zouᴉɹɥǝW

Description
telba-teskari olamimga xush kelibsiz)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 week, 5 days ago
1 week, 6 days ago

Sen yaratgan o’yin voqealari va o’yiningda o’ynovchi qahramonlar xuddi o’ylaganingdek, xayolan chizib berganingdek bo’lmasligi tabiiy. Jarayon shuning uchun ham jozibali, sirli, dog’uli va dolg’ali bo’ladi.

Buni yozuvchilar “o’yin”i misolida tushuntiraman:

*Yasnaya Polyanaga kelgan kishilardan biri Lev Tolstoyni Anna Kareninani o’zini poyezd tagiga tashlashga majbur etdingiz, deb berahmlikda ayblagan edi. Shunda Tolstoy kulimsirab bunday degan edi:

“Bu menga Pushkin bilan ro’y bergan tasodifni eslatdi. Bir kuni Pushkin o’rtoqlaridan biriga: “Tatyana menga qanday hazil qilganini qarang-a! U turmushga chiqdi. Buni undan hech kutmagandim” debdi.
Men ham Anna Karenina haqida ana shu gapni aytaolaman. Umuman, erkak va ayol qahramonlar gohida shunday qilg’iliklar qilishadiki, menga qolsa, o’shalarni hech xohlamasdim! Ular mening ko’nglimga yoqadigan ishlarni emas, balki chinakkam turmushda bo’lganidek, haqiqiy hayotda qilishlari kerak bo’lgan ishlarni qilishadi”.

Balzak barcha qahramonlarini tirik va yaqin odamlariday ko’rardi. U dam qahramonlarini yaramas va ahmoqlar, deb ovozi bo’g’ilguncha so’kar, dam ulardan kulib, xatti-harakatlarini ma’qullaganidan yelkalariga qoqar, dam ular musibatga yo’liqqanda, qo’lidan kelgancha tasalli berardi.*Buyuk ijodkorlar – buyuk o’yinchilardir.
Ular yaratgan o’yin, o’zlari o’yindan chiqib ketgandan keyin ham davom etadi. Ha, biz Navoiy yaratib ketgan o’yinda haliyam o’ynaymiz, VanGog o’ylab topgan o’yinda hanuz ishtirok etamiz.
O’yinni yaratib qo’yib, erkin qo’yib ber, yaratgan o’yiningdan lazzat ol, tamom. Ijodkorona yashash shu bo’lsa kerak.

@mehrnoz_abbos

1 week, 6 days ago

O’yin falsafasi

Hayot – katta o’yin. Ba’zida kuching qolmaydi, shartta bu o’yindan chiqib ketging keladi.
Lekin nogoh miyangga kelgan bir fikr seni asrab qolishi, yashatib yuborishi ham mumkin: o’yin, o’yin, o’yin!!

Sen ojizliging, qo’lingdan hech narsa kelmaydigan odamliging uchun o’zingni baxtsiz his qilmayapsan. Sen birovlarning o’yinida o’ynashga ko’nmayapsan shunchaki.

Jimitdek paytimda tushunmay yozib qo’ygan bir satrim esimga kelyapti:

“Yorug’lik bor joyda, quyosh bor joyda
sham bo’lib yonishga rozi emasman”.

Endi angladim, bu satr odam o’z-o’zining o’yinini yaratishi, boshqachasiga rozi bo’lmasligi haqida ekan.

Ya’ni…tushunyapsanmi? O’yin ichida o’yin yarat o’zingga! O’yining qancha katta bo’lsa, zavqing shuncha baland bo’ladi. Sen yaratgan o’yinni buzmoqchi bo’layotganlarga “sen bilan o’ynamayman”, deb aytishga kuch top. G’olib, mag’lubliging emas, o’yindan oladigan zavqing muhim. Maydonni va o’yinchilarni ba’zan o’zgartirishingga, o’yin senga zerikarli tuyila boshlasa, tugatishingga to’g’ri keladi. Hech qisi yo’q, yangi o’yin, yangi zavq top.

To’rt yashar o’g’lim har gal o’ziga o’yin o’ylab topadi, hammamizni boplab o’ynatadi ham. Eng katta baxtni ham, zavqni ham u tuyadi. Mazza qiladi. Dunyoni qo’llariga olib o’ynaydi. O’ylayman, biz ham 4 yashar paytimiz shunaqa bo’lganmiz balki, keyin unutganmiz. Iloji bormi-yo’qmi bilmayman, lekin o’g’lim shu o’yin falsafasini esidan chiqarmasligini juda xohlayman.

@mehrnoz_abbos

2 weeks, 5 days ago
3 weeks, 1 day ago
3 weeks, 1 day ago
3 weeks, 3 days ago
***📢*** **Yilning eng kutilgan kechasi - …

📢 Yilning eng kutilgan kechasi - "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakliga marhamat!

🎙️ She’riyat va adabiyotga oshufta qalblar uchun, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” teatrlashtirilgan kechasini taqdim etadi.

➡️ Dastur bosh qahramoni: yosh va iste'dodli shoir Najmiddin Ermatov

➡️ Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov

🔖 So‘z va adabiyot muxlislarini 12-dekabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

*👇 Ro’yxatdan o’tish uchun:***
https://forms.gle/JXuWztq9yywF8wbNA

👤 Yilning eng eksklyuziv tadbirini aslo o'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube

3 weeks, 5 days ago

Shoir Najmiddin Ermatovning “Izlam” loyihasi doirasida nashr etilgan “Turon sog’inchi” kitobi
haqida suhbat.

@mehrnoz_abbos

3 weeks, 5 days ago

Yiyna urib tikib qo‘ying Farg‘onani ko‘zlarimga…
Atlas to‘qib hislarimdan Marg‘ilonni o‘rab bering,
Tilginamga holva topdim dildorimning izlaridan,

Ey yoronlar, qo‘llarini
so‘rab bering qo‘llarimga…

Andijonda jonim mani o‘krab chiqdi namozshomda,
Namanganda qonim qaynab faryod chekdi har oqshomda.
Sherlar keldi Samarqanddan, bu yigitning so‘zi rost deb,

Ey yoronlar, qamchi tegdi,
O‘tay desam bu dovondan…

Uchqo‘rg‘onda uchta qo‘rg‘on, barisida bitta armon,
Oltiariq tomonlardan shamol bilan yeldi hijron,
Vodiy uzra ucholsaydim, yordam bersa oymomojon,

Ey yoronlar, sevgilimning
Mijgonlari oromijon…

Haziniyday hazindirman, G‘aribiyday g‘aribdirman,
Muqimiyning hujrasida telbaxayol sanqibdirman,
Bo‘sh qadahga dardlarimni to‘lgunicha sipqibdirman,

Ey yoronlar, billalashib
Alam bazmin qizdiraylik…

Yiyna urib tikib bering Farg‘onani ko‘zlarimga,
Hislarimdan atlas to‘qib Marg‘ilonni o‘rab bering..
Hech qursa, bir ro‘molini hadya eting, o‘tinaman,

Tushib ketgan yuragimni
Chirmab bering ko‘kragimga…

@abduvali_qutbiddin

1 month ago

#kitobli_yakshanba
#izlam

Muhammadxon Yusupovning “Deraza ortida” kitobi haqida suhbat

@mehrnoz_abbos

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago