?BAXT QIROLICHASI?

Description
Rafiqa | Ona | Kelin | Spiker | Motivator

Kelinlar rivoji... Yoringizni rom etish sirlari!
Kanal asoschisi: Maftuna Raximjonova
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 year, 6 months ago
***Davomi...***

Davomi...

??‍? O'g'il bolalarni tarbiyalash bo'yicha ba'zi maslahatlar:
▪️ Jismoniy faollikni rag'batlantirish. O'g'il bolalar juda baquvvat va jismoniy faoliyatga muhtoj. O'g'lingizni sport yoki boshqa jismoniy faoliyat bilan shug'ullanishga jalb qiling.

▪️ Hurmatga o‘rgatish. O'g'il bolalar o'zlarini va boshqalarni hurmat qilishni o'rganishlari kerak. O'g'lingizga boshqalarga qanday munosabatda bo'lishni o'rgating.

▪️ O'z-o'zini hurmat qilishni oʻrgatish. Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun o'g'il bolalar o'zlarini yaxshi his qilishlari kerak. O'g'lingizni erishgan yutuqlari uchun maqtang va unga o'zining ijobiy imidjini yaratishga yordam bering.

▪️ Balog'at yoshi haqida ochiq gapiring. O'g'il bolalar balog'at yoshida juda ko'p o'zgarishlarga duch kelishadi. O'g'lingiz bilan nima kutayotgani haqida ochiq gapiring va u bilan bog'liq barcha savollarga javob bering.

❤️BAXT QIROLICHASI❤️

1 year, 6 months ago

? Erkakka huddi Generaldek muomala qiling

? Uni hadeb tergov qilib, muntazam nazoratda ushlashga urinmang

❤️BAXT QIROLICHASI❤️

1 year, 6 months ago

https://t.me/+hmz5OXwvPtwxMjky

Qizla bu chat gruppani ssilkasi kirvolila...
Taklif va savollani yozishila mumkin. Yopu gruppa chettan odam kiromidi bemalol ozilaga oxshagan ayolla bilan fikr almashishila uchun ochilgan.❤️

1 year, 7 months ago

Turmushga tayyorlov kursi ochsammikin? O'qirmidingiz?

1 year, 7 months ago

Bir kuni Albert Eynshteyndan qanday qilib farzandlarimizni aqlli qilishimiz mumkin, deb so‘radilar. Uning javobi oddiy edi: Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar ular yanada aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga yanada ko‘proq ertak o‘qib bering.

Ertakterapiya - art-terapiya usullaridan biri bo‘lib psixologiya bo‘limida -muammolarni tuzatish va shaxsiyatning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan ular orqali shaxsga psixologik ta’sir qilish usulidir. Ertak terapiyaning asosida ertak va haqiqatdagi harakatlar o‘rtasidagi munosabatlar jarayoni yotadi. Ushbu usulni qo‘llash doirasida yosh chegarasi yo‘q. Bolalar hamda kattalar bilan ishlashda foydalanish mumkin.
Ertak terapiyaning maqsadi bo‘lgan qo‘rquvni bartaraf etish, bolaning xarakterini, xulq-atvorini va ichki holatini tuzatishda tegishli psixologik vositalarning aksariyatiga qaraganda nisbatan yumshoqroqdir.

Kelib chiqish tarixi.
Garchi an’anaviy folklorlarning ko‘pgina ertaklari ham tuzatuvchi ta’sirga ega bo‘lsada rasman ertak terapiya juda yosh fandir.
Ertaklarni tahlil qilish va ularning shaxsiyatning shakllanishiga ta’siri bilan Karl Gustav Yung, Zigmund Freyd, Erik Bern va boshqalar shug‘ullanishgan.
Yungning konsepsiyasi va tajribalari shuni isbotladiki, odam odatda oqilona fikrlashga asoslangan ongli ravishda qabul qilingan qarorlar bilan emas, balki afsona va ertaklarga anglamay intilishga olib keladigan mifologik xarakterga ega bo‘lgan va formal mantiq qonunlariga zid bo‘lgan ustanovkalar bilan amalga oshiradi.
Ertak terapiyani psixologik ta’sir qilish usuli sifatida nafaqat psixologlar, balki, defektologlar, shifokorlar tomonidan ham faol qo‘llaniladi. Ertak terapiyani bolalar bog‘chalarida, maktablarda va reabilitasiya markazlarida ham qo‘llaniladi. U asosida terapevtik shaxsiylashtirilgan ertaklar to‘plamlari yaratiladi. Ertakterapiya anoreksiya(ishtaha yo‘qligi) bilan kurashishda ham foydalanish mumkin.

Ertakterapiyaning turlari.

Badiiy ertaklar.
Odatiy folklorga eng yaqin bo‘lgan badiiy ertaklar universal va kamdan-kam hollarda ma’lum bir bolaga moslashadi. Ular asosan parvarishlash terapiyasi sifatida ishlatiladi va jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun ishlatilmaydi. Badiiy ertaklarning asosiy printsipi “zarar yetkazma“, shuning uchun ularni ertak terapiyasi prinsiplari haqidagi chuqur bilimga ega bo‘lmasdan turib ham foydalanish mumkin.

Psixoterapevtik ertaklar.
Ko‘pchilik psixologlar tomonidan 3 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ishlashda bolaning muammolarini dastlabki o‘rganishdan keyin qo‘llaniladi. Bu qo‘rquv va fobiyalarni tuzatishning asosiy vositasi bo‘lgan psixoterapevtik ertaklardir. Psixolog tomonidan muayyan bolaga moslashmasdan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan universal psixoterapevtik hikoyalar ham mavjud. Bu holda, ertakning samaradorligini oshiruvchi omil shaxsiylashtirish, ya’ni ertakning asosiy xarakteri bolaning o‘zi bo‘ladi. Odatda terapevtik ertaklarning tayyor to‘plamlari eng tez-tez uchraydigan muammolarda (qorong‘ulikdan qo‘rqish, qizg‘anchiqlik va boshqalar)  ham ishlatiladi.

Meditativ ertaklar.
Bu ertaklar ziddiyatlar va yomon qahramonlar yo‘qligi bilan ajralib turadi. Ular psixologik yukdan keyin dam olish uchun mo‘ljallangan. Ular ertak terapiyasining eng qiyin turi, chunki ular muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan emas. Meditasiya ertaklari ko‘pincha bola bilan muloqot shaklida olib boriladi, bu esa psixologga bolaning aniq yoki yashirin ehtiyojlariga asoslangan uchastkasini o‘zgartirishga yordam beradi.

Didaktiv ertaklar.
Didaktik ertaklar ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun ishlatiladi. Ushbu ertaklarning maqsadi bolani interaktiv shaklda yangi narsalarni o‘rgatishdir. Ko‘pincha boshlang‘ich maktabda o‘quv dasturining bir qismi sifatida ishlatiladi.

❤️BAXT QIROLICHASI❤️

1 year, 7 months ago

Qizlar bilasizmi har kuni kamida 10 ta chiroyli otzivla o'qiyman Alhamdulillah☺️

Lekin bugun juda yoqdi mana shu so'zlar...❤️

Man shuncha qizga hadya berganim uchun Robbim menga ham hadya berdi, hayot bumerang?

1 year, 7 months ago

⌛️VAQT ⌛️ *- Siz uhlayotganda vaqt o'tmoqda ...
- Siz o'ylanayotganingizda vaqt o'tmoqda ...
- Qanday pul topishni o'ylaguningizcha vaqt o'tmoqda ...

Oylar haftadek, haftalar kundek, kunlar soatdek, soatlar chaqmoqdek o'tib bormoqda. Siz anglamayabsiz biroq oltinga teng umir o'tib bormoqda. Tushuning do'stim g'animat vaqt ortga qaytmaydi. Tanasidan bir joni chiqsa sizni katta qilgan ona qaytmaydi. Siz rahmdildirsiz ammo vaqtni sizga rahmi kelmaydi.

? VAQT bu asosiy boylik. Siz ikkilanib turgan vaqtda kimdir tavakkal qilib omadga erishmoqda.

? Siz jur'atsiz yurganingizda kimdir jur'at qilib bahtga erishmoqda.

? Xayotda kimgadur tobey bo'lsangiz begonaga omad daromad keltirasiz.

? Siz befoyda ishlar bilan bandligingizda kimdir foydali ish bilan o'sib bormoqda.

? Sizni har kun ko'pchilik hafa qilishi mumkin, yuragingizga yaqin olmang. Ularni unuting. Aksincha ular sizni xayolingizni band qilib rejalaringizni buzmoqda.
Har kun har hil muammolar bo'lishi mumkin. Kuchli bo'ling. Katta orzular bilan yashang va orzularingizni ro'yobga chiqarish haqida o'ylang.

?Xayotingizda yaxshi va yomon odamlar uchraydi, hammasi bilan aloqa qilishga tog'ri keladi. Sabr qiling vaqt o'zi ularni saralab beradi.

? Inson umri juda qisqa, bu dunyoda qancha vaqtingiz bor bilmaysiz. Shuning uchun vaqtingizni keyin afsus qilmaslik uchun o'zingiz yoqtirgan mashg'ulotga sarflang.

?Unutmang bugun tavakkal qilmasangiz ertaga kech bo'ladi.

?Har kun yangi tong otadi bu degani yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

?Vaqtni boy bermang, chigal masalalarni maslahatlashib ish ko'ring. Lekin o'z mustaqil fikringiz bo'lsin.

?Shuni unutmangki inson har ishni xayolda emas amalda qilsa xurmat topadi.*

❤️BAXT QIROLICHASI❤️

1 year, 7 months ago

Bir serial ko'rdim... 1-qism to'g'ri keldi ko'zimga... Yaxshikorgan aktyorim bosh roldaligi uchun ko'z tashlaychi degandim... lekin hali bitmagan yaram yangilandi. Bosh roldagi aktrisani dadasi Allohni xuzuriga ketdi...

Hali ham ishonolmayapman dadam endi bu dunyoda yo'qligiga va uni boshqa ko'rolmasligimga ishonolmayapman...

Tog'dek suyanchig'im, g'amxo'rim bizlarni tashlab ketdi O'lim haq! Har bir bandaning boshida bor! Robbim insonga ko'nikish hissini bermaganda edi, yaqin insonini yo'qotgan har bir odam o'zi ham o'lib qolardi.

Allohu Akbar!

Yana kulamiz, yana quvonamiz, yana ovqat yeymiz, yana bemalol uhlaymiz, yana hayotga sho'ng'ib, maqsadlar qo'yib olg'a ketaveramiz...

Alhamdulillah Onajonim hayotlar, ular bilan har kuni gaplashyapman. ( Bu yo'qotishdan oldin 2 3 kunda bir gaplashardim )

Robbim meni ko'zlarimni bu sinovsiz ham ochsa bo'lardiku, Dadamni yo'qotmasdan oldin ham ularni har kun yo'qlasam bo'lardiku... Men ojiza o'z hayotim bilan ovora bo'lib dadamga to'yolmay qoldim.

Er, qaynona, farzandlar o'z yo'liga... Ota-Onangizni ham asrang, ularga har kuni sizni yaxshi ko'raman deb ayting, fursatdan unumli foydalaning, ko'p-ko'p suhbatlashing, nima xoxlaydi ko'ngillari so'rang.

Faqat erdan e'tibor kutavermay Ota-Onaning xoxishlari haqida ham bosh qotiring Ayollar! Bu dunyoda hamma g'animat, ayniqsa OTA-ONA...

1 year, 7 months ago

Barcha imkoniyat va muvaffaqqiyatlar - "muammo" nomli pardaning ortiga yashiringan bo'ladi.
Pardani ochib, uni ko'rsangiz bas, hayotingiz o'zgaradi!

Aynan mening hayotimdagi nuvaffaqiyatlarim har kungi muammolarim orqasidan kelgan...❤️

1 year, 7 months ago

#motivatsya

"O'ziga ishongan ayol bo'lishni istayman"

Amira Rashidova

Qizil pomada kursining muallifi!
Judayam jozibali pozitiv ayol man buladan judayam ko'p narsa o'rgandim...

Bugun hamma ishga, o'qishga va bog'chaga ketadi ishlarizzi tez bitirib bu intervyuni ko'rishga shoshiling!
Manfaatli bo'ladi InShaAlloh?

❤️BAXT QIROLICHASI❤️

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago