SECRET

Description
Shaxsiy qarashlar va ijodimdan ayrim namunalar uchun ochilgan!

Feedback: @dj_secret

Kanallar:
@toshkent_tibbiyot
@karaoke_singer
@uzbekcha_retro
@turkcha_mp
@jony_new
@sara_rep_disco

Loyihalar:
-Endocrinologists
-Proaktiv
-zzz
-Endocrinology with DJ
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month ago

Bilimsizlik yohud Kibriddin Manmanovich

Sizlarga hayotimda bo'lib o'tgan real voqea haqida aytib bermoqchiman:
5-kurs xirurgiya sikli, "oshqozon osti bezi kasalliklari" haqida bir professor leksiya o'qimoqda, keling uni Kibriddin Manmanovich deb atay qolamiz. Kibriddin domla yoshlari ulug', allaqachon nafaqa yoshidagi katta professorlardan edi, domla leksiyani interaktiv ko'rinishda boshladilar va oshqozon osti bezi anatomiyasini tushintirib bo'lgach auditoriyaga quyidagi savolni berdilar:

"Demak barchamizga malumki giperglikemiya bu qandli diabet demakdir, shundaymi bolalar" dedi professor, talabalardan tasdiq kutgan bir paytda auditoriyadagi "bir talaba" yo'q deb javob berdi, talabaga o'qraygancha uni o'rnidan turgizib nega bunday deganini so'radi, talaba giperglikemiya bu qonda qand miqdori oshishi xolos ekanini va bu jarayon sog'lom odamlarda ham kuzatilishi mumkinligini, giperglikemiyaning boshqa juda ko'plab patalogik sabablari mavjud ekanini takidladi

Kibriddin Manmanovich uning nazdidagi bu "aqltoy" talabaning unga bergan javobini eshitib jahli chiqib ketdi, chunki u professor, go'yoki xato qilishga haqqi yo'q va oddiy talabadan qarshi fikr eshitish u uchun isnotdek, Kibriddin domla dedi: "menga aql o'rgatma, sen oddiy talabasan, men esa professor"

Oddiy talaba uning gapini inkor etib xato ekanligini isbotlab berganini birinchi o'rinda o'zi ichun qabul qilolmadi va himoya reaksiyasi jahl ko'rinishida yuzaga chiqdi, agar u o'zini "daho" hisoblamaganda va umrini oxirigacha bilimsiz ojiz banda bo'lib qolishini tan olganda edi, talaba fikrini osongina qabul qilolgan va muloyimlik bilan javob qaytargan bo'lardi

Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, donolik bilimsizlikni tan olishdan boshlanadi, inson umrini oxirigacha bilimsiz bo'lib qoladi va buni tan olgan odamgina umrini oxirigacha rivojlanadi, takabbur esa katta ehtimol kibrga berilib rivojlanishdan to'xtaydi va malum darajaga yetganda qotish kuzatiladi. Bilimsiz va naqadar ojiz ekanligimizni tan olish kibrdan xolos bo'lishimiz hamda shaxsiy va kasbiy jihatdan cheksiz o'sishimiz uchun eng to'g'ri yo'l deb hisoblayman

Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman!

Hurmat bilan DJ

2 months, 1 week ago
Gamarjoba, bugun [Gruziyaning](https://t.me/DJSEKRET/140) Tbilisi shahrida bo'lib …

Gamarjoba, bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib o'tgan konferensiyadan qaytdik, safar judayam qiziqarli va tasurotlarga boy bo'ldi, ajoyib insonlar, ajoyib diskussiyalar, shahar aylanishlari, sovg'alar va eng asosiysi unutilmas xotiralar va tajriba. Konferensiya professor Yelena Romanovna tomonidan olib borildi, birinchi kuni leksiyalar va ikkinchi kuni endokrinologlar o'rtasida musobaqa tashkil etildi. Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli o'tdi, bizning jamoamiz 1-o'rinni egallab ajoyib sovg'alar bilan taqdirlandi (nimagadir bunga ich ichimdan juda ishongandim)

Xursanchiligimni sizlar bilan ham ulashgim keldi, bunday safarlar faqat ilmiy emas dunyoviy qarashlarni ham rivojlantirishiga amin bo'ldim...

2 months, 2 weeks ago

Ko'proq xato qiling!

Xatolar inson rivojlanishining bir bosqichi deb hisoblayman, inson xato qilar ekan ko'nikmasi kamligi va yoki bilmagan bilimlari qaysi ekanligini bilib olishdek muhum axborotga ega bo'ladi

Xato qilish va shu xatodan chiqariladigan xulosalar qayta shu xatoni qilmaslikka undaydi, bu esa inson uchun muhum bo'lgan hayot yo'li va shaxsiy prinsplarini shakllantirishi uchun juda zarur

Odatda insonlar xato qilishadi ammo undan xulosa qilishmaydi va bu xatoni qayta qayta takrorlashga sabab bo'lishi mumkin. Qilingan xatodan xulosa chiqara olish va mos yechim topish rivojlanish uchun eng markaziy nuqta hisoblanadi

Shunchaki chizib berilgan chiziqlardan yurish bu birovni hayotida yashashga o'xshaydi, yani bu chiziqlar kimningdir qilgan xatolaridan va xulosalaridan kelib chiqib chizilgan xolos, aslida har bir insonning o'z hayot chiziqlari va prinsiplari bo'lsagina o'zini shaxs sifatida his eta oladi

Xuddi shuningdek farzandlarga ham erk bergan holda xato qilishiga qo'yib berilsagina u rivojlanadi, hayotni anglaydi, shaxs sifatida yetila oladi, muvofaqiyatsizliklarni yengib o'tishni o'rganadi va bu orqali mustaqillikka erishadi

Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, hech qachon xato qilishdan qo'rqmang, shunchaki urunib ko'ring, agar xato qilsangiz saboq olasiz, xato qilmasangiz qandaydir natijaga erishasiz, ikkala holatda ham yutkazmaysiz

Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman!
Hurmat bilan Husan Ilxomovich

6 months, 2 weeks ago

"Sarob" yohud "Ko'ngil ishi"

Hayot so'qmog'ini oralab
Sal kam yetmishniyam qoralab
Chorladim o'g'limni yonimga
Nasihatlarimni saralab....

Dilbandim, quloq sol so'zimga
Tomchidek o'xshaysan o'zimga
Ko'nglingni ishini so'rayin
Javob ber tik qarab ko'zimga

Yoshing ham o'ttizga boryapti
Otangni madori tolyapti
Ko'ngilga tugganing bormidi?
"Uylash" jaa orqada qolyapti

Shuncha vaqt boshimni egmading
Nobakor yo'llarga kirmading
Sandayam ko'ngil bor, aytaqol
"Qaysi"ni qulog'in tishlading?

Qorami, mallami, kaltami
Yo bo'yi sandanam kattami
Tanloving saniki, jon bolam
Ishqilib "bo'yyetgan" paytdami?

Urismi, tatarmi millati
Yetarli, bo'lmasa illati
"Surati" emasdir ustivor
Qiymatin ziynati siyrati

Ismini aytsang bas, bo'lgani
Onang bilan boramiz ko'rgani
Uzoqdan bo'lsayam mayliga
Muhumi yurakdan urgani!

Bizlaram to'y ko'rsak deymizda
Jigarim g'amingni yeymizda
Manzilni aytganing zahoti
Sovchimiz Toshkanmi Termizda

Suyganing bo'lmasa kuyunma
Ollohim berishi qiyinmi
Odamlar gapini qo'yaver
Nasibda hozirmi, keyinmi!

DJSEKRET (17.05.2024)

6 months, 3 weeks ago

Qizlar uchun jiddiy va qiziqarli bot yaratdim, qatnashib ko'ring, fikrlaringiz man uchun juda qiziq!

Botdan yigitlar ham foydalansa bo'ladi, faqat javob yozish shart emas :)

Bot manzili: @harmonyquiz_bot

7 months, 2 weeks ago
**URA !!!**

URA !!!

Bugun yaqinda GETZ PHARMA kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan endokrinologiya sohasi bo'yicha klinik ordinatorlar o'rtasidagi "Eng yaxshi klinik ordinator" nomzodi uchun konkurs javobi e'lon qilindi. Konkurs 2 bosqichda bo'lib o'tdi:
1) Prezentatsiya qilish (25 ball)
2) Test savollariga javob berish (20 ball)

Xullas Gruziyaga uchadigan bo'ldim :)

1 year, 3 months ago

Hayotdan xulosalar

1) Odamlar seni sen o'ylaganingdan ko'ra kamroq bilishadi

2) Qilgan ishing qanchalik katta bo'lmasin butun koinot oldida zarrachalik ahamiyatga ega

3) Insonlarga haqligingni isbotlashga harakat qilma, bu dunyoda hammaning o'z haqiqati bor garchi bu haqiqat aslida xato bo'lsada

4) Hech qachon birovni fikriga asoslanib kimdir haqida xulosa chiqarma

5) Aqlli inson bo'lish uchun bilimli bo'lishni o'zi yetarli emas

6) Inson degan mavjudod olamda naqadar kichik zarracha ekanligini tushinganda kibr hissi pasayishi mumkindir balki

7) Qimmatli vaqtingni arziydigan insonlargagina sarfla

8) Boshqaruvchi emas lider bo'l, chunki insonlar boshqarilishdan ko'ra ergashishni yoqtirishadi

9) Xato bo'ladimi to'g'rimi fikrlar qarama-qarshiligi doim rivojlanishga sabab bo'ladi, aytilgan fikrga qarsak chalish fikrni aytgan odam uchun ham qarsak chalgan odam uchun ham faqatgina zararga ishlashi mumkin

10) Olingan bilimni tahlil qila olish qobilyati insonni bilish darajasidan ko'ra muhumroq

11) Hamma xato qiladi va xato qilishga haqli lekin hamma ham xatodan xulosa qilmaydi

12) Lotareyada yutib olgan miyyang bilan buncha kibrlanmasang

13) Senga qarata aytilgan salbiy fikrga nisbatan ham neytral qaray olganingda milliardlab insonlardan farq qila boshlaganingni anglab yetasan

Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr, yuqoridagi xulosalarim kimlar uchundir foydali bo'lsa xursandman!
Hurmat bilan Husan Ilxomovich

@DJSEKRET

1 year, 5 months ago

PUL BAXT OLIB KELADIMI?Ushbu savolga javob berish uchun baxt haqida qisqacha fikr yuritamiz. Baxt tushinchasini hamma har xil tariflaydi va aniq bir tarifi mavjud emas. Tasavvur qilaylik "baxt bu insonning o'z istak va ehtiyojlarini qondirishi uchun kerak bo'lgan narsalarga ega bo'lishi" va bunday ehtiyojlar har bir odamda turli xil bo'lishi mumkin.

Juda ko'pchilik insonlar baxt nima deb so'ralgan savolga "ota-onamning yonimda ekanligi" deb javob qaytarishadi, demak bundan insonlarda ota va ona mehriga ehtiyoj yuqori degan xulosa kelib chiqadi. Misol uchun bir insonda pulga ehtiyoj yuqori deylik, katta ehtimol bilan ko'proq pul topish u inson uchun baxt olib kelishi mumkin yoki boshqa bir insonda pul juda ham ko'p bo'lmasada o'zini baxtli his qila olishi uchun unga tinchlik yoki halovatning o'zi yetarli bo'lishi mumkin.

Pul baxt olib keladimi?
Juda ko'p beriladigan va baxs munozaralarga sabab bo'ladigan savol. Umuman olganda har qanday narsa baxt olib kelishi mumkin, masalan Afrikaning chekka hududlarida yashovchi bolakaylarga toza suv ichish yoki to'yib ovqatlanish bir baxt,kasbini sevgan fotograf uchun eng oxirgi modeldagi foto apparatga ega bo'lish baxt, mashina jinnilari uchun Lamborgini, BMW yoki Mercedes Benz kabi mashinalarga ega bo'lish baxt, qo'shnimiz G'aybulla aka uchun uyining tomi Abdulla akanikidan baland bo'lishini o'zi ham bir baxt) Insonning aksariyat ehtiyojlarini(hammasi ham emas) pul bilan qondirib bo'lganligi uchun pul baxt olib kelishi mumkin degan g'oya nisbatan haqiqatga yaqin.

To'g'ri ayrim ehtiyojlarni pulga ham qondirib bo'lmaydi lekin ular soni qondirib bo'ladigan narsalarga nisbatan kamroq. Ammo shuni takidlash kerakki pulga qondirib bo'lmaydigan ehtiyojlarning qadri anchagina baland bo'lishi mumkin (masalan chin do'stlik, sevgi, sadoqat kabi boshqalar tomonidan beriladigan tuyg'ularga bo'lgan ehtiyojlar va xarakter, iymon-etiqod kabi inson hislatlariga oid ehtiyojlar)

Pul muammolarni doim ham hal qilolmasada juda ko'p hollarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Masalan o'lim bilan kurashayotgan onasini davolatish uchun pul topolmay yurgan farzand uchun yoki uyida ochlikdan yig'layotgan farzandlarini ko'rgan ota uchun pul albatta baxt olib kelishi tabiiy hol.

Ammo shundaylar borki pulga ko'milgan holda ham o'zlarini baxtsiz his qilishlari mumkin. Ko'pincha bunday insonlar baxtni nimadan topish kerakligini bilmay qiynalishadi, chunki ularning moddiy ehtiyojlarida muammo bo'lmaydi, pul hal qilmaydigan ehtiyojlar soni esa anchagina kam)

Xulosa qiladigan bo'lsam pul insonlarga baxt olib kelish yoki kelmasligi inson ehtiyojlaridan kelib chiqib har xil bo'lishi mumkin. Shukronalik esa har qanday vaziyatda inson o'ziga tuhfa qila oladigan baxtning yagona manbai deb hisoblayman!

Fikri ojizim bo'yicha xato yozilgan fikrlar uchun uzr!
@DJSEKRET

1 year, 5 months ago

Naqadar chiroyli ko'zlari Go'dakdek beg'ubor so'zlari Aqlimni oldiya o'zlari 16 yoshli qizaloq! Sochidan taralgan ifori Yuzida yarashgan bir holi Ziloldan yaralgan iboli 16 yoshli qizaloq! Ko'zida qandaydir sehr bor Farishta yuzida mehr bor Mehrga intizor…

1 year, 5 months ago

Sevishni xohlayman ibosi uchun Hayodan yaralgan libosi uchun Dunyolar go'zali bo'lmasin mayli Go'zallardan go'zal dunyosi uchun Sevishni xohlayman o'sha rostgo'yni Vafodan bo'y cho'zgan tikqomat "bo'yni" Aqlli bo'lmasin mayli, betakror Fikrimga mubosib "fikrni"…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago