? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Bit(il)magan she’r
Agarchi har kim ham baxtga munosib,
Sen ko‘proq loyiqsan unga, azizam...
Лоиқ Шералидан
☆ ☆ ☆
Кеча ўқиб мактуботинг
Уйқум ўчди то саҳар пайт.
Дилда маҳшар қўпди, гўё
Келди бошимга қиёмат.
Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Хатларингни ёқсам, э-воҳ,
Ўртанур дил, ўртанур жон.
Хатларингни ёқмадим, лек
Ёнди қалбим, тийнатим, ёр.
Бўлди менга айни дамдан
Ўтда куймоқ қисматим, ёр.
Сўнгги битган бир хатингда
Гўиё янграр васият
Интиҳо топмай дил ўти,
Интиҳо топмай муҳаббат.
Сўнгги битган бир хатингда
Эрди оҳангу наво ҳал.
Гўё келди бир қаро хат
Айрилиқ онидан аввал.
Дастлабки мактубингда
Кулди ёшлик ибтидоси.
Сўнгги битган мактубинг-да
Бўлди ёшлик интиҳоси.
Дастлабки мактубингда
Тўлди севги иштиёқи.
Сўнгги номангда ҳувайдо
Бўлди севги дарду доғи.
Дастлабки ул паёминг
Эрди севги саргузашти.
Сўнгги номанг бўлди бизга
Ишқ кетган ҳажр дашти.
Хатларингни, неки бўлса,
Сақладим кўксимда музмар.
Ҳам йироқ тутдим зиёндан
Бор-будимдай, мисли гавҳар.
Номаларда қолган аксинг,
Нолалардан ўрлаган хат.
Бебаҳо ул мактуботинг ―
Номаларким, ишқу ҳасрат!
Эндиликда кўксим ичра
Қолган ишқинг ёди, ҳайҳот:
Ул бири қўшқўллаб ургай,
Бошқаси айлар муножот.
Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Номалар гар ёнса, ёнгай
Бу ярим дил, бу ярим жон.
Мен ўзим куйдим, етар шу,
Энди хатлар ёнмасин ҳеч.
Хотиротим мулкини то
Нурга кўмсин эртаю кеч.
Алишер Сабрий таржимаси
Yaqinda bir kitob oʻqidim. “Raqamli dunyoda farzand tarbiyasi” degan. Unda aytilishicha, bola 3 yoshga toʻlgunga qadar “nol ekran rejimi”da boʻlishi kerak ekan. Tv va har xil gadjetlardan qanday “ayirish” mumkinligi haqida maslahatlar ham berilgan. Shu tavsiyalariga amal qilib, qizimni barcha turdagi ekranlardan ayirib oldik. Avval uyqusi kelsa yoki istalgan paytda Tv yoki telefon soʻrab injiqlik qilardi, ishtahasi yomon edi. Kechasi 2 gacha uxlamasdi.
Hozir ishtahasi zoʻr. Tv umuman koʻrmaydi. Telefon soʻramaydi. Ertak aytib bersak, jim eshitadi. Soat 9-10 da uxlab, deyarli bezovta boʻlmasdan 7-8, ba’zan 9 gacha uxlayapti. Xarakteridagi jizzakilik ham yoʻqolgan.
Ota-onalarga tavsiya qilaman!
✍ Muhiddin Nido
Maktab darsligida berilgan Hazrat Alisher Navoiy qalamlariga mansub ruboiylar, ularning o‘qilish ohangi, mazmuni, shuningdek, darslikda o‘tib qolgan xatoliklar xususida mulohaza yuritildi.
https://youtu.be/3WaCgirAI34?si=e0BQimp_Aixhbj0X
YouTube
“Konglungni Arit...” | Ruboiy № 1 | Mutolaa
Mazkur video “Mutolaa” loyihasi doirasida tayyorlandi. Undan tijoriy maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Koʻchirilganda manba koʻrsatilishi shart. ***📚*** Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini “Mutolaa” ilovasi orqali oʻqishingiz va tinglashingiz…
“Sher bilan durroj” hikoyati
So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil,
Rost navo nag‘mag‘a tahsin degil.
Bu videolar uchun bizning kamtarona mehnatdan tashqari, katta jamoaning zahmati singiyapti. Suratga olish jarayoni, montaj va original musiqa yozish kabi bir necha murakkab bosqichlardan o‘tib kelayotir. Barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin! Elga manfaatli bo‘lishini tilab...
(Qiziquvchilarga yetkazishga hissa qo‘shasizlar deb ishonaman)
https://youtu.be/8-dpJqWnVBI?si=ytfocmq1RHKOxnnq
YouTube
Sher bilan durroj hikoyati | Doston №1 | Mutolaa
Muallif: Alisher Navoiy Ijroda: Alisher Sabriy Mazkur hikoya tahlili “Mutolaa” loyihasi doirasida tayyorlandi. Undan tijoriy maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Koʻchirilganda manba koʻrsatilishi shart. ***📚*** Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini…
U avvaliga sokin gapirishga urindi. Ta’limning bugungi kundagi eng dolzarb va bo‘rtib ko‘zga tashlanayotgan kamchiliklari haqida tamkinlik bilan fikr bildirmoqchi edi. Lekin... ko‘ngli tubida toshday botib turgan necha yillik mudroq alam ajdahosi uyg‘ona boshlar, bunga sari uning gapirish ohangi va tezligi o‘zgarib borar edi. Uning bu borada aytadiganlari shu qadar ko‘p ediki, muammoni imkoni boricha batafsilroq yoritay deb avtomatday gapirishga majbur bo‘ldi. Tag‘in... orada bir boshlovchining gapini bo‘lib, qistirma fikr ham qilib oldi shovvoz. Xayriyat, ko‘rsatuv ishtirokchisi bir o‘zi emasligi esiga tushdi, tiyildi. Hali aytmagani ochiq-oydin masalalar qancha. Shunday bo‘lsa ham, ancha yengil tortdi. To‘kilib ham turish kerak...
Har kimki chuchuk soʻz elga izhor aylar,
Har nechaki agʻyordurur, yor aylar.
Soʻz qattigʻi el koʻngliga ozor aylar,
Yumshogʻi koʻngullarni giriftor aylar.
Maktab darsligida birinchi misradagi “chuchuk” soʻzi “suchuk” koʻrinishida qoʻllangan. Ammo “Nazm ul-javohir”da “chuchuk” deb berilgan. Uchinchi misradagi “koʻngliga” soʻzi “koʻnglini” tarzida kiritilgan va ifodada gʻalizlik yuzaga kelgan. Ruboiyning oxirgi misrasidagi “koʻngullarni” soʻzi esa bugungi kundagi shaklda, yaʼni “koʻngillarni” deb berilgan. Eski oʻzbek adabiy tiliga xos singarmonizm hodisasi buzilgan. Biz esa ruboiyni asl variantida taqdim qilmoqdamiz.
Ruboiydagi ayrim soʻzlarga izoh beramiz. Bunda: chuchuk — shirin; agʻyor — dushman; yor — doʻst; giriftor — band, asir. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, ruboiyda: “Kim agar elga, kishilarga shirin soʻz aytsa, suhbatdoshi har qancha dushman boʻlsa ham, doʻstga aylanadi. Qattiq soʻz yoki gap kishilar koʻngliga ozor beradi. Soʻz (gap)ning yumshogʻi esa koʻngillarni zabt etadi, oʻziga asir qiladi”, deyilmoqda.
#Hazratim
#583_yillik
#Mujtass
☆ ☆ ☆
Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,
Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz?
Keting, ko‘ngul bila jonkim, vidoingiz qildim,
Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz.
Firoq vaqtidur, ey ko‘zlar, emdi qon yig‘lang,
Bilurmusizki, bukun ne kishidin ayrilasiz?
Ko‘zum haqini bihil qildim, ey javohiri ashk
Ki, bore ham aning-o‘q maqdamig‘a sochilasiz.
Firoq nishlari, vahki, yona rahm etmay,
Nafas-nafas nega majruh ichimga sonchilasiz?
Ko‘ngul fasonalari, sizni, vah, netib yashuray,
Bu nav’kim, yuz uza qon yosh ila yozilasiz.
Navoiy hajrg‘a qoldi, qiling visolda shukr
Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz.
✍? Alisher Navoiy
? Alisher Sabriy@aruz_arzi
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid