Rahmatolloh | Business Automation ⚙️

Description
Ish jarayonini avtomatlashtirish bo’yicha masalahatlar, fikrlar, darsliklar bilan bo’lishib boraman. Hozirda Logistikada bosh buxgalter lavozimida ishlayman.

Bog’lanish uchun @aktyabirov
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate, 1 Woche her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

2 months, 1 week ago

Yangi yil kechasiQorong’i xonada, o’z fikrlarim bilan, 2024 yilni sarhisob qilar ekanman, tashqarida otilayotgan yangi yil mushaklari, qo’shnilarni har hil qo’shiqlar qo’yib baqir chaqir qilishlari hayolimni har on bo’lar edi. Kimdur ayni vaqtda o’yin kulgu bilan ovvora, kimdur kasalxonada, kimdur qamoqxonada. Davlatimiz tinchligini bardavom bo’lishini Allohdan so’rab, urush bo’layotgan joylardagi vaziyatni tassavvur qilishga harakat qilar ekanman, berilayotgan ne’matlarga qanchalik kam shukurda ekanligimini his qildim. Albatta biz hisob qilingunimizcha o’zimizni hisob qilib borsak Xudo xoxlasa xech qachon yutqazmaymiz. Kunimiz qanday o’tkazyotganimizni hisobi, vaqtimizni bekorga sarflamayotganimizni hisobi, qilyotgan ishlarimiz dinimiz yoki dunyoyimizga foyda keltirishini hisobi va berilayotgan ne’matlarga shukur qilayotganimizni hisobi. Xullas, biz har bir harakatimizni hisob kitob qilishni va aqlan buni to’g’ri yoki notog’ri ekanligini ajrata olishni o’zimizga odat qilar ekanmiz, biz har doyim o’zimizni yahshi tomonga o’zgartirib boraveramiz. Ko’pchilik bunday hisobni qarigan chog’ida qiladi, lekin unda kech bo’ladi. 2025-yil hammamizga hayrli va barakali kelsin, Alloh tog’ri yo’ldan xech qachon adashtirmasin.

2 months, 3 weeks ago

Soxta Muvaffaqiyatlar Va Kurslar Savdosi: Bugungi Kunning Haqiqati

Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘pchilik o‘zlarini muvaffaqiyatli tadbirkor, investor yoki “kripto millioner” sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho mashinalar, hashamatli uylar yoki katta summalarni ko‘z-ko‘z qilib, odamlarning ishonchini qozonishga intiladi. Ammo haqiqatda, bu muvaffaqiyatlarning aksariyati soxta yoki ular faqatgina o‘z kurslarini sotish uchun marketing vositasidir. Ushbu maqolada bu holatni batafsil tahlil qilib, oddiy odamlarni qanday qilib aldashayotganiga e’tibor qaratamiz.

Nega Soxta Muvaffaqiyatlar Namoyish Etiladi?

Avvalo, shuni tushunish kerakki, muvaffaqiyat namoyishi – bu kurs sotishning asosiy vositasi. Quyidagi sabablar bunga turtki bo‘ladi:
1. Ijtimoiy ta’sir: Odamlar muvaffaqiyatga intiladi va o‘zini boy odamlar bilan bog‘lashni xohlaydi. Bu esa sotuvchilarga kurslarini osongina targ‘ib qilish imkonini beradi.
2. Ishonchni qozonish: Qimmatbaho buyumlar yoki “boylikni” ko‘z-ko‘z qilish orqali ular o‘zlarini bilimdon va ishonchli ko‘rsatishga harakat qiladi.
3. Oson daromad va’dasi: Ular odamlarni “tez boyish” g‘oyasi bilan aldashadi, bu esa qiyin mehnatdan qochib, oson yo‘llar izlayotgan odamlarni jalb qiladi.

Ularning Takliflari Nega Shubhali?

Ushbu kurslarning ko‘pchiligi o‘z mohiyatida quyidagi kamchiliklarga ega:
1. Amaliy natijalar yo‘qligi: Sotilayotgan kurslarning aksariyati real bilim bermaydi yoki ular asosida boylik orttirish deyarli imkonsizdir.
2. Yolg‘on hikoyalar: “Mening 3 oyda boy bo‘lganim” kabi hikoyalar aslida manipulyatsiya vositasi bo‘lib, ular haqiqatdan yiroqdir.
3. Shaxsiy boyish: Kurs sotuvchilarning maqsadi sizni boy qilish emas, o‘zlariga daromad olishdir.

Odamlarni Aldash Mexanizmi

Soxta muvaffaqiyatni targ‘ib qiluvchilar quyidagi usullar bilan odamlarni aldashadi:
“Eksklyuziv imkoniyat” illuziyasi: Kurslarni “cheklangan vaqt” yoki “faqatgina bir necha odam uchun” deb e’lon qilishadi.
Qimmat narxlar: Kursning narxini qimmat qilib belgilash orqali uni “qimmatli” qilib ko‘rsatishadi.
Feedback va sharhlar: Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ijobiy sharhlar yoki “muvaffaqiyat hikoyalari” ko‘rsatiladi.

Qanday Himoyalanish Mumkin?
1. Tekshiring: Kurs sotuvchisi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil manbalardan tekshiring. Ularning haqiqiy natijalari bormi?
2. Real faktlarni so‘rang: Agar kimdir muvaffaqiyatli ekanini aytsa, ularni dalillar bilan isbotlashni so‘rang.
3. Haqiqiy bilim qidiring: Bepul yoki arzon va sifatli resurslardan o‘rganishga harakat qiling. Hamma bilimlar pulga bog‘liq emas.
4. O‘zingizga savol bering: Kurs sizga haqiqatan ham yordam beradimi yoki bu shunchaki marketing o‘yinimi?

Xulosa

Bugungi kunda soxta muvaffaqiyatlar va kurslar sotish tendensiyasi ko‘pchilikni aldayotgan bir biznesga aylangan. Odamlar o‘z bilimlari va mehnati bilan haqiqiy muvaffaqiyatga erishish o‘rniga, oson yo‘llarni qidiradi. Ammo haqiqat shuki, haqiqiy muvaffaqiyat faqat mehnat va sabr orqali keladi. Shuning uchun har qanday “tez boyish” takliflariga shubha bilan qarang va o‘zingizni aldanishdan saqlang.

Haqiqiy muvaffaqiyatni soxta namoyishlardan farqlay olish – bu bugungi kunning eng muhim ko‘nikmalaridan biridir.

3 months, 2 weeks ago
Ha aytganchi google sheets o’zbekcha o’rganmoqchi …

Ha aytganchi google sheets o’zbekcha o’rganmoqchi bo’lganlarga hozirda skidka ketayotgan ekan. Ko’pchilik kursda o’qiyotganlar ijobiy fikrda. Kirib ko’rishni tavsiya qilaman.

🫳
Google sheet kurs
🫴

4 months ago

2 ой ишсиз юрдим

Ич-ичимдан ўйлардим. Мен ҳеч қачон ишсиз қолмайман.

Мабодо ишсиз қолсам ҳам:

а) Инглиз тили билан «любой» жойга кириб кетаман;
б) Диплом балим 96%. Давлат ишхоналари шундоқ ишга олади;
с) Иш тажрибага эгаман, умуман муаммо бўлмайди;
д) Рус тилини мулоқот даражасида биламан, талаб юқори;
э) Блогим бор. 1000 тача одам ўқийди;
ф) Амакимга алоқага чиқаман, мактабга жойлаб қўяди;
ҳ) Ўлдим деганда, устозларимга ёзаман — иш топиб беради.

Хуллас, ҳамма сабаблар бор. Ҳеч ким мени тўхтатиб қололмайди!

Ичимда ўйлаган кун келди. Бирдан ишсиз қолдим:

а) Инглиз тили мактаблари тўлган;
б) Диплом баҳойим билан итам қизиқмади;
с) Қаерларда ишлагансан дейдиган одам йўқ;
д) Рус тилини идеал билиш керак дейишди;
э) Блогимда ёздим. Ёрдам бўлмади;
ф) Амаким ишга жойлай олмади;
ҳ) Устозлар дуо қиламиз деёлди холос..

2 ой қийналдим. Қарзга ботдим. Эркак киши ишсиз қолиши азоб экан..

Охири тушундим — обрўли жойда ўқишим, яхши жойларда ишлашим, хуллас барчаси — тиришқоқлигимдан эмас, балки Аллоҳнинг раҳматидан экан.

Биз унутувчимиз. Сабаблар билан ўралашиб қоламизда, барча нарсанинг ортида Аллоҳ турганини эсдан чиқарамиз. Ўзим эришяпман деган ҳиссиёт ўтади.

а, б, с, д... алфавит тўла сабаб бўлмайдими — Аллоҳ изн бермаса бир тийн экан.

Сиз ишонаётган — амаки, тоға, амма. хола, оппоқ дода ёрдам беришга қодир эмас. Ишонаверинг.

Охири синиқлик билан таҳажжудда дуо қилдим.

Бирдан йўлим очилди. Бир нечта жой ишга чақиришни бошлади. Ҳаммаси жойига тушди.

Хулоса, дунёнинг илми сизда бўлса ҳам, 20 йиллик мутахассис бўлсангиз ҳам, 88 та тил билсангиз ҳам — Аллоҳ изн бермаса бир тийн.

Ва уларга: «Сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилиб ўтган бутларингиз қани?!

Улар сизларга ёрдам бера олурми ёки ўзлари ёрдам ола билурми?!», дейилди.

Шуъаро (92,93)

@Ustoz_kundaligi

4 months ago

Ushbu kitob sun'iy intellektdan qanday to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi. Ko‘pincha sun’iy intellektdan foydalanganda biz xohlagan natijani ololmaymiz, chunki to‘g‘ri savol bera olmaymiz. James Phoenix va Mike Taylor ushbu kitobda qanday qilib sun’iy intellektga to‘g‘ri tarzda “so‘rov” yuborish, ya’ni savol va topshiriqlarni to‘g‘ri shakllantirish orqali kerakli javoblarni olish mumkinligini sodda qilib tushuntiradilar. Kitob sizga sun’iy intellektni matn, tasvir va kod yaratishda to‘g‘ri boshqarishni o‘rgatadi.

4 months, 1 week ago

Murojaat Madaniyati: Tez va Samarali Javob Olish Uchun Tavsiyalar

Murojaat qilayotganingizda to‘g‘ri va aniq muloqot ko‘p narsani belgilaydi. Ko‘p odamlar avval salomlashib, javob olishgach, keyin o‘z so‘rovini bildirishadi. Bu jarayon ko‘p vaqtni oladi va murojaat qilayotgan shaxsga ham, javob berayotgan insonga ham qo‘shimcha yuk yuklaydi. Samarali javob olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni o‘ylab ko‘ring.

1. Hammasini Bir Joyda Yozing

Salomlashishdan keyin darhol o‘z savolingiz yoki so‘rovingizni yozing. Bu narsa javob beruvchi shaxsga sizning nima kerakligini tezda tushunishga yordam beradi va vaqtni tejaydi. Misol uchun, quyidagi shaklda yozishingiz mumkin:

Assalomu alaykum! Menga yordam kerak edi. Men [so‘rov yoki savolni qisqacha tushuntirish]. Yordam bera olasizmi?

Bu yondashuv har ikki tomon uchun ham muloqotni osonlashtiradi va javob olish ehtimolini oshiradi.

2. Ovozli Xabar Yubormaslikka Harakat Qiling

Ovozli xabarlar qulay bo‘lishiga qaramay, har doim ham eng samarali usul emas. Har bir inson ovozli xabarlarni tinglashga vaqt topa olmaydi yoki tinglash imkoniyati bo‘lmaydi. Agar ovozli xabar yuborishni istasangiz, avval yozma ravishda ruxsat so‘rashni tavsiya qilaman. Masalan:

Ovozli xabar yuborsam, qulaymi?

Bu yondashuv muloqot madaniyatiga hurmat bilan qarash va vaqtni tejashga yordam beradi.

3. Hurmat va Vaqtni Qadrlash

Murojaat qilayotganingizda, qisqa va lo‘nda bo‘lishga harakat qiling. Murojaatchilar ko‘p hollarda ortiqcha izohlar bilan murojaat qilishadi, bu esa javob berishni sekinlashtiradi. Shuningdek, o‘zingizga javob berilishi uchun vaqt kerakligini inobatga oling va shoshilmasdan kutishga tayyor bo‘ling.

4. O‘z So‘rovingizni Aniq Ifodalang

Savolingizni aniq va tushunarli tarzda ifodalash ham javob olish tezligiga ta’sir qiladi. Noaniq va chalkash savollar ko‘pincha ortiqcha vaqt talab qiladi, shuning uchun qisqa va tushunarli yozishga harakat qiling. Misol uchun:

Assalomu alaykum. Men [muammo yoki so‘rovning qisqacha va aniq izohi]. Shunga yechim topishda yordam bera olasizmi?

5. Ko‘p Savol Berishdan Oldin Asosiy Savollarni Bittada Bayon Qiling

Bir necha marta xabar yozish o‘rniga, barcha savollaringizni bitta xabarda jamlashga harakat qiling. Bu shaxs javobni tezroq va samaraliroq tayyorlashi uchun qulay sharoit yaratadi.

To‘g‘ri muloqot qoidalariga rioya qilish orqali siz murojaatingizga javob olish ehtimolini oshirasiz va o‘z vaqtini tejashga yordam berasiz. Bu tavsiyalarga amal qilgan holda siz nafaqat tezroq javob olasiz, balki muloqot madaniyatini ham yaxshilaysiz.

4 months, 1 week ago
**Eng yaxshi kasb bo‘yicha maslahat:**

Eng yaxshi kasb bo‘yicha maslahat:

Har qanday ishda siz o‘rganishingiz yoki pul topishingiz kerak. Qaysi biri bo‘lsa ham yaxshi. Ikkalasi bo‘lsa, ajoyib. Lekin agar ikkalasi ham bo‘lmasa, ishdan chiqib keting.

4 months, 1 week ago

Ar-Raheeq Al-Makhtum (Muhrlangan Nektar) bu, Payg‘ambarimiz Muhammad Musatafo (s.a.v)ning hayoti haqidagi eng mukammal va ishonchli asarlardan biridir. Bu asar Safiur Rahman Mubarakpuri tomonidan yozilgan bo‘lib, 1979-yil Makkada o‘tkazilgan payg‘ambarimiz hayoti haqidagi biografiyalarni baholash musobaqasida birinchi o‘rin olgan. Kitob, payg‘ambarimizning hayot yo‘li va ularning Islom diniga qo‘shgan hissalari haqida chuqur va batafsil ma'lumot beradi. Musulmon olamida juda mashhur va keng tarqalgan ushbu asar, o‘quvchilarga Payg‘ambar hayoti va fazilatlari haqida chuqur tushuncha beradi. Ingliz tilida oqishni yahshi koradiganlar uchun juda yahshi kitob.

4 months, 1 week ago

Hali ozbek tiliga tarjima qilinmagan juda ham koplab yahshi kitoblar bor. Tilni bilmaslikni bahona qiladigan zamon emas. Ozgina lekin davomli harakat bilan xoxlagan xorijiy tilni organish mumkin. Misol uchun <https://ibratfarzandlari.uz/> orqali siz koplab chet tillarini tekinga o`rganishingiz mumkin.

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate, 1 Woche her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her