Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Ilmiy matn 22.12.24 milliysertifikat
Meteor oqimlardan ko‘proq mashhurlari Perseidlar (har yili avgust oyida Persey yulduzlar turkumi atrofida paydo bo‘ladi), Leonidlar (noyabr oyi o‘rtalari, Arslon yulduzlar turkumi) va Kvadrantidlar (dekabr oxiri – yanvarning boshi, Volopas yulduzlar turkumi).
Kanalimizga aʼzo boʻlishni unutmang ❗👩🏫
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Meteorit nima?
«Meteorit» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib «havoga ko‘tarilgan» tarjimasini beradi. Roskosmosning koinot atamalari lug‘atiga ko‘ra, meteorit – bu koinotdan yerga qulagan jismning – meteoroidning atmosferada oxirigacha yonib ketmagan qoldig‘idir. Yer atmosferasiga kirgach, meteoroid harorati bir necha ming darajagacha ko‘tariladi, bu holat o‘z navbatida, fazo jismining maydalanib parchalanishiga olib kelishi mumkin. Sayyoramizning atmosferasi meteoroidning tezligini keskin pasaytiradi, ammo shunga qaramasdan meteorit (meteoroidning parchasi meteorit) yer qobig‘ida yirik krater va jarliklar hosil qilishga muvaffaq bo‘ladi. Butun yer shari bo‘ylab har xil vaqtda diametri 200 metrdan 100 km.gacha bo‘lgan kraterlar aniqlangan.
Olimlar ayrim meteoritlarni «vatanini» aniqlash imkoniga ega. Masalan, Yerda kelib chiqishi Marsga va Oyga daxldor bo‘lgan meteoritlar aniqlangan. Katta ehtimolga ko‘ra ayrim meteoritlar nafaqat Quyosh tizimi, balki boshqa koinot tizimidagi sayyoralarning bo‘lagi parchasi bo‘lishi mumkin, ammo bu ilmiy nazariya o‘z ilmiy isbotini topmagan. Shuningdek, meteoritlarni nafaqat Yer yuzasida, balki atmosferasi mavjud boshqa sayyoralarda ham aniqlash mumkin.
Astronomlar meteoritlarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir necha turga ajratishadi. Birinchi tur – temirli. Ular 85% temirdan va 12% nikeldan tashkil topgan. Bu turdagi meteoritlarning hissasi Yer yuzida topilgan meteoritlar ichida 5,7% ni tashkil etadi, ularning yuzasi regmagliptlar – o‘ziga xos chuqurchalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Ikkinchi tur – temir-toshli, temir va toshli meteoritlarning o‘timlisi hisoblanadi. Ularning tarkibida nikel temiri va silikat deyarli teng miqdorda mavjud. Umumiy meteoritlar topilmalari massasi ichida ularning hissasi 1,5% ni tashkil etadi.
Uchinchi tur meteoritlar – toshli, ular sayyoramizda topilgan meteoritlar ichida mutlaqo ko‘p sonni tashkil qiladi, 92,8%. Bu meteoritlar kremniy, magniy, kalsiy, temir, alyumin va boshqa kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. 90% dan ortiq toshli meteoritlarning tarkibida xondr – deb ataluvchi millimetrli yumaloq silikatli donachalar mavjud. Tarkibida xondr mavjud bo‘lgan meteoritlarni xondrit – deb atashadi, tarkibida xondr aniqlanmaganlarini esa, axondrit – deb atashadi.
Meteor nima?
«Meteor» so‘zi ham, «meteorit» so‘zi ham yunoncha bir xil ma’noga ega –«havoda muallaq turuvchi» yoki «havoga ko‘tarilgan». Ayrimlar bu so‘zlarni sinonim deb hisoblashadi, lekin bu noto‘g‘ri. Meteor yerga qulagan fazoviy jism ma’nosini emas, balki mayda meteoroidlarning atmosferada alangalanishi, ya’ni hodisaning o‘zini anglatadi. Shu bilan birga meteoroid bilan kelgusida nima sodir bo‘lgani ahamiyatga ega emas: u meteroitga aylanib yerga quladimi, yer atmosferasini tark etib ortiga qaytib uchib ketdimi yoki yer atmosferasida butunlay yonib ketdimi – har qanday holatda ham u qoldirgan iz meteor deb nomlanadi. Tarixiy fanda atmosferada sodir bo‘layotgan har qanday samoviy hodisalar meteorlar deb atalgan. Hozirgi kunda bu hodisalarni meteorologiya fani o‘rganadi, shu bilan birga hozirgi zamon tushunchasida meteorlarni meteoretika o‘rganadi.
Meteorlar meteor oqimlar deb nomlanuvchi guruhlarga guruhlanishlari mumkin – muntazam bir vaqtda osmonning doimiy bir xil qismida paydo bo‘luvchi meteorlarning doimiy massasidir. Ular Quyosh tizimining ichki qismidan o‘tar chog‘ida, erish jarayonida yemirilgan kometalardan hosil bo‘lishadi.
Kanalimizga aʼzo boʻlishni unutmang ❗👩🏫
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
🎲 “*📚6-7-sinf yangi darslik adabiyot. #tarjimalardan Shahodat Aslonova @YANGI_TESTLAR_BAZASI” testi
🖊 41 ta savol · ⏱ 30 soniya*
TESTLARDA ENG KO'P UCHRAYDIGAN PARONIMLAR RO'YXATI:
1️⃣ABZAL-egar-jabduq(ot)
AFZAL-yaxshi(sifat)
2️⃣*✔️ABRO'-qosh(ot)
✔️OBRO'-mavqe(ot)
3️⃣*✔️ADIL-tik(sifat)
✔️ADL-adolat(ot)
4️⃣✔️AHIL-inoq(sifat)
✔️AHL-aholi(ot)
5️⃣✔️ALPOZ-holat,vaziyat(ot)
✔️ALFOZ-so'zlar(ot)
6️⃣✔️AMIR-xon(ot)
✔️AMR-farmon(ot)
7️⃣✔️ASIL-sof,toza(sifat)
✔️ASL-nasli,haqiqiysi(ot)
8️⃣✔️AYON-aniq(sifat)
✔️A'YON-amaldor(ot)
9️⃣✔️ASIR-tutqun(ot)
✔️ASR-yuz yil
1️⃣0️⃣✔️AZIM-buyuk,katta(sifat)
✔️AZM-qaror(ot)
1️⃣1️⃣✔️BOB-asar qismi(ot)
✔️BOP-mos(sifat)
1️⃣2️⃣✔️BURJ-yulduzlar turkumi(ot)
✔️BURCH-vazifa(ot)
1️⃣3️⃣✔️DAVO-shifo(ot)
✔️DA'VO-talab(ot)
1️⃣4️⃣✔️DEVON-she'rlar to'plami(ot)
✔️DOVON-tepalik(ot)
1️⃣5️⃣✔️GANJ-boylik(ot)
✔️GANCH-qurilish materiali(ot)
1️⃣6️⃣✔️HAM-yuklama
✔️XAM-egik(sifat)
1️⃣7️⃣✔️HIYLA-makr(ot)
✔️XIYLA-ancha(ravish)
1️⃣8️⃣✔️HOL-ahvol(ot)
✔️XOL-yuzdagi(ot)
1️⃣9️⃣✔️LAHM-suyaksiz go'sht(ot)
✔️LAHIM-yerosti yo'li(ot)
2️⃣0️⃣✔️NUFUS-aholi(ot)
✔️NUFUZ-obro'-e'tibor(ot)
2️⃣1️⃣✔️QISM-bo'lak(ot)
✔️QISIM-siqim(ot)
2️⃣2️⃣✔️SANAT-hisoblatmoq(fe'l)
✔️SAN'AT-ijod turi(ot)
2️⃣3️⃣✔️SURAT-rasm(ot)
✔️SUR'AT-tezlik(ot)
2️⃣4️⃣✔️TAMBUR-temir yo'l vagonining bir-biriga ulanadigan joyidagi yopiq dahlizcha(ot)
✔️TANBUR-torli musiqa asbobi(ot)
2️⃣5️⃣✔️TUNAMOQ-yotib qolmoq(fe'l)
✔️TO'NAMOQ-talamoq(fe'l)
2️⃣6️⃣✔️YAROQ-ishlatish imkoniyati(ot)
✔️YAROG'-qurol(ot)
2️⃣7️⃣✔️YOD-xotira(ot)
✔️YOT-begona(sifat)
2️⃣8️⃣✔️YONILG'I-gaz,kerosin,benzin kabi yonuvchi suyuqliklar(ot)
✔️YOQILG'I-issiqlik energiyasi uchun yoqiladigan o'tin,ko'mir(ot)
2️⃣9️⃣✔️O'TKAZMOQ-bir joydan ikkinchi joyga o'tmoq,yashamoq
✔️O'TQAZMOQ-o'rinlatmoq,ko'chatni o'tqazmoq
3️⃣0️⃣✔️SHE'R-ijod mahsuli(ot)
✔️SHER-yirtqich**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago