Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Yo Shayx Hazrat siz ketdingiz, ortingizda nur iz qoldi,
Millionlarcha endi yetim iymonsiz qalb sizsiz qoldi !
Qoldi sizni tanimagan johilligim taxtda qoldi,
Bir nazar-u, sa'singizga muhtoj xalqim hariz qoldi !
Naqd 200 kitobingiz dunyosida tovlanadi,
Lek, ularga davomchi yo'q, merosingiz yolg'iz qoldi !
Nafs ziyofat qilar bu kun qamchingizdan qoldi ozod.
Lek, ilmingiz bir sodiqlar, shogirdlarda aziz qoldi !
Nigohingiz bir o'q edi, atomdan ham kuchliroq,
Jonin xalqqa tikkan Shayxim, ma'nolar ham shonsiz qoldi !
Siz edingiz do'stsizga do'st, ustozsizga ustoz Voliy,
Lek, qadringiz anglamagan biz g'ofillar orsiz qoldi !
Bir she'r bitay sizga debon, men qalamni ushladim,
Lek ilmsiz, men zolim ham, judolikda so'zsiz qoldi !
Alloh meni siz bosgan chang etsa qani, rozi edim,
Bir bor sizni ko'rmay o'tgan tanam endi jonsiz qoldi !
Ilmni yor deb asragan Hazrat xazinangizdan,
Totmagan ul minglab yoshlar endi sodiq yorsiz qoldi !
Hazratimni qaytib bering, roziman jon beray o'zim,
Umrim nazir etay desam, shu umrim ham nomsiz qoldi !
Shayxim ilm vatani siz! Qonim qurbon shu vatanga,
Lek, Islomdan ayrilgan ul, tomirim ham qonsiz qoldi !
Men daydiman, ilmingizga bir gado-yu, ostonada tilamchi !
Tashna ko'nglim sizdan mahrum, sahrolarda suvsiz qoldi !
Sizga boqmoq shifo edi, ming bir dardga davoim,
Endi sizni ko'rolmas ul ikki aro ko'zsiz qoldi !
Sizni ko'rib hayajondan to'xtab qolsa yuragim,
Yuragimni ushlab "— Tinchlan" deyar onim qo'lsiz qoldi !
Kitobingiz o'qib mendan oldin shodlanardi oy,
Savlatingiz ko'rolmayin osmonlar ham oysiz qoldi !
Yo'q siz tirik! Dunyo sahnasida uchqur olim,
Lek, qadringiz bilolmagan dunyosi ham tilsiz qoldi !
Imomlar-u, olimlarga siz edingiz poydevor,
Ellik yetti musulmoniy davlatlar ham safsiz qoldi !
Men dunyodan rashk qilaman, ham sizni ul oshiqlardan,
— "Yakka menga Ustoz bo'ling" degan dilda rozim qoldi !
✍️ Ozoda Temurova
Musulmon ayol kishiga munosib fazilatlar:
Tez orada yaxshi yangiligimiz bor !
Vodiyni ko'p solishtirasiz deyishadi....
Vohaliklardan kechirim so'ragan holda Toshkent shahar esa mendan umuman hafa bo'lmasa bo'ladi degan umidda vodiyimning Islom tafti ufurib turadigan go'zalligidan so'zlasam:
Vodiyda ko'p farzand sizlanadi. Bu ham sunnat ham Muhammad ismlilar ko'pligi sababidandir. Ham sizlangan farzand tarbiyasi senlab chaqirilgan farzand tarbiyasidan ancha farqli bo'ladi (shaxsiy fikrlarim)
Farzand ismi sizlanishdagi hikmatlar:
Ismi sizlangan bola o'ziga nisbatan yaqinlarini mehrini his qiladi, uzoqlik emas yaqinlik tuyadi.
Ismi sizlangan bola hurmatda ekanini bilib xuddi shu hurmatni qaytarishga harakat qiladi.
Ismi sizlanishi bu oqlanishini kerak bo'lgan ishonch. Bola ma'suliyat his qiladi.
Ismi sizlanishi farzandga u kichik bo'lsa ham u ahamiyatli mavjudot ekanini bildiradi. Sizlanish bu hayotda u himoya qilishi kerak bo'lgan lavozim deganidir.
Sizlanish bu madaniyat va halimlik namunasidir
Sizlanish bu o'zga bo'lgan kuchli ishonch deganidir. Atrofizdagilar sizga ishonib sizlamoqda. Demak uning ortida katta jamoa va kuch bor deganidir.
Sizlash bu onalar sunnatidir.
Sizlash bu muomola odobidir.
Sizlash ilmning saviyasi va nutqning bezagidir. Demakki unday oilada kitob va ilm saviyasi yuqori bo'lish ehtimoli ko'proq.
Sizlash og'izdan chiquvchi illatlarni oldini oladi. Insonni hovuridan tushiradi. Jahlni bosadi. Vaziyatni yumshatadi. Mehr-muruvat ulashadi. Janjalni oldini oladi.
Va aynan shu maqsadda sizlayotganimizni farzanglarimizga yetkiza bilishimiz kerak. Aks holda sizlash erkalanish va maqsaddan chalg'ishga olib kelishi mumkin.
O'zbekistonda juda chiroyli yomg'ir yog'moqda:
***Jannati suv — yomg'irlar yuvsa yerning dog'ini,
Tovbadagi ko'z yoshlar yuvar banda ohini,
Qani edi yomg'ir yo zam-zam bo'lsam, suv bo'lsam !
Yorning iymon yomg'iri asragan nur gul bo'lsam !
✍️ Ozoda Temurova***
Muhabbatdan so'zlama dil, ishq bir Oliy ne'mat erur,
Ani bandalardan asrash, Islomimda avrat erur
So'zloma yor, so'zloringni qizg'onaman,
Ko'zloma yor, ko'zloringga hamxonaman,
Bir tabassum qilsang base, shodmonaman,
O'zgasiga etma nazar, voh yonaman !
Ey sarbon, ohista yur, qalbda paymonim boradur,
Tandan dil-u jonim olib, qo'lda iymonim boradur....
Ikki dunyo orasida turibman yor,
Jonim ijob qabulinga mushtoqi zor !
"Amalga yor bo'lmas ersang yorima,
Ilmdan so'zlab jim kulma zolima !"
Ozoda Temurova
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago