Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Oliy ta’limda qizil diplomga bitirsangiz ham siz yaxshi mutaxassis bo’lmasligingiz mumkin.
Negadur menga aniq yechimi bor masalalar yoqadi. Qolgan narsalar, nisbiydek tuyulaveradi va o’sha narsalardan qoniqishni his qilmayman. Deylik 2 x 2 =4, yechim aniq. Kollej yoki institutda o’tiladigan darslardan mana shunaqa aniq yechimni qidirar edim. Afsuski, bu yechimni aksariyat holatda topa olmas edim. Darslar ketma-ketligidagi mantiq buzilgan, yoki umuman keraksiz fanlar o’qitilgan. Ehh, essiz shuncha vaqtimni konspekt yozib o’tqizgan umrim. Aybni ko’p bora o’zimdan qidirib ko’rganman, darslar yaxshi lekin sen o’zing yaxshi tushunmayapsan deb. Ammo, xorijga chiqib ta’lim olish va xatto dars berish imkoniyati paydo bo’ldi. Farq juda katta, mavzular aniq, ketma-ketligi mantiqiy va ustoz oldi qochdi gaplar bilan sizni chalg’itmaydi. Darslikning tub mohiyati ochib beriladi.
Institut yoki universitetni bitirib yaxshi kadr bo’lib yetishdim deb o’ylash katta xatolik bo’ladi. Siz jahon maydonida aniq yaroqsiz kadrsiz. Yaroqli bo’lishi uchun esa, yana ancha mehnat qilishingiz kerak bo’ladi.
#eslatma Bugun 22:00 (18:00 Uzb) da jonli efirda suhbatimiz bor. Link: https://www.youtube.com/live/uV5hmqm6ols
Koreyada yaxshi ishga joylashish bir muammo bo'lsa, boshqa ishga o'tayotganda tartib bilan ketish ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yaqinda shu mavzuda do'stlarimiz bilan suhbatlashgan edik. Qolganlarga ham foydali bo'ladi degan maqsadda bu haqida qisqaroq qilib post ham yozdim.
https://medium.com/@rashidov/koreyada-ish-almashtirish-tartibi-4a31877dc22e
Bugun Koreya vaqti bilan soat 17:00 da, amaldagi prezident Yun Suk Yeolni 3-dekabr kuni noqonuniy harbiy holat e’lon qilgani uchun parlamentda lavozimidan ozod etish bo‘yicha ovoz berish boshlandi.
Qoyil qolgan jihatim, ayrim senatorlar 3-dekabr kunidan buyon parlament binosini tark etmay, shu yerda qolib bugungi jarayonni kutganlar ham bor ekan.
Mutolaa ilovasidan Arthur Schopenhauerning "Hayot saboqlari" kitobini eshityapman. Kitobda optimizm haqida qiziqarli bir fikr keltiriladi.
"Optimizm nafaqat noto'g'ri, balki zararli, chunki u hayotni mukammal holat sifatida taqdim etadi va odamning baxtini uning asosiy maqsadi deb ko'rsatadi. Buning natijasida har kim baxt va zavqni o'ziga haqqoniy tarzda talab qiladi. Agar ular unga nasib qilmasa, u o'zining hayotining ma'nosini yo'qotganini va adolatsiz muammoda ekanligini his qiladi."
Shuningdek, muallif salbiy fikrlarning har doim yomon bo'lmasligini aytadi. Ularni inkor qilishdan ko'ra, ba'zan ularni tasavvur qilib, real muammolar yuzaga kelganda qanday yechim topish mumkinligini o'ylab ko'rish kerak. Shunday qilib, sovuqqonlik bilan qarorlar qabul qilish mumkin. Ammo kelajak haqida o'ylashda muvozanatni saqlash va hozirgi paytda yashash muhimligini ta'kidlaydi.
3-dekabr voqealaridan keyin kutilganidek norozilik kayfiyati ko'payib ketdi. Shundoq ham oldin prezident faoliyatiga qarshi namoyishlar bo'lib turardi. Endi yana kuchaydi.
Parlament binosi oldida va katta maydonlarda tinch namoyishlarni o'tkazishyapti. Namoyishchilar orasida har xil yoshdagilar bor. Ishxonadagilar ham sovuq bo'lishiga qaramasdan kechgi vaqtda ishdan chiqib, namoyishga qatnashishyapti. Poytaxt Seuldan tashqari boshqa shaxarlarda ham boʻlib oʻtyapti.
Biz chet elliklarga esa olam tinch bo'lib, do'stlar salomat bo'lsa bas ?
Koreyada eng xavfli kasblardan biri prezidentlik bo'lsa kerak ?
Janubiy Koreyada xarbiy holat e’lon qilindi. Lekin bu Shimol bilan urush deb notoʻgʻri talqin qilinmasligi kerak. Bu demokratik davlatda boʻlib turadigan ichki siyosiy nizolar holos. Janubiy Koreya bunday demokratiya yoʻlida katta qiyinchiliklarni, qon toʻkishlarni…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago