- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago
*? *Bugun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni !
Agrobank jamoasi yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi bayram — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan tarbriklaydi.
Farzandlarimizning doimo sog'lom, tinch va baxtli yashashlari — biz kattalarning asosiy maqsadimizdir. Barcha bolalar doimo ota-onasi bag'rida, chinakam bolalik baxtini tuyib yashashlarini tilaymiz!
Rasmiy munosabat
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Eltuz” kanali orqali "Namangan viloyati “Agrobank” ATBdagi o‘g‘irliklar" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan materialda keltirilgan holat yuzasidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki masʼul bo'linmalari tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
E’tiroznoma
(raddiya e’lon qilish haqida)
Joriy yil 28 may kuni platina.uz saytida “Agrobankdan olingan mablag‘ni talon-taroj qilgan bosh hisobchi jazolandi” sarlavhali material joylashtirilgan.
Ma'lum bo'lishicha, bankning Sherobod filiali tomonidan 2021 yil dekabrda “BARAKALI DUNYO-M EKSPORTI” MCHJ bosh hisobchisi Gʻ.J. ga naqd pulda ish haqi uchun 50 mln so‘m miqdorida mablag‘ berilgan. Chiqim amaliyoti belgilangan tartibda, me'yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilgan.
Biroq, MChJ bosh hisobchisi ushbu pullarni talon-toroj qilgan va bu yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi e'lon qilingan.
Mazkur holatda Agrobank tomonidan qonun buzilishi kuzatilmagan bo‘lsa-da, material sarlavhasida bank nomini keng jamoachillikni jalb etish maqsadida, noo‘rin qo‘llanilgan. Bu bilan tahririyat O‘zR “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (6-modda), “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (7-modda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni (11-modda) hamda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni (2-moddasi)da qayd etilgan — “OAVda tarqatilayotgan axborotlar haqqoniy va xolis bo‘lishi shart”ligi haqidagi talablarni buzib, noxolis tayyorlangan maqolani e’lon qilgan. Bu esa o‘z navbatida, tijorat tashkiloti hisoblangan Agrobankning ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir qiluvchi oqibatlarni yaratadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, noo‘rin qo‘yilgan sarlavha va material yuzasidan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘rsatilgan muddat va tartibda raddiya berish lozimligi, aks holda internet-nashrga nisbatan “raddiya berish majburiyatini yuklash va moddiy zarar undirish” yuzasidan sudga murojaat qilishga majbur ekanligimiz haqida tahririyatga e’tiroznoma yuborildi.
Agrobank o‘z faoliyati davomida xolis jurnalistika va jamoatchilik fikrini qo‘llab-quvvatlaydi hamda bankka doir e’lon qilinayotgan materiallar avvalo o‘rganilib, so‘ngra chop etilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini eslatib o‘tadi.
Agrobank yoshlari "Yashil makon"da faol ishtirok etmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yildan boshlab har yili "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Bankning Bosh ofis yoshlari ishtirokida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Agrobank uchun ajratilgan maydonda 5 mingdan ziyod manzarali ko‘chatlari ekildi.
Yil yakuniga qadar 12 mingdan ortiq ko’chat ekish rejalashtirilgan.
Bu kabi tadbirlar bankning hududiy filiallari xodimlari ishtirokida ham tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Ko’chat ekish tadbirining qanday o’tganligini quyidagi videorolikda ko’rishingiz mumkin.
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago