Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 week, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Magistratura bosqichida o'qish uchun sertifikat bo'lishi kerak!
Aslida o'z sohasining mutaxasisi bo'lish niyyatida yurgan talaba yuqoridagi talabsiz ham ingliz yoki boshqa bir tilni o'rganib oladi.
O'z fikrimni beradigan bo'lsam, ingliz tili o'rganish jarayoni oddiy til o'rganish emas, siz to'rt yo'nalish orqali o'z bilimingizni yaxshilab olasiz.
Nega ielts talab qilinadi?
Sababi ielts speaking savollarining hech biri shunchaki ,,qo'l uchida" tuzib chiqilmaydi, har bir savol sizning qaysidur ko'nikmangizni sinovdan o'tkazadi.
Dunyo bozorida, ilmiy jamiyatda shubhasiz ingliz tilini bilmaslik qo'lida qalami bor lekin uchini sindirib olish bilan barobar. Bu mening yo'nalishim bo'lgani uchun emas aslida bu mening yo'nalishim ham emas, mutaxasisligim Tarix fani hisoblanadi, va shundan kelib chiqib ayta olamanki bizning soha uchun ham ingliz tili juda zarur sababi manbalar doirasini kengaytirish uchun avvalo nafaqat rus tilini bilish va balki ingliz tilini bilish ko'proq imkoniyatlar olib keladi!
( Afg‘oniston bizdan oldinda ingliz tilini bilish bo'yicha)
«Davlat siyosati ingliz tilini ommalashtirishga qaratilishi kerak» — Botir Qobilov Rossiyaning migrantlar orqali bosim qilayotgani haqida
Harvard universiteti ilmiy tadqiqotchisi, iqtisodchi Botir Qobilov «Lolazor» podkastida aytgan fikrlarimiz bo‘yicha o‘z munosabatini bildiribdi. Jumladan, Botir aka shunday deydi:
«Mutlaqo qo‘shilaman. Millionlab ishchilar Rossiyaga ketishiga majbur bo‘lmasliklari uchun birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiyoti shiddat bilan o‘sishi, ko‘p ish o‘rinlari yaratilishi kerak. Albatta, bu qisqa muddatda erishiladigan va yechimi oson bo‘lgan muammo emas, tan olishimiz kerak.
Amaliy fikrim shundaki, davlat siyosati ikki narsaga qaratilishi kerak:
1️⃣ Birinchisi, ingliz tilini ommalashtirish. Maktabdan boshlab. Xohlaymizmi yo‘qmi, hozir va kelajak bozori asosan ingliz tilida. Ish ham, ilm olish ham, yangi innovatsiya ham, hamkorlik ham, istalgan kontent ham — barchasi ingliz tilida.
Agar misol izlaydigan bo‘lsak, ingliz tilini davlat siyosati darajasida ta‘limda tadbiq etgan mamlakatlar misoli ko‘p. Xayolga keladiganlaridan biri Singapur. Yoki Malayziya (https://www.nytimes.com/2002/10/15/news/in-asia-the-english-imperative.html), Keniya, Vetnam, Hindiston, Janubiy Koreya, Braziliya, Yaponiya…
Men xohlardimki, yaqin kelajakda, O‘zbekistondagi istalgan shahar/qishloq hokimi ham, istalgan maktabdagi o‘quvchi ham ingliz tilida zo‘r gapira/yoza oladigan darajaga chiqish kerak.
Ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik bu nafaqat shartli Polsha yoki Malayziyada ishlay oladigan o‘zbekistonlik degani, balki bu O‘zbekiston bozorida barcha ingliz tilini biladi degani. Natijada O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar kelishi, xorijiy korxonalar bizning bozordagi mehnat kuchini yuqori baholashiga olib keladi.
2️⃣ Bu mavzuda davlatning ikkinchi siyosati — bu o‘zbekistonliklarning chet elga chiqishlari uchun boshqa mamlakatlar so‘raydigan viza talablarini yengillashtirishda faollik.
“Lolazor” podkastida ham aytilganidek, Rossiyada ishlaydigan vatandoshlarimiz boshqa bozorlarga (masalan, Yevropaga) bora olishlari uchun o‘sha mamlakatlardagi viza siyosati ham bir to‘sqin.
Masalan, qo‘shni Qozog‘istonga solishtirganda istalgan viza kategoriyasi bo‘yicha O‘zbekistonliklarda nisbiy zaiflik bor. Qozog‘istonliklar AQShga turist vizani 10 yilga, talaba vizani esa 5 yilga oladilar. O‘zbekistonliklar esa ikkalasini uzog‘i bilan faqat 1 yilga oladilar.
Buning asosiy sababi sifatida AQSh hukumatining viza berish masalasida o‘sha mamlakatning AQSh fuqarolariga vizani qancha muddatga berishiga qaraydigan siyosati aytiladi (reciprocity). Ya‘ni shartli aqshlik yoki shartli yevropalikka O‘zbekistonga viza olish qanchalik maksimal darajada yengil bo‘lsa, o‘zbekistonliklarga ham o‘sha mamlakatlarga borish talablari yengillashishi mumkin. Davlatimizdan mana shu masalada ham faollikni umid qilgan bo‘lar edim.
Xulosa qiladigan bo‘lsam, davlat siyosati ingliz tilini ommalashtirishga qaratilishi kerak. Ingliz tili hozirgi zamonda deyarli hayot-mamot masalasi. Ingliz tilini bilmaydigan inson pichog‘i yo‘q qassob kabi. Nafaqat siyosiy nuqtai nazardan ba‘zi mamlakatlarga qarab qolmaslik uchun, balki o‘zimizning iqtisodiy rivojlanishimiz uchun maktabdagi ta‘lim sifatini, unda beriladigan ko‘nikmalarni va eng muhimi ingliz tiliga juda katta urg‘u berishimiz kerak.
Axir vaqt ketmoqda, qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar va avlodlar o‘tmoqda…
Post tugadi.
? @xushnudbek ?
NY Times
In Asia, the English imperative (Published 2002)
KUALA LUMPUR— After years of promoting a public education system based on use of the national language, Malay, the Malaysian government recently created a storm of controversy by seeking to promote the use of English, the former colonial language, in schools…
? YIL TANLOVIGA BUGUN RASMAN START BERILADI. Har yili o'quv yilining va taqvimiy yilning yakunida o'tkazish an'anaga aylangan Yilning eng yaxshi rektori ko'rik tanlovining 6-faslini ham o'tkazishga qaror qildik. OTMlarda talabalar sonini inobatga olgan holda…
*? YIL TANLOVIGA BUGUN RASMAN START BERILADI.*Har yili o'quv yilining va taqvimiy yilning yakunida o'tkazish an'anaga aylangan Yilning eng yaxshi rektori ko'rik tanlovining 6-faslini ham o'tkazishga qaror qildik.
OTMlarda talabalar sonini inobatga olgan holda 3ta nominatsiya bo'yicha g'oliblarimizni aniqlaymiz. Ular:
✅ YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI
✅ YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORI
✅ YILNING ENG YAXSHI FILIAL DIREKTORI
Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi. 1-bosqichda nomzodlar 2000ta ovoz to'plashlari kerak, shundan so'ng ular 2-bosqichga, ya'ni FINALga yo'l oladilar. 1-bosqich 24-dekabrdan 29-dekabrga qadar davom etadi. 2-bosqich, FINAL esa 30-31-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.
*? G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 20 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.*O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Presentation of first lesson.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 week, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago