Muslima ayol kundaligi

Description
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

9 months, 2 weeks ago

*Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?*

❗️Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

? 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

*? 11-aprel, payshanba* — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

? 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

? 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

? 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Agar yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

? Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

® MuslimaatUz

Yaqinlaringizga ulashib, reaksiya qoldirishni unutmang ?****@Muslima_ayol_kundaligi1

9 months, 2 weeks ago

?*RO'ZANING SUNNATLARI

? Ro'zador kishining saharlik qilishi sunnatdir, chunki 
saharlikda baraka bor. Shuningdek, saharlikni bomdod namozining 
azonidan biroz oldingacha kechiktirish ham sunnat amaldir. Xurmo mo'minning eng yaxshi saharligidir.
Saharlik qilishning barakalaridan biri, Ollohga toat va ibodat qilishga kuch-quvvat bag'ishlashidir. Shuningdek, saharlik qilish, 
istig'for va duo qilish vaqti bo'lgan sahar vaqtida uyqudan turishga, 
bomdod namozini jamoat bilan o'qishga hamda ahli kitoblarga xilof 
qilishga sabab bo'ladi.

?  Iftorni tezlashtirish va shom namozini o'qishdan oldin xurmo 
bilan og'iz ochish sunnatdir. Agar xurmo topilmasa, suv bilan, suv ham 
topilmasa, topgan ovqati yoki biror halol ichimlik bilan iftor qiladi. 
Bordiyu hech narsa topolmasa, unda qalbida og'zini ochishga niyat qiladi.
Xurmo bilan og'iz ochish ibodat bo'lib, u ozuqa, shirinlik, meva va 
davodir.
Ro'zador kun davomida jismidagi zaxira shakarni yo'qotadi. 
Organizmdagi shakarning miqdorini odatdagidan ortiqcha tushishi 
sababli ro'zador o'zida madorsizlik va yalqovlikni his etadi hamda ko'zi 
tinib boshlaydi. Xurmo eyish esa, Ollohning izni ila, organizmdan 
yo'qotilgan shakarni, faollik va tetiklikni qisqa vaqtda tiklaydi.

? Imkoni borlar ro'zadorlarga iftorlik berishi sunnatdir. Bu 
bir tomondan faqirlarga ehson bo'lsa, boshqa jihatdan ajru savob olib 
beradi. Kimda kim bir ro'zador kishiga iftorlik bersa, ro'zadorning 
savobichalik savob oladi. Bunda ro'zadorning savobidan hech narsa 
kamaymaydi.

?Ro'zador kishining zikr, duo va Qurʼon tilovatini 
ko'paytirishi sunnatdir. Va og'zini ochib bo'lgandan keyin, shunday
deyishi ham sunnatdir: “Zahabazzomaʼu, vabtallatil ʼuruq, va sabatal 
ajru inshaa Alloh” (Abu Dovud rivoyati).
Duoning maʼnosi: “Chanqoqlik ketdi, tomirlar namlandi va 
inshaolloh savob hosil bo'ldi”.
? Ro'zadorning ham, (ramazondan boshqa paytlar) ro'zador 
bo'lmaganning ham har doim, ertayu kech misvok ishlatishi sunnatdir.

?Birortasi koyisa yoki urishsa, ro'zador kishining: “Men 
ro'zadorman, men ro'zadorman”, deyishi sunnatdir.

?Ro'zador kishi zikr, Qurʼon tilovati, amrimaʼruf, munkardan 
qaytarish, ehson, sadaqa qilishi, faqir va muhtojlarning holidan 
xabar olish, istig'for aytish, tavba qilish, tahajjud namozini o'qish, 
qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, betoblarni ko'rgani borish 
va boshqa yaxshi amallarni ko'paytirishi sunnatdir.

?Ramazon oyi davomida xufton namozidan keyin tarovih 
namozini o'qish sunnatdir. 11 rakaat yoki 13 rakaat o'qish sunnatdir, 
endi kimda kim bundan ko'paytirsa, zarari yo'q. Kim (masjidda) imom 
bilan oxirigacha, yaʼni imom namozni tugatgunicha u bilan birga o'qisa, 
unga kechani namoz bilan qoim qilganlik savobi yoziladi.

?Ro'zador kishi (Ramazon oyidan boshqa paytlar) kunduzi taomga 
taklif qilinsa, “Men ro'zadorman”, deyishi sunnatdir. Payg'ambar 
sollallohu alayhi va sallam aytadilar: 
“Sizlardan biringiz ro'zador paytida taomga chaqirilsa, “Men 
ro'zadorman”, desin” (Muslim rivoyati).

?Ro'zador ham, ro'zador bo'lmagan kishi ham birortaning uyida 
ovqatlansa, “Aftaro indakussoimun, va akala toamakumul abror, va 
sollat alaykumul maloika” (Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati), deyishi sunnatdir.

Duoning maʼnosi: “Huzuringiz (xonadoningiz)da ro'zadorlar 
iftor qilsin, taomingizni yaxshilar esin va farishtalar sizlarga salovot aytsin”.

?   Ramazonda umra qilish sunnatdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: 
“Ramazonda umra qilish hajga yoki men bilan birga qilingan hajga 
barobardir” (Muttafaqun alayhi).
Kim Ramazonning oxirida umra uchun ehromga kirsayu, biroq umra 
amallarini Ramazon hayitigacha qilishga ulgurmasa ham bu umra 
Ramazonda qilingan umra hisoblanadi. Chunki ehromga kirish eʼtibor qilinadi.

?  Ramazonning oxirigi o'n kunligida barcha ibodat turlarida 
tirishqoq bo'lish, kechalarni ibodat bilan bedor o'tkazish, ahli oilani 
ibodatga uyg'otish, toq kechalarda Qadr kechasini axtarish sunnatdir.

® MuzDalifa
Yaqinlaringizga ulashib, reaksiya qoldirishni unutmang ?*@Muslima_ayol_kundaligi1

9 months, 2 weeks ago

*Omina Abvo qishloĝining qumli tuproĝiga qòyildi. Bu fojia nurli chehra egasiga qattiq ta'sir qilgan edi. U onasining ustiga tortilgan tuproqdan ham oĝirroq ĝam yuki ostida qolganini his etdi.
  Shundan keyin azobli safar boshlandi.  Ummu Ayman bir tuyaga mindi. Ota onasidan ajralgan ĝirt yetimni quchoĝiga oldi. Ikkinchi tuyani yetaklab yòlga chiqdi.
  Avbo qishloĝidan uzoqlashib ketganlaridan keyin ham ora-sira orqasiga qarab qòyayotgan gòdakning kòzlaridan tinmay yosh oqar, bazan: " Onam-- onajonim" degani eshitilib qolar, ammo Ummu Ayman uni baĝriga bosar, boshini silar, onalik mehri bilan sochlarini hidlar edi.
Tuya ustida chayqala-chayqala davom etgan bu mashaqqatli  safar besh kun deganda poyoniga yetdi. Nihoyat, Makka vodiyi kòrindi. Ka'baning yonidan òtib Abdulmuttallibning uyiga yaqinlashdilar.
  Abdulmuttallib qarshisida nevarasini kòrganda dunyoga qayta kelgandek bòldi.  Kòzyoshlari bilan quchoĝiga otilgan nevarasini shu qadar soĝingan, shu qadar mushtoq bòlgan ediki..
Ammo nevarasi òta ĝamgin kòrinardi.
--- Onang qani, bolajonim, -- dedi u.
  Shu onda bir faryod eshitildi. Ummu Ayman bòlgan voqealarni yiĝlab-yiĝlab sòzlab berdi. Abdulmuttalib buni kòzyoshlari bilan tingladi. Endi bobosining issiq quchoĝi uning yagona panohi edi. Shu bilan barobar gòyokiu bobosiga emas, balki bobosi unga muhtoj edi.  Abdulmuttallib uni yonidan jildirmas, bir gapi ikki bòlmaydigan darajada mehribonlik kòrsatar edi. Ummu Ayman esa, uning enagasi va eng yaqin dòsti bòlib qolgan edi.
--- Zinhor nevaramni kòzdan qochirmagin. Sening vazifang faqat shundan iborat.
  Bu kòrsatma Ummu Aymanga berilgan edi. Chunki Ummu Ayman buni shunchaki kòrsatma deb bilmas, balki chin kòngildan bajarar edi. Har ikkalasining orasida ham juda teran bir mehr-muhabbat tuyĝusi bir edi. U ham Ummu Ayman haqida " Tuqqan onamdan keyingi onamdir" deya iktifot kòrsatarkan, butun qalbini baĝishlagan edi.

Abdulmuttalibning mehr quchogʻi

Abdulmuttalib nevarasiga mehr-muhabbat va marhamat ko'rsatibgina qolmay, unda oʻzgacha va ulug'sifat bir shaxsiyatga xos belgilarni ko'rgani uchun ora-sira qiladigan ishi xususida u bilan yashirincha pichirlashib, maslahatlashib olgan kezlari ham bo'lardi.
Nevarasi ham uni siymosida faqatgina bobosini emas, balki chin do'st, ajralmas o'rtoqni ham ko'rgan edi, Abdulmutallib qanchalik och bo'lmasin, nevarasi bo'lmasa dasturxonga o'tirmas, yoki o'tirsa ham, to u kelgunga qadar taomga qo'l tekizmas edi.
Abdulmutallib xonasida yolg'iz o'tirgan chogʻlarda uning huzuriga taklifsiz kira oladigan yagona odam ham nevarasi edi; boshqa odamlarning esa, bunday qilishga haqqi yo'q edi.

*

Abdulmutallib odatdagidek Kaʼbani soyasiga toʻshalgan korpachani ustida chordona qurgancha, atrofidagilar bilan suhbatlashardi. Gap shu yilgi qurg'oqchilik haqida bordi. Ancha paytdan beri ko'kdan bir tomchi ham yomg'ir tomchilamagan edi, Makka tuproqlariga. Hammaning birdan bir tashvishi suvsizlik boʻlib qoldi.
— Har tong uygʻonganimda koʻzim samoda bo'ladi,— dedi biri.
Boshqasi qo'shimcha qildi :
— Shu ketishda bu yil hammamiz och qolib, qirilib ketamiz.
Haligi kishi yana so'z oldi :
— Ilohlaring ham biz bilan ishlari yo'q .
Atrofini oʻrab turgan yuzlarcha butlarga koʻz qarini tashlagandan so'ng :
— Oʻzlari suvga muhtoj emas-da. Bizning muhtoj yoki muhtoj emasda. Bizning muhtoj yoki muhtoj emasligimiz ularni sira qiziqtirmaydi,— dedi.
Uning yonida turgan birisi mang'irladi:
— Zotan tosh emasmi ular?
Boshqa birisi:
— Gʻazablariga uchramaylik, tagʼini yetar endi,— dedi.
Biroq oʻzini tutolmasdan:
— Iloh sifatida g'azablanishlari kerakmi, yoki bizni ahvolimizni koʻrib ajinishlari lozimmi, buni ham bilmaymiz, — dedi.
Bu gaplarni aytarkan, ʼʼ ilohlar g'azablansa ham, biron narsaga kuchi yetmaydi ʼʼ, degandek boʻlgan edi.*@Muslima_ayol_kundaligi1

9 months, 2 weeks ago

ʼʼ Saodat asri qissalari ʼʼ Abvoda qazilgan mozor Sevindilar. Sevinishga to'la haqli edilar. Chunki uzoq yo'l davomida qaroqchilarning hujumiga duchor boʻlmagan, yirtqich hayvonlarga roʼbaro kelmagan edilar. Eng muhimi, necha kunlardan beri chang-toʻzon ichida…

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago