Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
“Deep Work” kitobida yozuvchi Karl Nyuport Internetning chalg’ituvchi ta’siridan saqlanish uchun o’ziga maxsus sharoit yaratib, undan uzoq bo’lish strategiyasini qo’llaydi.
Kitobda keltirilishicha, yozuvchi “Harry Potter” kitobi muallifi J.K. Rowling “Harry Potter va O’lim tuhfasi” kitobini tugatish uchun Londondagi bir mehmonxonani ijaraga olib, o’sha yerda Internet va boshqa chalg’ituvchi narsalardan yiroq qolgan holda ishlaydi.
Shunday qiyinchilik va intizom orqali u yuqori darajadagi ijodiy va chuqur ish olib borishga erishgan. Bu strategiya miyani oson dopamin beruvchi faoliyatlardan uzoqroq tutib, chuqur ishlashga sharoit yaratadi. 😊
💡 Doim suhbatga tayyor bo’ling!
Hayotda kutilmagan vaziyatlar har doim sodir bo’lishi mumkin, va shuni esda tuting, siz istamagan holda bir kun ish joyingizdan ayrilishingiz mumkin.
Men ham shunday holatlarni ko’p marta boshimdan o’tkazganman.
Agar o’zingizni ish suhbatlariga tayyor deb hisoblamasangiz, bu sizda doimiy xavotir uyg’otadi. Ammo, yangi ishga imkon qadar tez va stresssiz joylashish uchun har doim suhbatga tayyor bo’lish zarur. Hattoki, hozirda barqaror ishingiz bo’lsa ham!
Bu ko’p vaqt va kuch talab qilmaydi. Haftasiga atigi 2-4 soat ajratsangiz yetarli. Muhimi — intizomli bo’lish va bu mashg’ulotlarni har hafta davom ettirishdir.
Ishoning, 1-2 yilda suhbat chempioniga aylanasiz! 🏆
Biz ma’ruzaga keldik 😊
Telegram kanalimni yuritishni noma'lum muddatga to'xtatmoqchiman
Kanalimni boshlaganimga ham 5 yil bo'lipti. Shu yillar ichida kanalim maksimum 800 tacha foydalanuvchiga erishdi.
Bu raqam oxirgi 5 yilda uchratgan odamlarim sonidan ham kam bo'lsa kerak ?
Shuning uchun kanalimni yuritishni noma'lum muddatga, jiddiy sho'g'illanishga qaror qilgunimgacha to'xtatmoqchiman.
Aslini olganda 1000 ta foydalanuvchiga jiddiy kirishsa 1 oyga qolmasdan erishsa bo'ladi.
Yomon kontent yaratgandan ko'ra umuman yaratmagan ma'qul deb o'ylayman.
Bundan tashqari shu kunlarda kariyeraviy o'sishga ko'proq e'tibor bermoqdaman, ancha narsadan ortda qolib ketipman. Bilimlarimni charxlab olishim kerak.
Shu vaqtgacha meni qullab quvvatlaganingiz uchun barchangizdan minnatdorman.
Kurishguncha ?
Hozirda O'zbekistonda jadal tarzda dasturchilarni o'qitib yotipmiz. Biroq ularga ish o'rinlari yaratish masalasiga e'tibor qaratilmayapti.
Shuning uchun ham IT product va startup lar sonini oshirishimiz kerak deb hisoblayman. Qancha ko'p IT product/startup lar bo'lsa shuncha ko'p ish o'rni bo'ladi.
Faqat dasturchi bo'lish kurslari emas, startup va product ishlab chiqish kurslari ham paydo bo'lishi kerak.
2024 - yilda hech bo'lmasa bitta IT product/startup qilishga urinib ko'rmoqchiman.
To'g'risi doimiy ishchi bo'lib yurish odamni charchatadi. Xavf-xatarni hisobga olgan holda IT product/startup boshlash va tadbirkorga aylanish erkin ijod qilish muhitini taminlaydi.
Birinchi tadbirkorligimni o'quv markaz ochishdan boshlaganman, undan so'ng dastur ishlab chiqish agentlikka asos solganman.
O'quv markaz muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Agentlik esa, qanchalikdur pul keltirgan biroq harajatlarni qoplayvermagach uni ham yopganman.
Shundan buyon doimiy ishchi sifatida xalqaro korxonalarda ishlab kelayapman.
Bu yilda kamida bitta product/startup boshlab ko'rmoqchiman. O'xshab ketsa doimiy ishchilikdan bo'shab to'liq tadbirkorlikka qadam qo'yaman.
O'xshamasa doimiy ishchi sifatida ishlashni davom ettirgan holda, side-hustle sifatida boshqa product/startup qilishda davom etaman.
Sizga dasturchidan tadbirkorga aylanish mavzusi qiziqmi?
Agar qiziq bo'lsa, izohlarda o'z fikringizni qoldiring. Qanday qilib dasturchi sifatida xavfsiz IT product/startup boshlash haqida batafsil maqola yozaman.
? Kanalga ulanish: @devfarhod
Kecha kun davomida jismoniy ishlar bilan sho’g’illandim. Shunday mazza qildim. Xuddi dam olishga borgandek tetiklashdim.
Hayotimning aksar qismi kompyuter qarshisida sarflanayotgan ekan.
Haftada bir kun faqat jismoniy ishlar bilan sho’g’illanishni reja qilib qo’ydim. Bahordan hovlimizda dehqonchilik qilmoqchiman. ?
Sizga ham maslahat beraman.
Yangi bilimlarni qanday o’rganaman? ??
- Agar yangi texnalogiyani o'rganayotgan bo'lsam proyekt qilib ko'rsatgan video dars tomosha qilaman. Bu texnalogiya haqida umumiy, amaliy tushuncha olishga yordam beradi.
- Dokumentatsiya o'qiyman. Bu texnalogiyani ipidan-ignasigacha chuqurlashtirilgan tartibda o'rganish uchun.
- Dokumentatsiyani tushinish qiyin joyini kengaytirib, muallifning o'z uslubida tushintirilgan maqolalar o'qiyman.
- ChatGPT dan tushinchamni tasdiqlash yokida soddaroq qilib tushintirishi uchun foydalanaman. Yangi texnalogiyani o'rganayotganda avvaldan bilgan texnalogiyamga qiyoslab, men uchun bu texnalogiya rostdan kerakmi yo'qligini ham aniqlashda foydalanaman.
- Ma’lum bir texnalogiyaga oid bo’lmagan asos bilimlarni o’rganish uchun kitob o’qishga harakat qilaman. Shu o'rinda aytishim joyiz texnik kitob o'qishda unchalik sabrli emasman. Odatda shaxsiy rivojlanishga doir ko'p kitob o'qiyman.
- Oldin o’qigan dokumentatsiya va kitoblarimni vaqti-vaqti bilan qaytarib turaman. Bir o’qiganda yodlab olguncha o’qimayman, tahlil qilaman, tushunsam o'tib ketaveraman. Qaytarish esa eslab qolishga sabab bo’ladi.
Sizning o’rganish uslubingiz qanday?? Kanalga ulanish: @devfarhod
Faqat video tomosha qilib ekspert bo'la olmaysiz!
Bundan oldingi postda matn ko'rinishidagi kontentlardan bahramand bo'lish haqida qisqacha gapirgan edim. Shunga aniqlik kiritmoqchiman.
Nega matn ko'rinishidagi kontent video formatdagi kontentdan yaxshiroq?
Aslida videoga qaraganda matnni tushinish ancha qiyin.
Muammo qaysi biri osonligida emas, balki hamma ma’lumot ham video ko'rinishda mavjud emasligida.
Video ishlash ko’p vaqt va mahorat talab qiladi. Hamma ham video kontent ishlab chiqa olmaydi.
Nega React kutubxonasining dokumentatsiyasi video emas, matn ko'rinishda?
Barcha muhandislar hissa qo'sha olishi va matnni tahrir qilish oson va arzon bo'lgani tufayli.
Har kim matn yoza oladi, uni tahrirlash oson va yaratish bir necha o'n marta kam vaqt talab qiladi. Balkim bir necha yuz marta.
Shuning uchun men har doim, videodan matnni afzal ko'raman.
“Medium”da ko'plab kuchli muhandislarning bloglari bor, zo'r maqolalar yozishadi.
Ko'pchiligini YouTube kanali yo'q, hatto shaxsiy blog sayti ham yo'q. Vebsayt qurish ancha vaqt olgani sababli, “Medium”da yozishadi.
Faqat video ko'rib o'rta miyora bo'lasizmi yoki matn o'qib ekspert bo'lasizmi?
? Kanalga ulanish: @devfarhod
Qanday qilib top 1% dagi dasturchi bo'lish mumkin?
Shu kunlarda dasturchi kadrlar orasida raqobat kuchaygani tufayli, izlanish qila boshladim. "Qanday qilsam top 1% dasturchiga aylanaman?"
Aslida raqobat o'sgani biz uchun yaxshi, bizni yanada yaxshiroq bo'lishga undaydi. Soha yanada rivojlanadi.
Shunday ekan, nolib o'tirish o'rniga o'z ustimda ishlashga va doimiy rivojlanishni afzal bildim.
Top 1% dasturchiga aylanish kariyeramni eng yuqori cho'qqiga olib chiqa oladi.
O'zim topga chiqish bilan birga boshqalarga ham qanday qilib top 1% ga chiqishni o'rgatishni maqsad qildim.
Har doim ortga surib kelganim, bu yilda video darslar ishlab chiqishni boshlayman. Lekin faqat video bilan bo'lmaydi. Agar topda bo'lishni istasangiz matn ko'rinishidagi postlar, dokumentatsiya va kitob o'qishni odat qilishga majbursiz.
Sababi bitta video ishlab chiqishga ketgan vaqt ichida, 10 lab matn ko'rinishidagi postlar ishlash mumkin. Vaholangki, ko'plab pro dasturchilar kamera oldida o'zini noqulay sezadi.
Bundan tushinish mumkinki, kuchli dasturchilarni bilimidan bahramand bo'la olmaysiz.
Men hali top 1% dasturchilar ichida emasman, biroq In Sha Allah, shunga harakat qilaman. Bu darajaga siz bilan birgalikda erishamiz.
? Kanalga ulanish: @devfarhod
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago