Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 week, 5 days ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 week, 2 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 7 months, 2 weeks ago
Deyl Karnegi - "Qanday qilib do'st orttirish" kitobidan xulosalar
1. Ularga qiziqish bildiring
Odamlar siz yoki men bilan qiziqmaydi. Ularni o'zlari qiziqtiradi. Ularning qiziqishlari, hikoyasini so'rang.
2. Tabassum qiling
Tabassum "Seni yoqitiraman" yoki "Seni ko'rib turganimdan xursandman" degani. Har doim odamlarga kulib qarasangiz, ular ham sizga tabassum bilan javob qaytaradi. Ishonavering, tabassum ko'p narsalarda muhim va ishingizni oson qiladi.
3. Inson ismi o'sha odamga eng yoqimli eshitiladigan narsa
Ism odamlarni bir biridan o'ziga xosligini ajratib turadi. Biror kim bilan tanishganingizda ismini eslab qolishga harakat qiling. Keyingi gal ko'rishganingizda, "Uzr, ismingiz nima edi" deyishdan ko'ra, to'g'ridan to'g'ri ismini aytib murojaat qilgan ustunroq. Va u sizni e'tiborli inson deb xulosa chiqaradi, hurmat qila boshlaydi.
4. Yaxshi tinglovchi bo'lingHar qanday odamga o'z hayoti eng muhimidir. Ularga o'zlari haqida gapirishga imkon bering, bu ularga ahamiyatli ekanlik hissini beradi. Qanchalik ajoyib hayoti, hikoyasi borligini aytib kayfiyatini ko'taring, muammosi bo'lsa qo'lingizdan kelgancha maslahat, yordam bering.
5. Ularning qiziqishiga aloqador narsani gapiring
Odamlarga sizning qiziqishlaringizdan ko'ra, o'zlarining yoqtiradigan narsalari muhimroq. Asosiy maqsad va xohishlari haqida bilib oling, shunga qarab nimani gapirish gapirmasligingizni bilasiz. Sportga qiziqmaydigan odam bilan fudbol haqida gaplashishni tasavvur qilib ko'ring. Siz uchun qiziqarli bo'lmagan narsangizga vaqt ketkazishga siz ham majbur emassiz.
6. Sherigingizni siz uchun ahamiyatli ekanligini ko'rsating
Albatta buni soxtaliklarsiz, samimiyat bilan qilishingiz kerak. Bu yuqoridagilar uchun xulosa sifatida desak ham bo'ladi.
@things_simple
**Dunyodagi mashxur 2 ta qonun:
Tongim bekor ketsa, kun bo’yi ishlarga ulgura olmayman.
Tong yutilsa, kunni yutish osonlashadi.
Umr bilan ham shunday.
Yoshlikda ulgurib qolmaganlar, keyin ham qila olmaydilar.
Buni o’qib kimdur bekorchilikni tashlar.
Kimdur esa afsus qilishi mumkin.
Afsus qiladiganlar uchun eslatma:
O’zR qonunchiligida 31 ga kirmaganlar yosh hisoblanadilar…
Bola tarbiyasidagi 4 xil ota-ona
1. So'zsiz bo'ysindiruvchi ota-ona
Ular nazorat qiluvchilar, farzandining fikrini eshitmasdan ham itoat talab qiladi. Bu turdagi ota-onalar farzandini yaxshi ko'radi va jamiyatda o'z o'rnini topishi, yaxshi xulq atvorli bo'lishi uchun qat'iy qoidalar o'rnatadi. Bola ota-onasiga gap qaytarsa jazolanadi, topshiriq bajarilmagan bo'lsa o'yinchoq o'ynash ta'qiqlanadi. Bola ota onasini ranjitmaslik uchun itoatkor bo'ladi. Katta bo'lganida esa o'zi uchun o'zi qaror qabul qilishga yo'l qo'yilmay ulg'aytirilgani uchun, o'zi nimani xohlashini ham bilaydi, ya'ni shaxsiy qarashlariga ega bo'lmasligi ehtimoli yuqori.
2. Ruxsat beruvchi ota-ona
Ular mehribon, lekin jarayonni nazorat qilishga hech qancha harakat qilmaydi. Farzandini juda yaxshi ko'rganidan to'liq erkinlik berib qo'yadi va farzandiga hech qachon "Yo'q" demaydi. Farand muzqaymoq xohlasa muzqaymoqli bo'ladi, telefon o'ynayman desa xohlaganicha telefonga tikilishi mumkin. Cheklovlarsiz katta bo'lgani uchun farzand hissiyotlarini boshqara olmaydigan va haddini bilmaydigan inson bo'lib ulg'ayishi mumkin.
3. Avtoritar ota-ona
Ular farzandi mustaqil bo'lishini qo'llab quvvatlaydi, chegara qo'ygan holda. Bu turdagi ota-ona farzandining xohishlarini hurmat qiladi va qisman cheklovlar ham qo'yadi. Farzand o'yinchoq xohlasa o'ynashi mumkin lekin yig'ishtirib qo'yishi kerak, televizor ko'rishi mumkin, belgilangan vaqt davomidagina. Farzand katta bo'lganda o'z qiziqishlari bo'ladi va qiyinchiliklarni ham normal qabul qiladi, qoidalarga esa sababi tushuntirilgandan keyin rioya qiladi.
4. Beparvo ota-ona
Ular o'z farzandi bilan ishi bo'maydi va qiziqmaydi. E'tiborsiz ota-onalar farzandining hayotida deyarli mavjud bo'lmaydi. Farzand nimani xohlasa shuni qiladi lekin ota-ona tomonidan e'tibor olmaydi. Ota-ona bilan doimiy muloqotda bo'lmagan farzand katta bo'lganida munosabatlar o'rnatishga qiynishi, o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotishi mumkin.
@things_simple
Introvert & extrovert odamlar ?
? Inrovert inson o'zi bilan o'zi, ya'ni yolg'iz qolishdan energiya oladigan inson. Bunday insonlar chetdan qaraganda uyalchan, tortinchoqdek ko'rinadi, alida esa unday emas. Ya'ni o'zini "comfort"(qulay) his qiladigan insonlari orasida bemalol muloqot qila oladi. Ular jamoviy, interaktiv mashg'ulotlarda qatnashishdan ko'ra kitob o'qish, yozish, meditatsiya qilish, kino ko'rish kabilarni yoqtiradi. Va ular ko'pchilik orasida o'zini confort his qilmaydi, tez charchab qoladi. Fikrini og'zaki ifoda etishdan ko'ra, yozishni ma'qul ko'radi.
? Extrovert inson boshqalar bilan ko'p muloqot qilib energiya oladi. Muloqotda bo'ladigan do'stlar doirasi kengroq bo'ladi. Ular fikrini og'zaki ifoda etishga moyil va tashqi dunyo bilan tez chiqishib ketadi, ko'pchilik orasida comfort his qiladi. Atrofidagilar bilan tez do'stlashib ketadi. Introvertlarga o'xshamagan tarzda, ko'pchilik orasida bo'lib muloqotda bo'lmasa, ko'p yolg'iz qolsa o'zini charchagan his etishi mumkin. Ekstrovertlikning ham darajalari bor (kuchli ektrovert, nisbatan past darajadagi).
Xo'sh, siz qaysi biriga kirarkansiz??*
@things_simple ✨***
Idea o'xshabdimi?
Dunyoda ko‘rishni istagan o‘zgarishingizni o'zingiz amalga oshiring
Insonlar mehribon va shirinso'z bo'lishini xohlaysizmi? Oldin o'zingiz yanada mehribonroq bo'ling.
Nima olmoqchi bo'lsangiz shuni bering.
Sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, boshqalarga ham shunday muomala qiling. Odamlar bilan muloqot qilganda mehribon, tushunadigan, hamdard bo‘lish yoki befarq, qo‘pol, mensimasdan yondashishni o'zimiz tanlaymiz. O‘zimiz boshqalarga qanday muomala qilayotganimiz ko‘pincha ularning bizga qanday javob berishini aks ettiradi.
Tasavvur qiling, do‘konda navbatda turibsiz, yangi kassir sekin ishlayabdi. Bu vaziyatda asabiylashish oson, ammo o‘zingiz ularning o‘rnida bo'lganingizda siz ham hayajonlangan va qo‘lidan kelganicha harakat qilayotgan bo'lardingiz. Birgina tabassum va samimiy so‘zlar ko'p narsani hal qiladi. Aksincha, sabrsizlik ko‘rsatish nafaqat ular uchun, balki siz uchun ham kun davomidagi salbiy kayfiyatni yaratishi mumkin.
P/s. Keyingi safar salbiy javob berish istagi paydo bo‘lganda, to‘xtab, "Menga qanday muomala qilishlarini xohlardim?" deb o‘zingizdan so‘rang. Bu kichik burilish, ko'p narsani ijobiy tomonga o'zgartira oladi.
@things_simple
O'qishga qiziqqanlar uchun Tomas Erikson yozgan "Surrounded by idiots" kitobining elektronniy varianti.
Kitob "Ahmoqlar bilan o'ralgan" deb tarjima qilinadi. Bu bilan u "Odamlar xarakterini yaxshi tushunib olmaguningizcha atrofingizdagi hamma ahmoqdek ko'rinishda davom etaveradi" demoqchi bo'lgan.
To'g'ri har bir individual shaxs takrorlanmas xarakterga ega. Ularni bunday kategoriyalarga osongina ajratib qo'yib bo'lmaydi. Buni yozuvchining o'zi ham tan olgan. Lekin odamlar bir-biri bilan muloqot qilganda osonroq tushunishi uchun har xil xulq-atvor egalarini shu yo'l orqali tushuntirishga harakat qilgan.
@things_simple
"Surrounded by idiots" kitobida inson xarakterini 4 xil rang orqali ta'riflaydi.
❤️ Qizil rangdagilar tug'ma liderlar va o'zlari boshqaruvda bo'lishni yoqtirishadi. Ular tez qaror qabul qilishadi, ularni natija va g'alaba qozonish qiziqtiradi. Juda raqobatdoshligidan 6 yoshli bolakayni ham o'yinda yutishni xohlaydi. Boshqaruvchi bo'lishga va boshqalarga nima qilishni buyurishga moyil xarakter egalalari.
? Sariq rangdagilar ilhomlantiruvchi. Ular gapirishni sevadilar. Shuning uchun ham ularni ko'rishdan oldin ovozini eshitasiz. Doim xursand, do'stona va boshqalar kayfiyatini ko'tarib yuradi. Har doim yangicha qiziqarli idealar o'ylab topadi, lekin boshlagan narsasini yakunlab qo'ymaydi, o'ylab topishga ustasi farang, bajarishga emas.
? Yashil rangdagilar sokin va suyansa bo'ladigan. Ular ranglar ichidagi eng tinch, o'zini bosib olgan xarakter egasi. Ularga o'zgarishlar, baxslar yoki kutilmagan syurprizlar yoqmaydi. Tartib va jadval asosida ishlashni yoqtirganidan, kutilmagan o'zgarishlarni eplay olmay qolishi mumkin.
? Ko'k rangdagilar tahlil qiluvchi. Ular boshqalar sezmagan detallarni ham payqashi mumkin va hamma narsa kamchiliksiz bajarilishini xohlaydi, ta'minlaydi. Xato qilishni yomon ko'radi va hamma ishlarini ikki martalab tekshirib ko'zdan kechiradi. Unga 50 betli qo'llanma bersangiz, bir so'zini ham qoldirmay o'rganib chiqadi va aniq tushunganini bilishi uchun qo'shimcha ham so'raydi.
P/s. Men bunga mos kelmayman desangiz, 5% atrofidagi odamlar bitta rangga mos, 80% atrofidagilar 2 xil rang xarakter egalari, qolganlar esa boshqa ranglar aralashuvidagi xarakterga ega bo'lishi mumkin.
@things_simple
**Dunyodagi mashxur 2 ta qonun:
Hayotingizda bo'lishi kutilayotgan narsalarga har doim optimist bo'ling. Faqat yaxshi bo'lishini o'ylasangiz, chindan ham yaxshi bo'ladi. Nimadir noto'g'ri bo'lishidan qo'rqib xavotirlansangiz, bu ham xuddi o'ylaganingizdek bo'ladi.
Agar siz muammoni aniq qilib qog'ozga yozsangiz, uning yarmini hal qilgan bo'lasiz.
Ya'ni, bu orqali siz hatto muammodek ko'rinmagan narsalarni ham muammoligini anglab yetasiz. Yozish jarayonida miya o'z o'zidan muammoni tahlil qiladi va yechimini topshingiz osonlashadi. Muammoni qog'ozga yozmaslik, miyani bu haqida o'ylashga undamaslikdek gap.**@things_simple
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 week, 5 days ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 week, 2 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 7 months, 2 weeks ago