Suxrob Xurramov | Dizayn blogi 🇺🇿

Description
Barchasi dizayn haqida. Foydali manbalar, postlar va maqolalar ulashib boriladi.

Blogdan olingan postlar va resurslarni ulashganda manba koʻrsatilishi shart)
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
1 month ago

Shogirdlik dasturi: UI/UX dizayn boʻyicha 3 ta shogird olaman Talablar: — O'zbek tilida erkin gaplasha (va yoza) olishi; — Mustaqil fikrga ega boʻlish (oʻz qarorlarida sobit); — Masʼuliyatli bo'lishi va topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishi; — Har kuni 4-5…

1 month ago

Shogirdlik dasturi: UI/UX dizayn boʻyicha 3 ta shogird olaman
Talablar:
— O'zbek tilida erkin gaplasha (va yoza) olishi;
— Mustaqil fikrga ega boʻlish (oʻz qarorlarida sobit);
— Masʼuliyatli bo'lishi va topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishi;
— Har kuni 4-5 soat o'rganishga va amaliyotga vaqt ajratishga tayyor bo'lish;
— Ayni vaqtda boshqa kurslarda yoki o'qishlarda band bo'lmasligi (ingliz/nemis tili yoki boshqa dizayn kurslari kabilar);
— Figma dasturini yaxshi bilishi va amaliy ishlash tajribasiga ega bo'lishi (kamida 3-4 ta sahifa dizaynini yaratgan bo'lishi);
— Berilgan Feedback, tanqid va tavsiyalarni to'g'ri qabul qilib, o'z ustida ishlashni bilishi.

Qo'shimcha:
Shogirdlik dasturi gibrid usulda (asosan onlayn) olib boriladi.
Chet tillarini bilishi qo'shimcha imkoniyatlar bo'lishi mumkin.
Oldin o'qimoqchi bo'lib yozganlar hamda vaqtlari to'g'ri kelmay qolganlar ham qayta aloqaga chiqishlari mumkin.

• Qabul uchun ushbu so'rovnomani to'ldiring →

Savollar uchun: @suxrobxurramov

#shogird@suxrobblog

1 month, 1 week ago

Kelasi 5 yilda sun’iy intellektdan kutuvlarim

  1. Kitoblar, filmlar barchasini SI orqali tarjima qilish imkoniyati paydo bo'lishi mumkin. SI,dublyaj aktyorlari va tarjimonlarga nisbatan arzonroq va tezroq tarjima qilishi.

  2. Dizaynerlar, texnik topshiriqni aniq va tushunarli yoza olishsa, SI orqali UI dizayn chizdira olishlari hamda UX tahlil bo'yicha, dunyo bo'yicha mavjud muammolarni tezda topish va loyihaga qo'llash imkoniyati bo'lishi mumkin.

  3. SI orqali maktab va boshqa ta'lim muassalariga robot o'qituvchilar dars o'tishlari, har bitta o'quvchi, talaba bilan, bittalab SI suhbat, imtihon qilib, bilimini baholashi.

  4. SI dasturchilardan aniqroq va toza kodlar yozishi va uni tayyor loyihaga o'g'irib, bera olishi ham mumkin. Bundan tashqari loyihalarni SI orqali boshqarish, ya'ni SI PM'lik vazifasini bajarishi ham mumkin.

  5. Ijtimoiy tarmoqlar ham SI maqsadli ravishda foydalana olishsa, SI, SMM sohasida, strategiya, kontent tayyorlashi. Hamda, har bitta mijozdan kelib chiqib, yechim qila olishi va unga alohida-alohida reklama, shuningdek, postlar taklif qila olishi ehtimoli ham bor.

  6. Taksi qilmoqchi bo'lgan kishilarga eslatma o'rnida, SI asoslangan robot taksilar, abtobus qatnovlari yo'lga qo'yilishi mumkin.

P.S. SI sohalarda tub burilishlar qilib yuborishi hech gap emas, bu vaziyatda esa, maqsadli ravishda SI'lardan foydalanishni o'rganib borishimiz biz uchun foydali bo'lishi mumkin. Masalan, dizaynerlar SI orqali kod yozishni o'rganishi, dasturchilar esa, SI orqali dizayn tayyorlab olishlari ham maqsadga muvofiq bo'ladi...

— Xulosa o'rnida, siz ham SI kabi rivojlanib boring, shunda bozorda raqobatni saqlab qolishingiz mumkin.

@suxrobblog

#SI #kutuvlar

1 month, 1 week ago

Pozitsiyalash

Hammaga non yopadigan novvoyning va faqat glyutensiz (bug'doy, arpa va javdarsiz) non yopadigan novvoydan farqi nimada? Ikkinchisi o‘zining tor tokchasi (doirasi)ni tanlagan. U butun bozorga xizmat ko‘rsatmaydi, ammo glyuten (oqsil)ni qabul qila olmaydigan kishilar, oddiy novvoyxona noni o‘rniga uni tanlaydilar.

Xuddi shu tamoyil dizaynerlar uchun ham ishlaydi. "Har qanday murakkablikdagi har qanday saytni ishlab chiqaman," deb da’vo qiladigan dizaynerlar bor. "Men faqat lendinglar chizaman," deb ta’kidlaydiganlar ham bor. Lending yaratishni kimga ishonardingiz?

Uzoq vaqt davomida men o‘zimni barcha saytlarni ketma-ket ishlab chiqaradigan odam sifatida tasavvur qildim. Men lendinglar, korporativ saytlar, reklama va turli raqamli mahsulotlarga buyurtmalarni qabul qildim.

Biroq bir haftadan keyin "o‘lib ketadigan" lendinglarni yaratish va bir xil korporativ saytlarni yaratishdan charchagan paytlarim bo'ldi. Men xizmatlar, ilovalar va platformalar kabi raqamli mahsulotlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratishga qaror qildim.

Men ushbu pozitsiyani aniqlab, uni faol namoyish qila boshlaganimdan so‘ng, menga aynan shu sohadan buyurtmalar kela boshladi. Bir necha oy ichida daromadim ko‘paydi, men yanada qiziqarliroq buyurtmalarni ola boshladim.

Eng muhimi, raqamli mahsulotlar ishlab chiqishda lendinglardan ko‘ra murakkabroq bo‘lsa-da, o‘z ishim bilan shug‘ullanish men uchun ancha qiziqarli va oson bo‘ldi. Ushbu pozitsiyalash men uchun juda mos keldi...

#kitobdan #tarjima #pozitsiya

@suxrobblog

1 month, 1 week ago

Mijoz kechki vaqtlarda ish taklifi boʻyicha yozishi normal holat emas. Bu mutaxassisga nisbatan hurmatsizlikdek qaralishi lozim boʻlgan vaziyatdir.

Bu vaziyatdan chiqish uchun ish boʻyicha murojaat qilish mumkin boʻlgan vaqtlarini eslatib qoʻygan holda, suhbatni yakunlash lozim.

Balki, shunda mijoz ham ish va shaxsiy hayotdagi balansni yoʻqotmagan mutaxassisga murojaat qilganini tushunadi.

P.s. 24 soatlab ishlaydigan mutaxassisni qadri boʻlmaydi. Qadrini bilmagan mutaxassisga esa kechasi 02:00 da ham ish taklifi boʻyicha yozaverishadi.
— Daromad koʻproqdir, balki, qadri esa aksincha!

#mijoz #balans

@suxrobblog

1 month, 2 weeks ago
**PDP Online redizayni**

PDP Online redizayni

— Avvalgi yil boshlarida asosan shaxsiy brendlar bilan ishlovchi "DZYN Group" bilan hamkorlikda bir necha loyihalarda hamkorlik qilgan edim.

O'sha vaqtida PDP Online saytini redizayn qilishni shu dizayn agentligiga topshirishgan edi. Men esa agentlik bilan hamkorlikda saytni redizayn qilib bergan edim...
Dizaynni qisman, qisqa vaqt ichida "vizual" presentatsiya qilib, behance'ga joylab qo'ydim. Yechimlar va muammolarni yoritib ketmadim)

📱 Behance'da taqdimotni ko'rish

#redizayn #keys #behance

@suxrobblog

1 month, 2 weeks ago
5dorama,com saytini dizaynini [figma community](https://www.figma.com/community/file/1462138287789163268)'da asosiy …

5dorama,com saytini dizaynini figma community'da asosiy sahifalarini joylab qo'ydim

📱 Figma havolasi

#bepul #ui_kit #veb_sayt

1 month, 2 weeks ago

Ba'zi vaziyatlarda Photoshopda ishlashga to'g'ri keladigan vaziyatlar bo'ladi... Shunda ham Photopea alternatividan foydalanaman. Bu sayt orqali ancha muncha Photoshopdagi ishni hal qilvorsa bo'ladi. Photoshopchilar xafa bo'lmaysizlar, dasturni yukla, obuna…

1 month, 2 weeks ago
Ba'zi vaziyatlarda Photoshopda ishlashga to'g'ri keladigan …

Ba'zi vaziyatlarda Photoshopda ishlashga to'g'ri keladigan vaziyatlar bo'ladi... Shunda ham Photopea alternatividan foydalanaman. Bu sayt orqali ancha muncha Photoshopdagi ishni hal qilvorsa bo'ladi. Photoshopchilar xafa bo'lmaysizlar, dasturni yukla, obuna…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago