eshitadi va qayta takrorlab beradi. Qachonki, o'quvchi bugun eshitgan ma'lumotini o'zi boshqalarga tushuntirib bersa, o'z dunyoqarashi bilan boyitsa, o'z tilida erkin tushuntirib bersa, ushbu ma'lumotni hech qachon unutmaydi. Feynmen aytadiki, "agar sen biror ma'lumotni yaxshiroq tushunmoqchi bo'lsang, uni yosh bolaga aytib ber, agar o'sha yosh bolakayga tushuntira olsang, demak o'zing ham tushungan bo'lasan"
⚡️ Ikkinchi usul: "Davriy takrorlashni amalga oshiring"
Bilasizki, inson unutishga moyil. Atrofda shu darajada ma'lumot ko'pki, hamma narsani eslab qolishning deyarli imkoni yo'q. O'quvchilarda ham shunday, ularda chalg'ituvchi faktorlar talaygina. Siz ustoz sifatida, birinchi bosqichni o'quvchilaringiz bajarib kelgandan so'ng, tez-tez o'tilgan darslaringizni sinf bilan birgalikda takrorlab turing. Har darsingizda 10 daqiqa o'tgan barcha mavzularingizni eng kerakli ma'lumotlarini tezda takrorlashga odatlaning
⚡️ Uchinchi usul: "Har qanday ma'lumot qanchalik sodda bo'lsa, uni eslab qolish shunchalik oson bo'ladi"
Biz odatda fanlarni kitobiy formatda tushuntirishga odatlanib qolganmiz. O'quvchilarga bu zerikarli tuyuladi va qiziqishini pasaytirib yuboradi. Ustoz sifatida siz kitobdagi ma'lumotlarni oson va sodda shaklda, o'quvchilar "tili"ga moslab tushuntirsangiz, mavzuni eslab qolishlari yanada oson bo'ladi. Feynmen aytadiki, "har qanday ma'lumot qanchalik sodda bo'lsa, uni eslab qolish shunchalik oson bo'ladi". Darsni murakkablashtirmang, osonlashtiring.
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/ad530286-153e-4b2a-a5a7-db61ab9e80ca
Maktab õquvchilariga sport zall uchun ovoz tõplanmoqda. Yordam qilinsa savob bõladi, InshaAlloh.
Fikrni bir joyga jamlash yoki diqqatni oshirish yoʻllari:
1⃣ Maqsadlarni aniqlang: O‘zingiz uchun aniq va o‘lchovli maqsadlar qo‘ying. Maqsadlaringizni yozib qo‘ying va ularga erishish uchun qanday qadamlar qo‘yishingiz kerakligini rejalashtiring.
2⃣ Muayyan vaqt ajrating: Ish yoki o‘qish uchun alohida vaqt ajrating. Masalan, “Pomodoro” texnikasidan foydalanib, 25 daqiqa davomida diqqatni bir joyga jamlashga harakat qiling, keyin 5 daqiqa tanaffus qiling
3⃣ Yozib oling: Qanday fikrlarni yoki ishlarni bajarish kerakligini yozib oling. Bu sizga fikrlarni tartibga solishda va o‘z maqsadlaringizni kuzatishda yordam beradi.
4⃣ Jismoniy faoliyat: Kichik jismoniy mashqlar yoki qisqa yurishlar fikrni qayta tiklash va energiya olishda yordam beradi.
Sog‘lom tanda - sog' aql!
5⃣ Chalg'ituvchi omillarni kamaytiring: Telefoningizni o‘chirib qo‘ying yoki “rejalashtirilgan vaqt” rejimiga qo‘ying, ijtimoiy tarmoqlardan cheklaning.
Teach to learn metodikasi (O’rganish uchun o’rgat)
Kimgadur o’rgangan narsangizni aytib berish va unga o’rgatish orqali o’zlashtirasiz. Hozir Ustozationni podcastlarini eshityapman va ushbu metodika haqida gapriyaptilar. But haqiqatda ishlaydigan zo’r metodikalardan.
Universitetda shuni ko’rdimki har safar vazifa qilib kelganda uni guruhdoshlarimga present qilib berishim kerak bo’lardi. Man bo’lsa guruhda ma’lumotni har hil qabul qilivchilar borligini bilib, oson qilib tushintirishga harakat qilardim va buning uchun tayyorlanardim. Hozir shu narsalar miyyamda aniq tarzda qolgan.
Yaxshi o’qiganim uchun juda ko’p kursdoshlarim yordam so’rashardi imitxonlarda va ularga yordam berganimdan keyin imtixonlarda berilgan topshiriqlar o’z o’zidan oson bo’lib manga qiyinchilik tug’dirmasdi.
Final imtixonlarda bo’lsa bizda shunday jamoa yig’ildiki, hamma deyarli bir xil fikrlaydigan va tirishqoq talabalar. Biz bir-birimiz bilan fikr almashib va bir-birimizga bilgan narsalarimizni o’rgatib imtixonlarga shunday tayyorlandikki, boshida qiyin tuyilayotgan narsalar bizga shunchaki oson bo’lib qoldi.
Oxirigi so’z o’rnida aytmoqchimanki bir nimani o’rganayotganda uni kimgadir o’rgata olasizmi yo’qmi shu savolni o’zingizga bering. Kimgadir o’rgatayotganingizda ko’rinadi xatolaringiz. O’rgangan narsangizni doim kim bilandir muhokama qilib boring va bu o’rganishni osonlashtiradi va ancha tezlashtiradi InshaAllah.
Yozgi ta’tilda kitob o’qishni tashkil qilish
Yozgi ta’til bolalarga o’quv yili davomida olgan bilimlarini saqlab qolishnigina emas, balki shaxsiy rivojlanish uchun eng muhim fursatlardan biridir.
Yozda kitob o’qish lug'at boyligini oshirish, savodxonlik ko'nikmalarini yaxshilashga yordam berib qolmay, umr bo'yi o’qish ko’nikmasini shakllantrirshda ham ko‘mak beradi.
Bolalar adabiyoti ro’yxati bilan tanishtiring
Bolalar adabiyotining eng nodir namunalari hamda jahon xalq ertaklarining sinfingizdagi bolalar yoshiga moslarini tanlab oling va ularni yoz davomida o’qib tugatishlarini maslahat bering.
Mutolaa jadvali tuzishni o’rgating
Bolalar o’qigan asarlarining nomi, muallifi, bosh qahramonlari va asardan olgan xulosalarini jadvalga solishlari va har bir kitob haqida qisqacha yozib, nechta kitob o’qib borayotganlarini o’zlari mustaqil tahlil qilib borishlari kerak. Buni “Kitobxon jurnali” yoki o’zingiz xohlagan nom bilan atashingiz mumkin.
Motivatsiya bering
Bolalarni yozgi ta’tilda ham kitob o’qishga jalb qilish uchun tabiat qo’ynida turli tanlovlar, madaniy uchrashuvlar, kitobdan olingan filmlar namoyishlari tashkil qilib, interfaol o'qishni tashkil qiling. Bolalarni zavqlantirishga, ruhlantirishga harakat qiling.
O’qishni kuzatib boring
Haftalik va oylik kitob o‘qish topshiriqlarini kuzatib borish uchun sinfingiz uchun "Kitob o'qish" jurnalidan foydalanishingiz mumkin. Bolalar yoki o’smir o’quvchilaringizning kitob o’qiyotganlarini ota-onalar ixtiyoriy imzolari bilan tasdiqlashlari ham mumkin.
Kanalga ulanish:?****https://t.me/trm_metodika
*✅*?OSKAR UAYLD**?6-sinflar uchun
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago