Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Yaxshi nikoh—barpo qilinadi.
Bir-biriga e’tibor asal oyi tugashi bilan tugab qolmasligi kerak.
Butun umr davom etishi zarur boʻlgan narsalar bor, masalan: bir xil maqsadlar, umumiy qiziqishlar, hayot yoʻlini birga bosib oʻtish niyati, baxtiyor oila ramzi boʻlmish sevgi doirasini tashkil qilish, bir-biri uchun majburan emas, evazsiz va muxabbat ila yaxshilik qilish, soʻzlarni oʻylab gapirish, minnatdor boʻlish, ruhiy yaqinlik uchun vaqt ajratish, ilmiy suhbatlarga mavzular topish kabi ishlar toʻxtab qolmasligi kerak.
Gap faqat turmushga chiqib olish yoki uylanishda emas, asosiysi—tanlaganingiz sizning insoningiz boʻlsin.
Shayton hali sodir boʻlmagan narsalar uchun tashvishlanishimiz va havotirga tushishimizni juda xohlaydi.
Ishda boshliq nima deyishi, doʻstimiz qanday yoʻl tutishi, farzandimiz oʻqishga kira olishi yoki kira olmasligi haqida oʻylab hotirjamligimizni yoʻqotishimizni istaydi.
Shayton—kelajak—bu sizning nazorat nuqtangiz ekaniga sizni ishontirishga urinadi, goʻyo sizning hayol va havotiringizdan biror narsa oʻzgarib qoladigandek.
Oʻzingizga cheksiz savollar bera boshlaysiz, “ishdan ayrilsam-chi?” “Shuncha xarakatim zoe ketsa-chi?”—bu savollarning barchasi tuzoq.
Ular bizga yechim bermaydi, aksincha gumon, qoʻrquv va umidsizlik sari yetaklab boradi.
Shayton hamma narsani nazorat qiladigandek yashashimizni xohlaydi.
Ertangi kunimiz qanday oʻtishi, atrofdagilarning xarakatlari, qoʻlimizdagi narsalarning kelib-ketishini yolgʻiz oʻzimiz nazorat qilishimiz kerakligiga oʻrgatadi.
Aslida esa, biz na boshqalar va na oʻzimizning hayotimizga hokim emasmiz.
Barchasi Alloh taoloning irodasi bilan sodir boʻladi.
Robbim bizning yoʻlimizni belgilab boʻlgan.
U ertaga nima boʻlishini, nimalardan oʻtishimizni, nimalarni yoʻqotib, nimalarni qoʻlga kiritishimizni biladi.
U bizning tasavvurimizdan-da kengrogʻini koʻra oladi va Uning rahmati bizning qoʻrquvlarimizdan buyukroq.
Qudratingiz yetmaydigan narsalar ustida bosh qotirib, tashvishlanishni bas qiling.
Sizning mas’uliyatingiz—niyat va amalda ekanini qabul qiling.
Bir insonni dindor boʻlishiga majbur qilolmaysiz, lekin unga oʻrnak boʻla olasiz.
Boshqalarning qalblarini oʻzgartirolmaysiz, lekin ularga sevgi va sabrni koʻrsata olasiz.
Hayotingizdagi toʻfonlarni toʻxtata olmaysiz, lekin uning ichida oʻzingizni iymon bilan mustahkamlay olasiz.
Allohga ishoning, U eng yaxshi boshqaruvchi.
Tavakkulingiz yoʻqolib ketishiga yoʻl qoʻymang.
Menimcha, ertami kechmi har bir insonning hayotida, barchasini nazoratga olish davri boʻladi.
Oʻzingizga nisbatan hech qanday yordamni, gap-soʻzlarni qabul qilishni xohlamaysiz.
Mas’uliyat his qila boshlaysiz.
Yosh bola emasligingiz, allaqachon ulgʻayganingiz, oʻzini tutishni, toʻgʻri fikrlashni biladigan katta inson ekaningiz haqidagi tushuncha kela boshlaydi.
Bu hayollarning barchasi tinchlik bermaydi va natijada siz…
oʻylaysiz, oʻylaysiz, oʻylaysiz,
oʻylaysiz, oʻylaysiz, oʻylayverasiz.
Sizga xulqingiz, fikrlaringiz, hayot tarzingiz, qalbingiz va tanangizning holati, vaqt oʻtkazishingiz, ba’zi insonlar bilan foydasiz suhbatlaringiz yoqmay qoladi. Oʻzgarishga kirishasiz.
«ey Rahmdil Allohim, atrofimdagi barcha insonlarni Oʻz panohingda asra» degan duoingiz—oʻzingiz sezmagan holda, “Sendan uzoqlashtiradigan barcha narsadan meni uzoq qil" degan duoga aylanadi.
Oʻzingiz sezmagan holda ilm—lazzatliroq, uy esa—eng hotirjam maskanga aylanadi.
Oʻzingiz sezmagan holda, ba’zi insonlarni tark etasiz.
Katta hayot bu.
Oʻzingiz sezmagan holda, musiqaning oʻrnini—darsliklar, ma’vizalar, serial va kinolar oʻrnini esa—kitoblar bosadi.
Oʻzingiz sezmagan holda, barcha iliq tuygʻularingizni—duolaringizgagina chiqarishni boshlaysiz.
Oʻzingiz sezmagan holda, kiyimlaringiz kamtar va bejirim, nigohlaringiz esa faqat yaxshilikni koʻrishga odatlanadi.
Oʻzingiz sezmagan holda haqiqiy baxtni his qilishni va Allohga chinakam shukr keltirishni boshlaysiz..
Ulgʻayishning goʻzal taraflaridan biri ham shu menimcha.
Maysalar ovoz chiqarmay oʻsadi.
(va gap maysa haqida emasdi)
Avvaliga bu narsa menga umuman ta’sir qilmadi deb oʻylaysan.
Keyin esa..hayotingni begona koʻzlardan butkul qulflab, yaqiningga hech qanday yangi insonlarni yaqinlashtirmaysan.
Va hayotingda oilang va maqsadlaringdan boshqa hech narsa qolmaydi.
Oldindan gapirib qoʻyishdan ehtiyot boʻling.
Hayot kutilmagan sovgʻalarga boy. Bugun imkonsiz boʻlib koʻringani—ertaga qoʻllaringizda boʻlishi mumkin.
Oʻzgarishlar va yangi tajribalarga ochiq boʻling.
“Hech qachon!” soʻzining oʻrniga “ayni damda..” yoki “hozircha” soʻzlarini ishlatgan afzal chunki, bu—yangi imkoniyatlar va oʻsib, rivojlanish uchun joy qoldiradi.
#ayollarga Tashqi koʻrinish.
Oʻzingizni qulay va yengil his qiladigan kiyim kiying.
Mahramlaringiz oldida, uyda foydalanish uchun oʻzingizga sifatli parvarish va kosmetik vositalar hamda chiroyli kiyim sotib oling.
Yanada nafosatli koʻrinish uchun kiyimlaringizga ziynatlar qoʻshing.
Uy kiyimi boʻlsa ham, egningizdagi libosingiz doimo toza va xushboʻy boʻlishiga e’tiborli boʻling.
Libos emas, siz libosni ochasiz, buni unutmang.
Uyda chiroyli, orasta boʻlib yuring.
Sochlaringiz, tana va yuz teringizni parvarish qiling.
Qomatingiz va sogʻligʻingiz doimo balansda boʻlishi uchun—jismoniy mashqlar bajaring.
Erkak ayolni baxtli qilishi uchun nimalarga eʼtibor berishi kerak?
? Ayolingizdan zavq oling, undan huzurlanishingizni berkitmang, oʻzini keraksiz his qilishi mumkin boʻlgan sabablarni yoʻqoting.
? Tozalikka eʼtibor bering, turli xil xushboʻyliklardan foydalaning, chiroyli kiyim kiying, siz ayolingizni gʻoʻzal suratda koʻrishni istaganingiz kabi, u ham sizni shunday koʻrgisi keladi.
? Ayolingizga vaqt ajrating. Siz uchun arzimas tuyulsada, qilgan xizmatlari uchun uni maqtab turing.
Xatoliklariga sabr qiling, u bilan muloyim ohangda gaplashing.
? Ayolingizga nisbatan eng goʻzal erklash soʻzlarini ishlating.
Rosululloh sollalohu alayhi vasallam oʻz ayollarini ularga yoqadigan eng goʻzal ismlar bilan chaqirganlar.
Uni oʻziga yoqadigan soʻzlar bilan chorlang, uni xafa qiladigan yoki hissiy ozor beradigan soʻzlardan yiroq boʻling.
? Ayolingizga uning haqqini bering, minnatdor boʻling, shunda oʻz mehnatingiz samarasini koʻrasiz.
? Ayolingiz bilan hazillashing, oʻynashing.
U quvonchni ham, koʻngilxushlikni ham sizda topsin.
? Ayollarda vaqti vaqti bilan kayfiyatsizlik, hissiy charchoq boʻlib turadi, shunday paytlarda uni oʻz hayollari bilan yolgʻiz qoldirmang.
Uni tinchlantiring, hotirjam qiling, koʻnglini koʻtaring.
? Ayolingiz sha'nini himoya qiling, qarindosh urugʻlar yoki tanish bilishlardan birortasi uni kamsitishiga yoʻl qoʻymang.
Shuni biling-ki, ayolingizni kamsitgan inson–sizni ham yerga urayotgan bo'ladi.
? Ayolingiz bilan o'rtangizda har ne boʻlsa ham, tashqariga chiqarmang. Na volidangiz, na doʻstingiz hech kim sizning oʻzaro munosabatingiz guvohi boʻlishi shart emas.
Shu qoidalarga amal qiling, ayolingiz kundan kunga ochilib, yosharib, tili-yu soʻzi go'zallshib boradi inshaaAlloh.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her